logo

Milliy dinlar. Konfutsiylik , Daosizm, Iudaizm – yaxudiylik dinilari

Yuklangan vaqt:

28.03.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

771.2138671875 KB
Milliy dinlar. Konfutsiylik , Daosizm, Iudaizm – yaxudiylik dinilari Subtitle here Reja: Buddizm ta’limoti va oqimlari. Xristianlik dini va undagi bo‘linishlar4 Qadimgi Hindiston va Xitoy milliy dinlari (Vedizm,  Braxmanizm , Hinduizm, Konfutsiylik, Daosizm)1 Iudaizm-yahudiylik milliy dini. YApon milliy dini sintoizm, uning asosiy aqidalari va marosimlari .2 Markaziy Osiyo xalqlari dinlari. Zardushtiylik dini. 3 • Milliy dinlar - ma’lum millatga xos bo’lgan, boshqa millat vakillari tomonidan qabul qilinmaydigan dinlardir. • Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotida urug’- qabila dinlari ibtidoiy jamiyatda vujudga kelib, asosan tabiat kuchlarini ilohiylashtirib ularga sig’inishdan iborat bo’lsa, milliy davlat dinlari jamiyatda mehnat unumdorligi o’sib, ortiqcha mahsulot, xususiy mulkchilik, jamiyatda ijtimoiy guruh va tabaqalar paydo bo’lishi sharoitida vujudga kelib, milliy davlat dinlarining ham jahon dinlari kabi bir qator o’ziga xos jihatlari mavjud edi. Eng avvalo diniy ta’limotning asosiy talablari, aqidalari, falsafiy va axloqiy meyorlari ishlab chiqildi. • Diniy ta’limotda olamning uch bosqichdan iborat ekanligi, jannat, do’zax va odamlar yashaydigan dunyoning mavjudligi to’grisidagi qarashlar ilgari surildi. Ibodatxonalar qurilib, vazifasi faqat dinga xizmat qilishdan iborat bo’lgan ijtimoiy guruh, ruhoniylar guruhi tashkil topdi. Diniy ibodat va marosimlarning muayyan tizimi ishlab chiqilib, kundalik hayotda ularga amal qilina boshlandi. • Milliy davlat dinlarining o’ziga xos xususiyati bu dinlarning bir yoki bir necha milllatga taalluqli ekanligidir. Milliy davlat dinlaridan xinduizm, jaynizm, sinxizm xindlarning, daosizm va konfusiychilik xitoylarning, sintoizm yaponlarning, iudaizm yaxudiylarning milliy davlat dini bo’lib hisoblanadi. Zardushtiylik dini o’z davrida ko’plab xalqlar, davlatlar hududida tarqalgan din bo’lib, bugungi kunda Sharqiy Eron va Shimoli - g’arbiy Hindiston hududidagi narslar o’rtasida e’tiqod qilinib kelinayotganligi uchun ham milliy davlat dinlari qatorida e’tirof etiladi. Milliy davlat dinlari muayyan xalqning urf-odati, an’analari, turmush tarzi va milliy o’ziga xosligi bilan bog’liq ravishda shakllanib borgan. • Hinduizm.Hinduizm juda murakkab din bo’lib u kastachilik asosida tashkil etilgan. Hindistonda qadimgi davrlardan boshlab, Braxmanizm, Veydizm kabi diniy ta’limotlarga e’tiqod qilinib, eramizdan avvalgi VI asrda Hindistonda Buddaviylik dini vujudga keldi. Buddaviylik Braxmanizmdagi bir necha jihatlarni qabul qilgan bo’lsada, kasta ta’limotini inkor etdi. O’sha davrda Hindistonda kasta tuzumini • saqlab qolishga, Braxmanizm dinini isloh qilib, qayta tiklashga qaratilgan harakat boshlandiki, bu harakat Braxmanizm bilan Buddaviylik o’rtasidagi kurashni ifodalovchi Hinduizm dini edi. • Hinduizm dini xindlarning milliy davlat dini bo’lib, Hindiston aholisining 83 foizi, yani 650 mln. kishi Hinduizmga e’tiqod qiladi. Hinduizmga e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan jahonda uchinchi o’rinda turib, barcha Hinduizmga e’tiqod qiluvchilarning soni 700 mln kishini tashkil etadi. Hinduizmga e’tiqod qiluvchilarning yirik jamoalari boshqa mamlakatlarda ham mavjud bo’lib, Bangladeshda 12 mln, Indoneziyada 3.6 mln, Shri Lankada 3 mln, Pokistonda 1.5 mln, Malayziyada 1 mln, AQShda 0.5 mln, Butanda 0.3 mln kishi Hinduizmga e’tiqod qiladi. Hinduizmni qabul qilmoqchi bo’lganlarga qo’yiladigan birinchi va asosiy shart bu Hindistondagi kasta tuzimini qabul qilishdir. Hinduizm o’zining asosi hisoblangan Braxmanizm va Veydizmdan farqlanib, unda yangi Braxmanizm dinlari, bu dindagi oqimlar mujassamdir. • Hinduizmga eski hind dinlaridan qabul qilingan asosiy talablar quyidagilardan iboratdir. • 1. Tushuncha va qonunlarning asl manbai bo’lgan vedalarning muqaddasligi; • 2. Guru ya’ni pir, ustozning tan olinishi; • 3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish; • 4. Sanskritning muqaddas  til ekanligini tan olish ; • 5. Sigirning muqaddas hayvon sifatida tan olinishi. • Bu besh qoida yoki aqida ko’pchilk tomonidan tan olingan bo’lsada, ko’psonli e’tiqod qiluvchilar orasida o’ziga yarasha farqli va umumiy bo’lgan jihatlariga egadir. • Hinduizmda eng avvalo vedalar muqaddas bo’lib hisoblanadi.Undan keyin “Maxabxarata” singari xalq og’zaki ijodi namunalari ham muqaddas yozuvlar qatoriga qo’shiladi.Hinduizm dinida braxmanlar asosiy, imtiyozli kasta bo’lib hisoblanadi.Hinduizmga taalluqli bo’lgan adabiyotlarning ko’pchiligi braxmanlar tomonidan yaratilgan. Braxmanlar Hinduizmni zamon talablariga moslashtirib, yangi qonun- qoidalarni ishlab chiqib turli oqimlarni yuzaga keltirdilar. Hinduizmga e’tiqod qiluvchi braxmanlar turli yo’llar bilan kasta, varna tizimini tan olmagan va inkor etgan o’z raqiblari bo’lgan buddaviylarga qarshi kurash olib borganlar. Shu bilan birgalikda Hinduizmning Braxmanizmdan farqli jihatlari ham mavjud bo’lib, Braxmanizm braxmanlarning kelib chiqishi faqat oliy tabaqa vakillaridan iborat deb hisoblasa, Hinduizm ta’limotiga ko’ra braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan, hatto ayollardan ham bo’lishi mumkindeb hisoblanadi. Hinduizmda e’tiqod qilinuvchi asosiy xudolar trimurti ya’ni uchlikdan iborat bo’lib, unga Braxma, Vishnu, Shiva xudolari kiradi. Bu uch xudodan eng kattasi dunyoni yaratgan xudo Braxma bo’lib hisoblanadi.Braxma dunyoni yaratgan asosiy xudo bo’lib hisoblansada, Hinduizmda qolgan ikki xudo, Vishnu va Shivaga sig’inadilar. Shunga asosan Hinduizm ikki asosiy oqim Shivaga sig’inuvchilar va Vinshnuga sig’inuchilarga bo’linadi. Shiva oddiy xalq ommasi - kambag’allarning ilohi bo’lib hisoblanib, u Rigvedaning birinchi nusxalarida Rudra nomi bilan zikr etilgan. Atxarvavedada Rudraning roli oshib borib, Yajurvedada Rudra Agni timsolida berilgan.Shiva xalq orasida turli nomlar bilan atalib, bu nomlarga Ishana, Ishvara, Maxadeva ya’ni buyuk xudo kabilar taalluqlidir. Hindistonda Shivaizmning o’n uchga yaqin asosiy oqimlari mavjud bo’lib, shivachilar orasida asosiy oqim sifatida tridandinalar (uch tayoqlilar) va smartlar ( smriti- haqqoniy rivoyat) oqimlari e’tirof etilgan. Tridandinalarning markazi Varanasi bo’lib, unda tarkidunyochilikda hayot kechiradilar. . Smartlarning bir qismi rohiblikda, yana bir qismi- dunyoviylik holatida yashaydilar. Ushbu oqimlarning har ikkalasi ham faqat braxmanlarni o’z saflariga qabul qiladi. Dandilar, ya’ni zohidlar diniy oqimga kirayotgan paytda oyoqlarining pastki qismidan qon chiqaradilar.Dandilar o’lganlarni yerga dafn qiladilar yoki muqaddas daryolardan biriga topshiradilar.Shivaizmda lingachilar degan oqim ham mavjud bo’lib, ular bo’yinlariga linga osib yuradilar, ibodat paytida esa uni chap qo’llarida tutib turadilar. Shivaizmdagi Shaktra yoki Shakta oqimida hayvon yoki odamlarni qurbon qilish an’anasi mavjud.Yoglar esa Shivaizmdagi tarkidunyochilik yo’nalishi bo’lib, ular uzoq vaqt nafas olmay o’zlaridan ketadilar, bu vaqtda ular Shiva bilan yolg’iz qoladilar.Yoglar jismoniy mashqlar yordamida o’z ruhlarini poklab hattoki o’z tanalaridagi a’zolarini boshqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar.Yogo’z yurak urishini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi, odamlar oldida havoga ko’tarilishi mumkin.Hindiston xalqi orasida Shivaning 1008 ta nomi bor. Vishnu Hindistondagi xudolar panteonida birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi iloh bo’lib, Rigvedada tabiatga jon ado etuvchi quyosh xudosi Vishnu birinchi darajali va o’ta sahiy iloh sifatida tasvirlangan. Ibodat paytida Vishnuni Savitar, Roxita, Surya,Adita nomlari bilan ham ataydilar. U butun koinotni uch qadamda bosib o’tishi va havoda muallaq yura olishi xususiiyati bilan tariflanadi.Hindlarning tasavvuriga ko’ra, yarim inson, yarim hudo shaklidagi qahramon Krishna Vishnuga qo’shilib ketgan, deb tasavvur qilinadi. Hind dostonlari Maxabxarata va Ramayanada avatara, ya’ni insonning Vishnuga qo’shilib ketishi haqida so’z boradi. Hindlarning tasavvuriga ko’ra, Vishnu gohida to’rt qo’lli qilib tasvirlanadi.Vishnuizmda inson yoki hayvonni qurbonlik qilish talab qilinmaydi.Hindlarning afsona va dostonlarida Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi. Krishna urushda ham, sevgida ham yengilmas bahodir, ammo juda ayyor tabiatga ega bo’lib, xalq orasida u erotik iloh hisoblanadi.Krishnaga sig’inuvchilar Mattra shahri va uning atrofida yashaydilar. Vishnuizm bayramlari turli tuman bo’lib, ba’zilari umumiy, ba’zilari esa tabaqalarga ajratilgan holda o’tkaziladi.Vishnuizm bayramlarida duolar o’qilib, ta’zim bajo keltiriladi. Ommaviy diniy marosimlarda qatnashiladi, turli hadya va qurbonliklar qilinadi, ibodatxona