logo

Turizm maxsus turlarni shakllantirishda turizm sanoati

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1976.5 KB
  Turizmning maxsus turlari haqida Respublikamizda birinchi so`zni aytgan va bu turlarning dastlabki ro`yxatini tuzgan M.T.Aliyeva hisoblanadi. M.T.Aliyeva turizmdagi maxsus turlarni quyidagicha qayd qilgan:  Madaniyatga qiziqish turizmi;  Tabiatga qiziqish turizmi;  Qishloq turizmi;  Fermerlar hayoti turizmi;  Piyoda va velosipedda harakatlanish turizmi;  Ixtisoslashgan motivlardagi turizm;  Etnik turizm;  Diniy ziyoratgoh turizmi;  Kasbiy faoliyat turizmi;  Sog`inish turizmi;  Sarguzasht turizmi;  Ekologik turizm.  Turizmdagi maxsus turlarni aniqlashda M.T.Aliyevaning “kichik ko`lamli, noan`anaviy turlar” ta`rifi asosiy mezon qilib olingan. Turizm resurslarini ro`yxatga olishda va ma`lum bir ob`ektning turizm resursi bo’la olishligi o`rganilgandan keyin bu ob`ektga yoki tabiiy makonga yoki ishlab chiqarish sohasiga “turizm” so`zini qo`yish bilan hal qilinmaydi. Masalan; “hunarmandchilik sohasini” hunarmandchilik turizmi kabilar. Ishlab chiqarish resurslarini turizm resurslariga aylantirishdagi dastlabki talablar mamlakatda ichki va tashqi turistlarni birinchi navbatda qiziqtira oladigan soha yoki ob`ektga o`rganish to`g`ri bo`ladi deb hisoblaymiz. O’rganiladigan ob`ekt oddiyiste`molda emasligi xalqimizning o`ziga xos bo’lgan bejirim buyumlarining boshqa davlatlarda ishlab chiqarilmasligi, urf-odatlarining milliyligi yoki milliy o`yinlarni boshqa davlatlardagi xalqlar hayotiga umuman yo`qligi milliy san`atkorlik ijodlarini mujassam bo`lishi birinchi navbatdagi chet ellik turistlarni jalb qiladi. Bunday ob`ektlarga masalan hunarmandchilik, yoki ustachilikni olganimizda dastlab dunyoning barcha davlatlarida yashayotgan xalqlarning ham o`ziga xos milliy hunarmandchilik va milliy ustachilik sohalari albatta bor.  Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlarining kelib chiqishlari deyarli bir, yashash manzillarining yaqin qo`shni ekanligidan bizdagi do’ppi va zardo`zli to`n tikish ularda ham bo`lishi mumkin edi. Lekin qadimiy tub joy aholining buyumlar yaratishdagi milliy urf-odatlarni xush ko`rishlari nuqtai nazaridan Markaziy Osiyo xalqlarida qayd qilingan ikkala buyumni tikishda turli uslub, tanlash va yo`nalish hosil bo’lgan. Demak, bizdagi milliy do`ppichilik va zardo`zi to`n tikish qo`shni davlatlarda rivojlangan emas, dunyoning boshqa birorta mamlakatlarida bizdagidek usullar yo`q hisoblanadi. Bu xulosalardan milliy qo`l hunarmandchiligimizdagi do`ppichilik va zardo`zi to`n tikishini xalqaro turizm ob`ekti- resurs sanoati maxsus turlar ro`yxatiga qo`ysa bo`ladi. Xalqimizning milliy o`yinlaridan turizm sohasida foydalanishning juda katta imkoniyatlari borligini ilg`ash qiyin emas.Masalan, qushlarni urushtirish o`yini yoki musobaqasi dunyoning juda ko’p mamlakatlarida bor. Bizda qushlarning xo’roz urushtirish va bedana urushtirish o`yinlari bor. Bu qushlarni urushtirish musobaqasi O`zbekiston Respublikasida juda ommalashgan.Xo`roz urushtirishning jahon birinchiligi ham o`tkaziladi.  