logo

Mexanika. Kinematika va dinamika asoslari. Kuch, impul\\'s. Ish, energiya va quvvat

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

195.31640625 KB
• Mexanika. Kinematika va dinamika asoslari. Kuch, impul&#39;s. Ish, energiya va quvvat. Saqlanish qonunlari. Nisbiylik nazariyasi. Reja: • 1. Mexanika fani nimani o’rganadi? 2. Kinematikaning asosiy tushunchalari. 3. To’g’ri chiziqli tekis va notekis harakat tenglamalari. 4. Dinamikaning asosiy tushunchalari. 5. Mexanik kuchlar. 6. Ish va energiya. 7. Mexanikada saqlanish qonunlari.  (1)Mexanika materiya harakatining eng sodda formasi haqidagi ta’limotdir. Bunday harakat jismlarning yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan ko’chishidan iborat bo’ladi. Odamlar, kundalik turmushida va har qanday ishlab chiharish jarayonida jismlarning ko’chishini ko’radilar. Shuning uchun mexanik tasavvurlar juda yaqqol bo’ladi. Mexanikanin boshqa tabiiy fanlardan oldinroq keng rivojlanganiga ham sabab ana shu. Mexanikaning asosiy qonunlarini Galiley (1564- 1642) anchagina oydinlashtirgan edi. N&#39;yuton (1642- 1727) ularni uzil-kesil ta’riflab berdi. Peterburg Fanlar akademiyasida ko’p yil ishlagan Leonard Eyler (1707- 1783) birinchi bo’lib mexanikaning qonunlariga analitik ko’rinish berdi va mexanikaning taraqqiyotida katta rol o’ynadi. Mexanika kinematika va dinamika deb ataladigan ikki qismga bo’linadi: kinematika o’rin almashtirishning o’zinigina vaqtga bog’lab tekshiradi, dinamika esa jismlarning harakat holatlarini o’zgartiradigan o’zaro ta’sirlarni ham hisobga oladi. To’g’ri chiziqli tekis harakat . (Biz tekshirayotgan harakat to’g’ri chiziq bo’ylab bo’layotgani uchun to’g’ri chiziqli harakat deyiladi). Agar harakatdagi jism ixtiyoriy, lekin teng vaqt oraliqlarida teng kesmalarni (yo’llarni) bosib o’tayotgan bo’lsa, bu jismning harakati tekis harakat deyiladi. Tekis harakatning tezligi deb shunday fizik kattalikka aytiladiki, berilgan vaqt oralig’ida jism qancha ko’p yo’l bosib o’tsa, bu kattalikning miqdori shuncha katta bo’ladi, yoki, boshqacha qilib aytganda, berilgan yo’lni bosib o’tish uchun qancha kam vaqt kerak bo’lsa, bu fizik kattalikning miqdori shuncha katta bo’ladi. Demak, tekis harakatning v tezligi bosib o’tilgan yo’lga to’g’ri proportsional va bu yo’lni bosib o’tish uchun ketgan vaqtga teskari proportsional bo’lgan fizik kattalikdir. (1) • Vaqt o’tishi bilan tezlikning naqadar o’zgarib borishini xarakterlash uchun tezlanish deb ataluvchi fizik kattalikdan foydalaniladi. To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakatning tezlanishi tezlikning orttirmasiga to’g’ri proportsional va shu o’zgarish uchun ketgan vaqtga teskari proportsional bo’ladi. • (5) • To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat tenglamalari quyidagicha: • agar v 0=0 bo’lsa, t v t t v v a       0 0 s v v a t v v a at t v s at v v 2 2 2 0 2 0 2 0 0         s v a t v a at s at v 2 2 2 2     • Jismning aylanma harakati . Faraz qilaylik jism radiusi R ga teng bo’lgan aylana bo’yicha harakat qilayotgan bo’lsin. Bu harakatni quyidagi fizikaviy kattaliklar bilan xarakterlaymiz: • 1. Aylanish davri (n - aylanishlar soni), bir marta to’liq aylanish uchun ketgan vaqtni bildiradi. • 2. Aylanish chastotasi , bir sekunddagi to’liq aylanishlar soniga teng. ABOС 3. Aylanish tezligi. Aylanma harakatda tezlikning moduli va