logo

Yozma manbalarda Oʻrta Osiyoning eng qadimgi oʻlkalari va ularning joylashgan hududlari nomlari

Yuklangan vaqt:

10.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1166.9775390625 KB
{Mavzu: Yozma manbalarda O rta Osiyoning eng qadimgi ʻ o lkalari va ularning joylashgan ʻ hududlari nomlari  Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o‘rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimika atamasi yunon tilidan olingan bo‘lib, “topos” - joy, “onom” yoki “onima” - nom. umuman, joy nomini o‘rganadigan fan degan m a'noni bildiradi.  XIX asr oxirlaridan e'tiboran dunyoda amaliy grammatika, xususan, kartografiya ehtiyojlari munosabati bilan toponimikaga qiziqish kuchaydi. Toponimikadan maxsus asarlar paydo bo‘ldi, geografik nomlami o'rganadigan komissiyalar va jam iyatlar tashkil etildi. Toponimika fani dastlab Yevropada paydo bo'idi va asta-sekinlik bilan taraqqiy etib, boshqa hududlarga ham tarqala boshladi. Sobiq Ittifoq davrida toponimik tadqiqotlar rivojlandi. Uning ta’sirida O‘zbekistonda ham toponimika fani rivojlana boshladi.  Buyuk bobokalonimiz va vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048-y.y.) o'rta asrlam ing buyuk qomusiy olimlardan edi. Uning buyukligi o'sha davming deyarli barcha fanlariga qo'shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo'ladi. U nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bilan. balki tarix va din tarixi bilan shug'ullanadi. Olim yozib qoldirgan 160 dan ortiq asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geografiya, geodeziya, geologiya, mineralogiya, arifmetika, tabobat. tarix, filologiya va boshqa fanlaming rivojiga ulkan hissa qo'sha oldi.  Abu Rayhon Beruniy o 'z asarlarida O 'rta Osiyo va Xuroson shaharlari haqida m a’Iumotlar keltirib o'tgan. Uning deyarli hamma asarlarida O 'rta Osiyo shaharlari tilga olinib, ulam ing yo tarixi, yo iqlimi, yoxud aholisi ta’riflangan. Beruniy o'zining “Saydana” asarida 400 dan ortiq qishloq, tog', daryo, shahar va orollar, “Qonuni Ma’sudi” kitobida 600 dan ortiq joy nomlarini tilga olgan. Shundan 85 tasi O 'rta Osiyo va Xurosonga tegishlidir. “Qonuni M a'sudiy” kitobida shu joylarning uzunlik va kengliklari ko'rsatilgan va deyarli hammasiga  qisqacha izoh berilgan.  Abu Rayhon Beruniy “Qonuni M as’udiy” asarida O 'rta Osiyo shaharlarini jadval tarzida ketgan va ular haqida toponimik m a’lumotlar berilgan. Jumladan, Toshkent bunday deyilgan: “Binkat - Shosh shaharlaridan biri, turkiycha Toshkent. Bu yunon mualliflarining Burj al- hijra qal’asidir'’.  Bundan tashqari, quyidagi hududlar ham asarda turlicha nomlangan:  Baykand (Poykand) - Buxorodan janubi-g'arbda joylashgan shahar.  Hozirgi Yakkatut stansiyasi yonidagi harobalar.U Badzarubayi deb ham atalgan.  Yangikent - Sirdaryo etaklarida (hozirgi Kazalinsk shahri ro‘parasida, daryoning chap tomonidagi harobalar).  Yangikent - turkiylarda Janikent, arablarda "Qariyat al-Hadisa” (qariyat - qishloq, hodisa - yangi ya’ni “yangi qishloq”) va “Madinat al- Jadida” (madina - shahar. jadida - yangi. ya’ni Yangi shahar) tojiklar esa Dehinav (deh - qishloq, nav - yangi ya’ni yangi qishloq) deb yozganlar.  