logo

Konchilik sohasida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish (Zarafshon sanoat texnikumi)

Yuklangan vaqt:

16.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2151.724609375 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Bitiruv malakaviy ishni bajardi: ___________________ Bitiruv malakaviy ishi rahbari: ___________________ Kafedra mudiri: ___________________ Bitiruv malakaviy ishi rahbar xulosasi: ___________________________ PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIM BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI “ Innovatsion ta’lim texnologiyalari” kafedrasi Navoiy viloyati Zarafshon shahar Zarafshon sanoat texnikumi katta ustasi tinglovchi Davlatov Erkin Xudoynazarovichning “Konchilik sohasida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish (Zarafshon sanoat texnikumi)” mavzusidagi malakaviy loyiha ishi TAQDIMOTI Bitiruv malakaviy ishi mavzusi berilgan sana: _____ __________ Bitiruv malakaviy ishi himoyasi belgilangan sana: _____ __________ Toshkent “ Dunyoda eng katta boylik-yoshlikda olgan bilim va egallagan kasbu hunardir.”  Shavkat Mirziyoev Bugungi kunda konchilik sohasi Respublikamizda kata e’tiborga ega bo’lib davlatimiz byudjetiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Shu sohani rivojlantish uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayoni, ish beruvchilar tomonidan qo’llab quvvatlanib kelmoqda. Shundan kelib chiqib: 1. Dolzarb masalalardan bo’lib kelmoqda. 2. Maqsadi: a) ish beruvchilar bilan hamkorlikni oshirish b) ishlab chiqarishdagi amaliyotlarni o’tashdagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish c) Ish beruvchilarning bitiruvchilarga ya’ni mutaxassislarga bo’lgan talabi Mavzuning dolzarbligi Konchilik sohasida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish Ishlab chiqarish amaliyoti – bir necha kasbiy fanlarda o’rganilgan nazariy bilimlar asosida kasb yoki ixtisosliklar shu usul hamda operatsiyalarini kompleks holda ishlab chiqarish texnologik jarayonlarda amaliy bajarish bo’yicha ko’nikma, malakalarni shakllantirish maqsadida dastur asosida, o’qituvchi maslahatlariga tayanib, biriktirilgan ustoz rahbarligida ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish amaliyotlarining o’ziga xos xususiyatlari:  Alohida vaqt (soat) va davr belgilanadi.  Umumkasbiy va kasbiy fanlar yakunlariga ko’ra ishlab chiqarish korxonalarida, o’quv va ishlab chiqarish ustaxonalarida, sexlarda, o’quv xo’jaligi, bevosita ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida tashkil etiladi.  O’quvchilar faoliyatini baholashda ularning amaliy faoliyatigagina baho beriladi.  Asosan 6 soatdan tashkil etiladi.  O’quvchilar biriktirilgan ustoz rahbarligida ish bajaradilar.  O’quvchilar bevosita ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida ishtirok etadilar va o’quvchilarda malakalar shakllantiriladi.  O’quvchilar xatolikka yo’l qoyishlari mumkin emas. Konchilik sohasida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish Ishlab chiqarish amaliyotining vazifasi o’quvchilarni kelgusidagi mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlashdir. Amaliyotlar PTM lardagi nazariy ta’limni ishlab chiqarishdagi mustaqil ishlar bilan bog’laydi, o’quvchilarda kasbiy faoliyatning boshlang’ich ko’nikmalari shakllantiriladi. Ishlab chiqarish amaliyoti har bir soha uchun har xil davrda, har xil davrda, har xil hajmda amalga oshiriladi. Masalan hozirgi davrda sanoat sohasidagi ishlab chiqarish amaliyoti uchun 648 soat ajratilgan ya’ni 18 hafta yoki 108 kun demakdir. Har bitta ishlab chiqarish amaliyoti uchun dasturlar mavjud bo’lib, bu dasturlarda ishlab chiqarish amaliyoti muddatlari, hajmi ko’rsatilgan bo’ladi. Konchilik sohasida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish O’quvchilar korxonaning “ishlab chiqarish muhitiga” to’liq kiritiladi, mehnat jamoasining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etadi. O’quchilarning zamonaviy texnika va texnologiyalarni, ish usullarini hamda ishlab chiqarishning ilg’or va yangi uslublarini amaliy o’zlashtirishlariga keng imkoniyatlar yaratiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida o’quvchilarning kasbiy mustaqillik va topshirilgan ishga nisbatan ma’suliyati ortadi. O’quvchilar tomonidan aniq kasb va ixtisosliklarga nisbatan qo’llaniladigan yamgi va eng yangi texnika texnologiyalar hamda mehnatning ilg’or usullari o’zlashtiriladi. O’quvchilar korxona ishchi jamoasining ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotiga to’liq jalb qilinadi.  Kanadaning Kitco xalqaro tahliliy markazi (https://www.kitco.com/news/2023-06-08/The-world-s-top-10-largest- gold-mines-in-2022-report.html) 2022-yilda dunyodagi Top-10 ta eng yirik konlar yangilangan ro‘yxatini eʼlon qildi.  “ Muruntov” koni o‘tgan yilda oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o'rinni egalladi.  “ Muruntov” konining uzunligi 4,3 kilometr, kengligi 3,2 kilometr, chuqurligi 650 metrni tashkil etadi. Kondan yiliga 50 mln tonnadan ortiq maʼdan qazib olinmoqda. Konda 2,6 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlar ishlamoqda. “Muruntov” koni oltin zaxirasiga ega eng yirik kon, uning zaxirasi 4,5 ming tonnadan ortiq baholangan.    Kutilayotgan natijalar:  Ishlab chiqarish korxonalari bilan ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish to’g’risida ikki tomonlama shartnoma tuzish;  Amaliyotga chiqadigan o’quvchilar to’g’risida ma’lumotlar bazasini yaratish;  Maxfiy tartibot bo’linmalariga o’quvchilar ro’yxatlarini shakllantirish;  Ish beruvchi bilan birgalikda o’quvchilarni korxonalarga taqsimlash;  O’quvchilarning ish grafik asosida amaliyotga chiqish buyruqlarini tayyorlash;  O’quvchilarni kundalik va amaliyot reja – dasturi bilan ta’minlash. XULOSA Didaktik materiallarin i Ishlab chiqarish amaliyotida o’quvchilarning kasb ixtisosliklari bo’yicha muayyan ish turlarida kasbiy mahoratlari shakllanadi. Kasbi va malaka darajasiga mos holda malakali kichik mutaxasisning mehnat unumdorligini ta’minlaydigan tezkor ko’nikma va malakalari takomillashtiriladi. Ishlab chiqarish ishlarini bajarish bo’yicha ish tajribalarini kengaytirish va chuqurlashtirish vazifalari o’zlashtiriladi. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida o’quvchilarning kasbiy mustaqillik va topshirilgan ishga nisbatan mas’uliyati ortadi. O’quvchilar tomonidan aniq kasb va ixtisosliklarga nisbatan qo’llaniladigan yangi va eng yangi texnika, texnologiyalar hamda mehnatning ilg’or usullari o’zlashtiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. “Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o’tkazishni takomillashtirish to’g’risida”. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11-fevraldagi 40-sonli qarori. – Toshkent: Sharq, 2009 1 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 06-sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni 2 . 2021-yil 29-martda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 3 . O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 07-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-son qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 04-sentyabrdagi “Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 465-son buyrug‘i. 5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi 163-son qarori. 6. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. 7. lex.uz, gazeta.norma.uz internet saytlari. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!