logo

G’ildirakli traktor va avtomobilning rul boshqarmasi va tormoz tizimi tuzilishini o’rganish

Yuklangan vaqt:

12.07.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1618.64453125 KB
G‘ILDIRAKLI TRAKTOR VA AVTOMOBILNING RUL BOSHQARMASI VA TORMOZ TIZIMI TUZILISHINI O‘RGANISH REJA: 1.Rul mexanizmini maqsad va vazifasi 2. KERAKLI O‘QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR 3.RUL MEXANIZMINI QISMLARGA AJRATISH VA YIG‘ISH TEXNOLOGIK JARAYONNING KETMA-KETLIGI 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar MAQSAD: O‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ish faoliyati va asbob-uskunalar bilan ishlash qobiliyatini, mexanizm va agregatlarni ajratish va yig‘ish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Rul boshqarmasining vazifasi haydovchining boshqarishga mos ravishda avtomobilni harakat yo‘nalishini o‘zgartirishdan yoki tanlangan yo‘nalishni saqlashdan iborat. Rul boshqarmasi asosan uch qismdan tashkil topgan: rul mexanizmi, rul yuritmasi va rul kuchaytirgichi. Rul boshqarmasi avtomobilning harakat xavfsizligi bilan bog‘liqligi uchun unga quyidagi talablar qo‘yiladi: - avtomobilni kichik radiusda burilishini ta’minlash; - rul chambaragiga qo‘yiladigan kuchni kamaytirish hisobiga, avtomobilni boshqarishni yengillatish; - kuch va kinematik kuzatuvchanlikga ega bo‘lishi, ya’ni rul chambaragiga qo‘yilgan kuch bilan boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilishiga qarshilik momenti orasidagi proporsionallik va rul chambaragini burilishiga mos ravishda boshqariluvchi g‘ildiraklarni burilishi; - burilishlarda g‘ildiraklarni yon tarafga kam sirpanishi ; - boshqariluvchi g‘ildiraklar qabul qilgan turtkilarni rul chambaragiga uzatilmasligi; - rul boshqarmasini me’yoriy elastiklikga ega bo‘lishi; - rul boshqarmasining qismlari bilan osma orasida kinematik kelishuvchanlik mavjud bo‘lishi osma ezilganida boshqariluvchi g‘ildiraklarni o‘z-o‘zidan burilishdan saqlash; - rul boshqarmasining boshqariluvchi g‘ildiraklarini barqarorligiga (stabilizatsiya) kam ta’siri; - yuqori ishonchligi; Rul mexanizmi boshqariluvchi g’ildiraklarning yengil burilishini ta’minlab beradi. Boshqariluvchi g’ildiraklarning yengil burilishi rul mexanizmining uzatish soniga bog’liq. Rul mexanizmining uzatish songi deb chambaragi burilish burchagining rul soshkasi burilish burchagiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Uzatish soni qaycha katta bo’lsa, boshqariluvchi g’ildiraklarning burilishi ham shuncha yengil bo’ladi. Lekin uzatish sonining kattaligi o’z navbatida boshqariluvchi g’ildiraklarni burish uchun sarflanadigan vaqtni uzaytiradi. Bu xol, xususan, zamonaviy tezyurar avtomobillarni qisqa daqiqada burib ulgurishda birmuncha qiyinchilik tug’diradi. Shunga ko’ra, rul mexanizmining uzatish soni belgilangan miqdorda chegaralangan bo’lib, uyengil avtomobillarda 17-20N va yuk avtomobillari hamda avtobuslarda 19-25N. Loyihalashtirilgan uzatmalar soniyengil boshqarishni ta’minlashi uchun rul chambaragiga tushadigan kuchning eng kichik qiymati 60 N dan eng katta qiymati esa 120 N dan oshmasligi lozim. 1 2 4 1 2 4        Foydalanilgan adabiyot 1 . O.U.Salimov tahriri ostida. Transport vositalarining tuzilishi. A.Muxitdinov, V.Sattivaldiyev Sh.Xakimov. -Toshkent: Ta’lim nashriyoti; 2014 - 158-bet. 2.T.S.Xudoyberdiyev, U.K.Karimov, B.R.Boltaboyev. Traktor va avtomobillar - Andijon: «Xayot», 2015 - 290-b 3.S.M.Qodirov. Ichki yonuv dvigatellari. - Toshkent: «Yangiasr avlodi», 2006 - 446-bet.et.