logo

Python dasturlash orqali If-else shartlari va tarmoqlanishni o‘rganish. Python dasturlash tili orqali For, Loop bilan ishlash

Yuklangan vaqt:

21.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1098.3828125 KB
Python dasturlash orqali If-else shartlari va tarmoqlanishni o‘rganish. Python dasturlash tili orqali For, Loop bilan ishlash. Python dasturlash tili orqali mantiqiy operatorlar. Reja: 1. If-else shartlarining sintaksisi 2. Python dasturlash tili orqali For Loop bilan ishlash. 3. Python dasturlash tilida shart operatorlari va mantiqiy operatorlarning konbinatsiyasi. 4. Foydalanilgan adabiyotlar. Mavzuning qisqacha tavfsifi  Python dasturlash tili orqali “If-else shartlari va tarmoqlanish” mavzusida talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:  - “If-else” operatorlari orqali dastur oqimini boshqarish va turli shartlarni tekshirish imkonini o‘rganadilar. Talabalar “if”, “elif”, va “else” dan qanday foydalanishni bilib oladilar.  - Dastur turli vaziyatlarga qanday munosabatda bo‘lishi kerakligini, ya’ni bir nechta variantlardan to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishni o‘rganadi.  - For loop funksiyalari yordamida kodni takrorlashni o‘rganadilar, takrorlanuvchi ma’lumotlar ustida samarali ishlashni bilib oladilar.  - Ro&#39;yxatlar, ketma-ketliklar va boshqa iteratsiya (takrorlanadigan) obyektlarni qanday qayta ishlashni o‘rganadilar.  - Mantiqiy operatorlar (and, or, not) yordamida murakkab shartlarni tekshirish va natijalarga ko‘ra qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.  - Talabalar bir nechta shartlarni bitta ifodada birlashtirib, kodning ishlashini optimallashtirishni o‘rganadilar. 010203 If-else shartlarining sintaksisi if sharti: # Agar shart1 true bo&#39;lsa, bu kod ishlaydi elif sharti: # Agar shart1 false va shart2 true bo&#39;lsa, bu kod ishlaydi else: # Agar barcha shartlar false bo&#39;lsa, bu kod ishlaydi yosh = 18 if yosh < 18: … .print(&#34;Siz yoshsiz&#34;) elif yosh == 18: … .print(&#34;Siz 18 yoshsiz&#34;) else: … .print(&#34;Siz katta yoshdasiz&#34;) If-else shartlari yodamida algoritmini tuzish. Boshlash X = int(input(“Yoshingizni kiriting = ”)) x<18 Siz hali yoshsiz Tugadi Siz katta yoshdasizX==18 Siz 18 yoshdasizif sharti elif sharti else sharti For Loop funksiyalari For, Loop funksiyalari bir nechta elementlar ustida ketma-ketlikda ishlash imkonini beradi. Bu takrorlanadigan harakatlar yoki ma’lumotlar to‘plamini birma-bir qayta ishlash uchun juda qulay. Quyida for, loop bilan ishlashning asosiy usullari va misollarini ko‘rib chiqamiz. for loop odatda ro‘yxatlar, qatorlar, yoki boshqa takrorlanadigan obyektlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. mevalar = [ &#34;olma&#34; , &#34;banan&#34; , &#34;uzum&#34; , &#34;anor&#34; , &#34;ananas&#34; , &#34;nok&#34; , &#34;qulupnay&#34; ] for meva in mevalar: print (meva) # Natija olma banan uzum anor ananas nok qulupnay Bu yerda for meva in mevalar qatori orqali, ro&#39;yxatdagi har bir meva ( meva ) o&#39;zgaruvchisi orqali iteratsiya(takror) qilinadi va keyin print(meva) yordamida chiqariladi. Talabalar = [ &#34;Xurshid&#34; , &#34;Shavkat&#34; , &#34;Jahongir&#34; , &#34;Dilfuza&#34; , &#34;Muhammad&#34; ] for Talaba in Talabalar: print ( f&#34; { Talaba } , sizni 17.10.2024 kuni soat 16:00 da NavDKTvaU EMF- fakulteti 