logo

Import qilinadigan tovarlar va xizmatlarga soliq, soliqni hisoblash va byudjetga to`lash tartibi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

728 KB
Import qilinadigan tovarlar va xizmatlarga soliq, soliqni hisoblash va byudjetga to`lash tartibi Tovarlarni import qilishda Soliq solinadigan baza.  Tovarlarni import qilishda Soliq solinadigan baza bo’lib, belgilangan bojxona qiymati, tovarlarni import qilishda to’lanishi lozim bo’lgan aksiz solig’i va bojxona bojlarning so’mmalarning yigindisi hisoblanadi. Soliq stavkasi. Qo’shilgan qiymat Soliq stavkasi, u joriy etilgan paytda (1992 yilda) 30 % kilib belgilangan. 2000 yilda 20% kilib belgilangan. Ushbu stavka xozirgi kunga kadar o’zgargan emas. 2010 yil uchun xam O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 24- dekabrdagi PK - 1245 – sonli qarori bilan stavka darajasi 20 foiz mikdarida koldirilgan. Xozirgi vaqtda mamlakatimizda 20 foizli va nol darajali stavka qo’llanimoqda. Nol darajali stavka bo’yicha tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizasiya qilish (paxta tolasi va lint bundan mustasno) oborotiga Qo’shilgan Qiymat solig’i solinadi. Soliq imtiyozlari.  Soliq bo’yicha imtiyozlar Soliq Kodeksining 37-bobani 208-211 moddalarida keltirilgan ya’ni ular to’rt guruhga bo’lib berilgan. Bular quyidagilardir: I)Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni realizasiya qilish oboroti (208 modda). Ularning soni kodeksda 35–ta punktda qayd qilingan. Shularni ayrimlarini misol tariqasida keltirdik: - davlat organlari fuqarolarning o’zini o’zi boshqa rish organlari tomonidan ko’rsatiladigan, davlat boji va yig’imlar undiriladigan xizmatlar; - maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashga doir xizmatlar; - protez – ortopediya buyumlari, nogironlar uchun mo’ljallangan inventarlar; - byudjet mablag’lari hisobidan bajariladigan ilmiy- tarkikot va innovasiya ishlari; - shahar yo’lovchilar transportining xizmatlari ( taksidan tashqari) va boshqa lar. II) Soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar (209 modda). Shular jumlasiga quyidagilarni misol kilib , keltiramiz: - kreditlar, zayemlar bo’yicha hisoblab chiqarish va undirish . kreditlar, zayemlar berish; - to’lovlar , o’tkazmalar, qarz mojburiyatlari, cheklar bilan bog’liq operasiyalar; - akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko’rsatish; - pul mablag’larini qonvertasiya qilish bo’yicha operasiyalar va boshqa lar ( xammasi 16 – ta punktda aks ettirilgan). Soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi.  Soliq solinadigan oborotlar bo’yicha Qo’shilgan qiymat solig’i, Soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan Qo’shilgan qiymat solig’i Soliq solinadigan oborot bo’yicha hisoblab chikkarilgan Soliq so’mmasi bilan, Kodeksning 218 – moddasiga muvoriq hisobga olinadigan Soliq so’mmasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Tovarlarni import qilish bo’yicha Qo’shilgan qiymat solig’ining so’mmasi Soliq solinadigan baza va belgilangan stavkada kilib chiqqan holda aniqlanadi. Soliqning hisob - kitobi Soliq xizmati organlariga ortib beruvchi yakun bilan kuyidagi muddatlarda taqdim etiladi:  Soliq to’lovchi bo’lgan mikrofirma va kichik korxonolar tomonidan – yilning har chorogida hisobot davrining keyingi oyining 25 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yil moliyaviy hisobot topshirilgan muddatda tag’dim etildi.  Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan Soliq to’lovchilar tomonidan – har oyilar hisobot davridan keyingi oyining 25 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan mudda tag’dim etiladi. Aktsiz solig’ining iqtisodiy mohiyati  Soliq tizimida eng ichki o’zgaruvchan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ko’plab omilllari bilan to’qnashuvchi soliq bu - aktsiz solig’idir.  Aktsiz solig’i rivojlangan xorijiy davlatlarda ham davlatning umum soliq siyosatida muhim o’rin egallab kelmoqda. Aksiz solig`ining o’ziga xos xususiyatlar i  -soliqqa tortish ob’ekti bo’lib, belgilangan stavkadagi aktsiz solig’i summasini o’z ichiga olgan aktsiz osti tovarlarining sotish (shartnomaviy) narxi hisoblanadi. Aktsiz stavkasining bunday tartibda o’rnatilish mexanizmi tarixiy shakllanib, o’zini doimo oqlab kelgan.  Demak, aktsiz solig’i korxona mahsulotlari va xizmatlari bahosi ustiga yoki tarifiga ustama shaklda to’g’ridan to’g’ri kiritiluvchi egri soliq turi tushuniladi. Aktsizlar sotilayotgan mahsulot yoki xizmatlar bahosi ustiga ustama shaklida qo’yiladi va ularning pirovard to’lovchisi bo’lib iste’molchi hisoblanadi.  Aktsiz solig’ini hisoblash tartibi. Alkogolli mahsulotlar bo’yicha mahsulot birligiga (1 litr) aktsiz solig’i summasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:  (M x A) / 100,  bunda:  M - tayyor alkogolli mahsulotning quvvati (%) (spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qat’i nazar)  A - aktsiz solig’i stavkasi, mahsulot birligiga so’mda. O’zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqarilgan va respublikaga impoprt qilinadigan tovarlar uchun aktsiz solig’i.  Aktsiz markalari bilan markalangan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i to’lashning o’ziga xos xususiyatlari  Aktsiz markalari bilan markalangan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i umumo’rnatilgan tartib bo’yicha hisoblanadi. Aktsiz markalarining nominal qiymati aktsiz solig’i to’lovi hisobiga kiritilmaydi. Soliqni to’lovchilar tarkibi, soliqqa tortish ob’ekti, soliq stavkalari, to’lash muddatlari, soliq bo’yicha imtiyozlar va hisoblash tartibi.  Aktsiz solig’i to’lovchilari deb mulk shaklidan qat’i nazar aktsiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar hisoblanadi. Soliq solish maqsadlarida yuridik shaxslar deganda o’zining mulkchiligida, xo’jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mulkka ega bo’lgan, shuningdek o’zining majburiyatlari bo’yicha ushbu mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob schyotiga ega bo’lgan alohida bo’linmalar tushuniladi. Aktsizlanadigan tovarlar uchun soliq solish ob’ekti bo’lib:  alkogolli mahsulotlar bo’yicha - unga nisbatan qat’iy (spetsifik) soliq stavkalari belgilangan sotilgan alkogolli mahsulotlar hajmining naturadagi ifodasi (yuklab jnatilgan tovar tarkibida 100% suvsiz spirtning hajm birligiga yoki mahsulot hajmi birligiga absolyut summada); Aktsiz solig’i bo’yicha imtiyozlar  Aktsiz solig’i quyidagilarga solinmaydi:  a) aktsiz to’lanadigan tovarlarni eksport uchun etkazish, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida tovarlarning ro’yxati bundan mustasno;  b) yog’-moy va "O’zbekiston" yog’ini ishlab chiqarishda ishlatiladigan paxta yog’ini etkazish;  v) O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, xalq ta’limi va sog’liqni saqlash tizimlari ehtiyojlari uchun ixtisoslashtirilgan mebel.  Aktsiz solig’i to’lanadigan tovar O’zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig’i to’langan xom ashyodan ishlab chiqarilgan holatlarda, xom ashyo (mahsulot) bo’yicha to’langan aktsiz solig’i summasi ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilmaydi va tayyor mahsulotta aktsiz solig’i summasini hisoblashda hisobga olinadi.