yo’nalishi o’zgarib turadi. Shu sababli, chiziqli va burchakli tezlik tushunchalaridan foydalaniladi. • Jism bir marta to’liq aylandi deb hisoblab, chiziqli tezlik uchun quyidagi ifodani yozamiz: A B O СR T R t s v   2 2     • Shuningdek, radius-vektorning buralish tezligini ifodalovchi burchakli tezlik tushunchasidan foydalansak: • (7) • hosil bo’ladi. Chiziqli va burchakli tezliklar orasida quyidagi munosabat o’rinli: •     2 2     T t  Rv   • 4. Aylanma harakatda tezlanish. bu erda tangensial tezlanish va normal tezlanish. Bundan tashhari, burchakli tezlanish ham mavjud: Burchakli tezlik va tezlanishlarining yo’nalishlari parma qoidasiga asosan topiladi. Kinematika jism harakat qonunlarini uni keltirib chiharuvchi sabablarsiz o’rgansa, mexanikaning dinamika bo’limi shu harakat qonunlarini uni yuzaga keltiruvchi sabablar bilan birga o’rganadi. Dinamikada asosiy tushunchalar sifatida jismning massasi, kuch, impul&#39;s, ish va energiyadan foydalaniladi. Jismning massasi deb, uning inertligini son jihatdan xarakterlovchi fizikaviy kattalikka aytiladi. Kuch deb , jismlarning o’zaro ta’sirini ifodalovchi fizikaviy kattalikka aytiladi. Dinamikada N&#39;yuton qonunlari asosiy qonunlar bo’lib hisoblanadi. N&#39;yuton qonunlari o’rinli bo’lgan sanoq tizimlariga inertsial sanoq tizimlari deyiladi. n a a a       t v a    R v an 2  R a dt dv R dt d         1 • N&#39;yutonning birinchi qonuni: Shunday inertsial sanoq sistemalari mavjudki, ularda j ismga ta’sir qiluvchi kuchlarning yig’indisi nolga teng bo’lsa, bu jism o’zining oldingi tinch holatini yoki to’g’richiziqli tekis harakatini saqlaydi. • N&#39;yutonning ikkinchi qonuni: m - massali jismga F- kuch ta’sir qilganda u olgan a - tezlanish shu kuchga to’g’ri proportsional va jismning massasiga teskari proportsional bo’ladi: • yoki Jismning tezlanishidan foydalansak: kattalikka jismning impul&#39;si deyiladi. U vaqtda Jismga ta’sir qiluvchi kuch impul&#39;si jism impul&#39;sining o’zgarishiga teng bo’ladi . N&#39;yutonning uchinchi qonuni: Barcha jismlar o’zaro bir to’g’ri chiziqda yotgan va qarama-qarshi yo’nalgan kuchlar bilan ta’sir qiladi. m F a   a m F     dt v m d dt dv m a m F ) (      v m p   dp Fdt  kiik F F     • Butun olam tortishish kuchi: Tabiatdagi barcha jismlar bir-birini ularning massalarining ko’paytmasiga to’g’ri proportsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsional bo’lgan kuchlar bilan tortib turadilar. 1 2 3F 12 F 21 F 13 F 31 F 32 F 23 Yer yo’ldoshlarining uchish qonunlari planetalarning Quyosh atrofida aylanish qonunlariga o’xshashdir. Agar kosmik snaryadni biror h balandlikdan v tezlik bilan gorizontal otilgan odatdagi snaryad yoki oddiy tosh deb tasavvur qilsak, u holda atmosferaning ta’siri bo’lmaganida, uning barcha mumkin bo’lgan traektoriyalari ayonki, planetalarning mumkin bulgan harakatlariga o’xshash bo’ladi.2 2 1 R m m G F   • Boshlang’ich tezligi v ushbu tezlikdan kichik bo’lganda snaryad traektoriyalari fokuslari Yerning markazi bilan mos tushuvchi ellips kesmalaridan iborat bo’ladi. Juda ham kichik boshlang’ich tezlikda bu kesmalarni katta aniqlikda parabola kesmalari deyish mumkin. Taqriban 7,93km/sek ga teng bo’lgan v tezlikda snaryad traektoriyasi aylana bo’ladi va snaryad Yerning yo’ldoshiga aylanadi. Snaryadning aylana orbita bo’ylab harakati tezligini snaryadning markazga intilma tezlanishi