yaqinida yoki ichidagi muqaddas xovuzda cho’milinadi va bu tadbir majburiy bo’lib hisoblanadi. Marosimlar ba’zida bir necha kunga cho’zilib, bu marosimlarda xudolar hamda ruhoniylarga hadyalar ataladi. Qurbonliklar turli gullar, xushbo’y narsalar,  ovqatlar , xudolar nomiga atab ozod qilinadigan va so’yiladigan hayvonlardan iborat bo’ladi. Qadimgi davrlardan boshlab sigir hindlar e’tiqodidagi muqaddas hayvonlardan biri bo’lib hisoblanib, sigirni qurbonlik qilish yoki boshqa maqsadlarda o’ldirish katta gunoh hisoblangan. Sigirning besh mahsulotidan tayyorlangan panchagavyam hinduiylar e’tiqodiga ko’ra odamlarni va uylarni poklashda alohida kuchga egadir. Hinduizmda sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar bilan bir qatorda ehtirom qilinadi.Vishnuizmdagi muqaddas hayvon esa maymundir. Ramayana dostonida maymun- xudo Xanuman va uning dostonning boshqahramoni Ramga ko’rsatgan yordami tasvirlangan. Hindlarning diniy e’tiqodi Hinduizmda ilon, sher, fil, ba’zi qushlar ham ilohiylashtirilgan bo’lib, Hindistonda mavjud bo’lgan ko’pgina hayvonlar xudo yoki xudoning hamrohi deb e’lon qilinib, ularga e’tiqod qilinadi. Hinduizmda bir qator bayramlar bo’lib, Krishnaning tug’ilgan kuni avgustda va Shivaning tug’ilgan kuni fevralda nishonlanadi. Hindistondagi dinlarda muqaddas joylarni sig’inish masalasiga katta e’tibor qaratiladi va bu narsa Hinduizmga ham taalluqlidir. Maxabxaratada Hindistonning shimolida joylashgan bir necha muqaddas ziyoratgohlar ko’rsatib o’tilgan. Hinduizm hamma vaqt boshqa dinlarga murosalidinligi bilan ajralib turgan.Bu din ayni paytda boshqa xalqlar dinlaridagi zarur deb hisoblangan tomonlarni o’z ta’limotiga singdira olish xususiyatiga ham ega dindir. Jaynizm.Jaynizm er.av. VI asrda Hindistonda vujudga kelib, bu dinning asoschisi kshatriya kastasidan chiqqan afsonaviy Vardxamana Maxavira bo’lib hisoblanadi. Jaynizm dini vakillarining e’tiqod qilishicha, bu ta’limotga 24 tirtxakar ( payg’ambar yoki avliyo) asos solgan bo’lib, ularning barchasi kshatriylar xonadonidan bo’lgan. 23 –tirtxakar- Vardxamana Maxaviradan 250 yil avval yashagan Parshvanadxa – Banoras podshohi Ashvasanning o’g’li bo’lib, u rohiblik yo’lini ixtiyor etib, otasining saroyini tark etadi hamda o’zidan keyin juda ham chiroyli nizomga solingan diniy ko’rsatmalar qoldiradi. Vardxamana Maxavira Jaynizmdagi navbatdagi va so’nggi 24- tirtxakari bo’lib, u o’ttiz yoshigacha oddiy dunyoviy kishilardek hayot kechirgan. Keyin esa barcha mulkidan voz kechib ko’p yillar sayohat qiladi. 