317 xonada kutaman &#34; ) print ( &#34;Hurmat bilan O’qituvchi Namozov.N.N&#34; ) Takrorlash Xurshid , sizni 17.10.2024 kuni soat 16:00 da NavDKTvaU EMF-fakulteti 317 xonada kutaman Hurmat bilan O&#39;qituvchi Namozov.N.N Shavkat , sizni 17.10.2024 kuni soat 16:00 da NavDKTvaU EMF-fakulteti 317 xonada kutaman Hurmat bilan O&#39;qituvchi Namozov.N.N Jahongir , sizni 17.10.2024 kuni soat 16:00 da NavDKTvaU EMF-fakulteti 317 xonada kutaman Hurmat bilan O&#39;qituvchi Namozov.N.N Dilfuza , sizni 17.10.2024 kuni soat 16:00 da NavDKTvaU EMF-fakulteti 317 xonada kutaman Hurmat bilan O&#39;qituvchi Namozov.N.N 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni kvadratini tuzish dasturi ko‘rib chiqamiz, sonlar = list(range(1,100 )) for son in sonlar: print(f&#34;{son} ning kvadrati {son**2} ga teng&#34;)  break va continue operatorlari Python dasturlash tilida sikl (loop) jarayonini boshqarish uchun ishlatiladi. Ular siklning bajarilish tartibini o‘zgartirishga xizmat qiladi. break va continue 1007 break break operatori ishlatilganda siklni to‘liq to‘xtatadi va sikldan chiqadi. Bu operator ma’lum bir shart bajarilganda siklning qolgan qismini ishlatmaslikni ta’minlaydi. for i in range(10): if i == 5: break # 5 ga yetganda siklni to‘xtatadi print(i) Bu yerda if i == 5: shartiga ko‘ra, i 5 ga teng bo‘lganda break operatori ishlaydi va for sikli to‘xtaydi. Shuning uchun faqat 0 dan 4 gacha bo‘lgan sonlar chiqariladi. continue continue operatori ishlatilganda siklning joriy iteratsiyasi tugaydi, va sikl keyingi iteratsiyaga o‘tadi. Bu operator ma’lum shart bajarilganda siklning qolgan qismini o‘tkazib yuborish uchun ishlatiladi. for i in range ( 10 ): if i % 2 == 0 : continue # Juft sonlardan keyingi iteratsiyaga o&#39;tadi print (i) Bu misolda i juft bo‘lsa (i % 2 == 0), continue ishlaydi va siklning joriy iteratsiyasi o‘tkazib yuboriladi. Natijada faqat toq sonlar (1, 3, 5, 7, 9) chiqariladi. Ba’zan kodda sikl jarayonini yanada yaxshi boshqarish uchun ikkala operatorni ham ishlatish kerak bo‘lishi mumkin. break va continue dan birgalikda foydalanish for i in range(10): if i % 2 == 0: continue # Juft sonlarni o‘tkazib yuboradi if i == 7: break # 7 ga yetganda siklni to&#39;xtatadi print(i) Bu yerda avval continue operatori ishlatiladi, u juft sonlarni o‘tkazib yuboradi. Keyin i=7 ga teng bo‘lganda, break ishlaydi va tsiklni to‘xtatadi. Shuning uchun faqat 1, 3 va 5 sonlari chiqadi. shart operatori Python dasturlash tilida shart operatorlari ( if , elif , else ) va mantiqiy operatorlar ( and , or , not ) birgalikda ishlatilishi turli shartlarni birlashtirib, murakkab qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. Mantiqiy operatorlar bir nechta shartni bog‘lashda va bu orqali ko‘p holatlarni bitta shart bloki ichida boshqarishi mumkin. Mantiqiy operatorlar 0B0D 01 12 And son = int(input(&#34;Iltimos, son kiriting: &#34;)) if son > 10 and son < 20: print(&#34;Son 10 dan katta va 20 dan kichik&#34;) else : print(&#34;Son berilgan oraliqda emas&#34;)son = int(input(&#34;Iltimos, son kiriting: &#34;)) if son < 5 or son > 15: print(&#34;Son 5 dan kichik yoki 15 dan katta&#34;) else: print(&#34;Son 5 va 15 oralig&#39;ida&#34;) Or Not son = int(input(&#34;Iltimos, son kiriting: &#34;)) if not son % 2 == 0: print(&#34;Son toq&#34;) else: print(&#34;Son juft&#34;) Bu