logo

Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Sud hokimiyatining faoliyati, vazifalari va mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardagi o’rni

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1160 KB
 Demokratik davlat va fuqorolik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan Mustaqil ish www.arxiv.uz O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati: Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Sud hokimiyatining faoliyati, vazifalari va mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardagi o’rni www.arxiv.uz Reja: 1. Kirish 2. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini bo’linishi 3. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 4. Ijro etuvchi hokimiyat 5. Sud hokimiyati 6. Xulosa 7. Foydalanilgan adabiyotlar www.arxiv.uz  “ Siyosiy sohalardagi muhim vazifalardan biri – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish” Islom Karimov www.arxiv.uz  O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishganidan so’ng davlat va davlat organlarida tub o’zgarishlar yuz berdi. O’zbekiston o’z oldiga mustaqil demokratik huquqiy davlat maqsadini qo’ydi va hokimiyatlar bo’linish prinsipi dolzarb masalaga aylandi.  Hokimiyatlar bo’linishi – siyosiy va siyosiy bo’lmagan hokimiyatning amal qilish mexanizmi va prinsipial sharti hisoblanadi. www.arxiv.uz Hokimiyatning bo’linish prinsipi demokratik huquqiy davlat qurishning zaruriy sharti bo’lib, O’zbekiston ham shunga amal qiladi . www.arxiv.uz Qonun chiqaruvchi hokimiyat O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, ayni paytda hokimiyatning qonun chiaruvch organi hisoblanadi. Uning qonun chiqarish faoliyati, o’z ahamiyatiga ko’ra , u amalga oshiradigan boshqa vakolatlardan ustun turadi. www.arxiv.uz O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan iborat. www.arxiv.uz  O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:  1) O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish;  2) O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish;  3) O`zbekiston Respublikasining referendumini o`tkazish to`g`risida va uni o`tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;  4) O`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;  5) O`zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;  6) O`zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O`zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;  7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish;  8) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;  9) soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish;  10) O`zbekiston Respublikasining mamuriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo`li bilan tartibga solish, chegaralarini o`zgartirish; www.arxiv.uz 11) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o`zgartirish; 12) davlat mukofotlari va unvonlarini tasis etish; 13) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo`mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash; 14) O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish; 15) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko`rib chiqish va tasdiqlash; 16) O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili va uning o`rinbosarini saylash; 17) O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko`rib chiqish; 18) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug`ilganda urush holati elon qilish to`g`risidagi farmonini tasdiqlash; 19) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik elon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash; 20) xalqaro shartnomalarni ratifikasiya va denonsasiya qilish; 21) ushbu Konstitusiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. www.arxiv.uz O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:  O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o`rinbosarlarini, qo`mitalarning raislari va ularning o`rinbosarlarini saylash;  O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to`g`risidagi masalalarni hal etish;  o`z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog`liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;  siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi. www.arxiv.uz O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari  1) O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o`rinbosarlarini, qo`mitalarning raislari va ularning o`rinbosarlarini saylash;  2) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudini saylash;  3) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;  4) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudini saylash;  5) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etish;  6) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o`rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash; www.arxiv.uz  7) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash;  8) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;  9) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;  10) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to`g`risidagi hujjatlarni qabul qilish;  11) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati azosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to`g`risidagi masalalarni hal etish;  12) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisining, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;  13) o`z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog`liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;  14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi. www.arxiv.uz Qonunchilik jarayoni bosqichlari  Qonunchilik jarayoni- Oliy Majlis Qonunchilik palatasining davlat faoliyat shakli.  1) qonunchilik tashabbusi-qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladi;  2) Qonunchilik palatasi tomonidan ko’rib chiqilishi;  3) Qonunchilik palatasining qonun loyihasini qabul qilish mumkinligi haqidagi xulosasi;  4) Qonunchilik palatasidan qonun qabul qilinishi va Senatga yuborilishi;  5) qonun ning Senat tomonidan ko’rib chiqilishi va uning Prezidentga imzolanishi uchun yuborilishi;  6) qonun Senat yoki Prezident tomonidan rad etilganda bir oy ichida qayta ko’rib chiqilishi;  7) qonunning matbuotda e’lon qilinishi www.arxiv.uz www.arxiv.uz Saylov kuni yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil O`zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati azosi bo`lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo`yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi. Ayni bir shaxs bir paytning o`zida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati azosi bo`lishi mumkin emas. www.arxiv.uz Ijro etuvchi hokimiyat  Ijro etuvchi hokimiyat o’zining maxsus organlari ko’rinishida, qonun chiqaruvch hokimiyat qabul qilgan huquq normalarini bevosita ijrosini amalga oshirish bilan shug’ul- lanadi. www.arxiv.uz Vazirlar Mahkamasining tarkibi  O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri  O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosarlri  Vazirlar  O’zbekiston Respublikasi Davlat qo’mitalarining raislari  Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari kiradi  Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining boshlig’i Vazirlar Kengashining Raisi lavozimi bo’yicha kiradi. www.arxiv.uz O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazifalari:  O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari va farmoyishlar ijrosini ta’minlaydi;  Iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi;  Davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi;  Yagona moliya, pul va kredit siyosatini yuritilishini ta’minlaydi;  Madaniyat, fan va ma’orif, ekologiya sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;  Mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha chora tadbirlarni ishlab chiqadi; www.arxiv.uz Sud hokimiyati  Sud hokimiyati- odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan bir davlat hokimyat organi.  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasiga muvofiq “O`zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.” www.arxiv.uz O’zbekiston Respublikasi Sud tizmi  O’zbekisyon Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi  O’zbekisyon Respublikasi Oliy Sudi  O’zbekisyon Respublikasi Oliy Xo’jalik Sudi  Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlari www.arxiv.uz O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi  1) O`zbekiston Respublikasi qonunlarining va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O`zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlari O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;  2) Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to`g`risida xulosa beradi;  3) O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;  4) O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko`rib chiqadi. www.arxiv.uz O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi - fuqarolik, jinoiy va mamuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat ’ iy va O`zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog`iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega www.arxiv.uz Oliy xo’jalik sudi-m ulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o`rtasidagi, shuningdek tadbirkorlar o`rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo`jalik nizolarini hal et di www.arxiv.uz Xulosa  O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish tamoyiliga asoslanishi davlat hokimyatining o’zaro tiyish va qarama-qarshi vakolatlar mexanizmi orqali xalq manfaatlarini samarali amalga oshirish uchun vosita sifatida o’rnatilgan  Mazkur tamoyil davlat idoralari faoliyatining samarali bo’lishiga sharoit yaratadi va hokimyatning suiste’mol bo’lishiga chek qo’yadi. www.arxiv.uz Foydalanilgan adabiyotlar  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  Hokimiyat taqsimlanishi tamoyilining amaliy ifodasi. Azizxo’jayev A.A.  O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruzalar matni  O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. Qayumov R.  Hokimiyatlar taqsimlanish nazariyasi va O’zbekiston davlat organlari tizimining takomillashuvi. Odilqoriyev X.  Konstitutsiyaviy huquq asoslari . Tansiqbayeva G.M. www.arxiv.uz E’tiboringiz uchun rahmat!!! www.arxiv.uz