logo

Metallurgiya (Alyuminiy zavodi misolida) zavodlarining atrof-muhitga zararini o’rganish va unga qarshi chora-tadbirlar tashkil qilish

Yuklangan vaqt:

11.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

211.83984375 KB
Metallurgiya (Alyuminiy zavodi misolida) zavodlarining atrof- muhitga zararini o’rganish va unga qarshi chora- tadbirlar tashkil qilish Reja: • “ Tojikiston alyuminiy zavodi” davlat unitar korxonasi faoliyati haqida; • Zavodning biologik resurslarga ta’siri; • Zavodning inson organizmiga ta’siri; • Zavodning atrof-muhitga ta’sirini bartaraf etish chora-tadbirlari. Sanoat korxonalarining atrof- muhitga ta’siri Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda respublikamizda yiliga 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindisi (uning 14 foizi toksik chiqindilar toifasiga mansub), 35 million tonnaga yaqin maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Chiqindixonalar va chiqindi saqlash omborxonalarida 2 milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va maishiy chiqindi saqlanayotgani hamda ular 12 ming gektar maydonni egallab turganini inobatga olsak, chiqindilarning salbiy ta’sirini tasavvur etish qiyin emas. • Sanoatning atrof-muhitga ta'sirining asosiy atmosferaga gazsimon oltingugurt dioksidi. • Oltingugurt dioksidi gazi oltingugurt va kislorodning birikmasidir.   Sanoat - atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqdir. U geografik qobiqning barcha qatlamlariga faol salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Sanoat-ishlab chiqarishning salbiy ta’siri, asosan, ikki yo`nalishda amalga oshmoqda: 1) tabiiy boyliklar (mineral, yer, o'rmon, okean resurslari kabilar)ni o'zlashtirish mobaynida; 2) ishlab chiqarish jarayonida. Tog'-kon sanoati mineral tabiiy boyliklarni o'zlashtiruvchi asosiy tarmoqdir. U turli yer osti boyliklarini qazib chiqarish va ularni dastlabki qayta ishlash jarayonida atrof-muhitga eng ko'p zarar keltiradi. Masalan, 90-yillarda birgina sobiq Ittifoq hududida tog`-kon sanoati korxonalari egallagan jami maydon hajmi 2,3 mln.ga. dan ziyod edi. AQSHda bunday maydonlar undan ham katta edi. Jahon energetikasining asosiy tarmog'i hisoblanadigan issiqlik elektroenergetika tarmog'i yerning tuproq, atmosfera va suv qobiqlarini sulfat gazi (S02), azot oksidi (NO), uglerod oksidi (CO), benzopin, millionlab tonna qattiq moddalar bilan ifloslash xususiyatiga ega. Ayniqsa, ko'mir yoqilg‘isi asosida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining bu boradagi «xizmat»lari juda ham katta. Masalan, ma`lumotlarga ko'ra bunday IES lar neft mahsulotlari asosida ishlaydigan stansiyalarga nisbatan atrof-muhitni sulfat gazi bilan 2 barobar tabiiy gaz asosida ishlaydigan stansiyaga nisbatan esa 100 barobar ko`proq ifloslaydi. Bundan tashqari, bu gazlar va havoga chiqarib yuboriladigan katta miqdordagi chang va aerozol chiqindilar qon- tomir, bronxit, ekzema, rak kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Juda kam kuzatilsa-da, AES larda bo‘lib turadigan falokatlar, ayniqsa, Chernobildagiga o‘xshash falokatlar, tom ma’noda dunyoviy ekologik xavfni keltirib chiqaradi. Eng muhimi, sanoatning tobora rivojlanib borishi planetar darajada atrof- muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo'lmoqda. Bu muammolar esa so‘nggi vaqtlarda ularga alohida munosabatda bo‘lishni taqozo etmoqja Ularning ijobiy yechimi: 1) tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish; 2) sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ularning xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni «iflos» sanoat tarmoqlarini aholi zich yashaydigan joylardan holi hududlarda joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin. O‘ZBEKISTON HUDUDLARINING TOJIKISTONDAGI «TALKO» DAVLAT UNITAR KORXONASI TOMONIDAN TRANSChEGARAVIY ZARARLANIShI OQIBATLARINING