logo

Maqbul sug’orish tartiblarini belgilashning zamonaviy usullari va ularni ilmiy asoslash

Yuklangan vaqt:

07.06.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3049.447265625 KB
Maqbul sug’orish tartiblarini belgilashning zamonaviy usullari va ularni ilmiy asoslash Reja: 1 . Sug‘oriladigan er maydonlarni rayonlashtirish prinsiplari. 2. G‘o‘zani vegetatsiya fazalariga qarab sug‘orish. 3. Vegetatsiya davridan boshqa paytlardagi sug‘orishlar. 4. Sug‘orish usullari va texnikasi. Asosiy adabiyotlar 2. Xamidov M.X., Begmatov I.A., Isaev S.X., Mamatov S.A. “Suv tejamkor sug’orish texnologiyalari” O’quv qo’llanma. T.: TIMI, 2015, 232 b. 3. Xamidov M.X., Begmatov I.A., Isaev C.X., Mamatov S.A. “Suv tejamkor sugorish texnologiyalari” O’quv qo’llanma. T., TIMI bosmaxonasi, 2015. 243 bet. 4. Xamidov M.X., Shukurlaev X.I., Mamataliev A.V. “Qishloq xojaligi gidrotexnika meliorasiyasi”. Darslik. T. Sharq, 2009, 379 bet. Qo’shimcha adabiyotlar 6. Mirziyoev Sh.M. Uzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. T., O’zbekiston, 2017. «Gazeta uz». 10. Norkulov U., Sheraliev X,. “Qishloq xo’jaligi melioratsiyasi”. Darslik. T. “O’zbekiston miiliy entsiklopediyasi”, 2003, 204 bet. 11. Raximbaev F.M. va boshqalar. “Qishloq xo’jaligida sug’orish melioratsiyasi”. Darslik. T. “Mehnat”, 1994, 327 bet. 12. Рахимбаев Ф.М. «Практикум по сельскохозяйственным гидротехническим мелиорациям». Т. «Мех.нат». 1991, 391 бет. Internet saytlari 13. WWW.Ziyo.net. 14. WWW.cawater-info.net. 15. rubricon.com. 1. Sug‘oriladigan er maydonlarni rayonlashtirish prinsiplari. Qishloq xo‘jalik ekinlarining maqbul sug‘orish tartiblarini belgilashda iqlim o‘zgarishi dolzarb bo‘lganligi sababli ISMITI da zamonaviy axborot texnologiyalarini fermer xo‘jaliklarida foydalanish uchun sug‘orish bo‘yicha axborot maslahat tizimi ishlab chiqilgan. Fermer xo‘jaliklarida sug‘orishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish • O‘zbekistonning sug‘oriladigan hududlari iqlim va tuproq sharoitlari bilan bir – biridan ancha farqlanadi. Bu holatda suvdan oqilona foydalanish maqsadida gidromodul rayonlashtirish prinsiplari ishlab chiqilgan. • Gidromodul rayonlashtirishning asosiy maqsadi – erlarning meliorativ holatini buzmagan holda eng kam suv sarflab, mo‘l paxta hosili olinishini ta’minlaydigan va g‘o‘zani sug‘orishning har bir hududning tabiiy sharoitlariga eng mos keladigan miqdori va rejimini aniqlashdir. • Ko‘p yillik tajribalar natijasida gidromodul rayonlashtirish O‘zbekistonning sug‘oriladigan hududlarini quyidagi tuproq-iqlim mintaqalari yoki vohalar kesimida amalga oshirilgan: Quyi- Amudaryo (Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respulikasi ) , CHirchiq–Ohangaron (Toshkent viloyati ), Farg‘ona ( Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari) , Mirzacho‘l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari), Zarafshon (Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari), Qashqadaryo (Qashqadaryo viloyati) va Surxondaryo (Surxondaryo viloyati). Gidromodul rayonlarining shkalasi (S.Rijov va N.Bespalov ma’lumotlari bo‘yicha) G id ro - m o d u l ray o n i Tuproqning aeratsiya zonasidagi mexanik tarkibi, tuzilishi va joylanishi bo‘yicha tavsifi Sizot suvlar chuqurl ig i, m I Qum – shag‘al yotqiziqlardagi qalin qumli hamda uncha qalin bo‘lmagan qumoq va soz tuproqlar 3 -4 II Qum – shag‘al yotqiziqlardagi o‘rtacha qalin qumoq va soz hamda qalin qumoq tuproqlar 3 -4 III Qalin qumoq va soz tuproqlar 3 -4 IV Qumli va qumloq tuproqlar 2 -3 V O‘rtacha va engil qumoq, bir jinsli yoki og‘ir qumoq tuproqlar 2 -3 VI turlicha tuproqlar 2 -3 VII Qumli va qumloq tuproqlar 1 -2 VIII O‘rtacha va engil qumoq, bir jinsli yoki og‘ir qumoq tuproqlar 1 -2 IX Og‘ir qumoq va soz, bir jinsli, zich joylashgan yoki mexanik tarkibi turlicha tuproqlar 1 -2 Ostki shag‘al qatlami uncha qalin bo‘lmagan tuproq sharoitlarida ( I va II gidromodul rayonlari) sug‘orishlar soni va mavsumiy sug‘orish me’yori taxminan 15 % ga oshiriladi, sug‘orish me’yorlari esa kamaytiriladi. Bu tuproqning kichik nam sig‘imiga bog‘liq. Oshirilgan mavsumiy sug‘orish me’yorlari esa tuproqdagi namning transpiratsiyasiga va bug‘lanishiga ko‘p suv sarflanishi tufaylidir. Sho‘rlanishga moyil tuproqlarda namlikning pastki chegarasi CHDNS (cheklangan dala nam sig‘imi) ga nisbatan 75-80% darajada qabul qilinadi va mavsumiy sug‘orish me’yori sho‘rlanmagan erdagiga nisbatan 20-30% ga ko‘paytiriladi. G‘o‘zani sug‘orish sxemasi va mavs umiy sug‘orish me’yori Tuproq – iqlim vohalari Gidromod ul rayonlari Sug‘orish me’yori, m 3/ga Sug‘orish sxemasi Quyi -Amudaryo vohasi V 5000 1 -4 - 0 (cho‘l zonasi tuproqlari) VI 5600 2 - 4 - 0 VIII 3000 1 - 2 - 0 IX 4000 1 - 3 - 0 Mirzacho‘l vohasi V 4500 1 – 4 - 0 (azaldan sug‘orib kelingan VI 5500 2 – 4 - 0 zonaning bo‘z -o‘tloq VIII 2500 0 – 2 - 0 tuproqlari) IX 3500 1 – 2 - 0 Surxondaryo vohasi II 8000 3 – 5 - 1 (Sherobod cho‘lining III 7500 2 – 5 - 1 taqirli, taqirli -o‘tloq VI 7000 2 – 4 - 1 tuproqlari) IX 5000 1 – 4 - 1 II 7000 3 – 4 - 1 Farg‘ona vohasi (och tusli III 6600 2 – 4 – 1 bo‘z, bo‘z -o‘tloq V 5000 1 – 4 – 1 tuproqlar) VI 6000 2 – 4 – 1 VIII 3000 1 – 2 – 0 IX 4000 1 - 3 – 0 • G‘o‘zani vegetatsiya fazalariga qarab sug‘orish. • Nihol paydo bo‘lganidan gullay boshlash davrigacha sug‘orish. G‘o‘zaning dastlabki rivojlanish fazasidan gullashgacha o‘suv organlari va ildiz tizimi shakllanadi. Bu davrda o‘suv organlarini bir me’yorda o‘sishini hamda ildiz tizimini nisbatan kuchli rivojlanishini ta’minlaydigan sug‘orish rejimini qo‘llash juda muhimdir. • O‘simlikning ildiz tizimi rivojlangan qatlamda tuproq namligining haddan tashqari ko‘p bo‘lishi, g‘o‘za bo‘yining cho‘zilib