Endi ichki turizmda bu o`yinlar hozir ham shaharlar, tumanlarning bozor maydonlarida o`tkaziladi.Xalqaro turizmda bu urushtirish o`yinlari ommaviylashmaydi. Chet ellarda juda kam sonli ishqibozlar bu o`yinlarga qiziqib kelishi mumkin. Bozorlarda asosan vaqti bor va to`satdan nigohi tushgan bozorga kelgan kishilar bu o`yinlarni tomosha qilishadi. Bu o`yindan turizm maqsadida foydalansa ham kichik ko`lamli, noan`anaviy tur bo`lib qolaveradi. Bu o`yinlarni turizmga jalb qilishning eng zarur tomoni shundan iboratki, ichki turizmda ham tashqi xalqaro turizmda ham qayd qilingan ikki turdan yo’l-yo`lakay turistlarning ko`ngilochar o`yinlarni dam olishni xohlagan vaqtlarida foydalanish turistlarga taklif qilish mumkin. Albatta bunday taklif xizmatlari pullik bo’ladi. Turizmdagi maxsus turlarni aniqlash va ro`yxatga olish, kuzatish ustaxonalarda hunarmandlar va ustalarning faoliyat va ishlab chiqargan buyumlarini tomosha qilib shunday xulosa qilish mumkinki,turizmdafoydalanish uchun ro`yxatga olayotgan turlardan ichki turizmda ekskursiya-tanishuv turizmda, xalqaro turizmda esa qo`shimcha tur manbalarisifatida (turistga taklif qilish, bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish, suratga yoki videoga olish va hokazolar) foydalanish mumkin.  Biz ishlab chiqarishdagi milliy hunarmandchilik yoki ustachilik sohalari buyumlarining noyobligi go`zal bejirimligi, mustahkamligi bu buyumlarni san`atkorlikning, kishilarni haytratga soladigan ijod namunalarining ko’pligidan, boshqa davlatlarni xuddi shunday buyumlar mahsulotlaridan ancha ustunligiga e`tibor berishimiz lozim bo’ladi. Masalan kashtachilikdagi ikki yo`nalishning oddiy kashtachilik va zardo`zli kashtachilikning boshqa davlatlarda yashayotgan xalqlarning kashtachiligidan keladigan ustunligi shundan iboratki, so’ngi vaqtlarda O`zbekistonda kelib ketadigan davlat rahbarlari bosh vazirlar, mashhur adiblarga halqaro miqyosdagi taniqli rahbarlar, sport va san`at yulduzlariga maxsus marosimlarga zardo`zli to`n va do`ppi kiydirilmoqda. Ikkala buyum ham faqat O`zbekistonliklar uchun milliy buyum xillari hisoblanadi.E`tibor qilsak qozoq, qirg’iz, turkmanistonliklarning ham to’nlari, do`ppilari, o`zlarining milliyligini ko`rsatib turadi.  n  2010 yilda mamlakatimizga 1,3 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan, ularning 431,5 ming nafari tashrifdan ko‘zlangan maqsad – sayyohlik ekanini qayd etgan. Bu ham jahon hamjamiyatining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Avvalambor, bu mehmonlar dunyo sivilizatsiyasi tarixiga qiziquvchi kishilardir. Xorijlik mehmonlarni xalqimizning madaniyati, urf-odatlari, o‘ziga xos Sharq me’morchilik durdonalari, diyorimizning boy tabiati o‘ziga jalb qiladi. Shu bois sog‘lomlashtirish, ekologik, sport turizmi singari yo‘nalishlar jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.Sayyohlik xizmatlariga bo‘lgan talabning o‘sishi soha infratuzilmasi, xususan, mehmonxona biznesini takomillashtirish vazifasini kun tartibiga qo‘yadi. Istiqlol yillarida ushbu soha bozori sayyohlik sohasining muhim tarkibiy qismi sifatida tobora jozibador bo‘lib bormoqda va izchil rivojlanmoqda. Zero, mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlar oqimining ko‘payishi aynan ushbu soha rivojiga bog‘liq.  Qashqadaryo viloyatida 16 turistik agentlik ish olib borayapti. “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining viloyatdagi sayyohlik va ekskursiyalar byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyi mobaynida vohaga jahonning o‘nlab mamlakatlaridan 15 mingga yaqin xorijlik sayyoh tashrif buyurgan. Vohaning tarixiy-me’moriy obidalari, ziyoratgohlar va so‘lim maskanlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan yangi marshrutlarning ishlab chiqilgani, shuningdek, sayyohlarga zamonaviy mehmonxonalarda yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatilayotgani Qashqadaryoda turizmni jadal rivojlantirish borasida yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Suratda: Shahrisabzdagi Dorus-Saodat majmui – xorijlik sayyohlarni doim hayratga soladi Fond Forumning Qatardagi ilk yirik madaniy loyihasi 