logo

Kislota va asoslarni titrlash metodining mohiyati va qo’llanilish sohasi. Indikatorlar nazariyasi

Yuklangan vaqt:

26.05.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

370.380859375 KB
Kislota va asoslarni titrlash metodining mohiyati va qo’llanilish sohasi. Indikatorlar nazariyasi Reja:  Kislota va asoslarni titrlash metodining mohiyati va qo’llanish sohasi. Asidimetriya va alkalimetriya.  Kislota va asoslarni titrlash metodida qo’llaniladigan indikatorlar. Indikatorlar nazariyasi  Neytrallash metodida titrlash tartibi  Kislota-asosli titrlash metodi asosida gidroksoniy (H3O + ) yoki (H + ) ionlarining gidroksil OH - ionlari bilan o&#39;zaro ta’sirlashib kuchsiz elektrolit — suvning hosil bo&#39;lishi bilan boradigan reaksiya yotadi. H3O + + OH - -> 2H2O H + + OH - -> H2O Bu metod kislotalar, gidroksidlar, suvda gidrolizlanuvchi tuzlar , aralashmalar miqdorini aniqlashda qo’llaniladi. Kislota- asosli titrlashning ikki metodi bor:  Eritmadagi ishqorlar va suvdagi eritmalarda gidrolizlanishi natijasida ishqoriy muhit hosil qiluvchi tuzlar konsentratsiyasini aniqlashda standartlashtirilgan ishchi eritma sifatida kislota eritmasi ishlatiladi. Bunday aniqlashlar atsidometriya (lotincha acidium- kislota) deb yuritiladi.  Aksincha ishqorning standartlashtirilgan ishchi eritmasidan foydalanib, kislotalarning miqdorini aniqlash alkalimetriya mumkin.  Neytrallash metodlarida ishchi eritma sifatida xlorid, sulfat kislota, kaliy gidroksid, natriy gidroksid eritmalari ishlatiladi. Bu moddalardan boshlang’ich standart moddalar sifatida foydalanib bo’lmaydi. Taxminiy 0,1- 0,5 n li eritmalari tayyorlanib, ularning titri va normalligi standart eritmalar yordamida titrlab aniqlanadi.  Titrlash jarayonida pH ning ma’lum qiymatida ekvivalent nuqtaga erishiladi va titrlash to ‘xtatiladi. Neytrallash reaksiyasi qandaydir tashqi o ‘zgarish bilan ketmaydi, shuning uchun ekvivalent nuqta — titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlash uchun maxsus indikatorlardan foydalaniladi.  Neytrallash metodining asosiy ish eritmalari kislota (odatda HCl yoki H 2 SO 4 ) va ishqor (NaOH yoki KOH) eritmasidir.  Kislotalarning titrini aniqlashda boshlang’ich modda sifatida, ko’pincha bura Na 2 B 4 O 7 •10H 2 O yoki soda Na 2 CO 3 ishlatiladi. Bu moddalarni qayta kristallga tushirish yo’li bilan formulasiga aniq javob beradigan holda olish mumkin. Ularning eritmalari yuqorida aytib o’tilganidek, kuchli ishqoriy muhitga ega bo’ladi va ularni kislotalar bilan titrlash mumkin.  Ishqorlarni titrini aniqlashda ko’pincha oksalat kislota Н 2 С 2 О 4 •2Н 2 О yoki qaxrabo kislota Н 2 С 4 Н 4 О 4 dan foydalaniladi. Bu kislotalarning ikkalasi ham qattiq kristall moddadir. Ular ham qayta kristallga tushirilgach formulasiga aniq javob beradigan darajada toza holda olinadi. Qaxrabo kislota tarkibida kristalizatsiya suvi yo’qligi va saqlanganda qurib qolish xavfi bo’lmaganligi uchun boshlang’ich modda sifatida ishlatishda oksalat kislotaga nisbatan ancha qulaydir Neytrallash usulida qo’llaniladigan indikatorlar  Titrlashda ekvivalent nuqta —titrlashning oxirgi nuqtasi indikatorlar y ordamida aniqlanadi.  Agar indikator to&#39;g&#39;ri tanlansa, ekvivalent nuqta bilan titrlashning oxirgi nuqtasi bir nuqtada yotadi .  Indikatorlar ishlatilish usuliga ko‘ra, ichki va tashqi indikatorlarga bo&#39;linadi. Agar indikator titrlanadigan eritmaga qo&#39;shilsa ichki indikator deyiladi. Agar titrlanayotgan eritmadan bir tomchi olib indikator qog&#39;ozga tomizilib tekshirilsa, tashqi indikator deyiladi.  Ishlatiladigan reaksiyaning turiga ko&#39;ra, indikatorlar quyidagilarga bo&#39;linadi: — kislota-asosli indikatorlar; — oksidlanish-qaytarilish (red-oks) indikatorlari; — kompleksonometrik (metall) indikatorlari; — adsorbsiyalanish indikatorlari .  Kislota-asosli indikator.  Kislota-asosli indikatorlar kuchsiz organik kislota yoki asoslardir. Kislota-asosli indikatorlar quyidagilarga bo&#39;linadi:  1. Kislotalarga nisbatan sezgir (pH> 7): fenolftalein, timolftalein, alizarin.  2. Asoslarga nisbatan sezgir (pH<7): metiloranj, metil qizili.  3. Ham kislota, ham asosga nisbatan sezgir (pH=7): lakmus, fenil qizili.  Indikatorlarning ion nazariyasi. 1887-yilda S.Arreniusning elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasini, 7 yildan keyin esa (1894) Ostvald indikatorlarning ion nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra, kislota-asosli indikatorlarning dissotsilanmagan molekulalari va ionlari turli rangli kuchsiz organik kislota yoki asoslardir. HJnd — indikatorning dissotsilanmagan molekulasi. Jnd ~ — indikator ionlari. Masalan: lakmus  HJnd —> H + + Jnd - ikki xil rangli indikator  qizil ko‘k fenolftalein  HJnd —> H + + Jnd ~ bir xil rangli indikator  Rangsiz qizil  Ma‘lumki, har qanday eritmaga kislota yoki ishqor eritmasidan qo’shilishi undagi Н + ionlari konsentratsiyasini, ya‘ni рН ning qiymatini o’zgartiradi. Boshqacha aytganda indikator rangini o’zgarishi eritma рН ning o’zgarishiga bog’liq. Har qaysi indikator o’zining rang o’zgarish intervali bilan xarakterlanadi. рН ning indikator rangi o’zgaradigan qiymati o’rtasidagi oraliq indikator rangining o’zgarish intervali deyiladi.  Masalan, agar kislota eritmasiga 1-2 tomchi fenolftalein tomizib, kislota ishqor yordamida sekin neytrallansa, Н + ionlari konsentratsiyasi asta-sekin kamayadi, ya‘ni eritmaning рН i ortadi.  Ion -xromofor nazariya.  Fanning rivojlanish jarayonida bu ikki nazariya birlashtirildi. Indikatorlarning dissosiatsiya muvozanati tez qaror topadi, lekin tautomer o‘zgarish jarayoni vaqt o&#39;tishi bilan sodir bo&#39;ladi. Shuning uchun ayrim indikatorlarning rangi hamma vaqt tez o&#39;zgarmaydi.  Masalan:  Fenolftalein  Indikator rangining o‘zgarish sohasi. Indikatorning rangi pH ning har qanday o‘zgarishida ham o‘zgaravermay, balki pH ning ma’lum qiymati oralig‘ida o‘zgaradi va bu indikator rangining o&#39;zgarish sohasi deb aytiladi (1-rasm). pH ning ayni indikator bilan titrlab to‘xtatiladigan qiymati shu indikatorning titrlash ко‘rsatkichi deyiladi va u pT bilan ifodalanadi. Masalan, fenolftaleinniki pT=9,0; metiloranjniki pT=4,0; lakmusniki pT=7. Titrlash egri chizig’i  Eritma рН ning titrlash jarayonida qo’shilgan ishchi eritmaning miqdoriga qarab o’zgarishini grafik tarzida ifodalash mumkin. Hosil qilingan grafik titrlash egri chizig’i deb ataladi. Ekvivalent nuqtasi yaqinida unda keskin o’zgarish (sakrash) paydo bo’ladi. Agar 1 ta titrlash jarayonida bir necha ekvivalent nuqtalar mavjud bo’lsa ularga mos ravishda grafikda o’shancha sakrashlar paydo bo’ladi. Indikatorlarni to’g’ri tanlash uchun titrlash egri chiziqlardan foydalaniladi. Titrlash egri chizig&#39;iga ta ’sir qiluvchi omillar:  • eritma konsentratsiyasi: konsentratsiya qancha katta bo&#39;lsa, titrlash sakramasi shunchalik katta bo‘ladi. Masalan, 100 ml 0,1 n li HCl ni 0,1 n NaOH bilan titrlashda titrlash sakramasi pH= 4 ,3 dan 9,7 gacha, ya’ni 5,4 birlikka o ‘zgarar ekan;  • harorat qancha yuqori bo&#39;lsa, titrlash sakramasi shuncha kichik bo‘ladi. Titrlash tartibi  Neytrallash metodida titrlashni “kislotadan ishqorga tomon” ya‘ni, kislota eritmasiga byuretkadan ishqor quyish yo’li bilan yoki, aksincha, “ishqordan kislotaga tomon” olib boriladi.  Ekvivalent nuqtasida metiloranjning rangi och pushti bo’ladi. Sariq rangdan pushti rangga o’tish, pushti rangdan sariq ranga o’tishga nisbatan ko’zga yaxshiroq ko’rinadi.  Fenolftaleindan indikator sifatida foydalanilganda “kislotadan ishqorga tomon” tartibida titrlash qulaydir,chunki bunda rangsiz indikator olcha rangga kiradi.  Ekvivalent nuqtasini puxtaroq aniqlash uchun titrlash “guvoh” ishtirokida olib boriladi. «Guvoh» eritma tayyorlash uchun boshqa konussimon kolba olinib, unga titrlash oxiridagi eritma hajmiga teng miqdorda distillangan suv olinadi, 1 tomchi indikator va byuretkadan 1-2 tomchi HCl eritmasi qo’shiladi.  “ Guvoh” eritma juda och, ammo sezilarli pushti rangga ega bo’lishi kerak.  Tayyorlangan “guvoh” eritmadan titrlanadigan eritmadagi rangning o’zgarishini sezib olishda foydalaniladi, bunda titrlanayotgan eritma bilan “guvoh” eritmaning rangi bir xil bo’lishiga erishish zarur.  Ekvivalent nuqtasini to’g’ri aniqlash qo’shilgan indikator miqdoriga ham bog’liq. Ko’p indikatorlar kislota yoki asoslardir, ularni titrlanayotgan eritmaga ko’p miqdorda qo’shish, analiz xatosini oshirish mumkin, chunki tekshirilayotgan eritmaning bir qismi indikator bilan bo’ladigan reaksiya uchun sarflanadi. Shuning uchun indikatorni qat‘iy ko’rsatilgan miqdorda qo’shish shart. 10-15 ml analiz qilinayotgan eritmaga 1 tomchi , 25 ml ga esa 2 tomchidan ko’p indikator olmaslik kerakligi amalda isbotlangan .