ketishiga, bo‘g‘in oraliqlarini 4-5 sm o‘rniga 6-8 sm ga etishiga, shoxlar yuqori joylashib, hosilga putur etishiga olib keladi. Bu davrda sizot suvlar sathi chuqur erlari bor shimoliy mintaqada bir suv, markaziy mintaqada ikki suv, janubiy mintaqada 2-3 suv beriladi. Osti shag‘al va qum qatlamli engil tuproqlarda gullashgacha sug‘orish soni ko‘paytiriladi. Sizot suvlar 2-3 m chuqurlikda bo‘lgan engil o‘tloq tuproqlarda, odatda, bir suv beriladi. Sizot suvlar 1-2 m chuqurlikda joylashsa, g‘o‘za sug‘orilmaydi yoki ayni gulga kirish oldidan sug‘oriladi. • Gullash – meva tugish davrida sug‘orish. Bu davrda sug‘orish rejimini belgilashda shuni e’tiborga olmoq kerakki, g‘o‘za gulga kirishi bilan barglar yuzasi oshadi, ildiz tizimi kuchli rivojlanadi, 1 metr va undan ko‘proq chuqurlashadi. Vegetativ organlarni o‘sib borishi bilan meva organlari shakllanadi. G‘o‘za tupi tobora ko‘p suv bug‘latadi. Bu vaqtda bir gektar dalaning suv sarflashi sutkasiga 70-90 m3 gacha va undan ham ko‘pga oshadi. Shu boisdan ko‘p miqdordagi suv va oziq moddalari talab etiladi. • Bu davrda g‘o‘zani shunday sug‘orish kerakki, toki generatsiya jarayoni vegetatsiya jarayonidan ustun kelsin, ostki va o‘rta yaruslarda imkoni boricha ko‘p hosil elementlari saqlanib qolsin. Buning uchun gullash-meva tugish davrida • g‘o‘zani chanqatib qo‘yishga, o‘sish va rivojlanishni susayishiga, barglarning so‘lishi va qoramtir tus olishiga, shuningdek, gulning bosh poya o‘suv nuqtasiga qarab tez ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu davrda sug‘orishni ozgina bo‘lsada kechiktirilishi va barglarning to‘q tus olishi g‘o‘za tupining birinchi va o‘rta yaruslaridagi shona, tugunchalarning ko‘plab to‘kilishiga sabab bo‘lib, hosilni pasaytirib yuboradi. • Mevalash davrida haddan tashqari ortiqcha sug‘orish ham xavflidir. Chunki g‘o‘za zo‘r berib o‘sib, obdon barglaydi va g‘ovlab ketadi. G‘o‘zani g‘ovlab qalin soyalanishi hamda tuproqning ortiqcha namlanishi natijasida shona va tugunchalar ko‘p to‘kiladi. Oqibatda ko‘rak paydo bo‘lishi ham, hosilning shakllanishi ham kechikadi. Gullash–ko‘rak tugish davridagi sug‘orishlar har bir maydonning sharoitidan kelib chiqib tabaqalashtirilishi lozim. Sug‘orishni shunday o‘tkazish lozimki, toki gullar o‘suv nuqtasi tomon asta-sekin ko‘tarilsin, boshpoyaning bo‘yi esa ko‘pi bilan 90-100 sm, bo‘g‘im oralig‘i qisqa (4-5 sm) bo‘lib, yotib qolmasin. Sug‘orish me’yorlarini tuproq sharoitlariga qarab tabaqalashtirish kerak. Qalin qumoq va soz tuproqlarda sug‘orish me’yori 1100-1200 m 3 / ga atrofida. Bunday me’yorda tuproqning ildiz o‘sadigan qatlami juda yaxshi namiqadi va sug‘orishni 14-16 kun oralatib o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi. Engil qumoq va qumloq, shuningdek, uncha qalin bo‘lmagan qumoq va qum-shag‘al yotqiziqli erlarda sug‘orish me’yorlari 700-800 m 3 /ga