logo

Oqsillarning to'rtlamchi tuzilishining funksional qiymati. Glikoproteinlar. Fosfoproteinlar. Lipoproteinlar. Nukleoproteinlar

Yuklangan vaqt:

07.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1352.6005859375 KB
 FASHION GENERAL FASHION GENERAL Oqsillarning to'rtlamchi tuzilishining funksional qiymati. Glikoproteinlar. Fosfoproteinlar. Lipoproteinlar. Nukleoproteinlar. Fibrillar oqsillar: kollagen, elastin, keratinOqsillarning to'rtlamchi tuzilishining funksional qiymati. Glikoproteinlar. Fosfoproteinlar. Lipoproteinlar. Nukleoproteinlar. Fibrillar oqsillar: kollagen, elastin, keratin  FibrillarReja:Reja: Oqsillarning to'rtlamchi strukturasi01 Murakkab oqsillar02 0301 010101 020304 Ba’zi oqsil molekulalari bir necha polipeptid zanjirdan iborat bo‘lib, ular subbirliklar yoki protomerlar deb nomlanadi. Har bir protomer o‘ziga xos birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalariga ega. Protomerlar va ular qismlarining bir-biriga nisbatan fazoda joylashuvi oqsil molekulasining to‘rtlamchi strukturasi deb nomlanadi.Ba’zi oqsil molekulalari bir necha polipeptid zanjirdan iborat bo‘lib, ular subbirliklar yoki protomerlar deb nomlanadi. Har bir protomer o‘ziga xos birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalariga ega. Protomerlar va ular qismlarining bir-biriga nisbatan fazoda joylashuvi oqsil molekulasining to‘rtlamchi strukturasi deb nomlanadi.0B070C 1406 0E1C0D03 24050E 1B0E  Ayrim oqsillar to‘rtlamchi strukturasida protomerlar globulyar ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan: gemoglobin oqsili molekulasida polipeptid spirallari vintsimon simmetrik holda birlashgan bo‘ladi. To‘rtlamchi strukturaga gemoglobin, tamaki virusi oqsili, RNKpolimeraza, laktatdegidrogenaza, katalaza va boshqalar ega bo‘ladi. Demak, birgina polipeptid zanjiridan iborat bo‘lgan oqsil molekulasi to‘rtlamchi strukturaga ega bo‘la olmaydi. To‘rtlamchi strukturaga ega bo‘lgan oqsil molekulasiga oligomer oqsil deyiladi. Masalan: gemoglobin molekulasi (M=64500) 4ta subbirlikdan yoki polipeptid zanjirlaridan tashkil topgan. Bu polipeptidlarning har biri birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturaga egadir.  To’rtta polipeptid zanjirining har ikkitasi bir xil birlamchi strukturaga ega, shuning uchun ikkita α va ikkita β -polipeptidlar gemoglobin molekulasini to’rtlamchi strukturasini hosil qiladi. α - polipeptid zanjirida 141, β−polipeptid zanjirida esa 146 ta aminokislotalar qoldig’i joylashgan. Gemoglobin oqsili globulyar konfiguratsiyada bo’ladi Oqsillarning to‘rtlamchi strukturasining hosil bo‘lishi Turli subbirliklarni o‘zaro tutashib turishini aminokislotalar qoldiqlarini qutbli guruhlari ta’minlaydi. Qutbli guruhlar orasida ionli, vodorodli, ayrim vaqtlarda disulfidli bog‘lar hosil bo‘lib, subbirliklar o'zaro mustahkam bog‘lanadi. Vodorod bog‘ini uzuvchi moddalar ta’sirida, disulfid bog‘larini qaytaruvchi moddalar ta’sirida protomerlar dezagregatsiyaga uchraydi va oqsilning to‘rtlamchi strukturasi buziladi. Murakkab oqsillar 1. Glikoproteinlar (Uglevod saqlovchi oqsil) 2. Lipoproteinlar (lipid saqlovchi oqsil) 3. Fosfoproteinlar ( fosfor saqlovchi oqsil) 4.nukleoproteinlar ( nuklein kislota saqlovchi oqsil) 5. Xromoproteinlar (rang saqlovchi oqsil) 6.Metaloproteinlar (metal ionlarini saqlovchi oqsil) Glikoproteinlar Glikoproteinlar murakkab oqsillar bo‘lib, oddiy oqsil yoki peptiddan tashqari geteropolisaxarid guruhini saqlaydi. Hozirgi vaqtda ularni glikokonyugatlar deb nomlash qabul qilingan. Glikokonyugat tarkibiga uglevod bo‘lmagan qism (aglikan fraksiya) oqsil, peptid, aminokislota yoki lipid bilan kovalent bog‘langan uglevod komponenti (glikan fraksiya) kiradi. Uglevodlar haqidagi fan – glikobiologiyaga, hozirgi vaqtda qiziqish ortmoqda, chunki saraton, odam immuntanqisligi, revmatoid artrit, astma va boshqa kasalliklarning rivojlanishida glyukokonyugatlar strukturasining o‘zgarishi alohida rol o‘ynaydi.  