TAHLILI 1975 yilda ekologik standartlarga rioya etilmasdan, zamon talablariga javob bermaydigan texnologiyalar asosida qurilgan mazkur korxona atrof-muhitni zaharli birikmalar bilan zararlantiradigan manbaga aylandi. “ Tojikiston alyuminiy zavodi” davlat unitar korxonasi Dushanbe shahri g‘arbidan 60 kilometr uzoqlikda, Tursunzoda shahri yaqinida joylashgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u yiliga 350-400 ming tonna alyuminiy ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan atigi 18 kilometr masofada joylashgani bois mamlakatimizning Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy va Jarqo‘rg‘on tumanlarining 1,1 million nafardan ortiq aholisi uning zararli ta’siri ostida qolmoqda. “ Talko”ning sanoat chiqindilari Surxondaryo viloyati atrof-muhiti va qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Birinchi navbatda, atmosfera havosi ifloslanmoqda. “Talko” DUK atmosferaga har yili o‘rtacha 22-23 ming tonna zaharli moddalar chiqarmoqda. Ularning asosiy tarkibini oltingugurt angidridi, azot oksidlari, ftorli vodorod va boshqa zaharli moddalar tashkil qiladi. Ular orasida ftorli vodorod o‘ta xavfli bo‘lib, bu moddaning atmosferaga chiqarilishi yiliga qariyb 122 tonnani tashkil etadi. Shamol yo‘nalishlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ular, asosan, shimoliy hamda shimoli-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha esadi va buning natijasida zavod atmosferaga chiqarayotgan zaharli moddalarning asosiy miqdori 18-19 soat ichida havo oqimi orqali Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Denov, Jarqo‘rg‘on va boshqa tumanlariga tarqalib, bu yerdagi hududlarni zaharlamoqda. Masalan, 2006 — 2011 yillarda Sariosiyo tumani hududi atmosfera havosida ftorli vodorod tarkibi ruxsat etilgan o‘rtacha yillik konsentratsiya miqdoridan 1,8-2 barobar oshganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yozda ftorli vodorodning yuqori darajada quyuqlashishi kuzatilmoqda va bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan konsentratsiya miqdoridan 3,4 barobar ko‘pdir.  Zavod Tojikiston valyuta daromadining ¾ qismini tashkil etadi va minglab aholini ish bilan ta’minlagani sabab ichki iqtisodda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston tomoniga ko‘ra, TALCO har yili havoga o‘rtacha 22-23 ming tonna zaharli modda chiqarmoqda. Jahondagi eng yirik alyuminiy ishlab chiqarish korxonalaridan biri hisoblangan TALCO O‘zbekiston bilan chegaraga yaqin Tursunzoda shahrida joylashgan. Ayniqsa, tuproq ko‘p zararlanmoqda. “Talko” DUK zaharli chiqindilari ta’siri ostida qolayotgan hududlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar bu yerdagi tuproq tarkibida katta miqdorda ko‘chib yuruvchi ftor to‘planganini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda zararlanish manbaidan 150 kilometr radiusdagi hududlar suvda eriydigan ftor bilan zaharlangan. Qayd etilgan hududlarda ko‘p yillar mobaynida ftor to‘planib, kuchli ta’sir ko‘rsatayotgani natijasida tuproq tarkibi butunlay o‘zgarib ketgan va bu holat uning kimyoviy-biologik vazifasi buzilishi hamda ekologik vaziyatning yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, “Talko” DUK chiqarayotgan zaharli moddalar qishloq xo‘jalik ekinlari va chorvachilikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani tashvish uyg‘otadi. Uzoq yillar mobaynida tuproq tarkibida yuqori konsentratsiyali suvda eriydigan ftorning to‘plangani o‘simliklarning rivojlanishiga ham salbiy a’sir o‘tkazmoqda, buning natijasida sabzavot ekinlari hosildorligi hamda sifati pasayib borayotgani kuzatilmoqda. Misol uchun, ftorli vodorod bilan kuchli zararlangan Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlari hududida sabzavot ekinlari hosildorligi 46 foizga kamaygan. Bundan tashqari, “Talko” DUK chiqarayotgan zaharli moddalar urug‘larning