gacha kamaytiriladi. Bu tuproqlarning suv tutish xossasi sust bo‘lganidan yuqori me’yorlarda sug‘orilganda suvning bir qismi katta chuqurlikka singib ketadi va g‘o‘zaga naf bermaydi. Bunday erlarda g‘o‘za 10-12 kun oralatib besh–olti marta sug‘oriladi. • O‘tloq tuproqlarda sizot suvlarning chuqurligiga qarab, sug‘orish me’yorlari bir muncha kamaytiriladi, ayni vaqtda sug‘orishlar aro davrlar uzaytiriladi. Masalan, sizot suvlar chuqurligi 2-3 metrga boradigan bo‘z o‘tloq tuproqlarda • g‘o‘za 900-1000 m3/ ga me’yorlarda uch-to‘rt marta sug‘orilishi kerak. Bu holda sug‘orishlararo davrlar 18-20 kungacha uzaytiriladi. • Sizot suvlar sathi 1-2 m chuqurlikda bo‘lganda, 20- 25 kun oralatib ikki marta sug‘oriladi. Sizot suvlar yaqin joylashgan o‘tloq tuproqlarda oxirgi suv 20- 25 avgustda quyiladi. Sho‘rlanishga moyil erlarda sug‘orishni tez-tez o‘tkazish kerak Hosil pishishi davridagi sug‘orishlar. • G‘o‘za etilish davriga kirishi bilan uning o‘sish jarayonlari sekinlashadi. Bu vaqtda oziq moddalar barglar va poyalardan ko‘saklar tomon zo‘r berib o‘tadi; traspiratsiyaga va tuproq yuzasidan bug‘lanishga sutkasiga 30-40 m3/ga suv sarflanadi. Kechiktirilgan yoki katta me’yorlardagi sug‘orishlar natijasida tuproq sovub, qatorlardagi havoning namligi oshadi, shoxlar qayta o‘sa boshlaydi, tuplarning yotib qolish ehtimoli oshadi, hosilning pishishi sekinlashadi. • Hosil pishish davridagi sug‘orishlarni shunday o‘tkazish lozimki, bunda qayta vegetativ o‘sish bo‘lmasin va etilayotgan ko‘saklar me’yorida oziqlansin. • Sizot suvlar sathi chuqur bo‘z tuproqlarda sug‘orishni 800-900 m3/ga me’yorda o‘tkazib, sentyabrning boshida tugallash kerak. Shu suv defoliatsiya o‘tkazishgacha tuproq namligini me’yorda saqlash uchun kifoya qiladi. Suv bilan etarli ta’minlangan g‘o‘za barglari defoliatsiyada yaxshi to‘kiladi. Defoliatsiyadan keyin g‘o‘za sug‘orilmaydi, aks holda, barglar yana o‘sib chiqadi. Vegetatsiya davridan boshqa paytlardagi sug‘orishlar. Er haydash oldidan sug‘orish. Sahro mintaqasida, shuningdek, bo‘z tuproqlar mintaqasining bir qator tumanlarida kuzgi shudgor sifatli bo‘lishi va katta kesaklar ko‘chmasligi uchun haydov oldi sug‘orishi o‘tkaziladi. Haydov oldi sug‘orishi kuzda erlar qaqshab quriydigan hududlar uchun ayniqsa muximdir. Bunday erlar sug‘orilmasdan haydalsa, yirik kesak ko‘chadi, bu esa erlarni ekishga tayyorlash va chigit ekish paytida katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Haydov oldi sug‘orishlari g‘o‘zapoyalar yig‘ishtirib olingandan keyin 35-40 sm qatlamdagi tuproqni nimiqtirish uchun suvni kichik me’yorlarda (500-600 m 3 /ga) egat tashlab oqizish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Sizot suvlar sathi chuqur erlardagi bedapoyalar haydovdan 10-15 kun oldin sug‘oriladi. Shunda shudgor sifatli chiqadi, ildizlar tuproqqa chuqur ko‘miladi. G‘o‘za-bug‘doy