logo

Tipik bo’z tuproqlarning geografik tarqalishi, maydoni, tabiiy sharoitini o’ziga xosligi va xossalari

Yuklangan vaqt:

04.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1177.3369140625 KB
Tipik bo’z tuproqlarning geografik tarqalishi, maydoni, tabiiy sharoitini o’ziga xosligi va xossalari Reja: • 1.Tipik bo’z tuproqlarning geografik tarqalishi • 2.Maydoni • 3.Tabiiy sharoitini o’ziga xosligi • 4.Xossalari • Bo‘z tuproqlar mintaqasi tog’ va tog’ oldi hududlarini o’z ichiga oladi. U to’q tusli, tipik va och tusli bo’z tuproqlar mintaqasiga bo’linadi. Sahro mintaqasi 3 ta mintaqadan: shimoliy, markaziy va janubiy mintaqachalardan tashkil topgan. Hududlar tabiiy sharoiti bo’yicha bunday bo’linishi ularning tuproqlari, Shu ningdek, bu tuproqlarda amalga oshiriladigan meliorativ va argotexnik tadbirlarga ko’ra bir-biridan farqlanishini bildiradi.  • To‘q tusli bo‘z tuproqlar  dengiz sathidan 700- 1000 m yuqori joylashgan tog’ va tog’ oldi mintaqasining ancha baland qismlarida shakllangan. Bunday tuproqli hududga Janubiy Qozog’iston viloyati CHimkent- Sayram guruhi tumanlari G’o’za parvarishlanadigan maydonlarining salmoqli qismi, qisman Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati, Shu ningdek, unchalik ko’p  maydonlarni egallamagan • Tojikiston Respublikasi maydonlari va O’zbekiston Respublikasining ba’zi tumanlari joylashgan. • Bu tuproqlar mayda zarrachali va qumoq, allyuvial va proallyuvial yotqiziqlarda shakllangan, sho’rlanmagan, unumdor, fizikaviy hususiyati ham yaxshi. Bunday tuproqli yerlarni tekislash ularda suv, irrigatsiya yeroziyasiga qarshi kurashish talab etiladi. • To’q tusli bo’z tuproqlarda eng yertapishar G’o’za va g’alla navlari etishtiriladi.  • Tipik bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 400-700 m balandlikda tarqalgan, tog’ oldi tekisliklari va daryo tyerrasalarining yuqori qismlarini ishg’ol etgan. Bunday tuproqlardan iborat, G’o’za va boshqa ekinlar o’stiriladigan maydonlar Keles, Quruq-Keles, Chirchiq, Angren, Ko’gart daryolari havzalarida, Qoradaryo, Kurshaba, Oqbura, Aravansoy hamda Farg’ona vodiysi janubiy va shimoliy xududlaridagi tog’ daryolarining yuqori, Zarafshon, Qoradaryo, Kofirnihon, Qizilsuv va Yaxsuv daryolarining yuqori va o’rta qismlarida joylashgan. . • Ushbu tuproqlar mayda jinsli qumoq, lyossimon delyuvial va ba’zan allyuvial yotqiziqlarda rivojlanib, sho’rlanmagan, unumdorligi, fizikaviy xususiyatlari yaxshiligi bois yyer tekislashdan tashqari maxsus melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish talab qilinmaydi. Tipik bo’z tuproqli yerlarning notekis relfli katta nishabli qismlarida irrigatsiya yeroziyasiga qarshi tadbirlar o’tkazilishini va ularni yaxshilab tekislash zarur. Tipik bo’z tuproqlarda G’o’zaning o’rtapishar navlari ekiladi. • E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!