30 may kuni Doxa shahrida o'tkazildi. Loyiha doirasida “VII-XXI asrlar sharqona xattotlik namunalari va miniatyura san'ati” kitobi taqdimoti hamda Sharq xattotligi va miniatyurasining noyob asarlari, mamlakatimiz an'anaviy va zamonaviy san'ati ko'rgazmasi tashkil etildi. “O'zbekiston an'anaviy va zamonaviy san'ati” mavzusiga bag'ishlangan tadbirda mamlakatimiz merosi to'rtta asosiy bo'limda namoyish etildi, bular: o'rta asarlarga oid qo'lyozmalar, an'anaviy madaniyatga oid nodir asarlar, bezakli amaliy san'at va zamonaviy rassomchilik. Shu tariqa rasmiy va diplomatik doiralar, jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat va san'at arboblari, ko'zga ko'ringan olimlar va jurnalistlar kabilardan iborat mehmonlar islom san'ati olamiga o'ziga xos sayohat uyushtirishlari, mamlakatimizning boy ma'naviy merosini aks ettiruvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo'ldi, deb xabar beradi Fond Forum Matbuot xizmati.Qatarda "O'zbekiston an'anaviy va zamonaviy san'ati" mavzusiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi  Fond Forum tomonidan 2009 yilda chop etilgan “VII-XXI asrlar sharqona xattotlik namunalari va miniatyura san'ati” kitobi taqdimotning asosiy mavzusiga aylandi. Bu asar sharqona xattotlik va miniatyura san'atining noyob namunalarini bir tizimga solish ustida olib borilgan ilk tajribalarni qamrab olgan. Kitob muallifi va tuzuvchisi, sulolaviy xattot, Mir Arab madrasasi mudarrisi Abdulg'ofur Razzoq Buxoriyning shaxsiy to'plamidan materiallar undan o'rin olgan. Albom asosiy 9 ta bo'limdan iborat bo'lib, ular sharqona nazm, naqqoshlik, me'moriy obidalar va san'at buyumlaridagi xattotlik va miniatyura asarlarining turli maktablarini qamrab oladi. Kitobda Kur'oni Karimga badiiy bezak namunalari kishining e'tiborini tortadi. Naqqoshlik namunalari va xattotlik uslublarining turfa ekaniga qaramay, ularni ichki go'zallik, yuqori ma'naviy va ruhiy holat uyg'unlashtirib turadi.  Birinchi bo'lim ekspozitsiyasida mehmonlar o'rta asarlarga oid miniatyura namunalari va zamonaviy o'zbek miniatyura ustalarining asarlari bilan tanishishlari mumkin bo'ldi.  “ Nodir buyumlar” bo'limi nodir tarixiy liboslarga bag'ishlangan bo'lib, ular orasida mamlakatimizning turli hududlari tarixiga oid ayollar va erkaklar kiyimlari bor. Barcha eksponatlar bir mavzu atrofida uyg'unlashgan bo'lib, turli to'plamlardan olingan Bular – O'zbekiston davlat san'at muzeyi, Buxoro davlat badiiy arxitektura muzey-qo'riqxonasi, I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi, Fond Forum va shaxsiy to'plamlardir.  Nodir buyumlar mavzusini yanada kengroq ochib bergan yana bir ekspozitsiya, shubhasiz, Fond Forum hamda ALIKHAN PHOTOGRAPHYning “Avlodlar almashadi - an'analar abadiydir” deb nomlangan maxsus art loyihasi ko'rgazmasidan bir parcha bo'ldi. Bu mamlakatimiz uchun xos bo'lgan avlodlar merosi va an'analarni asrab-avaylash mavzusi asos qilib olingan noyob vario-fotosuratlar turkumidir. Ekspozitsiyani yaratishda Fond Forumning Milliy kadimiy buyumlar to'plami hamda mamlakatimizdagi muzeylardan an'anaviy liboslar va taqinchoqlardan foydalanilgan. GULI zargarlik liniyasidan zamonaviy talqindagi qadimiy zeb-ziynatlar o'tmish va zamonaviylikni bog'lab turuvchi rishta vazifasini o'tagan.  An'anaviy madaniyat qo'l mehnati asosiy yaratilgan asarlar – yog'och o'ymakorligi, kandakorlik, kashtado'zlik, zardo'zlik, miniatyura, kulolchilik namunalari bilan taqdim etilgan, ular mamlakatimizning noyob amaliy san'atini namoyon qiladi. Mazkur ekspozitsiyaning o'ziga xosligi unda zamonaviy usta-hunarmandlar va ijodkor sulolalar vakillarining asarlari milliy madaniyatdagi an'analarning bardavomligi, milliy merosimizning avlodlardan avlodlarga saqlab kelinayotganligi, qayta tiklanib, rivojlanayotganini aks ettiradi.  