navbatlab ekish dalalarida sug‘orishni kuzgi bug‘doy o‘rimdan so‘ng 300-400 m 3 /ga suv sarflab o‘tkazish, erni mayin haydalishini ta’minlaydi. Erta bahorgi va ekish oldi sug‘orishlari. Yog‘ingachilik kam bo‘ladigan hududlarda tekis ko‘chat undirib olish va tuproqda zarur nam zahirasini yaratish maqsadida erta ko‘klamgi va ekish oldi sug‘orishlarini o‘tkazish tavsiya etiladi. Och tusli bo‘z tuproqlarda, sahro zonasining taqirli tuproqlarida hamda umuman sizot suvlar chuqur joylashgan erlarda bu tadbir ayniqsa zarurdir. Erta bahorgi sug‘orish me’yorlari tuproqning nam defitsitiga bog‘liqdir. Og‘ir tuproqlarda bu me’yorlar gektariga 1000-1200m3/ga, nam sig‘imi kam bo‘lgan engil qumoq, qumloq tuproqlarda 800-900 m3 atrofida. Ekish oldidan o‘tkaziladigan erta ko‘klamgi sug‘orishlar chigit suvi bermagan holda g‘o‘za nihollarini tekis undirib olish va qo‘shimcha 3-4 s/ga paxta hosili olish imkoniyatini yaratadi. Bunday sug‘orishlar tuproqda maqbul namlik vujudga kelishiga va chigitni uvoqli tuproqqa ko‘milishiga hamda g‘o‘za nihollarini tekis paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bundan tashqari, sug‘orish ntijasida bir yillik begona o‘tlar unib chiqadi va ular erga ekish oldi ishlov berish paytida yo‘qotiladi. • 4. Sug‘orish usullari va texnikasi . • Hozirgi vaqtda egatlab, yomg‘irlatib va tuproq ostidan sug‘orish usullari mavjud. • G‘o‘zani egatlar orqali sug‘orish. Fermer xo‘jaliklarida suvni egatlardan jildiratib oqizib, shimdirib sug‘orish usuli keng qo‘llanilmoqda. • Egat orqali sug‘orishni amalga oshirish uchun chigit ekish tugashi bilan har bir dalada o‘qariqlar olinadi. Sug‘oriladigan maydonlarning yuqori va pastki qismlarini bir tekis namlanishiga erishish uchun erning qiyaligi past-balandligi va tuproq tipini e’tiborga olgan holda egatlar uzunligini to‘g‘ri belgilash katta ahamiyatga ega. 60 sm lik qator oralig‘idagi maydonlarda o‘qariqlar orasi 80-90 metr, 90 sm lik qator orasida esa 100-120 metrdan oshmasligi kerak. O‘qariqlar olingandan so‘ng katta kesaklar maydalanib, uning chetlariga chigit ekiladi, shunda to‘liq gektar hosil qilinadi va maqbul ko‘chat qalinligiga erishilib, erdan unumli foydalaniladi. • Asosiy o‘qariq g‘o‘za egatlariga ko‘ndalang ravishda olinib, uning shox arig‘idan 8-10 ta egatga suv taraladigan qo‘shimcha ariqlar olinadi va egatlarga bir xilda suv taqsimlanishiga erishiladi. Qiyaligi kichik bo‘lgan maydonlarda egatlarning pastki qismi bir-biri bilan tutashtirilib, oqovasi chiqib ketmaydigan va egatlar chuqur (18-20 sm gacha) olingan holda sug‘orilishi kerak.Bunda quyiladigan suv egat bag‘rining uchdan ikki qismidan ortmasligi hamda taralgan suv miqdori tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga qarab o‘zgartirilishi lozim. • Qiyaligi o‘rtacha bo‘lgan maydonlar egatlarning pastki qismidan oqova suvi chiqib ketadigan