logo

Materik va okean botiqlarining hosil bo’lishi. Fanerozoyda geografik qobiqning rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1073.30078125 KB
Materik va okean botiqlarining hosil bo’lishi Fanerozoyda geografik qobiqning rivojlanishi Reja : 1. Botiq haqida umumiy ma’lumot 2. Botiqlar tarqalgan hududlar 3. Eng chuqur botiqlar 4. Fanerozoyda geografik qobiq Botiq – Yer po‘stining tektonik kuchlar ta’sirida atrofi ko‘tarilib yoki atrofga nisbatan pasayib qolgan qismi. Botiq tagi ko‘pincha yassi yoki o‘rta qismiga tomon bir oz nishab bo‘ladi. Diametri o‘nlab, yuzlab km ga yetadi. Turkiya to‘g‘li mamlakat. Ularning dengiz sathidan o‘rtacha balandligi 1000 m. Uni maydonining katta qismini Anatoliya yassi tog‘ligi tashkil qiladi, shimolda Pontiya tog‘lari, janubda esa Tavr tog‘lari ko‘tarilib boradi. Bu esa uni dehqon chilik qilish imkonini cheklaydi. Pontiya tog‘ligi 1000 km masofada Qora dengiz sohiliga parallel cho‘zilgan. Sharqda ular Kavkaz chegaralarigacha, g‘arbda Sakarya dar yosi tekisligiga yetib boradi. Pontiya tog‘lari uzliksiz zanjir hosil qilmaydi va u chuqur tog‘ oralig‘i vodiylari bilan yoki sohilbo‘yiga parallel cho‘ zilgan bir qancha botiqlar zanjiri bilan ajraladi. Pontiya to‘g‘larining o‘rtacha balandligi 2500 m, tog‘ tizmasining sharqiy qismida balandlik ortib boradi. (Kachkar tog‘i 3937 metr) yon bag‘irlari juda tik, ochiq vodiylarning yo‘qligi bu tog‘larda yurushini qiyin lashtiradi. Pontiya tog‘lari g‘arbga tomon passayib boradi. 900 metrgacha, maksimal balandlik 2000 metrdan oshmaydi. Janubda O‘rta dengiz sohilbo‘yida murakkab tog‘ tizmasi Tavr cho‘zilgan. U uch qismga bo‘linadi: G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy Tavr. G‘arbiy Tavr –tog‘ tizmasi Anatolya pasttekisligi va ko‘rfazi tomon pasayadi. Eng baland tog‘ tizmasi (Bedag 3086 m, Elmali 3073 m) chuqur vodiylar bilan ajralgan. G‘arbiy Tavr tizmalari orasida, asosan uning shimolida bu rayonga “Turkiya ko‘llar mamlakati” nomini beruvchi ko‘llar va chuqur botiqlar guruhi joylashgan (chuchuk ko‘llar: Beyshexer, Egridir, Sugla; tuzli ko‘llar: Adjigel, Akshexir; Isparta botig‘i va boshqalar). Sharqiy Tavr janubda Murat daryosidan va Van ko‘lidan mamlakat ning sharqiy chegarasigacha cho‘zilgan. Sharqiy qismi ancha baland, bu yerda tog‘ cho‘qqilari 4000 metrga yaqin keladi. Tizma chuqur Evfrat va Tigr daryolari daralari bilan ajralgan. Bu muhim aloqa yo‘li hisoblanadi. Sharqiy Tavrdan janubda Diyarbakir botig‘i joylashgan. Tog‘lar oralig‘idagi Anatoliya yassi tog‘ligi Ichki va Sharqiy Anato liyaga bo‘linadi. Ichki Anatoliya yassitog‘likning ancha past qismi hisoblanadi. Ular bir qator suvsiz botiqlardan tashkil top`gan. Bu yerda balandlik g‘arbdan sharqqa 800-1200 metrdan 1500 gacha ortib boradi. Mana shunday platolardan birida, balandlik 850 m, Turkiya poytaxti Anqara joylashgan. Yassi tog‘likning janubiy qismida bir qator qadimgi vulqonlar ko‘tarilib boradi. Ichki Anatoliyaning markazi va janubida ko‘plab ko‘l va botiqlar bor, asosan tuzli. O‘rta dengizi sohilidan ichkarida joylashgan botiqlar quyoshda qovjiragan sariq dasht kenglilaridan iborat bo‘lib, ular orasida bog‘larning yashil maydonlari dog‘ singari ajralib turadi. O‘rta dengizning sohilbo‘yi