logo

Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni, ahamiyаti. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining predmeti tadqiqot usullari

Yuklangan vaqt:

22.05.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

74.359375 KB
QISHLOQ XO’JALIGINING RESPUBLIKA IQTISODIYOTIDAGI O’RNI, AHAMIYАTI. «QISHLOQ XO’JALIGI IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI»  FANINING PREDMETI TADQIQOT USULLARI Reja: 1 . Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati. 2. «Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti» fanning predmeti hamda vazifalari,  ularni tadqiq qilish , o`rganish usullari. 3. «Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti» fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. • Iqtisod - cheklangan tabiiy resurslar bilan jamiyatning cheklanmagan ehtiyojlarini qondirish maqsadida insonlarning foydali maqsadlarini amalga oshirishdagi munosabatlarining yig’indisi. • Iqtisodiyot - cheklangan tabiiy resurslar bilan jamiyatning cheklanmagan ehtiyojlarini qondirish maqsadida insonlarning foydali maqsadlarini amalga oshirishda umum-iqtisodiy qonunlarni namoyon bo’lishi, ularni samarali harakat etishi va ulardan ongli foydalanish yo’llarini o’rganuvchi fandir. • Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti - qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan cheklanmagan ehtiyojlarni cheklangan resurslar bilan qondirish jarayonidagi munosabatlarda umumiqtisodiy qonunlarning namoyon bo’lishi, ularni samarali harakat etishi va ulardan ongli foydalanish yo’llarini o’rganuvchi fandir. • Menejment — bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u: • • boshqaruv hokimiyati va san’ati; • « resurslarni boshqarish bo’icha alohida modalik va ma’muriy fikrlar tushuniladi. • Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment — bu boshqruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv —“bu o’ziga xos yuksak sa’nat va maxoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. MENEJMENT VAZIFAL ARI: • Rejalashtirish • Qaror qabul qilish • Nazorat qilish • Motivatsiya QISHLOQ XO’JALIGI IQTISODIYOTI FANINING PREDMETI VA MAQS ADI: Qishloq xo’jaligining barqaror iqtisodiy asosini, takror ishlab chiqarish jarayoni rivojlantirilishini ta’minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish va ularni hayotga joriy etish va uni boshqarish masalalarini, yo’llarini o’rgatish hisoblanadi . Q I S H LO Q XO ’ JA L I G I I Q T I S O D I YO T I FA N I N I N G VA Z I FA L A R I : • Qishloq xo’jaligini bosqichma-bosqich rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini va qonuniyatlarini, uni iqtisodiyotda tutgan o’rni hamda ahamiyatini aniqlash; • Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan doimiy va o’zgaruvchan, o’rtacha xarajatlarni, ularning tarkibi va kamaytirish yo’llarini, yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, samarali taqsimlanishini hamda pul oqimlarini o’rgatish; • Sohada davlat rahbarligini, unda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning mazmuni va mohiyatini, ularni rivojlantirish yo’llarini hamda dasturlarini asoslash; • Sohaning cheklangan yer, suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish tartibini o’rganish, ularni takomillashtirish va rivojlantirish yo’llarini asoslab berish; • Tarmoqda iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda foydalanilayotgan baholarning tizimini, tarkibini, mazmunini, daromad va foydani aniqlash, ularni oqilona taqsimlash yo’llarini ko’rsatish. Yuqoridagi sanab o’tilgan vazifalar har bir hududning hususiyatini hisobga olgan holda hal etilishi lozim. Chunki O’zbekiston respublikasining har bir hududi tabiiy-iqlim, iqtisodiy va demografik sharoiti bilan bir-biridan farqlanadi.  Qishloq xo’jaligi o`zining asosiy maqsadiga erishishi uchun turli xildagi  mahsulotlarini yetishtiradi , ishlar va xizmatlarni bajaradi, ular yordamida talabni qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi.  Korxonalar , birlashmalar, tarmoqlar (tuman, viloyat, respublika) miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikada tub islohotlarni amalga oshirish zarur. Ular bozor iqtisodiyoti munosabatlarining huquqiy, me’yoriy , uslubiy hamda amaliy asoslarini yaratib berishlari lozim.  Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati: O’zbekistonning jami yer maydoni 44.4 mln. gektar bo’lib, (4mln 300 ming gektari sug’oriladigan yerlar) shundan 48,3 foizini turli xildagi qishloq xo`jalik korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon xo’jaliklari foydalanadilar: ularning yig`indisi mamlakat qishloq xo’jaligini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste'mol  tovarlariga , qayta ishlash sanoatini esa xomashyoga bo’lgan talablarini qondirishdir. Maqsadni hal etish uchun: - aholi birdaniga ya’ni qayta ishlanmasdan iste'mol qiladigan sifatli qishloq xo`jalik mahsulotlarini barcha talablarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish; -qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo`jalik mahsulotlariga , ya’ni xom-ashyoga bo’lgan talabini qondirishi lozim. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani o’zining  maqsad va asosiy vazifalarini hal etishda quyidagi iqtisodiy fanlar bilan bog’liq: Fanning predmetini (maqsadini), vazifalarini o’rganishda «Iqtisodiyot nazariyasi», «Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Dehqonchilik asoslari», «Chorvachilik asoslari», «Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini boshqarish», «Mehnatni  tashkil etish , normalashtirish», «Statistika nazariyasi», «Iqtisodiy kibernetika» kabi fanlardan olingan nazariy va amaliy bilimlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, makroiqtisod, ya'ni respublika iqtisodini o’rganmasdan, bilmasdan qishloq xo’jaligi  iqtisodiyotini , unda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o’zgarishlar, ularning ahamiyatini baholab bo`lmaydi. Iqtisodiy qonunlar,  kategoriyalarning mazmunini , harakat qilishini o’zlashtirmasdan qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlar tizimini to’g`ri  va samarali amalga oshirish , mehnatni tejash va uning unumdorligi rivojlantirilishini belgilay olish gumon.  Qisqacha  xulosalar ! Hozirgi davrda, O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo`jaligining o`rni, hissasi ulkan.  U aholini oziq-ovqat , qayta ishlash sanoati korhonalarini esa xom ashyo bilan ta'minlashdek muhim vazifani bajarmoqda. Kelajakda mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish uchun qishloq xo`jaligini rivojlantirish ob'ektiv zarurit hisoblanadi. Bu muammoni samarali  hal etish mexanizmlarini , yo`llarini aniqlab olish zarur. Ular esa «Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti» fanida batafsil yoritiladi. Chunki bu fan tarmoqning barqaror iqtisodiy negizini yaratish asosida uni rivojlantirishni ta'minlay olish qobiliyatiga ega bo`lgan iqtisodiy munosabatlar tizimini ilmiy asoslangan holda yaratish va ularni izchillik bilan bosqichma- bosqich  hayotga joriy etish usullarini , yo`llarini targ`ib etadi.  Vazifa: Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030- yillarga mo’ljallangan strategiyasi da belgilangan vazifalar, bajarilgan ishlar va kutilayotgan natijalar, investitsiyalanishi rejalashtirilgan qishloq xo’jaligi tarmoqlari haqida o’rganib kelish. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!