qilib sug‘oriladi. Egatlarning uzunligi va har bir egatga taraladigan suv miqdori tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga va maydonning qiyaligiga qarab belgilanib, suv, egatning ¾ qismiga etguncha 60 sm lik qator orasida 0,35- 0,40ℓ/sek, 90 sm lik qator orasida esa 0,45 -0,50ℓ/sek, egatlarning qolgan qismini sug‘orish uchun 0,15-0,25ℓ/ sek atrofida tanlanadi. Suv egat oxiriga etgach 0,08- 0,10ℓ/sek gacha kamaytirilib, shu miqdorda oqib turishini ta’minlash kerak. Oqovaga chiqayotgan suvni imkon qadar kamaytirish hamda uning miqdorini quyilayotgan suvning 10-15 foizidan oshmasligiga erishish darkor. • G‘o‘zani to‘g‘ri va sifatli sug‘orilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilganda, maydon boshidan oxirigacha bir tekis va yaxshi namlanadi. • Tajribalardan ma’lumki, har bir egatga suv tarab sug‘orishga nisbatan egat oralatib sug‘orish texnologiyasi ancha afzal. G‘o‘za egat oralatib sug‘orilganda ko‘saklarning ochilishi tezlashadi, hosildorlik oshadi, tola va chititning sifati yaxshilanadi. Egat oralatib sug‘orishda suvni iqtisod qilish maqsadida egatlar o‘rnini almashtirish, ya’ni navbatlab sug‘orishni tashkil etish tavsiya etiladi. Bu texnologiyaning afzalligi shundaki, har bir suvdan keyin kultivator bir vaqtda suv yurgan qatorni yumshatib, suv yurmagan qatorda egat olib (keyingi suvga tayyorlab) ketadi. Kultivatorga yumshatkich va egat ochkich o‘rnatiladi. Ularning o‘rni har suvdan keyin o‘zgartiriladi. • Tuproqqa kombinatsiyalashtirilgan ishlov berishda odatdagi texnologiyaga nisbatan ishlov berish soni kamayadi. Bunda yoqilgi kam sarf bo‘lib, tuproq kam zichlashadi, traktorning va kultivatorning ishlash muddati uzayadi. G‘o‘za egatlarini qora polietilen plenka bilan mulchalash jarayoni • Suv tanqisligi sharoitida mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida egat orqali sug‘orishning resurstejovchi texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu texnologiyada g‘o‘za qator oralari qora polietilen plyonka bilan mulchalanib sug‘oriladi (65-rasm). Bunda plyonka dala uzunligi bo‘ylab egat oralatib to‘shalib, har 1,0-1,2 metr masofada diametri 6 mm ga teng sug‘orish teshikchalari ochiladi. Suv ham egat oralatib oqiziladi. Mazkur texnologiyani qo‘llash natijasida egatlar bir tekisda namlanadi, tuproq namligining bug‘lanishi kamayadi, plyonka ostiga quyosh nuri tushmasligi sababli begona o‘tlar nobud bo‘ladi, tuproq unumdor (0 - 50 sm) qatlamining sifatli namlanishi hisobiga ildiz tizimi jadal rivojlanadi, sug‘orish suvi 35 foizgacha tejaladi, paxta hosildorligi 20 foizgacha oshadi. G‘o‘za egatlarini qora polietilen plenka bilan mulchalash jarayoni • Qishloq xo‘jalik ekinlarini yig‘ma-ko‘chma sug‘orish novlari (KSN-50) yordamida sug‘orish. KSN-50 SANIIRI da ishlab chiqilib polietilendan yarim aylana shaklida (ø 300- 500 