logo

Xorij mamlakatlarida sug'urta maxsulotlarini sotishda sug'urta marketingini tutgan o'rni va ahamiyati

Yuklangan vaqt:

09.10.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

735.248046875 KB
Mavzu: Xorij mamlakatlarida sug’urta maxsulotlarini sotishda sug’urta marketingini tutgan o’rni va ahamiyati Toshkent Mundarija Kirish 1. Xorij mamlakatlarida sug'urta maxsulotlarini sotish 2. Xalqaro sug`urtaning turlari Xulosa KIRISH O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlari talablariga mos bo‘lgan sug‘urta tizimini barpo etishni taqozo etdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda yagona — davlat sug‘urta organlari faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi paytda raqobat muhitida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi 25 ta turli mulk shaklidagi sug‘urta tashkiloti va 300dan ortiq ularning filiallari mavjud. Mavjud sug‘urta tashkilotlari-ning 5 dan ziyodi xorijiy kapital ishtirokidadir. Hozirgi paytda, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, sug‘urta tashkilotlari va ularning filiallarida 3000 dan ortiq mutaxassislar ishlaydi. Bugungi kunda aholiga munosib turmush tarzini yaratish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuvini jadallashtirish — hukumat olib borayotgan siyosatning markaziy o‘rinlaridan birini egallaydi. Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishishda sug‘urta tizimi muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan tabiiy va boshqa hodisalarning ro‘y berishi oqibatida ko‘rilgan zararlarning sug‘urta yo‘li bilan qoplanishi korxona va tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi, ikkinchi-dan, sug‘urta tashkilotlarida zaxira shaklida yirik miqdorda bo‘sh pul mablag‘larining mavjud bo‘lishi investitsion resurslarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Xorij mamlakatlarida sug'urta maxsulotlarini sotish Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot subyektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat — aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi. Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari — murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.2B 0B 0C 020C 10 03 18 17 2C 0D 09 04020A 2C17 16 0D 1F 0C 0D 0D 1C Axoli jon boshiga sug’urta to’lovlari eng yuqori bo’lgan mamlakat - Lyuksemburg bo’lib, 1999 yilda u aholi jon boshiga 2800 EKYuni tashkil etgan. Sababi, Lyuksemburgni nemislar, belgiyaliklar va boshqa mamlakatlardan kelgan mexmonlar bu erni kapital joylashtiriladigan «soliq jannati» deb atashadi. Buyuk Britaniyada eng erkin sug’urta tizimi barpo etilgan. Bu yerda xattoki, sug’urta kompaniyalarini nazorat qiladigan maxsus organ ham yo’q. Nazorat sanoat departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Sug’urta badallarini o’rnatish va sug’urta qilish qoidalari erkinligiga qaramasdan, bu yerda ko’rsatilayotgan xizmat sifati boshqa mamlakatlardagidan ancha yuqori, narxlari esa, past darajada. Tarixan tarkib topishiga ko’ra, Britaniya sug’urta bozori ikkita mustaqil qismga bulingan: London va boshqa barcha hududlar. London bozori, odatda, xorijiy mijozlarni, dengiz kemalarini, neft kompaniyalarini, TMKlarni sug’urtalaydi. London bozorida hukmronlik qiluvchi Lloyd sug’urta kompaniyasi oxirgi yillardagi qiyinchiliklardan, faqatgina, jiddiy tashkiliy islohotlarni amalga oshirish bilan chiqmoqda. Ushbu qiyinchiliklar mamlakat ichkarisidagi mijozlarni sug’urtalovchi - ichki sug’urta bozoriga ta'sir etmadi. Germaniyada sug’urta bozori davlat tomonidan qattiq tartibga solinadi. Uning o’ziga xos jihati shundaki, sug’urta biznesi yirik sanoat kapitali bilan yaqin aloqada. Kapitalda va boshqaruvda o’zaro ishtirok etish keng tus olgan. Mutaxassislarning fikricha, taxminan 50 ta kishi barcha yirik nemis sug’urta kompaniyalarini nazorat qiladi. Shuning uchun ham, raqobat asosan sotish tarmoqlari o’rtasida mayjud. Germaniyada sug’urta bozorida hukmronlik qiluvchi kompaniyalardan biri - «Alyans» kompaniyasidir. U hayotni sug’urtalash sohasining 42 foizini va boshqa sug’urta sohalari 38 foizini egallab olgan. «Alyans» aylanmasining taxminan 55 foizga yaqini ichki bozor, qolgani xorijiy faoliyat bilan bog’liq. Yaqinda, ikkita frantsuz kompaniyalari «AXA» va «IAR»ni birlashishidan oldin, «Alyans» Yevropadagi eng yirik sug’urta kompaniyasi edi.Xorijiy kapitalga nisbatan qonuniy cheklovlarning mayjud emasligiga qaramasdan, nemis sug’urta bozori nisbatan yopik hisoblanadi. Bu aholining: «nemislar o’z sug’urtachilarini afzal biladilar» degan psixiologiyasi bilan bog’liq. Bundan tashqari, bu yerda agentlar tarmog’i juda zich. 50 mingga yaqin agentlar sug’urta kompaniyalarida agent bo’lib to’liq ish kunida ishlashsa, taxminan 270 ming kishi o’rindoshlik asosida faoliyat