tekisliklari (Antaliya, Chukurova va boshqalar) issiq dengiz subrtopik iqlimi, unumdor tuproqlari bilan qadimdan dehqonchilikning yirik rayoni bo‘lib kelgan. Bu yerga paxta shuhrat keltirgan, shuning uchun Chukurova vodiysini ba’zan ikkinchi Misr deb atashadi. Shuning uchun bu yerda sitruslar, hattoki banan yetishtiriladi. Eron tog‘ligining ichki qismi baland tekkisliklar, tog‘ zanjirlari va tog‘lararo botiqlarning almashinib kelishini o‘zida aks ettiradi. Eron tog‘ligi ning katta qismi 1000-2000 m balandlikka ega. U tog‘ tizmaslari shimolda Elbrus tog‘ tizmasi, sharqda davomi bo‘lgan Turkman-Xurosan tog‘lari, janubda va janubi-g‘arbda Mekron va Zagros tog‘lari bilan o‘ralgan. Ichki Eronning shimoliy qismini yer yuzida eng hayotsiz cho‘llardan biri Dashti-Kebir egallagan. U deyarli Tehron darvozasidan boshlanib g‘arbdan sharqqa 400 km ga cho‘zilib, kengligi 250 km ga yetadi. U bir qator sho‘rxok cho‘kmalaridan tashkil topgan. Ularning balandligi 600-800 m. Eron sharqida qAQSHatqich va quruq cho‘l Dashti-Lut cho‘zilgan. Uning g‘arbiy qismi glinali va toshloqlardan, sharqiy qismi balandligi 200 m ga yetuvchi barxan qum cho‘lidan iborat. Qum bo‘ronlari vaqtida harakatlanuvchi qumlar karvonlarni o‘tishini qiyinlashtiradi, quduqlarni to‘ldiradi. Uning uzunligi 550 km, eni 200 km ga yetadi. Bu yerda tagi yassi bo‘lgan balandligi 200-250 m ni tashkil qilgan oqmas cho‘kmalar almashinib turadi. Barxan va qum qatorlari, taqir va sho‘rxok yerlar ustun turadi. Siyrak vohalar kuzatiladi. Ichki Eron yassi tog‘ligi Sharqiy Eron va O‘rta Eron tog‘ tizmalari bilan kesishadi, alohida cho‘qqilari 3000-4000 m va undan baland (Xezor 4419 m, Kuxe-Lolazor 4374 m). O‘rta Eron tog‘ligida vulqan jinslar keng tarqalgan. Eron tog‘ligini shimoldan janubga tomon ikkita katta tog‘lar o‘rab turadi. Kaspiy dengizining janubiy sohiligacha yetuvchi shimoldagi tog‘ tarkibiga Demovand (5604 m) cho‘qqisi bilan baland tog‘ tizmasi Elbrus ham kiradi. Elbrus sharqida Turkman-Xuroson tog‘ligi o‘tadi. U ikkita yo‘na lishdan tashkil topgan: shimolda Kopetdog‘, janubda Nishopur tog‘i. Bu ikki yo‘nalish orasida Gorgon – Mashxad vodiysi va botig‘i joylashgan. Tog‘larning balandligi kam hollarda 3000 m dan oshadi, 1500-2000 m balandlikkacha yetadi. Nishopur tog‘ining baland cho‘qqisi - Miraba tog‘i (3322 m), Kopetdogniki esa - Xezor–Masjid tog‘i (3117 m). Mamlakatning shimoli-g‘arbiy chekkasi Eron Ozorbayjoni deb nomlanuvchi Arman tog‘ligi bilan band. Sharqda bu Elbrus tog‘ligi bilan, g‘arbda Qurdiston tizmasi bilan chegaralangan. Bu chekka tog‘lar oralig‘i Qoradag tizmasi, Mishudag, Bozkush, katta vulqonli massiv Sebelandag, Saxend Janubiy Ozorbayjon keng yassitog‘ligi, shuningdek tog‘lar oralig‘ida botiqlar va yirik cho‘kma Rezoye (Urmiya) ko‘li bilan band. Eronda pasttekisliklar kam, ular mamlakat maydonini 1/5 qismini egallaydi. Mamlakatning eng cheka shimoli-g‘arbiga balandligi 60-300 m ga yetuvchi pasttekislik Eron Mugoni kiradi. U Kura-Araks pasttekis ligining bir qismi hisoblanadi. Janubiy Kapiy pasttekisligi Elbrusning shimoliy etagida joylashgan. Bu pasttekislikning kengligi 2-6 km dan 30-40 km gacha. Pasttekislik dunyo okeani sathidan pastda joylashgan. Kaspiy dengizining janubiy sohili kam