42- yoshida Vardxamana eng oliy bilimga ega bo’lib, uni shodlik va qayg’ulardan ozod qilgan va uni yuqori darajadagi diniy ustozlarga beriladigan Jina nomini olishiga olib kelgan. Jina “g’olib” degan ma’noni bildirib, ruhning tana ustidan g’olib kelishini anglatadi.Keyinchalik esa Vardxamanaga Maxavira ya’ni “ulug’ qahramon” unvoni berildi.Maxavira ko’p yillik sayohatlari davomida ko’plab insonlarni o’ziga ergashtirib, uning shogirdlari Nigrantxa ya’ni “kishandan ozod qilinganlar” deb atala boshlandi. Vardxamana Maxavira rohiblar oddiy erkak va ayollar barobar e’tiqod qila oladigan diniy ta’limotga asos soldi. Vardxamana Maxavira er.av.527 yilda 73 yoshida vafot etdi.Jaynizm ta’limotiga ko’ra Vardxamana Maxavira nirvana ya’ni so’nggi ozodlik holatiga erishgan inson sifatida e’tirof etiladi . Jaynizm ta’limotining asosiy g’oyasi nirvana va karma haqidagi ta’limot bo’lib, bu ta’limot boshqa hind dinlariga ham xosdir. Nirvanaga erishgan inson qayta tug’ilishdan ozod bo’lib, bunga faqat tarkidunyochilik orqali erishish mumkin, deb hisoblanadi Jaynizmda.Shuning uchun Jaynizm ta’limotida tarkidunyochilikka alohida e’tibor beriladi.Jaynizm ta’limoti bo’yicha inson dunyoda o’zining barcha ehtiroslaridan voz kechib, o’z nafsini tiyishi, o’z-o’zini yengishi talab qilinadi. Najotga hamda abadiy, rohat farog’atga faqat taqvodorlik bilan hayot kechirgan odamgina erisha oladi. Har bir kishidan ta’limotning haqqoniyligiga ishonish, shu e’tiqodga asoslangan mukammal bilimga ega bo’lish, shuningdek, din aqidalariga og’ishmay amal qilib yashash talab etiladi. Jaynizmda ikki asosiy yo’nalish mavjud bo’lib, ularning birinchisi- digambarlar deyiladi.Bu yo’nalish tarafdorlari hayotning barcha lazzatlaridan, hatto nikohga kirishishdan ham voz kechganlar, ular hech nimani, xatto oddiy hasharotni ham o’ldirmaslik to’g’risidagi ta’limotga amal qiladilar. Ikkinchi yo’nalish- shvetambarlar deb ataladi.Bu din aqidalari yozilgan eski matnlarni tiklash, ularga qonun tusini berish kerak deb hisoblaydilar.Shvetambarlar hayotga unchalik e’tibor bermaslikni targ’ib etsalar-da, bu dunyo lazzatlarining hammasidan ham voz kechmaydilar. Jaynizm ta’limotiga ko’ra har bir insondan ma’lum bir axloqiy qoidalarni bajarish talab qilinadi. Jaynizmda har bir inson besh narsaga amal qilishi zarur bo’lib, bular, birinchi- zarar yetkazmaslik (axinsa), ikkinchi- rost so’zlash (satya), uchinchi- o’g’irlik qilmaslik (asteya), to’rtinchi- zino qilmaslik ( braxmacharya), beshinchi- tamagirlik qilmaslik (aparigraxa)lardan iboratdir. Mana shular insonning axloqiy mezonini tashkil qiladi. Bundan tashqari, u yana ikki asos- chin e’tiqod va to’g’ri bilim tamoyillariga ham amal qiladi. Jaynizmda rohiblar uchun bir muncha murakkab qoidalar ishlab chiqilgan. Jaynizm ta’limoti bo’yicha borliqning iloh tomonidan yaratilganligi va uning borliq ustidan nazorat qilib turishi tan olinmaydi. Jaynizm ta’limotiga ko’ra, ruh abadiy mavjudot, olam esa azaliydir.Ruh moddiy tanani yengib o’tib, abadiy hayotga yetishishi mumkin.Jaynizmda axinsa- zarar yetkazmaslik qoidasiga ko’proq e’tibor beriladi.Vardxamana Maxavira vedalarning ulug’vorligini inkor etib, veda urf-odatlariga hamda Braxmanlarning hukmronligiga qarshi chiqdi.U insonni ma’naviy yuksaklikka ko’taruvchi hayot qonunlarini, qat’iy e’tiqodli rohiblikni, ruhni ozodlikka olib chiquvchi