yerda and operatori ikki shartni bog‘laydi: son 10 dan katta va 20 dan kichik bo‘lishi kerak. Agar har ikkala shart ham to‘g‘ri bo‘lsa, if sharti bajariladi. Bu yerda or operatori ikkita shartdan birortasi to‘g‘ri bo‘lganda if blokini bajaradi. Agar son 5 dan kichik yoki 15 dan katta bo‘lsa, u holda xabar chiqariladi. Bu yerda not operatori son % 2 == 0 shartini inkor qilib, natijani teskarisiga o‘zgartiradi. Agar son toq bo&#39;lsa, shart to&#39;g&#39;ri bo&#39;ladi va “Son toq” xabari chiqadi. Masala: Foydalanuvchi kiritgan sonni analiz qilib, quyidagi shartlarni bajarishi kerak:  Agar son musbat bo‘lsa va juft bo‘lsa, “Son musbat va juft” degan xabar chiqsin.  Agar son musbat bo‘lsa va toq bo‘lsa, “Son musbat va toq” degan xabar chiqsin.  Agar son manfiy bo‘lsa va toq bo‘lsa, “Son manfiy va toq” degan xabar chiqsin.  Agar son manfiy bo‘lsa va juft bo‘lsa, “Son manfiy va juft” degan xabar chiqsin.  Agar son nol bo‘lsa, “Bu nol” degan xabar chiqsin. Takrorlash son = int ( input ( &#34;Iltimos, biror son kiriting = &#34; )) # Shartlarni tekshiramiz if son > 0 and son % 2 == 0 : print ( &#34; Kiritilgan son musbat va juft&#34; ) elif son > 0 and son % 2 != 0 : print ( &#34; Kiritilgan son musbat va toq&#34; ) elif son < 0 and son % 2 != 0 : print ( &#34; Kiritilgan son manfiy va toq&#34; ) elif son < 0 and son % 2 == 0 : print ( &#34; Kiritilgan son manfiy va juft&#34; ) else : print ( “Kiritilgan raqam 0 &#34; )Masalaning dasturi Foydalanilgan adabiyotlar 1. &#34;Python Crash Course, 3rd Edition&#34; – by Eric Matthes (2023) - Ushbu kitob Python dasturlash tilini tezda o&#39;rganish va amaliy loyihalar bilan mustahkamlash uchun mo‘ljallangan. 2. &#34;Fluent Python, 2nd Edition&#34; – by Luciano Ramalho (2022) - Kitob Python’ning ilg‘or xususiyatlarini chuqur o&#39;rganish va samarali dasturlash usullarini tushuntiradi. 3. &#34;Automate the Boring Stuff with Python, 2nd Edition&#34; – by Al Sweigart (2021) - Python orqali kundalik vazifalarni avtomatlashtiriash bo‘yicha amaliy qo‘llanma. 4. &#34;Python for Data Analysis, 3rd Edition&#34; – by Wes McKinney (2022) - Ma&#39;lumotlarni tahlil qilish, tozalash va qayta ishlash bo‘yicha ma&#39;lumotlarga boy kitob. 5. &#34;Python Programming for Beginners: An Introduction to the Python Computer Language and Computer Programming&#34; – by Mark Matthes (2022) - Python bilan dasturlashni endi boshlaganlar uchun mukammal qo‘llanma. 6. &#34;Effective Python: 90 Specific Ways to Write Better Python, 2nd Edition&#34; – by Brett Slatkin (2020) - Python&#39;da samarali kod yozishning turli usullari bo‘yicha tavsiyalar. 7. &#34;Python Cookbook, 3rd Edition&#34; – by David Beazley and Brian K. Jones (2021) - Python dasturlash uchun ko‘plab retseptlar va amaliy yechimlar jamlanmasi. 8. &#34;Learning Python, 6th Edition&#34; – by Mark Lutz (2023) - Python asoslarini batafsil tushuntiruvchi eng keng qamrovli kitoblardan biri. 9. &#34;Python in a Nutshell, 3rd Edition&#34; – by Alex Martelli, Anna Ravenscroft, and Steve Holden (2023) - Pythonning asosiy tushunchalarini va amaliy misollarini o‘z ichiga olgan qo‘llanma. 10. &#34;Python Machine Learning, 4th Edition&#34; – by Sebastian Raschka and Vahid Mirjalili (2022) - Python yordamida mashinani o‘rganish (Machine Learning) bo‘yicha ilg‘or tushunchalar va kod misollari berilgan.