yuritadilar. Agentlar bilan mijozlar o’rtasidagi munosabat dustona va uzoq muddatli asosda shakllangan. Germaniyada qayta sug’urtalash keng rivojlangan. Bu - Birinchi Jahon urushidan keyin, to’g’ri sug’urtalash bilan shug’ullanayotgan nemis sug’urta kompaniyalariga xorijda faoliyat yuritish ta’qiqlanishi natijasida yuzaga keldi. Chunki, ushbu ta’qiqlar qayta sug’urtalovchilarga taalluqli emasdi va sug’urta kapitali yillar davomida ushbu sohaga oqib utdi. Nemis bozorining eng muhim tomoni - bank sug’urtalashdir, ya'ni sug’urta kompaniyasi o’z savdo shoxobchasida nafaqat sug’urtalash bilan, balki bank xizmatlarini ko’rsatish bilan ham shug’ullanadi. Frantsuz sug’urta bozori hayotni sug’urtalash va avtomobil sug’urtasiga ixtisoslashgan. Ayniqsa, avtomobil va avtotransport egalari javobgarligini sug’urtalash kuchli darajada rivojlangan.3B180A0D 12051314050A1002 0A0B 3F 10 1217051314050E0E 1205 15090A0B0C 10 19050402 0512 1205 10 0F021E 0512 38180D 0D05 12 12051314050A1002 12 160222021F 1C020E 0F09140A120210 1217051314050E0E 41 1702190910160B 02 0B15100B 020310 18 12 11020A020C 2. Xalqaro sug`urtaning turlari Yevropa iqtisodiy hamkorlik tizimida qabul qilinishicha, sug’urta tashkilotlari ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan asosda o’z faoliyatlarini tashkil qiladilar. Ixtisoslashmagan sug’urta tashkilotlari sug’urtaning bir necha turlari bo’yicha o’z ishlarini olib boradilar. Ixtisoslashgan sug’urta tashkilotlari 1-2 yo’nalishlarda ixtisoslashgan holda faoliyat yuritadilar. EHTda sug’urta guruhlari quyidagi ikki xilga bo’linadi: uzoq va qisqa muddatli umumiy sug’urta turlari. Uzoq muddatli sug’urta turlariga quyidagi etti xil sug’urta yo’nalishlari kiradi: hayotni va annuitentini sug’urtalash; nikoh va farzand tavalludini sug’urtalash; sog’liq uzluksizligini sug’urtalash; tonting sug’urtasi;kapitalni qayta sug’urtalash;pensiya sug’urtasi; boshqa turdagi uzoq muddatli sug’urtalar.39 12 Yuqoridagi uzoq muddatli sug’urta turlaridan boshqa xalqaro amaliyotda quyidagi sug’urta yo’nalishlari mavjud: baxtsiz hodisalardan sug’urtalash; tibbiy sug’urta; avtomobillarni sug’urtalash; temir yo’l vagonlarini sug’urtalash; samolyotlarni sug’urtalash; kemalarni sug’urtalash;transport yuklarini sug’urtalash;35 02 Xalqaro sug’urta kompaniyalari. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida sug’urtalovchilarning faoliyati turli xil tashkiliy shakllarda ya'ni, hissadorlik kompaniyalari; davlat va aralash sug’urta tashkilotlari; xususiy tadbirkorlik va birlashmalar; kooperativ sug’urta tashkilotlari; qo’shma korxonalar; avtosug’urtalovchilar parallel shakllarda namoyon bo’ladi. Turli davlatlarda sug’urta jamiyatlarini tuzishda turli xil tashkiliy-huquqiy shakllardan amaliyotda foydalaniladi. AQSH va Germaniyada hissadorlik jamiyatlari, Frantsiyada o’zaro sug’urta jamiyatlari, Buyuk Britaniyada esa, sug’urta assotsiatsiyalari ish olib bormoqda. Italiya va Ispaniyada kooperativ sug’urtalash amaliyotda keng qo’llanilmoqda, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Yaponiyada davlat kapitali ishtirokidagi sug’urta kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Ular, asosan, xalqaro sohada maydonga chiqadilar. Bu kompaniyalarga Germaniyaning «Germes», Frantsiyaning «Kofase» kompaniyalari misol bula oladi. Bu kompaniyalarning kay tarzda shakllanishi, ularning faoliyati ma'lum me'yoriy aktlar va maxsus davlat sug’urta nazorati organlari tomonidan tartibga solinadi. Yuqorida aytib o’tilgan Germaniyaning «Germes» kompaniyasini olib qaraylik. Bu davlat sug’urta kompaniyasi bo’lib, turli mamlakatlar bilan tuziladigan shartnomalarga pul to’lovi nemis banklari va kompaniyalarining risklarini sug’urtalaydi. Frantsiyaning «Kofase» kompaniyasiga keladigan bo’lsak, bu davlat sug’urta kompaniyasi bo’lib, Frantsiyadan eksport junatmalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan kreditlarni sug’urtalaydi. Xulosa Sug’urta bozori bir necha sug’urta tashkiloti tashabbusi bilan shakllanib, bir shaxar, mamlakat miqyosida emas, balki bir necha mamlakat doirasida, xalqaro sug’urta bozori sifatida shakllanadi, qayta sug’urtalash tadbirlarini amalga oshirishga yordam beradi. Bozor sharoitida faoliyat yurituvchi sug’urtalovchining qayta sug’urtalashga bo’lgan ehtiyojlari hozirgi kunda hech kimga sir emas. Uziga katta riskni oluvchi, lekin yetarli darajadagi rezerv va zahira fondlari bo’lmagan sug’urta tashkilotlari ob'ektiv yondoshgan holda qayta sug’urtalashni rivojlantirish uchun shart-sharoirt yaratib, shu yo’l bilan o’zlarining moliyaviy ahvollarini barqarorlashtiradilar. Keng hajmdagi qayta sug’urtalash - bu sug’urtalash tomonidan o’zlari qabul qilgan riskning ma'lum bir qismini boshqa sug’urtachilar - qayta sug’urtachilarga topshirilishidir.