logo

Buxgalteriya hisobining shakllari memorial-order, bosh jurnal, jurnal-order, informatsion texnologiyalarga asoslangan

Yuklangan vaqt:

17.10.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

191.6318359375 KB
Buxgalteriya hisobining shakllari memorial- order, bosh jurnal, jurnal-order, informatsion texnologiyalarga asoslangan va soddalashtirilgan shakl Guruh:_____________ Bajardi: _________________ Qabul qildi: _________________    Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:  korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga;  korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo. Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat'iy nazar, O‘zbekiston  Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi shart. BUXGALTERIYA HISOBI SHAKLLARI QUYIDAGI TURLARGA BO‘LINADI:  memorial order shakli  bosh davtar shakli  jurnal order shakli  elektron- avtomatlashtirilgan shakl BUXGALTERIYA HISOBI SHAKLLARI BIR BIRIDAN QUYIDAGI XUSUSIYATLARIGA KO‘RA FARQ QILADI:  Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra.  Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra.  Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra.  Sintetik va analitik hisob ma'lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra.  Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra. MEMORIAL - ORDER SHAKLI  Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli hozirgi vaqtda kam foydalanib asosan, kichik korxonalarda va davlat muassasalarida qo‘llaniladi. «Memorial» so‘zining ma'nosi «xotira yoki esdalik» demakdir. Memorial - order shakli asosida yuritiladigan buxgalteriya hisobi shaklida hujjatlar qayta ishlanishi va hisob registirlarida aks ettirilishi ketma ketligi keltirilgan.  Ushbu buxgalteriya hisob shaklini o‘ziga xos xususiyati shundaki, xo‘jalik jarayonlarning yozish uchun sintetik va analitik hisob uchun maxsus jamg‘arma aylanma vedomostlardan foydalanadi.  Buxgalteriyaga topshirilgan dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilgach, sintetik va analitik hisob maxsus aylanma vedomostlari to‘ldiriladi: bunday jamg‘arma aylanma vedomostlari asosiy vositalar , asosiy vositalarning; pul mablag‘lari va qo‘yilmalar, ishlab chiqarish zahiralari va tayyor mahsulot; ishlab chiqarish xarajatlari, mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashish, mehnat haqi yuzasidan hisob kitoblar, byudjet bilan, ijtimoiy sug‘urta tashkilotlari bilan hisob kitoblar, mahsulot(ish, xizmat) sotish va boshqa schyotlar uchun tashkil etiladi.  Yuqorida keltirilgan vedomostlar va sintetik hisob registrlari asosida memorial orderlar tuziladi.  Memorial -order buxgalteriya hisob shaklini quyidagi afzalliklari mavjud:  hisob jarayonlarini qat'iy ketma-ketligi  Registrlar andozaviy shakllaridan foydalanishni imkoniyati mavjudligi.  hisob texnikasini oddiyligi va tushunarligi  4. Buxgalteriya xodimlari malakasiga ko‘ra, hisob ishlarini taqsimlash imkoniyatini mavjudligi.  Memorial-order shakli yuqoridagi afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga, ba'zi bir kamchiliklarga egadir:  1. hisob ishlarini ko‘p mehnatliligi;  2. Analitik va sintetik hisobni alohida yuritilishi, ya'ni hisobni alohida yuritilishi natijasida sintetik hisobdan analitik hisobni orqada qolishi vujudga keladi;  3. Turli hisob registirlarda bitta xo‘jalik jarayonini qayta, qayta yozilishi.  Quyida memorial-order shaklida ishlatiladigan hisob registrlarini keltirib o‘tamiz: N Sana Operatsiya mazmuni Debet Kredit Summa 1 02.07.14 Hisobdor shaxsdan ishlatilmay qolgan xizmat qilgan safari summalari qabul qilindi 5010 4220 10000 2 04.07.14 Xodimning korxonaga etkazgan zarar summalari qabul qilindi 5010 4730 12000 3 17.07.14 Mehnat haqi berish uchun hisob-kitob schetidan pul olindi 5010 5110 780000 4 18.07.14 Tovarlarni naqd pulga sotishdan tushumlar qabul qilindi 5010 9020 540000 5 20.07.1 Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul mablag'i kirim qilindi 5010 9390 1000       debet oborot jami 1343000 6 05.07.14 Kassadagi limitdan ortiqcha pul mablag'i bankka topshirildi 5110 5010 12000 7 17.07.14 Xodimlarga mehnat haqi berildi 6710 5010 730000 8 18.07.14 Tovarlarni sotishdan olingan naqd pullar inkassatorga topshirildi 5710 5010 540000 9 20.07.14 Olinmagan ish haqi bankka qaytarildi 5110 5010 50000             kredit oborot jami 1332000Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli.  Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini hajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schyotlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schyotlar miqdori ham kam bo‘ladi.  Kichik firmalar, ular mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik ishchilar soni ishlab chiqarish tarmog‘ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish sohalarida esa 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar hisoblanadi.  Kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o‘rtacha yillik xodimlar soni sanoat tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 10 kishigacha korxonalar hisoblanadi.  Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar soni va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini tanlaydilar. BUXGALTERIYA HISOBINING JURNAL-ORDER SHAKLI  Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud bo‘lgan kamchiliklar, hisob shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940 yillarda buxgalteriya hisobi shaklini talab drajasiga ko‘tarish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida takomillashgan jurnal-order shakli vujudga keldi. 