nafsni tiyish fazilatini keng targ’ib qildi. Maxavira vafotidan so’ng ganadxara ya’ni “maktab boshliqlari” deb nomlangan uning 2 nafar shogirdi uning ta’limotini davom ettirdilar. Jaynizmning asosiy qoida va tamoyillari Maxavira tomonidan yozilgan bo’lib, ular 45 ta asardan iboratdir. Jaynizmdagi oqimlardan digambarlar jaynizmning asl holatini saqlab qolishga ko’proq ahamiyat berganlar. Diniy ta’limotning ikki oqimga bo’linishi har ikki oqimning o’ziga xos urf - odatlari, kiyinishi va boshqa jihatlarining shakllanishiga sabab bo’ldi. Hozirgi paytda dunyoda bir yarim milliondan ortiq jaynistlar mavjud bo’lib, ular asosan, Hindistonning Rajputan, G’ujarot va bir qator janubiy mintaqalari, Magxya , Bxarat kabi shtatlarida yashaydilar. Sikxizm. XV asr oxiri XVI asr boshlarida sof diniy islohot shaklida boshlangan sikxizm harakati XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib faol harbiy an’analar bilan sug’orilgan siyosiy tashkilot sifatida shakllandi. Keyinchalik kichik harbiy diniy jamoa Ranjid Singx asos solgan kuchli davlatga aylandi. Sikxizm diniga Panjobda guru ya’ni ustoz Nanak tomonidan asos solinib, unga ergashganlar o’zlarini sikxlar deb atashgan.Sikx so’zi shogird degan ma’noni anglatadi.Nanak 1469- 1539  yillarda hayot kechirib , uning vafotidan so’ng sikxizm ta’limotini 9 ta guru rivojlantirgan. 9 -guru Govind Singx 1675-1708 yillarda muhim rol o’ynaydi. Sikxlar yagona ta’limotni targ’ib qilgan yagona guruni 10 qiyofada namoyon bo’ladi deb hisoblaganlar. Sikxizm Hindistondagi kuchli diniy islohotchilik harakati zaminida yuzaga kelib, bu diniy ta’limot talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va Islomdagi Alloh bir ilohda mujassam bo’ladi. Sikxizm ta’limotiga ko’ra iloh- Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi ya’ni Braxma, Vishnu, Shivalardek sifatlarni o’zida mujassam etadi. Iloh qudratli va hukmdor bo’lib, uning tomonidan yaratilgan dunyo esa o’zgaruvchan va foniydir. • . Iloh esa abadiy bo’lib, u azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik, vaqtdan tashqarida bo’lish, tug’ilmaganlik va o’lmaslik kabi sifatlar qudratli ilohning mohiyatini anglatadi. Hudoga bo’lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo’lini tutgan har bir inson Unga yetishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin. Sikxizm harakati Ramanand, Gorakxnatx, Chaytan’yax, Kabir va Vallabxachar’ya nomlari bilan bog’liq bo’lib, butun XVI asrni o’z ichiga oladi. Bu davrda hinduizm kabi sikxizmga ham islomning ta’siri kuchli bo’ldi. • Xudoga ibodat qilish, Sikxizm ta’limoti bo’yicha aslo dunyoviy hayotdan uzulishni, rohiblik yo’lini tutishni anglatmaydi, aksincha, hayotda faollikni, to’la mehnatni va oiladagi o’z vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga amal qilish pirovard natijada tug’ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning xudo bilan birlashib ketishiga olib keladi. Hindistonda turli dinlar, turli