mm, L=1.82-2.20 m) SOVPLASTITAL qo‘shma korxonasida tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, g‘o‘zani sug‘orishda suvchilar tomonidan dalada o‘qariq o‘rniga qo‘llaniladigan ko‘chma va tez yig‘iladigan komplektdir (66- rasm). KSN-50 dan tekis va nishabli erlarda hamda yarus sug‘orish sxemasida ishlatilishi mumkin bo‘lib, suv sarfini boshqarishga imkon beruvchi maxsus zadvijka (surma qopqoq)lar har 30 sm da joylashgan. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ko‘chma sug‘orish novlari (KSN-50) yordamida sug‘orish. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ko‘chma sug‘orish novlari (KSN-50) yordamida sug‘organda dalada suv yo‘qolishi 20-30 % ga kamayadi, hosildorlik kuzgi bug‘doyda 2-4 s/ga, paxtada 3-4 s/ga oshadi, suvchilarning ish unumdorligi 2 marta yuqori bo‘ladi, dala maydonlarida erdan foydalanish 1,5-2,5 % ga oshadi. • G‘o‘zani yomg‘irlatib sug‘orish . Yomg‘irlatib sug‘orish maxsus injenerlik qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Mazkur qurilmalar borib-kelib sug‘oruvchi, o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi, dalaga muqim o‘rnatiluvchi kabi ko‘rinishlarda bo‘ladi (67-rasm). • XX-asrning 50-70 yillarida DDA-100 M tipidagi yomg‘irlatish mashinalari keng qo‘llanilgan. Ilgarilanma harakatlanuvchi “Voljanka” (Qashqadaryo viloyatida) va aylanma harakatlanuvchi “Fregat” (Jizzax viloyati Arnasoy tumanida) yomg‘irlatish mashinalari amalda sinab ko‘rilgan. Keyinchalik Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida keng elkali “Kuban” yomg‘irlatib sug‘orish mashinalaridan foydalanilgan. Tajribalarda bunday mashinalar 60-80 gektardan kam bo‘lmagan to‘rtburchak shakldagi paxta maydonlaridagina yaxshi samara berishi isbotlangan. Yomg‘irlatib sug‘orish turlari • G‘o‘zani tomchilatib sug‘orish .Suv tejovchi texnologiyalar orasida tomchilatib sug‘orish usuli suvni kam ishlatilishi bilan alohida ajralib turadi. Bu usulda suv shlanglar yordamida bevosita ekinning ildiz qatlami yaqinida oylashgan tomizgichlarga ma’lum bosim ostida etkazib beriladi. Bunday sharoitda suv ham, oziqa moddalar ham behudaga sarf bo‘lmaydi (68-rasm). • Tomchilatib sug‘orilganda dalaning ekin joylashgan joylari bir xilda namlanadi, tuproqda ortiqcha namlik yuzaga kelmaydi, ildiz qatlamining namligi bir xilda ushlab turiladi va ekin o‘z energiyasini hosil to‘plashga sarflaydi. Bu usul boshqa sug‘orish usullariga nisbatan hosildorlikni ortishi va hosil sifatini yaxshilanishi, suv, mehnat va boshqa resurslar sarfi kamligi bilan ahamiyatlidir. Tomchilatib sug‘orishda suvning tuproqqa shimilib isrof bo‘lishi, dalaning oxirida oqovaga tashlanishi bartaraf qilinadi. Natijada 20-50% suv tejaladi. • G‘o‘zani tomchilatib sug‘orish . • Suv tejovchi texnologiyalar orasida tomchilatib sug‘orish usuli suvni kam ishlatilishi bilan alohida ajralib turadi. Bu usulda