Bundan tashqari, olim o‘z asarlarida daryo nomlarini ham keltirgan. Ulardan biri Sirdaryodir. Sirdaryo - Hasart. Yunon tilidagi asarlarida Yaksart tarzida keltirilgan. Lekin bu Sirdaryoning yunoncha nomi emas. balki Hasart (yoki Qasart) nomi yunoncha buzilib Yaksart shaklini olgan.  Olim xorazmliklarda Vaxsh suvlami. jumladan Jayhun daryosini nazorat qilib turgan malak nomi ekanligini aytgan. Demak, Amudaryoning o‘ng irmog‘i bo'lgan Vaxsh, Surxondaryo viloyatidagi Vaxshivordara kabi toponimlar o‘sha suv parisi nomi in'ikosidir. “Geodeziya” asarida Beruniy o‘sha vaqtdagi Sariqamisli koMini Hiz tengizi, ya'ni “Qiz dengizi” deb atagan Olim toponimika qonuniyatlariga oid bir qancha fikrlar bildirgan, masalan, yunonlar va arablar turkiy so‘zlami buzib o‘z tillariga moslab talaffuz qilganliklari oqibatida bir qancha so‘zlarning ma'nosi o‘zgarib ketganini, (masalan, turkiycha tosh so‘zini arablar shosh deb talaffuz qilishlarini) aytadi.  “ Hudud ul-olam” (“Dunyoning hadlari”) tarixiy- geografik asar boMib, 982 - 983-yillarda fors-tojik tilida noma'lum m uallif tomonidan yozilgan Asarda Yer kurrasining inson yashab turgan (to‘rtdan bir) qismidagi mamlakatlar iqlimi, tabiati, xalqlari, urf-odatlari, mashg‘ulotlari to‘g'risida ma'lumotlar berilgan.  Qo'lyozm ani 1892-yilda tarjimon Abulfazl Gulpayoganiy Buxorodan topib.  1893-yilda sharqshunos A. G. Tumanskiyga bergan. V. V. Bartol’d “Hudud ul- olam” matnini so‘zboshi va izohlar bilan rus tilida, 1937- yilda rus sharqshunosi V. F. M inorskiy ingliz tilida nashr ettirgan. Professor H. Hasanov o'zining “0 ‘rta Osiyolik geograf va sayyohlar” kitobida (Toshkent, 1964) “Hudud ul-olam” haqida katta maqola yozgan va talay qismining o'zbekcha tarjimasini keltirgan.  “ Hudud ul-olam”ning mazmun-mundarijasi haqida va raqamlab chiqqan bo'lim lari nomiga qarab tasavvur hosil qilish mumkin:  1. Muqaddima. 2. Yem ing hadlari, obodonligi va vayronalari. 3. Dengiz lar va qo'ltiqlar. 4. Orollar (jaziraho). 5. Tog'lar va ulam ing bag'ridagi m a’dan- lar. 6. Daryolar. 7. C ho'llar va qumliklar (biyobonho va regho). 8. Jahon viloyat- lari (nohiyathoi jahon). 9. Chiniston viloyatining xosiyati. 10. Hindiston viloyati.  11. Tibet viloyati va uning shaharlari. 12. T o'g'uzg'uz viloyati va uning shahar- lari. 13. Y ag'm o viloyati va utilng shaharlari. 14. X irg'iz (qirg'iz) viloyati. 13. Xallux (qarluq) viloyati va uning shaharlari. 16. Jikil viloyati. 17. Tuxsi viloyati va uning shaharlari. 18. Kimok viloyati va uning shaharlari. 19. G 'uz viloyati. 20. Bajonaki Turk viloyati. 21. Xifchoq (qipchoq) viloyati. 22. M ajg'ari viloyati. 23. Xuroson viloyati va uning shaharlari. 24. Xuroson chekkalari va uning shaharlari.  Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati.ʼ  1. Do simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha ʼ  izohli lug ati. T. «O qituvchi». 1977. ʼ ʼ  2. Kamoliddinov S.Sh. Drevnetyurkskaya toponimiya  Sredney Аzii. T. «Sharq» 2006.  3. Mamatkulov M. Tononimika. T. TDPU. 2001.  4. Mirakmalov M.T. Xalq tabiiy-geografik terminlari. T. O zMU. 2009. ʼ  5. Murzaev E.M. Ocherki toponimiki. M. «Mыslь». 1974.