madaniyatlar doimo bir - biriga ta’sir ko’rsatib, Nanak, Kabir kabi islohotchilar Hinduizmni butparastlikdan tozalab, Islomga yaqinlashtirishga harakat qildilar.Tadqiqotchilar Sikxlar bir xudoga e’tiqod qiladi, deb hisoblaydilar. Sikxizm boshqa iloh va butlarga ibodat qilishni, hinduizmning yirik ziyoratgohlariga borishni, folbinlik va sehr – joduga ishonishni ta’qiqlaydi hamda tug’ilish va o’lim bilan bog’liq bo’lgan poklash marosimlarini tan olmaydi. Sikxizm Hinduizmdan farqli ravishda kasta tabaqalanishini inkor etadi va braxmanlarning tug’ilish, o’lim va nikoh marosimlaridagi rahbarlik mavqeiga barham beradi. Sikxizmning muqaddas kitobi Adigrantx ya’ni “ boshlang’ich kitob deb nomlanib, bu kiitob beshinchi guru Arjun (1581-1606) tomonidan tuzilgan edi. Adigrantx shu bilan birgalikda Gururantx ya’ni “ Guru kitobi” yoki Grantx sohib ya’ni “ Soxibning kitobi” deb ham ataladi. Unga avval dastlabki besh guruning, keyinchalik esa boshqa gurularning madhiyalari kirgan.Adigrantx panjob tilida yozilgan bo’lib, hozirgi kunda Amritsardagi sikxlarning bosh ibodatxonasi bo’lgan “Oltin ibodatxona”da saqlanadi. • Hozirgi paytda 17 millionga yaqin kishi Sikxizm diniga e’tiqod qilib, bu din Hindistondagi dinlarning kattaligi jihatidan to’rtinchisi hisoblanadi.1960 yillarning o’rtalaridan boshlab mintaqaviy sikxizm harakatlari siyosiy tus olib, sikxlarning mustaqil yagona Xoliston davlatini tuzishga qaratildi. Bugungi kunda ham Hindiston siyosiy hayotida sikxizm omili katta o’rin tutadi. • Daosizm.Daosizm-aslida falsafiy ta’limot bo’lib, u er.av.IV-II asrlarda Xitoyda paydo bo’lib, uning asosida er.av.II asrda Daosizm dini shakllandi. Daosizm o’zining ilk ko’rinishida nazariyadan ko’ra ko’proq amaliyotga aloqador bo’lib, bu Shomonizm, folbinlik va tabiblik bilan bog’liq edi. Chunki qadimgi davolash uslublari falsafa, daosizm falsafasi bilan chambarchas bog’liq edi. • Daosizmda er.av. IV-III asrlarga kelib nazariy asarlar paydo bo’lib, bunday asarlarda ijtimoiy-siyosiy va axloqiy masalalarga asosiy e’tibor qaratilmaydi. Lekin shu bilan birgalikda daosizm vakillari ilk bor borliq, tabiat va koinot haqidagi tushunchalarni ishlab chiqa boshlagilar. Konfutsiychilik dinining “Si-Shu” ( To’rt kitob va “U-Szin” ( Besh kitob) degan muqaddas kitoblari bor. “U-Szin” ya’ni besh kitob quyidagi kitoblardan iboratdir: 1. “U-Szin” (o’zgarishlar kitobi, sehrgarlik, duolar to’plami); 2. “Shu-Szin” (qadimgi tarix, afsonaviy imperatorlar tarixi); 3. “Shi-Szin” (qo’shiq aytish kitobi, qadimgi poeziya to’plami); 4. “Li-Szi” (marosimlar kitobi); 5. “Chun-Szyu” (bahor va kuz kitobi). To’rt kitob esa quyidagi kitoblardan iboratdir: 1. “Da-Syue” (buyuk ta’limot, insonning o’zini-o’zi takomillashtiruvi haqidagi kitob); 2. “Chjun-Yun” (oraliq, o’rtaliq haqidagi kitob); 3. “Lun-Yuy” (Xikmatli so’zlar kitobi); 4. “Men-Szi” (Konfutsiyning eng qadimgi shogirdlaridan biri Men-Szining ta’limoti). Etiboriz uchun rahmat