parchalangan, bu esa kemalar to‘xtashi uchun noqulay. Janubiy-Kaspiy pasttekisligidan sharqda yassi Gorgon pasttekiligi joylashgan. Unda taqirlar, qumli sho‘rhok yerlar uchraydi. Mamlakat janubida Fors va Ummon ko‘rfazi sohili bo‘yida kengligi 10-15 km ga yetuvchi tekislik Garimsir cho‘zilgan. Uning pastki qismlari botqoqliklar bilan band. Eronda eng katta pasttekislik janubi-g‘arbda joylagan. Bu mashhur Mesopotamiya pasttekisligining bir qismi bo‘lgan Xuziston tekkisligidir. Uning yuzasi tekkis, bir xilda dengiz sathidan 100 m balandlkda joy lashgan. Pasttekislik asta-sekin janubi-sharqqa Fors ko‘rfazi sohili tomon pasayadi. Xuzistonning janubiy qismi kuchli botqoqlashgan. G‘arbga tomon Markaziy Hindiqush Afg‘onistonning markaziy qismini egallovchi o‘tish qiyin bo‘lgan tog‘ massivi Baba (5140 m) bilan alma shinadi. U mamlakatning asosiy gidrologik tuguni hisoblanadi. Eron che ga rasiga yaqin tizmalar sezilarli darajada pasayadi. Shimolga tomon Hindiqush tog‘ tizmasi o‘rtacha balandlikdagi tizmalar zanjiri bilan chegaralangan. Sekin-asta Baxtriya tekisligi boshlanadi (Janubiy Turkiston yoki Afg‘oniston-Turkistoni). Tekislikning tog‘lar bilan tutashgan qismi lyos yotqiziqlari bilan qoplangan Amudaryoga yaqin qumliklar bilan almashinadi. Tekislikning balandligi 600 metrdan Amudryo yaqinida 250 m gacha yetadi. Shimoliy Afg‘oniston tog‘ tizmasidan janubda joylashgan Eron tog‘ligining ichki qismi cho‘l yassi togligi bilan, mamlakatning markaziy qismi esa Hazarajat tog‘ligi bilan ajralgan. Hazarajat cho‘qqilarining kо`pchiligi 3500 m ga, ba’zan 4000 m ga yetadi. Siyrak о simliklar bilan qoplangan Hazarajat tog‘ini shamol jarayoni doimo yemirib keladi. Shamol ta’sirida yig‘ilgan mahsulotlar yon bag‘irlarida va tizimlarining etakalarida to‘planib katta damomlarni hosil qiladi. Janubiy Afg‘oniston uchun toshloq cho‘llar, dashtlar xosdir. Dashti- Noumid, Dashti-Margo va boshqalar. Ba’zan sho‘rxok cho‘llar - kevirlar uchraydi. Afg‘onistonda kevirlarga Namakzor va Go‘udi - Zirra botiqlari misol bo‘ladi. Pokiston chegarasi yaqinida qumli cho‘llar Garimsir va Registon cho‘zilgan. Taqirlar ham keng tarqalgan bo‘lib, yomg‘irli mavsumda yurishni qiyinlashtiradi. Janubiy Afg‘oniston сһо`lli oblastining relyefi Afg‘oniston-Turkistoni tekisligiga nisbatan to‘lqinsimondir, bu yerda tez-tez alohida adrlar uchraydi. Pontiya tog‘ligi 1000 km masofada Qora dengiz sohiliga parallel cho‘zilgan. Sharqda ular Kavkaz chegaralarigacha, g‘arbda Sakarya dar yosi tekisligiga yetib boradi. Pontiya tog‘lari uzliksiz zanjir hosil qilmaydi va u chuqur tog‘ oralig‘i vodiylari bilan yoki sohilbo‘yiga parallel cho‘ zilgan bir qancha botiqlar zanjiri bilan ajraladi. Shimolda Pontiya tog‘lari Qora dengiz tomon pasayib boradi, 5-10 km li tor sohilbo‘yi palasasi qoldiradi. Faqat Qizil Irmak, Yashil-Irmak va Sakarya daryolari bo‘yida sohilbo‘yi tekisligi 50-60 km gacha kengayadi. Pontiya to‘g‘larining o‘rtacha balandligi 2500 m, tog‘ tizmasining sharqiy qismida balandlik ortib boradi. (Kachkar tog‘i 3937 metr) yon bag‘irlari juda tik, ochiq vodiylarning yo‘qligi bu tog‘larda yurushini qiyin lashtiradi. Pontiya tog‘lari g‘arbga tomon passayib boradi. 900 metrgacha, maksimal balandlik 2000 metrdan oshmaydi.