unib chiqishi, daraxtlarning meva tugishi, o‘simliklarning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, poliz ekinlari hosildorligi 24,4, sabzavotlar hosildorligi 34, uzum hosildorligi 37,8 foizga kamayib ketgan. Meva- sabzavotlarda ftoridlar quyuqligi ruxsat etilgan konsentratsiya miqdoridan 11-19, bug‘doyda 5-6,5 foizni tashkil etishi aniqlangani ham o‘ta tashvishlanarlidir. Bundan tashqari, chorva mollarning tarkibida ftor yuqori bo‘lgan o‘simliklarni iste’mol qilishi ularning organizmida jiddiy fiziologik o‘zgarishlar, ya’ni kalsiy va yod balansi buzilishi, tishlarining qimirlab qolishi va tushishi, naychasimon suyaklari qiyshayishi, bo‘g‘inlari shikastlanishi, flyuroz, osteodistrofiya, osteoporoz, osteomalyatsiya kasalliklarining paydo bo‘lishi, raxit va boshqa kasalliklarga chalinishiga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Sariosiyo tumanida 3-5 yoshdagi hayvonlarning 80- 90 foizining tishlarida qora dog‘lar, ularning yedirilishi, teshilishi va oqibatda tushishi kuzatilmoqda. Ozuqa va biomateriallar tarkibida ftorning yuqori darajada bo‘lishi hayvonlar organizmida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda va bu ularning chala nasl berishi, muhitga chidamliligining pasayishi, yaroqsizligiga va o‘lik nasl tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu tumanlarda qoramollarning o‘rtacha solishtirma og‘irligi viloyatning boshqa tumanlariga qaraganda 15-20 kilogrammga kam.Bundan tashqari, tadqiqotlar davomida sutda ftor quyuqligi ruxsat etilgan konsentratsiya miqdoridan 9-13, go‘shtda 10,9 foizga oshgani aniqlandi. Inson salomatligiga ta’siri Eng xavfli tomoni shundaki, “Talko” DUK atmosferaga chiqarayotgan moddalar aholi salomatligi va genofondiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Alyuminiy olishda ftorli vodoroddan tashqari, katta miqdorda uglerod va oltingugurtcoksidlarining zaharli gazlari ham ajralib chiqadi. Ular insonda yiringlicbronxit, o‘pkaning surunkali shamollashi, bosh aylanishi, migren va qon bosimicoshishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, zaharli chiqindilar xotin- qizlarningcreproduktiv salomatligiga xavfli ta’sir ko‘rsatmoqda.cSurxondaryo viloyatining ko‘rsatib o‘tilgan tumanlarida bolalar va katta yoshlicaholining patologik o‘zgarishlar bo‘yicha kasallanishi viloyat bo‘yicha o‘rtachacko‘rsatkichdan 3 barobar yuqoridir. Ayni vaqtda 2011 yilda Uzun tumanida aholining umumiy kasallanishi 2006cyildagiga nisbatan 24,2, Sariosiyo tumanida 12,7 foizga, nafas olish organlari kasalliklari soni 3,4, endokrin tizimi kasalliklari 2,8 barobar, ovqat hazm qilish organlari 27,7, shuningdek, qon va qon hosil qilish organlari kasalliklari 29,4 foizga oshgani qayd etildi. “Talko” DUK ta’siri zonasida yashayotgan Sariosiyo tumani aholisisalomatligini tekshirish natijalari umumiy kasalliklar tarkibida quyidagi xastaliklar ko‘p uchrashini ko‘rsatdi: — nafas olish organlari (2006 yildagi 24 foiz o‘rniga 2011 yilda 27,8 foiz); — ovqat hazm qilish organlari (12,6 foiz o‘rniga 14,7 foiz); — endokrin tizimi (11,2 foiz o‘rniga 14,1 foiz); — qon va qon hosil qilish organlari (12,6 foiz o‘rniga 15,3 foiz). Atrof-muhitning aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oqibatida yuqorida qayd etilgan tumanlarda o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichlari ayollarda 68, erkaklarda 65 yoshni tashkil qilmoqda. Holbuki, respublikamiz bo‘yicha bu ko‘rsatkich ayollarda 75, erkaklarda esa 72 yoshni tashkil etadi. “ Talko” DUK chiqindilaridan ko‘p zarar ko‘rgan tumanlarda, masalan, Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumaniga nisbatan, homilaning tushib qolishi (2-2,5 marta ko‘p), homila normal rivojlanmagani sababli abortlar (har ming nafar tuqqan ayollarning 16 nafaridan 9 nafarida), muddatidan oldin tug‘ish (har ming tuqqanayolning 34 nafaridan 13 