Ko'rgazmaning to'rtinchi bo'limi – mamlakatimizning zamonaviy rassomchiligi namunalO'zbek san'ati klassiklari, zamonaviy rassomlar va yosh soha vakillarining 30 dan ortiq asarlari mehmonlarga mamlakatimiz tasviriy san'atining turli janr va uslublari bilan tanishish imkonin berdi.  aridir.  Shu kunlarda barcha muzeylar singari O'zbekiston Davlat San'at muzeyida ham "Muzeylar xaftaligi" va "Istiqlolimizning yorqin ko'zgusi" mavzusidagi chora-tadbirlar doirasida "Mebelsozlik san'ati"  nomli ko'rgazma o'tkazilmoqda.   Zebi-ziynatli buyumlar yasash san'ati xalq ijodiyoti va amaliy san'atining eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi. Badiiy hunarmandchilining bu nodir me'moriy yodgorliklar: ganch, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, shuningdek misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamdo'zlik, ipak va ip gazlamachiligi, hamda kashtachilik kabi o'nlab boshqa amaliy san'at turlarida hanuzgacha o'z asl namunalarini saqlab qolgan va endilikda yuksak va noyob san'at durdonalari  darajasiga ko'tarilgan bu bebaho asori-atiqalar muzeylarimizda saqlanib kelinmoqda.  Mebelsozlik texnikasida yasalgan ashyolar qadimgi an'analar kabi yog'ochdan yasalib keyinchalik sifatlari ortib borgan. Mana necha yildirki harakatlanadigan va muvofiqlashtirilgan mebel insoniyat bilan yonma-yon kelmoqda. Eng birinchi yasalgan mebellardan farqli o'laroq, vaqt o'tgan sari mebel buyumlari bayramona tadbirlarni bezash maqsadida chiroyli, murakkab, qimmatbaho tus olib bordi. Xalqimizda ildizi uzoq o’tmishga borib taqaladigan milliy o’yinlar ko’p. Ulardan ayrimlari yoshlarni jismonan sog’lom, baquvvat, epchil etib tarbiyalashga xizmat qilsa, boshqasi topqirlikka o’rgatadi. Masalan, o’g’il bolalar “Chillak”, “Tortishmachoq”ni yaxshi ko’rishsa, qizlar “Supur- supur”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Happak tosh” kabi o’yinlarga qiziqishgan. Har yili bahor kelishi bilan butun olam yangilanadi, tabiat uyqudan uyg’onadi, inson vujudida esa jo’shqinlik va g’ayrat kuchayadi, ayniqsa, yoshlar o’zida ruhiy tetiklikni his etadi. Shu bois ko’klamda, xususan, Navro’z arafasida ular orasida juda ko’p milliy o’yinlar o’tkaziladi. Ahamiyatli tomoni shundaki, bunday o’yinlar uzoq qishloqlar, mahallalardagi yoshlar bilan ishlash, o’quvchilarning bahorgi ta'til kunlarini mazmunli tashkil etish imkonini beradi. Beg’ubor onlarni xotiraga muhrlaydigan bunday holatlarni har bir inson o’z boshidan kechirgan.  Turizm sanoati 2000-yildan buyon jahonda tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha avtomobil, kimyo, oziq-ovqat, elektron sanoatini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Ayni paytda dunyoda 195 milliondan ziyod kishi yoki ish bilan band aholining 8 foizi ushbu sohada mehnat qilayotir. Jahon iqtisodiyotida xalqaro turizmdan tushayotgan daromad 1 trillion AQSh dollaridan oshadi. Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda sayyohlar oqimi yiliga 4-5 foizga ko‘paymoqda. 2012-yilda Yer yuzida ularning soni ilk bor 1 milliarddan oshdi.  Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda turizm sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. O‘zbekistonda turizm sohasini ijtimoiy-iqtisodiy kompleksning muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylantirish uchun barcha sharoit mavjud. Ushbu soha yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari ko‘payishida muhim o‘rin tutmoqda.  