logo

Cho‘kindi tog‘ jinslari tasnifi va mineral tarkibi. Cho‘kindi jinslarning xossalari va turlari. Kaustobiolitlar

Yuklangan vaqt:

05.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5382.4931640625 KB
CHO‘KINDI TOG‘ JINSLARI TASNIFI VA MINERAL TARKIBI. CHO‘KINDI JINSLARNING XOSSALARI VA TURLARI. KAUSTOBIOLITLAR 1 1 Cho‘kindi jinslar turli tabiiy-iqlimiy sharoitlarda quruqlik yuzasida va suv havzalarining tubida shakllanadi. Cho‘kindi hosil bo‘lish jarayoni litogenez deb ataladi. N.M.Straxov (1963) bo‘yicha litogenezning 4 ta turi: gumid (nam-iliq iqlimli), arid (quruq-issiq iqlimli), nival (nam-sovuq iqlimli) va vulkanogen-cho‘kindi ajratiladi. Litogenez turlariga bog‘liq holda boshqa barcha teng sharoitlarda to‘plangan jinslarning tarkibi va sementi turlicha bo‘lishi mumkin. Cho‘kindi jinslar haqida umumiy ma’lumotlar Cho‘kindi jinslarning tasnifi. Cho‘kindi jinslarni tasniflash tamoyillari V.P.Baturin (1932y.), M.S.Shvetsov (1934y.) L.V.Pustovalov (1940y.), V.I.Luchitskiy (1948y.), G.I.Teodorovich (1948y.), V.M.Straxov (1960y.) va boshqa tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan. Ammo cho‘kindi jinslarning yagona tasnifi hozirgacha mavjud emas. Har bir tadqiqotchi bajariladigan vazifaga qarab u-yoki bu tasnifdan foydalanadi. Eng keng tarqalgan tasniflar cho‘kindi jinslarning moddiy tarkibini o‘rganishga va hosil bo‘lish sharoitlariga asoslangan. Birinchi tasnifga muvofiq cho‘kindi jinslar alyumosilikatli, karbonatli, kremniyli (silitsitli), galogenli, allitli, temirli, marganetsli, fosfatli jinslarga va kaustobiolitlarga bo‘linadi. Ikkinchi tasnif bo‘yicha cho‘kindi jinslar bo‘lakli, xemogen, organogen va aralash tarkibli turlarga ajratiladi (5.1-rasm). 5.15- rasm. Noqatlamiy rifli ohaktoshlar, Ummon sultonligi. Rif quruvchi kolonial marjonlar Organogen yo‘l bilan hosil bo‘lgan kremniyli jinslar. Kremniyli jinslar opaldan, xalsedon guruhidagi minerallar va cho‘kindi kvarsdan tarkib topgan bo‘ladi. Ular sovuq dengizlarda, kamroq ko‘l havzalarida o‘z skeletlarida opal to‘plovchi diatomli suvo‘tlari, radiolyariylar, bulutlar va boshqa organizmlarning bevosita ishtirokida hosil bo‘ladi (5.18- rasm). Bunday jinslarga diatomitlar, radiolyaritlar, spongolitlar, trepellar va opokalar kiradi.  Kaustobiolitlar. Neft va gaz, ko‘mir va yonuvchi slanetslar hamda boshqa tabiiy organik birikmalar yer po‘stida mineral hosilalarning alohida guruhini hosil qiladi. Ularni yonuvchi foydali qazilmalar yoki kaustobiolitlar deyiladi (yunoncha – «kausto» – yonuvchi, «bios» – hayot, «litos» – tosh). Ular birlamchi manba – tirik mavjudotlarning qoldig‘idan iborat bo‘lgan organik moddalarning qayta o‘zgarishi natijasida vujudga kelgan. Barcha yonuvchi foydali qazilmalar ikki yirik: ko‘mir va neft qatoriga bo‘linadi. Birinchi guruh asosan organik ugleroddan, ik kinchisi esa uglevodoroddan tarkib topgan. Organik uglerodli kaustobiolitlar. Organik uglerodli kaustobiolitlarga torf, sapropel, yonuvchi slanetslar va ko‘mir kiradi (5.22-rasm). Torf botqoqliklarda hosil bo‘ladi. Botqoqlik o‘simliklari (mox, o‘tlar) qurib, botqoqlikning kislorodsiz tubiga cho‘kadi va bakteriyalar yordamida parchalanad 5.22- rasm. Organik uglerodli kaustobiolitlar Bot q oq m uhi t d a K o `m il ga nTo rf(o `si m l i k mat eri al la ri t o rfga a yl a ng an)S i q i l is hSi q il i s hC huqur ko` mi lganMe tamor fiz mK o` mi r t u ri(Yu ms ho q qo `n g`i r ko `m ir )Bi ti mu m(yu ms ho q qo ra k o` mi r)A nt ra t si t(q at ti q q ora ko `mi r)S iq i l is h Uglevodorodli kaustobiolitlar . Neft tarkibida uglerod (83-87%), vodorod (12-14%) va kislorod (1,5% gacha) bo‘lib, ularning miqdori kam o‘zgaradi. Ko‘mir qatoridagi kaustobiolitlarda esa komponentlarning miqdor o‘zgarishi sezilarli darajada bo‘ladi. Neft to‘planishining geologik sharoitlari turli-tumandir. U qumlar, qumtoshlar, alevrolitlar, ohaktoshlar va boshqa g‘ovakli hamda darzlashgan jinslardagi bo‘shliqlarda to‘planadi (5.23, 5.24-rasmlar). Odatda bu jinslar dengiz, laguna-qo‘ltiq va delta yotqiziqlaridir. Qattiq bitumlar neftning o‘zgargan (oksidlangan) mahsulotlari bo‘lib, neftgazli viloyatlarda uchraydi. Neft oksidlanishining birinchi bosqichida malta va kir, keyingi bosqichida esa asfalt va ozokerit hosil bo‘ladi.