nafarida), chala va vazni kam (2500 grammga yetmagan) bolalarning tug‘ilishi (tug‘ilgan har ming bolaning 35-45 nafaridan 26 nafarida) kuzatilmoqda. Ushbu tumanlarda homiladorlikning 95 foizi yuqori darajadagi qalqonsimon bez, tanosil tizimi kasalliklari bilan kechmoqda. Bundan tashqari, “Talko” DUKning tarkibida ftor bor chiqindilarining ta’siri natijasida homiladorlarni ultratovush orqali tekshirishda ularning homilasi rivojlanishida tug‘ma nuqsonlar 2006 yildagi 0,6 foiz o‘rniga 2011 yilda 2,8 foizga (4,6 barobar) oshgan. Qonni biokimyoviy tekshirishlar esa bu ko‘rsatkich tegishincha 8,2 foizdan 14,8 foizga, ya’ni 1,8 marta oshganini ko‘rsatmoqda. 2006 — 2011 yillarda homilador ayollar skriningida 687 holatda homila rivojlanishida tug‘ma nuqsonlar, ularning qoni biokimyoviy tekshirilganda esa, 979 holatda patologik o‘zgarishlar mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga, monitoringga muvofiq, so‘nggi besh yilda Sariosiyo tumanida o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar soni 7,7 barobar ko‘paygan. 2011 yilda Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar soni viloyat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 27,3 foizga ko‘pdir. Bundan tashqari, 2011 yilda ushbu tumanlarda: — 16 yoshgacha bo‘lgan 3106 nafar nogiron bola ro‘yxatga olingan, bu 2006 yildagiga nisbatan 9,5 foiz, Sariosiyo tumanida esa 17,1 foiz ko‘pdir; — 16 yoshdan katta 12655 nafar nogiron ro‘yxatga olingan, bu 2006 yildagiga nisbatan 1,5 barobar, Sariosiyo tumanida esa 1,6 barobar ko‘pdir. “ Talko” DUK tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyati aholisi salomatligi va atrof-muhitiga yetkazilgan iqtisodiy zarar tahlil qilib chiqildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2006 — 2011 yillarda viloyatning to‘rt tumani (Sariosiyo, Uzun, Denov, Jarqo‘rg‘on) atrof-muhitiga yetkazilgan ekologik- iqtisodiy zarar 100,8 million dollar hajmida (ekologik-iqtisodiy zarar Engel ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda hisoblab chiqildi) baholanmoqda. So‘nggi besh yilda Surxondaryo viloyatining Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Uzun tumanlari qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan iqtisodiy zarar 174,97 million dollar hajmida baholanmoqda, jumladan: — qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi pasayishi hisobidan — 8,08 million dollar; — sog‘ib olinadigan sut miqdori kamayishi hisobidan — 33,2 million dollar; — chorva mollar vaznining kamayishi hisobidan — 133,7 million dollarni tashkil etadi. Hisob-kitoblarga muvofiq, aholi salomatligi va genofondiga har yili yetkazilayotgan iqtisodiy zarar 31,2 million dollardan oshmoqda. Jumladan, aholi salomatligini tiklash va genofondini saqlashga Davlat byudjeti hisobidan 20,8, aholi tomonidan 10,4 million dollar sarflanmoqda. Shular qatorida flyuoroz kasalligini davolash xarajatlari 16,07, xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlash uchun 0,75, qon va qon hosil qilish organlari kasalliklarini davolash uchun 4,8, endokrinologik va ovqat hazm qilish organlari kasalliklarini davolash uchun 3,3, nafas olish organlari kasalliklarini davolash uchun 3,9 million dollar yo‘naltirilmoqda. Bunda faqat 2007 — 2011 yillarda yetkazilgan iqtisodiy zarar miqdori 156 million dollardan ortiq bo‘lganini alohida qayd etish joiz. 2007 — 2011 yillarda 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar, shuningdek, 16 yoshdan katta nogironlar ehtiyojlari uchun Davlat byudjetidan 28 million dollar sarflandi. Ftoroz (lat.Fluorum - ftor + osis) surunkali kasallik bo'lib, tishlashdan oldin (va undan keyin) uzoq vaqt davomida suv yoki ftor birikmalari ko'p bo'lgan mahsulotlarni iste'mol qilish bilan rivojlanadi (va ftorid nafas olish paytida ham tanaga kiradi). ifloslangan atmosfera). Kasallik endemikdir. Shu tariqa, “Talko” DUK