Samarqand bu borada muhim o‘rin tutadi. Haqli ravishda “ Ye r yuzining sayqali”, “Sharq gavhari” deb ataladigan qadimiy va hamisha navqiron ushbu shahar azaldan ilm-fan, savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lib kelgan. O‘tgan yillar mobaynida bu yerda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Registon, Amir Temur, Ruhobod maqbaralari, Shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr va Bibixonim masjidlari, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ular atrofida chiroyli bog‘ va xiyobonlar barpo etildi. Nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat boyligi hisoblangan ushbu yodgorliklar 2001-yili YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Aholi bandligini ta’minlash va shahar iqtisodiyotini mustahkamlashda Samarqandning boy sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Bugungi kunda bu yerda qariyb ikki yuzta sayyohlik firmasi va mehmonxona faoliyat ko‘rsatayotir.  O‘zbekistonning milliy madaniy merosini chet ellarda ommalashtirish, mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlarining Madrid, Riga, Berlin, Parij, Tokio va Londonda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalarida ishtirokini ta’minlashga doir ishlar amalga oshirilmoqda. Registon majmuasi  Sayyohlik – jahon iqtisodiyotidagi serdaromad va jadal rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz sayyohlikni rivojlantirishda asosiy manba – o‘ziga xos madaniy-tarixiy merosga ega. O‘zbekistonda to‘rt mingdan ortiq tarixiy va madaniy yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning 140 tasiYUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Buyuk ipak yo‘lining yurtimiz hududidan o‘tgani ham xorijlik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otadi.  Mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish borasida barcha zarur huquqiy, iqtisodiy va institutsional shart- sharoitlar yaratilgan. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, sayyohlik – bu dunyoni anglash, jahon sahnasiga chiqish, demakdir. Ushbu muhim sohani rivojlantirish, uning keng imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarur.  Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning boy va noyob merosini tiklash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, an’anaviy san’at turlari va xalq ijodini rivojlantirish uchun barcha shart- sharoit yaratildi, tarixiy va madaniy yodgorliklar qayta tiklandi. Amalga oshirilgan mazkur chora-tadbirlar samarasida davlatimizning sayyohlik salohiyati yil sayin o‘sib bormoqda. Bu sayyohlik sohasini rivojlantirish, sayyohlik infratuzilmasini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.Sayyohlik – jahon iqtisodiyotidagi serdaromad va jadal rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimiz sayyohlikni rivojlantirishda asosiy manba – o‘ziga xos madaniy-tarixiy merosga ega. O‘zbekistonda to‘rt mingdan ortiq tarixiy va madaniy yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning 140 tasiYUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Buyuk ipak yo‘lining yurtimiz hududidan o‘tgani ham xorijlik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otadi.  Mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish borasida barcha zarur huquqiy, iqtisodiy va institutsional shart-sharoitlar yaratilgan. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, sayyohlik – bu dunyoni anglash, jahon sahnasiga chiqish, demakdir. Ushbu muhim sohani rivojlantirish, uning keng imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarur.  