Glikoproteinlarga ko‘pchilik oqsil gormonlar, membranadagi murakkab oqsillar, barcha qarshi tanachalar (immunoglobulinlar), qon plazmasi, sut oqsillari, ovalbumin, interferonlar, komplement, qon guruhi omillari, retseptor oqsillari va boshqalar kiradi. Keltirilgan glikoproteinlar ro‘yxatidan ko‘rinib turibdiki, ular turli spetsifik funksiyalarni bajaradilar: hujayra adgeziyasi, molekula va hujayralarni tanishni, saraton hujayralarning antigen faolligini ta’minlaydi, himoya va gormonal, shuningdek, antivirus ta’sir ko‘rsatadi.  Fosfoproteinlar Bu sinf oqsillarga sut kazeinogeni, tovuq tuxumi sarig‘idan ajratilgan ovitellin, vitellinin; baliq tuxumida saqlanuvchi ixtullin va boshqalar kiradi. Ularda fosfat kislota 1%gacha saqlanadi. Ko‘p miqdordagi fosfoproteinlar MNS hujayralarida saqlanadi. Fosfoproteinlar strukturasi uchun xarakterli bo‘lib, fosfat kislotaning oqsil molekulasi bilan β− oksiaminokislotalar (serin, treonin) orqali murakkab efir bog‘ orqali bog‘lanishi hisoblanadi. Bir molekula oqsilga asosan 2-4 fosfat kislota qoldig‘i to‘g‘ri keladi.Bundan tashqari, ular embrion rivojlanishi va organizmning postnatal o‘sishi va rivojlanishi uchun qiymatli energiya va plastik material bo‘lib hisoblanadi   Nukleoproteinlar Nukleoproteinlar oqsil va nuklein kislotalardan tarkib topgan. Nuklein kislotalar prostetik guruh sifatida ko‘riladi. Tabiatda bir-biridan farq qiladigan 2 xil nukleoproteinlar topilgan dezoksiribonukleoproteinlar (DNP) va ribonukleoproteinlar (RNP) Nukleoproteinlar nomi nuklein kislotalar tarkibiga kiruvchi uglevod qismining (pentozalar) tabiatiga bog‘liqTurli nukleoproteinlarda nuklein kislotaning miqdori 40 dan 65%gacha (masalan, pro- va eukariot ribosomalarida) bo‘ladi. Virus nukleoproteinlarida nuklein kislota miqdori umumiy massaning 2-5%ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda yadro xromatini (DNP), ribosomalar va virus nukleoproteidlari molekula usti kompleksi yoki strukturalar sifatida ko‘rilmoqda.  Lipoproteinlar Oxirgi yillarda lipoproteinlar (LP) kimyoviy tabiati va strukturasini o‘rganish bo‘yicha ma’lum natijalarga ega bo‘lingan. Bu sinf murakkab oqsillar, oqsil va lipiddan tashkil topgan prostetik guruhdan iborat. Xususan, lipoproteinlar tarkibida neytral yog‘lar, erkin yog‘ kislotalari, fosfolipidlar va xolesterin topilgan. Lipoproteinlar tabiatda keng tarqalgan: o‘simliklarda, hayvon to‘qimalarida va mikroorganizmlarda, ular turli biologik funksiyalarni bajaradilar. Ular hujayra membranasi, hujayra ichidagi yadro, mitoxondriya, mikrosoma biomembranalarida, shuningdek, erkin holatda uchraydilar (asosan qon zardobida). Bulardan tashqari lipoproteinlarga o‘pka to‘qimasining tromboplastik oqsili, tovuq tuxumi sarig‘idagi lipovitellin, sutning ba’zi fosfolipidlari va boshqalar kiradi. Lipoproteinlar miyelin qobiqlar, nerv to‘qimasi, xloroplastlar, fotoretseptor va elektron-transport sistemalar, ko‘z to‘r pardasi tayoqcha va kolbochkasi va hokazolarning hosil bo‘lishida qatnashadi.  Fibrillar oqsillar Kollagen Kollagen hayvonlar va odamlarning biriktiruvchi to'qimalaridagi asosiy oqsil bo'lib, spiral shaklida o'ralgan uchta oqsil filamentidan iborat. Kollagen to'qimalarni mexanik stressdan himoya qiladi, terining mustahkamligini saqlaydi. Kollagen organizmda keng tarqalgan protein bo'lib, organizmdagi barcha oqsillarning uchdan bir qismini tashkil qiladi. Tanadagi kollagenning 80% dan ortig'i teri, suyaklar, ligamentlar, biriktiruvchi to'qimalarning hujayralararo moddasida joylashgan.  Elastin Elastin elastik tolalarning asosiy oqsilidir, ular teri, qon tomirlari devorlari, ligamentlar va o'pka kabi to'qimalarning hujayralararo moddasida ko'p miqdorda mavjud. Bu oqsil juda muhim xususiyatlarga ega: ular yuqori kuchlanish kuchini saqlab, asl uzunligidan bir necha marta cho'zilishi mumkin va yuk olib tashlangandan keyin asl holatiga qaytadi. Elastiklik elastin tarkibida lizin aminokislotalari ishtirokida ko'p sonli zanjirlararo o'zaro bog'lanishlar mavjudligi bilan bog'liq. Elastin suvda erimaydi va shishib ketmaydi. Elastin tarkibida ko'plab hidrofobik aminokislotalar mavjud - glitsin, valin, alanin, leysin, prolin.  Hayvonlarning sochlari (junlari), tirnoqlari, patlari, ignalari, tirnoqlari, shoxlari va tuyoqlari asosan keratindan iborat. Keratinlar tuzlar, kislotalar, ishqorlar eritmalarida erimaydi. Ularning molekulyar og'irligi juda katta.  FASHION GENERAL FASHION GENERAL E'tiboringiz uchun rahmat��E'tiboringiz uchun rahmat��