tomonidan so‘nggi besh yilda O‘zbekistonga yetkazilgan jami iqtisodiy zarar 447,3 million dollarni tashkil etdi. “Talko” DUK faoliyatining xavfli oqibatlaridan tashvishga tushgan Surxondaryo viloyati aholisi bundan bir yil avval mazkur korxona hamda xalqaro tashkilotlar rahbariyati e’tiborini tortish maqsadida qator norozilik aksiyalarini o‘tkazgan edi. Ular BMT Bosh Assambleyasi, YuNEP va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga qarata “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasining zararli ishlab chiqarishini zudlik bilan to‘xtatish, “Talko” DUKda ushbu korxonaning unga tutash hududlar aholisiga, flora va faunasiga yetkazgan zararini aniqlash uchun nufuzli xalqaro mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda, ekologik ekspertiza o‘tkazish, korxona to‘liq modernizatsiya qilinishi va zamonaviy tozalash qurilmalari bilan jihozlanishi, korxonaning bir necha o‘n yillik faoliyati davomida mintaqa aholisi salomatligiga va atrof-muhitga yetkazilgan zararni to‘liq qoplash majburiyatini yuklashdan iborat pozitsiyasi bayon etilgan Murojaatni qabul qilgan edi. Surxondaryo viloyati aholisining 757 mingdan ortiq kishi imzolagan ushbu Murojaatida: “Biz ishonamizki, kindik qoni to‘kilgan o‘z ona-yerida xavfli sanoat ishlab chiqarishining zararli chiqindilari tufayli sog‘lom atrof-muhitga ega bo‘lish huquqidan mahrum bo‘layotgan odamlar taqdiri xalqaro hamjamiyatni befarq qoldirmaydi”, deb ta’kidlangan edi. O‘zbekiston Ekologik harakati ushbu Murojaatni BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Axim Shtayner va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori, doktor Margaret Chenga yo‘lladi va ularni “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” DUK sanoat chiqindilaridan zarar ko‘rayotgan mintaqa aholisi hamda atrof-muhitni himoya qilishga chaqirdi. O‘zbekiston hududlarining Tojikiston alyuminiy zavodi tomonidan transchegaraviy zararlanish oqibatlarining tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. “Talko” DUK atmosferaga chiqarayotgan zararli moddalar ta’siri zonasida joylashgan O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo, Uzun, Denov va Jarqo‘rg‘on tumanlarida ekologik vaziyat yildan-yilga murakkablashib bormoqda, bu holat ushbu tumanlar aholisi salomatligi hamda genofondiga, qishloq xo‘jaligi va chorvachiligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasiga katta ekologik-iqtisodiy zarar yetkazmoqda. 2. “Talko” DUK O‘zbekiston Respublikasiga 447,3 million dollar miqdorida yetkazilgan zararni qoplashi zarur. Shu bilan birga, “Talko” DUK tomonidan chiqarilayotgan zararli moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida: 1) Korxonaning odamlar hayotiga xavf solayotgan va atrof-muhitga zarar yetkazayotgan faoliyatini to‘xtatish; 2) “Talko” DUKning atrof tabiiy muhitga ko‘rsatayotgan ta’sirini baholash; 3) “Talko” DUKda texnologik jarayonlar va gazni tozalash uskunalarini to‘liq modernizatsiya qilish, “Talko” DUK chiqarayotgan zararli moddalarni bosqichma- bosqich kamaytirish bo‘yicha texnik ishlar dasturi tadbirlarini izchil amalga oshirish; 4) Atrof-muhitda ftorli vodorod va boshqa ifloslantiruvchi moddalar, jumladan, smolali birikmalar, benzapiren hamda og‘ir metallar bo‘lishini nazorat qiladigan avtomatlashtirilgan tizimni yaratish uchun uskunalar xarid qilinishi zarur. Bartaraf etish chora-tadbirlari Foydalanilgan adabiyotlar: • Б.Алихонов, С.Сангинов, Ўзбекистон ҳудудларининг тожикистондаги «Талко» давлат унитар корхонаси томонидан трансчегаравий зарарланиши оқибатларининг таҳлили. “Халқ сўзи” газетаси.06.06.2012й. • Nigmatov I., Tojieyv M. X. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. Darslik.-T.: Iqtisod-moliya. 2011. • Avaria-qutqaruv ishlari fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. //Toshkent davlat texnika universiteti. 2016.