1949 yilda esa, sobiq SSSR Moliya Vazirligi ilg‘or korxonalar buxgalteriya hisobida tajribadan o‘tgan buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining me'yoriy hisob registrlarini ishlab chiqdi. Shu hisob registrini jurnal-order deb atalishi, ular asosida yuritiladigan hisob shaklining ham jurnal-order shakli deb atalishiga asos bo‘ldi.  1960 yil 1 yanvardan qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining yagona schyotlar rejasiga muvofiq ravishda buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli namunali ravishda ishlab chiqildi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi printsiplariga o‘zgarishlar kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar buxgalteriya hisobining memorial-order shakli qo‘llanilib kelardi.  Buxgalteriya hisobining Jurnal-order shakli boshlang‘ich xo‘jalik ma'lumotlarini guruhlab jamlash printsipiga asoslangan. Bu jamlashda buxgalteriya hisobi hamma bo‘limlari bo‘yicha xo‘jalik mulklari va jarayonlarini sintetik va analitik hisobi ta'minlanadi.  Hisobot oyidagi dastlabki hujjat ma'lumotlarini tizimlash va jamlash hisobga olinishi kerak bo‘lgan mablag‘ va xo‘jalik jarayonlarini ular foydalanishi bo‘yicha aks ettirish imkoniyatini beruvchi hisob registrlarida olib boriladi. Demak, memorial-orderlarni tuzish zaruriyati kolmaydi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida boshlang‘ich xo‘jalik ma'lumotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri jurnal-order va yordamchi vedomostlarda aks ettirilib boriladi.  Jurnal-order hisob registri yozuvlarni xronologik va tizimli aks ettirib borishga mo‘ljallangan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ba'zilarida bir turdagi xo‘jalik jarayonlarining ko‘p sodir bo‘lishi yordamchi vedomostlardan foydalanish zaruriyatini tug‘diradi. Oy davomidagi bir xil xo‘jalik jarayoni ko‘p sodir bo‘lganligi sababli yordamchi qaydnomada aks ettirilib boriladi, oy oxirida esa, jamlangan ma'lumotlar jurnal-order hisob registriga ko‘chiriladi. Yordamchi vedomostlar bir vaqtda ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, jurnal-orderga ma'lumotlar aks ettrilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, analitik hisob registr sifatida ham foydalaniladi.  Buxgalteriya hisobini jurnal-order shakli quyidagi asosiy printsiplarga asoslangan:  jurnal orderda xo‘jalik jarayonlari aks ettirilayotganda tegishli schyot krediti bo‘yicha debetlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda yoziladi;  Iktisodiy va hisob yuritish jihatidan bir-biri bilan bog‘liq schyotlar bo‘yicha jurnal-orderlar mujassamlashgan holda qo‘llaniladi;  Sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi:  Buxgalteriya hisobi xo 'j alik j arayonlarini;  Nazoratni olib borish va oylik, choraklik, yillik hisobotlarni tuzishda kerakli ko‘rsatkichlarga ajratib aks ettirish;  Korresondentsiyalanuvchi schyotlar oldindan ko‘rsatilgan hisob registrlari (jurnal-order, yordamchi vedomostlar)da aks ettiriladi.  hisob registrlari bir oy uchun qo‘llaniladi.  Jurnal-order shakl qo‘llanishi natijasida quyidagi imkoniyatlarga aga bo‘linadi:  hisob ishlari osonlashadi;  xo‘jalik aylanishi tezlashadi;  hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsilanishi oqilona tashkil etiladi va oqibat natijasida hisob ishlari unumdorligi oshadi;  hisob ishlari xarajatlari kamayadi;  sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi;  hisobot tuzishga tayyorgarlik ishlari engillashadi.  Jurnal-orderlar xo‘jalik jarayonlarini sintetik hisobini yuritishga mo‘ljallangan bo‘lib, bir schyot kreditda va boshqa schyotlar debetlanishi sifatida shaxmat yozuvidan foydalangan holda yuritiladi. Ba'zi schyotlar, masalan, «Kassa», «hisoblashish» schyotlarini kredit oborotlarini hisobini yuritishga mo‘ljallangan jurnal-orderlardan tashqari, shu schyotlarning debet oborotlarini hisobga olib boruvchi yordamchi vedomostlar ham yuritiladi. Savdo korxonalarida tovarlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan «Tovarlar» schyoti bo‘yicha ham xuddi shunday, kredit oboroti hisobi uchun jurnal- order, debet oboroti hisobi uchun yordamchi vedomostlardan foydalaniladi.  schyotlar debet oboroti uchun mo‘ljallangan yordamchi vedomostlardagi yozuvlar ham kreditlanuvchi schyotlar bilan aks ettiriladi, ya'ni shaxmat yozuvi usulida yoziladi. SODDALASHTIRILGAN SHAKL  Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining xo‘jalik faoliyatlari talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar.  Buxgalteriya hisobi va hisobotlar kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilik asosida belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi.  Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil qilinishi uchun kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining namunaviy hisobvaraqlar rejasi asosida mablag‘lar va ularning manbalari hisobini asosiy hisobvaraqlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali umuman buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta'minlash imkonini beruvchi xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining qisqartirilgan ishchi Rejasini tuzish huquqiga egadirlar.