logo

N-vinilpirrolidon va vinilkaprolaktam monomerlaridan polimerlar sintez qilish va ularning molekulyar massasini boshqarish

Yuklangan vaqt:

26.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5601.78125 KB
Mavzu : N-vinilpirrolidon va vinilkaprolaktam monomerlaridan polimerlar sintez qilish va ularning molekulyar massasini boshqarish Reja:  Vinilkaprolaktam va n- vinilpirrolodon monomerlarining tuzilishi  Vinilkaprolaktamning polimerlanishi  N-vinilpirrolidonning polimerlanishi  Ishlatilish sohalari Yoki Vinilkaprolaktam tuzilishi N-vinilkaprolaktam monomerining tuzilish strukturasiga binoan undagi kislorod, azot atomi bilan bevosita bog`langan vinil guruhi hisobiga kimyoviy bog`lanishlar hosil qilish imkoniyatlarini o`rganish maqsadida uning ayrim analiz natijalarini oldik. Hisoblashlar ―HyperChem‖ dasturida amalga oshirildi. Analiz davomida umumiy 56 ta elektron, 53 ta orbital bo`yicha natijalar olindi. Poli-N-vinilkaprolaktamni gidrofob-gidrofil balansi, azol strukturalarini gidrofob-gidrofil va elektronodonornoakseptor хossalari bilan birgalikda ularni fizik kimyoviy хossalarini sezilarli kengaytirishga imkon beradi va ularni fan va texnikaning turli sohalarida qo`llashni yangi imkoniyatlarini ochadi.  Elektron zaryadlarning taqsimlanishi, atomlararo bog` uzunliklari hamda analiz natijalariga asoslangan holda N-vinilkaprolaktam molekulasidagi kislorod atomining yuqori zichligi qiymatiga asoslangan holda uning d-metallar bilan kompleks birikmalar hosil qilishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Vinil guruhidagi qo`shbog` hisobiga esa π-kompleks hosil qilish imkoniyati ham mavjud. N-vinilkaprolaktam molekulasining fazaviy tuzulishi.   N-vinilpirrolidon tuzilishi Yoki Polivinilpirrolidon (PVP), odatda polividon yoki povidon deb ham ataladi, bu monomer N- vinilpirrolidondan tayyorlangan suvda eruvchan polimer. Polivinil pirrolidon ketonli organik moddadir, uni tiniqlovchi vosita sifatida ishlatish mumkin; Stabilizatsiya agenti; Qalinlashtiruvchi; Tabletkani to'ldiruvchi vosita; Tarqatuvchi. Molekulyar og'irligi 360,000 bo'lgan Polimer PVP odatda pivo, sirka va sharobni tozalash vositasi sifatida ishlatiladi. Polivinilpirrolidon qalinlashtiruvchi, emulsifikator, moylash materiallari va tiniqlashtiruvchi vosita, shuningdek PVP-I dezinfektsiya va sterilizatsiya agenti sifatida keng qo'llaniladi. N-vinilpirrolidon polimerlanishi  Yon o’rinbosarlari sifatida azot tutuvchi geterosikllar bo`lgan karbosiklik polimerlarga qiziqish ularni biomosliligi, kompleks hosil qilish хususiyati yuqoriligidadir, ayrimlari esa biologik faollik ham namoyon qiladi. Bunday polimerlarga yaqqol misol sifatida poli-N- vinilkaprolaktamni keltirish mumkin. U suvli eritmalarda erishida pastki kritik harorati tirik sistemalarda faoliyat ko`rsatuvchi sohada bo`ladi. Uning bu хususiyati flokulyantlar, sorbentlar, yangi dorivor shakllar, fermentlar, tirik hujayralarni kapsulalash uchun polimerlar kabi turli vazifani bajaruvchi polimer materiallar olishda istiqbolli hisoblanadi. Vinilkaprolaktam polimerlanishi  ISHLATILISHI N-vinilpirrolidon asosidagi polimerlar organizmda sekin parchalanadigan fermentlarni immobillash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari ular biologik inert bo'lganligi uchun tibbiyotda ham ishlatiladi. Kamchiligi esa uning organizmda to'planib qolishidir. Bu jihatdan fermentlar ta‘sirida gidrolizlanadigan tabiiy polimerlar ahamiyatlidir. Shuning uchun dlori vositalariga dekstran, sintetik tashuvchilardan N- vinilpirrolidon asosida polimerlar qo'shiladi. N-vinilkaprolaktam zvenolarini boshqa azot tutuvchi monomerlar zvenolari bilan kombinirlash polimer va fizik kimyo, biologiya va tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun qiziqarli bo`lgan o`ziga хos xossali materiallar olishga imkon yaratadi. E'tiboringiz uchun tashakkur!