suv shlanglar yordamida bevosita ekinning ildiz qatlami yaqinida oylashgan tomizgichlarga ma’lum bosim ostida etkazib beriladi. Bunday sharoitda suv ham, oziqa moddalar ham behudaga sarf bo‘lmaydi (68-rasm). • Tomchilatib sug‘orilganda dalaning ekin joylashgan joylari bir xilda namlanadi, tuproqda ortiqcha namlik yuzaga kelmaydi, ildiz qatlamining namligi bir xilda ushlab turiladi va ekin o‘z energiyasini hosil to‘plashga sarflaydi. Bu usul boshqa sug‘orish usullariga nisbatan hosildorlikni ortishi va hosil sifatini yaxshilanishi, suv, mehnat va boshqa resurslar sarfi kamligi bilan ahamiyatlidir. Tomchilatib sug‘orishda suvning tuproqqa shimilib isrof bo‘lishi, dalaning oxirida oqovaga tashlanishi bartaraf qilinadi. Natijada 20-50% suv tejaladi. AQSH Turkiya O‘zbekiston Tomchilatib sug‘orish uskunalari yordamida sug‘orilgan paxta dalalarining ko‘rinishi • G‘o‘zani tuproq ostidan sug‘orish (subirrigatsiya). • Subirrigatsiya atamasi lotinchadagi sub – ostida, pastda va irrigation – sug‘orish so‘zlarining yig‘indisi bo‘lib, tuproq ostidan sug‘orish deganidir. Subirrigatsiyaning asosiy vazifasi – grunt suvlari sathini sun’iy ko‘tarish yo‘li bilan tuproqning g‘o‘za ildizi tarqalgan qismini namlashga erishishdir. Bu usulni faqat kollektor – drenaj tarmoqlari bilan tutashgan gidromorf va yarim gidromorf tuproqli dalalardagina qo‘llash mumkin. Grunt suvlari sathi zovurlarni dimlash, yopiq drenajda gidrantlarni berkitish, shuningdek, ularni sug‘orish suvi bilan to‘ldirish orqali ko‘tariladi. • Subirrigatsiya suv tanqis yillari, kam sho‘rlangan, mineralizatsiyasi 1-3 g/l bo‘lgan xududlarda amalga oshiriladi. Buning uchun kollektor-zovurlar aprel oyining birinchi o‘n kunligida dimlanadi, suv zovur sathining uchdan ikki qismini egallagandan keyin, ortiqchasi chiqib ketishi uchun dimlangan joydan ariqcha qoldiriladi yoki teshik ochiladi. • Subirrigatsiya usulining afzalliklari: • - g‘o‘zani sug‘orishlar soni eng kamida bir martaga kamayadi, kuchsiz minerallashgan, tuprog‘i sho‘rlanmagan yoki kuchsiz sho‘rlangan erlarda daryo suvi 1000-1500 m3/ga yoki 15-20 foizga iqtisod qilinadi; • - paxtazorlarda begona o‘tlar kamayadi; • - g‘o‘za qator orasiga ishlov berish 1-2 martaga qisqaradi; • - yonilg‘i-moylash materiallari tejaladi; • - paxta hosili 10-15 foizga oshadi; • - har yili kollektor-zovurlarni tozalashga hojat qolmaydi. • Yil oxiriga borib, tuproqda tuzlar miqdori bir oz ko‘paysa, kech kuz, qish va erta bahorda – ekinlar sug‘orilmaydigan davrda sho‘rni 1,5-2,0 ming m3/ga daryo suvi bilan yuvish tavsiya etiladi. Nazorat savolari 1. Respublikamiz dehqonchilik xududlari necha gidromodul rayonga ajratiladi? 2. Gidromodul rayonlashtirishda suzot suvlarining qanday chuqurliklari inobatga olinadi? 3. Sug‘orish gidromoduli nima? 4. Keltirilgan gidromodul nima 5. Gidromodul kiymati nima uchun kerak?