logo

Yer magnit maydoni kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisini aniqlash va tangens-galvanometr doimiysini aniqlash

Yuklangan vaqt:

31.01.2025

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1071.7880859375 KB
Reja: 1. NAZARIY QISM 2. Metodning nazariyasi 3. Xulosa. YER MAGNIT MAYDONI KUCHLANGANLIGINING GORIZONTAL TASHKIL ETUVCHISINI ANIQLASH VA TANGENS-GALVANOMETR DOIMIYSINI ANIQLASH YER MAGNIT MAYDONI KUCHLANGANLIGINING GORIZONTAL TASHKIL ETUVCHISINI ANIQLASH VA TANGENS- GALVANOMETR DOIMIYSINI ANIQLASH NAZARIY QISM -Yerni katta sharsimon magnit deb faraz qilsak bo‘ladi. -Yerni o‘ragan fazoda magnit maydoni mavjud. -Bu maydonning kuch chiziqlari ko‘rsatilgan. -Shimoliy geografik qutb yaqinida janubiy magnit qutbi S joylashgan, janubiy geografik qutb yaqinida – shimoliy magnit qutbi N joylashgan. YER MAGNIT MAYDONI KUCHLANGANLIGINING GORIZONTAL TASHKIL ETUVCHISINI ANIQLASH VA TANGENS- GALVANOMETR DOIMIYSINI ANIQLASH NAZARIY QISM - Yerning istagan nuqtasidagi mavjud bo‘lgan magnit maydonni magnit nayzacha yordamida aniqlash mumkin. -Agar NS magnit nayzachasini L ipga osib osish nuqtasini nayzachaning og‘irlik markazi bilan moslashtirilsa, nayzacha Yerning magnit maydoni kuch chizig‘iga urinma bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. -Shimoliy yarim sharda nayzaning janubiy uchi Yerga engashadi va nayzachaning gorizontga nisbatan enkayish burchagi 0 ni tashkil qiladi. (Magnit ekvatorida enkayish burchagi 0 nolga teng). -Nayzacha joylashgan vertikal tekislik magnit meridianining tekisligi deyiladi. -Hamma magnit meridian tekisliklari NS to‘g‘ri chiziq uchlarida kesishadi. -Magnit meridianlarining Yer yuzidagi izlari magnit qutblari N va S da uchrashadilar. -Magnit qutblari geografik qutblarga mos tushmagani uchun nayzacha geografik meridiandan og‘gan bo‘ladi. -Nayzacha orqali o‘tayotgan vertikal tekislikning (ya'ni, magnit meridiani) geografik meridian bilan tashkil qilgan burchagi 0 magnit og‘ish burchagi deb ataladi Yer magnit maydonining to‘la kuchlanganlik vektori H ni ikki: gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga ajratish mumkin. -Og‘ish va enkayish burchaklarining hamda gorizontal tarkibiy qismning qiymatlari berilgan nuqtadagi magnit maydon yo‘nalishi va kattaligini aniqlash imkoniyatini beradi. -Agarda magnit nayzacha faqat vertikal o‘q atrofidagina erkin aylana oladigan bo‘lsa, u Yer magnit maydonining gorizontal tarkibiy qismi ta'sirida magnit meridiani tekisligida joylashadi. -Elektr sxema yordamida o‘tkaziladi va quyida o‘lchash uslubining qisqacha nazariyasi keltirilgan. -Bu yerda R – reostat, A – ampermetr, TG – tangens- galvanometr, K – qo‘shkalit, uning vazifasi tangens- galvanometr orqali o‘tayotgan tokning yunalishini o‘zgartirishdan iborat. -Magnit meridiani tekisligiga nisbatan vertikal joylashgan, N ta o‘ramdan iborat halqasimon o‘tkazgichni olaylik. -Bu o‘tkazgich markaziga o‘z vertikal o‘qi atrofida aylanuvchi magnit nayzachani joylashtiramiz. -Agar g‘altak orqali I tok o‘tkazsak, kuchlanganligi Hz, yunalishi g‘altak tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan magnit maydoni vujudga keladi. -Shunday qilib, nayzachaga ikki o‘zaro perpendikulyar magnit maydoni ta'sir qiladi. Metodning nazariyasi - G‘altakning gorizontal tekisligidagi kesimi ko‘rsatilgan. -Bu yerda Hz – aylanma tok vujudga keltirgan magnit maydoni kuchlanganligi vektori, Ho – Yer magnit maydonining gorizontal tashkil etuvchisi. -Nayzachaga teng ta'sir etuvchi H1 vektor tomonlari Hz va Ho dan iborat bo‘lgan parallelogramning diagonali bo‘yicha joylashadi. Hz=Ho*tg 0 Ikkinchi tomondan tangens- galvanometr g‘altagining markazidagi magnit maydonining kuchlanganligi Hz=(n*I)/(2R)) ga qo‘ysak quyidagini olamiz: (n*I)/(2R)=Ho*tg 0 . Undan Ho= n/R2 * tg 0 I . ifoda aylanma o‘tkazgich orqali oqayotgan tok kuchini aniqlash uchun ham ishlatilishi mumkin, ya'ni: I=(2RHotg 0 )/n. ifodada tg 0 ning oldida turuvchi barcha kattaliklar Yer yuzining berilgan nuqtasi va o‘lchayotgan asbob uchun o‘zgarmas bo‘lganliklari uchun mazkur ifodani quyidagicha yozish mumkin I=C*tg 0 ,bu yerda C=2RHo/n doimiy kattalik bo‘lib, tangens- galvanometr doimiysi deb ataladi. O‘lchanilayotgan tok kuchi strelka og‘ish burchagining tangensiga proporsional bo‘lgani uchun qurilmani tangensgalvanometr deyiladi. -Ifodadan doimiy C son jihatdan nayzachaning og‘ish burchagi 45 ga teng bo‘lgandagi o‘ramlar orqali o‘tayotgan tok kuchiga teng ekanligi kelib chiqadi. Shunday qilib markazida magnit nayzacha o‘rnatilgan aylanma o‘tkazgichni shu zanjir orqali o‘tayotgan tok kuchini aniqash uchun qo‘llasa bo‘ladi. -Buning uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: magnit nayzachasining o‘lchamlari o‘ramlar radiuslariga nisbatan juda kichik bo‘lishi kerak, chunki Hz=(n*I)/(2R) formula aylana markazidagi nuqta uchungina bajariladi. -Ushbu ishda foydalaniladigan tangens- galvanometr aylanuvchi tutgichga o‘rnatilgan g‘altakdan iboratdir. -Vertikal o‘q atrofida aylanadigan nayzacha g‘altakning markaziga o‘rnatilib, nayzachaning ustiga bo‘limlari bo‘lgan yengil alyuminiy (limb) qo‘yilgan. -Chambarak ostidagi nayzacha shunday joylashganki, uning bir uchi limbning «N» (shimol) harfi bilan belgilangan nuqtasiga, ikkinchi uchi esa «N» (janub) harfi bilan belgilangan nuqtasiga yo‘nalgan. 1. T.I.Trofimova ”Fizika kursi“, M. ”Akademiya“ 2007. 2. A.A.Detlaf, B.M.Yarovskiy ”Fizika kursi“, M.”Akademiya“, 2007. Adabiyotlar