logo

HTML tilida matn, rang, jadval va rasmlar bilan ishlovchi teglar. HTMLda turli ro’yhatlar hosil qilish

Yuklangan vaqt:

04.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1411.10546875 KB
HTML tilida matn, rang, jadval va rasmlar bilan ishlovchi teglar. HTMLda turli ro’yhatlar hosil qilish. Reja: 1. Html haqida tushuncha 2. Teg tushunchasi 3. <head> - tarjimasidan Html haqida tushuncha: • HTML dokument – bu siz web sahifa yaratish uchun kiritgan har bir kodizni o’z ichiga oluvchi hujjat turi bo’ladi. • HTML editor – editor Ingilizcha so’z bo’lib, o’zbekchada yozuvchi degan ma’noga yaqindir, u HTML Kodlarini kiritish uchun ishlatiladigan dasturdir. Biz editor deb БЛОКНОТ tanlaymiz va ishga tushirishmiz quyidagicha:    • &#34;tag&#34; so&#39;zining lug&#39;aviy man&#39;nosi yorliq deganidir. HTML tag bu HTML kodlardir ular bizning web sahifamizni web browserlarda ochilishiga sabab bo&#39;luvchi eng muhim elementlardir. HTML tag birinchi darsda ta&#39;kidlab o’tganimdek kichik “<”va katta “>” belgilar orasiga yoziladi. Unda hamisha boshlovchi va tugovchi taglar mavjud. Tugovchi tag boshlovchi tagga o’xshagan bo’ladi faqat oldida “/” oldinga og’gan tayoqcha belgisi bo’ladi, ya&#39;ni <html>...</html>. TEG TUSHUNCHASI • Taglarning vazifasi: • • har qanday buyruq taglar orqali beriladi, boshlovchi va tugovchi taglar orasidagi ma&#39;lumot tagning turiga qarab funksiya bajaradi. • • har bir tagning o&#39;z vazifasi va ishlatilish qoidalari bordir. • • taglarning bir o&#39;zi yordamchi attributlarsiz uncha ko&#39;p ishni bajara olishmaydi. • • taglar ikki hil bo&#39;ladi: ikkitalik va bittalik taglar • • bir nechta taglar bir birining orasida kelishi mumkindir. • • Muhim qolida: birinchi kiritilgan tag, taglar orasida so’nggi bo’lib yopiladi. Masalan: • <html> • <head><title>Bu Yerda Web Sahifa Nomi Bo’ladi</title></head> • </html> • Qoidaga binoan <html> tagi o’zidan keyingi taglardan birinchi bo’lib kiritildi, va so’ngisi bo’lib yopildi, <head> tagi esa <title> tagidan oldin ochildi va </title> dan keyin yopiladi. Chunki ochish- yopish taglari &#34;faqat uning orasidagi jumlanigina ol&#34; deb buyruq bergandek gap. Yanayam tushunarliroq bo’lishi uchun matematika darsidagi qavslarni eslang, ularga o’xshab ketadi.  Ba’zi taglar haqida qisqacha ma’lumotlar: 1. <html> – Documentning hamisha boshida ochiladi va eng ohiri bo’lib yopiladi, sababi uning orasidagi hamma buyruqlar HTML kodlaridir degan ma’noni beradi. Shunga qarab kompyuter bu buyruqlarni hammasini HTML kodi sifatida o’qiydi. 2. <head> - tarjimasidan ma’lum (head-bosh) kodimizning boshi, <head>ning orasida juda ko’p muhim taglar keladi. Masalan: yordanmchi CSS (Cascade Style Sheet), JavaScript va shunga o’xshash tashqaridan yuklanadigan dasturlar, HTML dokumentimizga ochuvchi <head> va yopuvchi </head> orasida biriktiriladi (bu haqida to’liqroq keyin), <meta> va <title> taglari ham <head> orasiga kiradi, umuman <head>...</head> orasida keladigan taglar juda ham ko&#39;pdir. 3. <meta> - Uning vazifasi attributinga qarab o&#39;zgaradi, bitta muhim vazifalaridan biri sizning web sahifangizni boshqalar Internet orqali topish imkonini beradi. Bu tag ichiga kerakli attribute (attributelar haqida keyinroq) lar qiymatlari sifatida muayyan so’zlarni yozish bilan sizni web sahifangiz boshqalar tamonidan Google yoki Yandex ga o’xshash web sahifalar orqali topiladi. Uning uchun siz sizning web sahifangiz qanday so’zlar bilan qidirilganda chiqishini hohlashingizni ko’rsatishingiz muhim. Agar sizning web sahifangiz mahfiy bo’lsa yoki hozircha tugallanmagan bo’lsa yoki shunchaki boshqalar Google orqali topib ko’rishini hohlamasez uni ham <meta> orqali amalga ochirish imkoni bor. 4. <title> - Web sahifa nomi bu sahifa nomi “ 2 - Dars” yuqorida yozilgan, uning uchun <title>2 - Dars</tilte> desangiz bas, tarjimasi (title-mavzu).  5. <body> - kodlarimizning aksariyati shu qisimda keladi, body-asosiy qism deganidir. Demak asosan <body> bilan </body> orasida ishlanadi. Bu <body>...</body> taglarining orasidagi barcha narsalar web sahifada paydo bo’ladi, <head>....</head> taglarining orasidagi har qanday narsa web sahifada chiqmaydi, ularning vazifasi boshqa. <html> <head> <title>2 - Dars </title> </head> <body> <p>Kodlarimizning asosiy qismi.</p> </body> </html>  HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda  Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida  ishlovchi britaniyalik mutaxassis  Tim Berners-Lee  tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda  hipermatnlardan  foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo&#39;shimcha  multimedia  ( tasvir ,  tovush ,  animatsiya  va boshqalar) imkoniyatlari qo&#39;shildi. HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega: • Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, ro&#39;yxat va hokazo). • Hipermatnlar  yaratish. Bu ayniqsa juda qulay bo&#39;lib o&#39;zaro bog&#39;langan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi. • Matnning rangi, qalinligi va boshqa  shrift  ko&#39;rsatkichlarini belgilash. • Maxsus belgilar qo&#39;yish.  ASCII  kodirovkasida ko&#39;rsatilmagan belgilar  HTML  vositalari bilan qo&#39;yish mumkin. Masalan  grek alfaviti  belgilari α,ψ, ζ,  matematik  belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾,  moliya belgilari  €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar. • Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish. • Multimedia   fayllarini  ochish. • Boshqa imkoniyatlar HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas. HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud bo&#39;lganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan. 1995-yil „Xalqaro O&#39;rgimchak to&#39;ri konsortsiumi“ tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda ko&#39;p yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini o&#39;rash,  matematik formulalar  yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brauzerlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan bo&#39;lib, darxol 3.2 versiyaga o&#39;tildi. Unda 3.1 versiyadagi ba&#39;zi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa  MathML  standartida alohida ko&#39;rsatildi. HMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid  teglar  (masalan, <label>) tushirib qoldirildi, ba&#39;zi teglar eskirgan sifatida tavsiya etildi (masalan, <font> tegi oʻrniga  CSS  imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi).