logo

Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik o’lkasi mavzularini o’qitish metodikasi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5305.125 KB
Mavzu: Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik o’lkasi mavzularini o’qitish metodikasi (umumta’lim maktablari 7-sinfi misolida) GEOGRAFIYA . 7 - sinf Mavzu: Chirchiq – Ohangaron o’lkasining geografik o‘rni. Yer yuzasining geologik tuzilishi va foydali qazilmalari т DARSNING MAQSADI:  a) Ta’limiy: O’quvchilarda Chirchiq – Ohangaron o’lkasi haqida geografik tasavvur va bilimlarni shakllantirish, o’quvchilarni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish. Ularda mavzuga geografik tavsif bera oish kmasini shakllantirish;  b)Tarbiyaviy: ko’niO’quvchilar qalbida ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo’lgan muhabbatni o’stirish, ularga ekologik, estetik tarbiya berish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash  v) Rivojlantiruvchi : O’quvchilarda mustaqil fikrlash va yozuvsiz xarita bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’lkashunoslik va o’zlikni anglash g’oyalarini targ’ib etish, ijodiy tafakkur qilish salohiyatini oshirish  Dars tipi : yangi bilim berish Dars metodi: : geografik diktant, xarita bilan ishlash, boshqotirma. Kichik guruhlarda ishlash, interfaol va innovatsion texnologiyalar. “  Darsning jihozi : O’zbekiston tabiiy xaritasi, yozuvsiz xarita, 7 – sinf atlasi, tarqatma materiallar Dars rejasi:  1) Tashkiliy qism  a) O’quvchilarni guruhlarga ajratish  b) Guruh nomlari sharhi  2) O’tilgan mavzuni so’rash:  a) Xarita bilan ishlash  b) Geografik diktant  3) Yangi mavzu bayoni  4) Yangi mavzuni mustahkamlash  a) Boshqotirma  b)Toponomik o’yin  v)test  5. O’quvchilarni baholash, darsni xulosalash  6. Uyga vazifa  1. O’zbekiston  2. Turon  3. Sharq  4. Chirchiq – Ohangaron A) XARITA BILAN ISHLASH  “ O’zbekistonning tabiiy geografik o’lkalari”ni yozuvsiz xaritaga tushirish. Ranglash.  Chaynvord Savollar Javoblar Tekislik qismiga 3 ta tabiiy-geografik o’lka Mirzacho’l t.g.o’lka Jizzax va Sirdaryo vil. Quyi Amudaryo t.g.o’lka Qoralpog’iston Res.Xorazm vil. To’g oldi va tog’li qismga 6 ta tab.geog.o’lka Surxondaryo Tog’li o’lka Chirchiq-Ohangaron t.g.o’ Tog’li o’lka b) Geografik diktant  1. O’zbekistonning tekislik qismi nechta tabiiy geografik o’lkaga bo’linadi?  2. O’zbekistonning eng sharqiy chekka nuqtasi  3. Eng baland tog’ cho’qqisi  4. Eng past botiq  5. Eng yirik maydonli cho’l  6. O’zbekistonning eng issiq joyi  7. Eng katta marmar koni  8. Yirik tabiiy gaz koni  9. Yog’in ko’p bo’ladigan joy  10. Yirik tabiiy geografik o’lka  11. Mutloq balandligi eng baland shahar  12. Sug’orish va iste’mol uchun ko’p sarflanadigan daryo suvi  13. Eng uzun tog’ tizmasi  14. Ekologiya eng iflos iqtisodiy rayon  15. Eng baland shashara YANGI MAVZU BAYONI  Chirchiq – Ohangaron tabiiy geografik o’lkasi Respublikamizning shimoli – sharqiy qismida, Sirdaryo bilan G’arbiy Tyanshan tog’lari oralig’ida joylashgan  Tabiiy geografik o’lka G’arbiy Tyanshan tog’larining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangarojn vodiylarini, shuningdek, Dalvarzin cho’lini o’z ichiga oladi.  Bu tabiiy geografik o’lkaning yer yuzasi ancha murakkab bo’lib, shimoli – sharqdan, janubi – g’arbga, Sirdaryoga tomon asta – sekin pasayib boradi.  Chirchiq – Ohangaron vodiysidagi tog’lar paleozoy, mezazoy va kaynazoy eralari jinslaridan tarkib topgan  Chirchiq – Ohangaron rayoni rel’yefi jihatidan G’arbiy Tyanshanning bir qismi. Ular Talas Olatog’idan janubi – g’arbga qarab panjasimon yo’nalishga ega bo’lib, bir – biridan daryo vodiylari orqali ajralib turadi. Ularning eng muhimlari: Qorjontov, Ugom, Piskom, Ko’ksuv, Chandalash, Chotqol tizmalari hisoblanadi.  Chirchiq – Ohangaron o’lkasining eng g’arbida Ugom tizmasi joylashib, Talas Olatog’idan Manas cho’qqisi (4488 m) yaqinidan janubi g’arbga qarab davom etadi. Uning eng baland Sayram choqqisi 4229 m. Ugom tizmasining janubi g’arbida Qorjontov joylashgan. Undagi Mingbuloq choqqisining balandligi 2834 m. Ugom va Qorjontovlarning shimoli – g’arbiy yonbag’irlari yotiq va keng, janubi – sharqiy yonbag’irlari tik va qisqa  O’zbekistonning g’arbiy Tyanshandan ajralib chiqqan tog’ tizmalaridan Chirchiq va Ohangaron daryolari suv to’playdi. Bu yerda shu nom bilan ataluvchi vodiylar joylashgan.  Chirchiq – Ohangaron vodiysi xilma – xil foydali qazilmalarga boy. Ohangaron vodiysida mis, oltin, volfram, qo’rg’oshin kabi ma’dan konlari mavjud. Ohangaron vodiysi va Qorjontov etaklarida alyuminiy xom ashyosi – alunit topilgan.  TYANSHAN TOG’LARI  TABIIY BOYLIKLAR  Bilimingizni sinab ko`ring! BOSHQOTIRMA  Savollar:  1. Chirchiq – Ohangaron vodiysi qaysi tog’ oralig’ida joylashgan?  2. Qaysi cho’qqining balandligi 4229 m  3. Qaysi cho’qqining balandligi 4488 m  4. ….cho’qqisining balandligi 2834 m  5. Chirchiq – Ohangaron o’lkasidagi tog’ tizmalaridan biri. TOPONOMIK O’YIN  O’yin tartibi: joy nomlari yozilgan qog’ozlar yozuvli tomoni pastga qaratilgan holda aralashtirilib, stol ustiga qo’yib chiqiladi. Guruh a’zolari navbat bilan chiqib, joy nomlari haqida ma’lumot beradilar va tegishli kartochkalarni qo’lga kiritadilar. Javobi yoki ma’nosi aytilmagan kartochka qaytib qo’yiladi. Qaysi guruh ko’proq joy nomini qo’lga kiritsa, shuncha ko’p ball to’playdi. BIR XIL KATTALIKDAGI QOG’OZLARGA CHIRCHIQ – OHANGARON O’LKASI GEOGRAFIYASIGA OID BO’LGAN JOYLARNING NOMLARI YOZILADI. TOPONOMIK NOMLAR QUYIDAGICHA BO’LADI :  G’arbiy Tyanshan  Dalvarzin  Ugom  Piskom  Chotqol  Sayram  Mingbuloq va boshqalar Uyga vazifa:  12 - § ni o’qish. Mavzu yuzasidan test tuzish.  Yangi mavzuga tayyorlanish