Mazkur sohani tartibga solishda 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni amalga tatbiq qilish jarayonida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy xalqaro andozalar bilan sharqona samimiyat va mehmondo‘stlik an’analarini uyg‘unlashtirish asosida sayyohlikning milliy modeli yaratildi. Bibixonim maqbarasi  Bibixonim madrasasi  – Amir Temurning katta xotini Bibixonim (Saroymulk xonim) "o’z onasi sharafi"ga (Klavixo) 14-asr oxirida Samarqandda qurdirgan Madrasa. Sayyoh, olim A. Vamberi ta’kidlashicha, bu madrasada 1000 ga yaqin talaba o’qigan. Bibixonim maqbarasi Bibixonim jome mayejidinint kirish peshtog’i qarshisida joylashgan. Lekin jome mayejididan oldin qurilgan. Saroy tarixchisi G’iyosiddin Alining "Amir Temur 1399 yil 10- mayda madrasada to’xtab o’tganligi" haqidagi ma’lumoti shundan dalolat beradi. Tarixnavis Fasih Havofiy (1375— 1442) ta’kidlashicha, Amir Temur jome masjidi qurilishini kelib ko’rarkan, me’moriy majmuada mutanosiblik buzilganligi—Madrasa peshtog’i va ayvoni jome mayejidga nisbatan balandroq va qiyaroq bo’lib qolganligi uchun darg’azab bo’ladi va me’morlar (Xoja Mahmud Dovud va Muhammad Jald)ni jazoladi. Arxeologik qazishlar ham shu nomutanosiblikni tasdiqlaydi. Bino peshtog’i qanchalik mahobatli bo’lmasin, uning qarshisidagi binoga monand emasligi ko’zga tashlanib qolgan. Me’moriy uslub talabiga ko’ra, nomaqbul tushgan Madrasa peshtog’i buzib tashlashga mahkum bo’ldi. Shuning uchun ham keyingi yerlarda Madrasa qoldiqlari buzib tashlandi.      Bibixonim maqbarasi yonida unga "qo’sh" uslubda Tuman og’o xonaqohi qurilgan. Tarixiy manbalar bu xonaqoh ham 1399 y.dan oldin bunyod etilganligi haqida ma’lumot beradi. Chortokli keng xonaqoh, tepasi baland gumbaz bilan bog’langan. Devorlariga manzara naqshin gullar, serhasham bezaklar ishlangan. 4 tarafidagi keng derazalar—tobadonlar va eshiklar orqali xonaqoh juda yaxshi yoritilgan. Ostidagi tagxona—sardoba esa kichikroq bo’lib, devorlari yirik kulrang toshtaxtalar bilan bezatilgan. Tagxonada bir necha tosh tobutlar saqlangan. 1875 y. zilzilasi natijasida tagxona gumbazchasi o’pirilib, pastda toshtobutlar borligi ma’lum bo’ldi. Shu vaqgdan boshlab aholi orasida bu tobutlardan biri Bibixonimga tegishli degan ovoza tarkaldi. 1941 y.da o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar go’yo bu rivoyatni tasdiklagandek bo’ldi. Shu sababli yaqingacha ushbu xonaqoh Bibixonim maqbarasi deb yuritilgan.    Keyingi tadqiqotlar bu muammoga aniklik kiritdi. Bibixonim (Saroymulk xonim) Amir Temur vafotidan keyingi bo’hron yillarida zaharlab o’ldirilgan. Bu binodagi ayol jasadi esa mo’miyolangan (demak, uzoq joydan keltirilgan) va antropolog aniqlashicha, o’rta yoshlardagi, sochlari qora va jingalak qandaydir boshqa ayol ekan. Tuman og’o xonaqohi Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan 1996 y.da ta’mir etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori turizm va sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy turistik xizmatlarni xalqaro sayyohlik bozorlariga faol taklif etishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.  Xulosa  O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi, noyob moddiy va nomoddiy madaniy qadriyatlari, me’moriy obidalari, zamonaviy shaharlari bilan xalqaro sayyohlik bozorida alohida mavqega ega. Boy o‘tmishimizdan dalolat beradigan qadimiy yodgorliklarni asrab- avaylash, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon shaharlaridagi zamonaviy binolar, joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy hunarmandlik markazlari ushbu hududlarda nafaqat xalqaro, balki ichki turizmni ham rivojlantirishga ko‘maklashmoqda.