logo

Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni

Yuklangan vaqt:

07.04.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4987.642578125 KB
Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni Reja: 1. Beshta tashabbusning qabul qilinishi. 2. Beshta tashabbusning yonalishlari. 3. Beshta tashabbus doirasida qilingan ishlar. Beshta tashabbusning qabul qilinishi. • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. • Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi. • Besh muhim tashabbus dastlab Toshkent viloyatining Boʻka tumani va Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tajriba sifatida joriy etildi. Beshta tashabbusning qabul qilinishi. • 42 ta tuman va shaharlarning 168 ta olis va ogʻir ahvoldagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirildi. • beshta tashabusning g’oyasi yoshlarimizga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi. Beshta tashabbusning qabul qilinishi. • 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. • Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. •   Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Beshta tashabbusning yonalishlari. • Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Beshta tashabbusning yonalishlari. • Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan. •   Beshta tashabbusning yonalishlari. • Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. •   • To’rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan. Beshta tashabbusning yonalishlari. • Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Beshta tashabbus doirasida qilingan ishlar. • Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish boʻyicha yurtimizdagi mavjud 800dan ortiq madaniyat markazlarida 4522 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularga 1762 ta musiqa jihozi yetkazib berilgan. Umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan 36503 ta toʻgarakka 1 million nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan. Umumtaʼlim maktablarida tasviriy sanʼat va musiqa yoʻnalishidagi 36 503 ta toʻgaraklarga 1,1 mln.nafar (18%) oʻquvchi-yoshlar jalb qilingan. 3 mingdan ortiq musiqa jihozlari yetkazib berilgan. Beshta tashabbus doirasida qilingan ishlar. • Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish boʻyicha umumtaʼlim maktablarida 10 ta sport turi boʻyicha 49 196 ta sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 1,2 mln nafar oʻquvchi-yoshlar muntazam shugʻullanib kelishayotganligi hamda 254 ta Bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga 328 875 nafar, 54 ta Sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 33 438 nafar oʻquvchi-yoshlar jalb qilinganligi haqida maʼlumotlar aytib oʻtildi. Beshta tashabbus doirasida qilingan ishlar. • Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar orasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish boʻyichayoshlarni kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishini tashkil etish maqsadida 72 ta “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi ham yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Beshta tashabbus doirasida qilingan ishlar. • Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Maʼrifat karvoni” tadbirlari doirasida 3 mln dan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazib berildi, “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 59 ta nomdagi 590 ming dona badiiy adabiyotlar chop etilib, respublikamizdagi barcha taʼlim muassasalari kutubxonalariga tarqatildi. Beshta tashabbus doirasida qilingan ishlar. • Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanloviga 2017-2019-yillar davomida 2 mln. 170 mingdan ortiq yoshlar qamrab olinib, 8 nafar tanlov gʻoliblari boʻlgan yosh kitobxonlar Prezident sovgʻasi “Spark” avtomashinasi sovrindori boʻlganligi ham yoshlarimizni kitobxonlik ruhiga yana qaytganini yorqin isbotidir. • Tadbirda “Yosh kitobxon” tanlovining 2020-yilgi saralash bosqichlari  23-25-dekabrʼ kunlari barcha tuman (shahar)larda oʻtkazilishi toʻgʻrisida ham maʼlumot berildi va bu jarayon online tarzda amalga oshirilishi aytib oʻtildi. Beshta tashabbus doirasida qilingan ishlar. • Beshinchi tashabbus-ilk marotaba yosh xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshiri, gender tenglik va ular bandligini taʼminlash maqsadida “Qizlar ovozi” platformasi yaratildi,— deydi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi boshligʻi Mukarram Nurmatova. — Forum doirasida mamlakat istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir qizlar safini kengaytirish orqali jamiyatda gender tengligini taʼminlash, shuningdek demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda qizlar faolligini oshirish maqsadida joylarda “Qizlar ovozi” klubi tashkil etildi. Foydalanilgan adabiyotlar: • https:// yuz.uz / uz /news/5- muhim - tashabbus-yoshlarga-qanot • https:// kun.uz / uz /news/2019/03/20/ prezident-beshta-muhim-tashabbusni-ilgari-surdi-ular-nima • https:// lyceum.tma.uz / besh-muhim-tashabbus / • https:// lex.uz /docs/- 5358408