erkin tushish tezlanishi g ga teng bulishi shartidan oson hisoblab topish mumkin. Haqiqatdan ham h balandlikda erkin tushish tezlanishi h r g r кр   0 0 0  h r v кр  0 2 2 0 2 0 0 ) ( h g g r r   • bunda g- Yer sirtida uning markazidan r masofadagi tezlanish: u holda yoki Agar bo’lsa, u holda yo’ldoshning Yer radiusiga teng radiusli aylana orbita bo’yicha harakat tezligi bo’ladi. Bu tezlikni birinchi kosmik tezlik deb atash qabul qilingan. Boshlang’ich tezlik v dan katta , lekin qiymatdan kichik bo’lganda snaryad traektoriyasi ellipsdan iborat bo’lib, ellipsning uchib chiqish nuqtasiga yaqin fokusiga Yer markazi  h r r g r g h кр     0 ( 2 0 0 0 2  h r g r кр   0 0 0  0rh  с км g r кр 93.7 00    h g r r п   00 2  • joylashgan. da snaryad traektoriyasi parabola ko’rinishiga ega va u bo’ylab harakatlanayotgan snaryad Yerga qaytmaydi. Yerga nisbatan&#34; parabolik&#34; tezlik ham buyicha aniqlanib, faqat M o’rniga MYer quyilishi lozim, bunda MYer - Yerning massasi. Tortishish kuchi tezlanishi kattaligi uchun yozilgan formulani hisobga olsak, quyidagini yozish mumkin: Yer uchun parabolik tezlikni topamiz: h<<r0 holda, yoki snaryadni Yer sirtiga urinma buyicha otilganda, 0 2 2   R mM m п   ) ( ) ( 00 22 0 0 2 h r r g h r Mер     g r M ер 0 2 0   h r g r п   0 0 0 2  s km r g п 2. 11 2 0 0    • Bu kattalikka ikkinchi kosmik tezlik deyiladi. Binobarin, agar snaryad h balandlikdan gorizantal tarzda dan katta tezlik bilan otilsa u giperbolik trayektoriya bo’yicha harakatlanib, Yerning tortishish sohasidan chiqib ketadi, yoki Quyoshning mustaqil yo’ldoshi, ya’ni kichkina sun’iy planetaga aylanadi. Bu barcha hisoblashlar kosmik snaryadning harakatiga Quyoshning va planetalarning ta’sirini hisobga olmasdan bajariladi. Boshqacha aytganda, Yer harakatsiz va yo’ldosh unga nisbatan harakatlanadi, butun sistema (Yer-yo’ldosh) Quyosh atrofida harakatini muttasil davom ettiradi deb hisoblanadi. Yo’ldoshning massasi Yerning massasiga nisbatan juda kichik, shuning uchun Yer-yo’ldosh sistemaning inertsiya markazi amalda Yerning inertsiya markaziga mos tushadi. Bundan tashqari, yo’ldosh va Yer markazi orasidagi masofa Yerdan Quyoshgacha masofaga nisbatan juda kichik bo’lganidan Quyosh tortishi o’zgarishining yo’ldosh orbitasiga ta’sirini nazarga olmasa ham bo’ladi. Yo’ldosh Yerdan katta masofalarga uzoqlashganda, albatta, hisoblashni olib borayotganda Quyoshning, Oyning va Quyosh sistemasining boshqa planetalarining tortishish kuchlarini hisobga olish lozim. hr g rп  0 0 0 2  • Ikkinchi tomondan, Yer yo’ldoshlari aylana orbitalar buyicha uning atrofida harakatlanayotganida, bu harakat Yerning tortish kuchi maydonining ham, Yer sirtining sferadan chetlashishidan ham Yer zichligining (ayniqsa, uning yuqori qatlamlarida) o’zgarishidan yuzaga keluvchi nobirjinsligiga bog’liq. Murakkabroq hisoblashlarning ko’rsatishicha, uchinchi kosmik tezlik , ya’ni snaryad Quyosh sistemasini tashlab ketishi uchun unga Yerda berish zarur bo’lgan tezlik quyidagiga teng: Kuch ta’sirida jism qandaydir masofaga siljisa mexanik ish bajariladi. Ish deb, jismga qo’yilgan kuchning siljish yo’nalishi bo’yicha proeksiyasining shu siljish kattaligiga ko’paytmasiga teng bo’lgan skalyaр kattalikka aytiladi: sek km v / 7. 16 3   cosFsA  • Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.V.Savel&#39;ev. Umumiy fizika kursi. Toshkent.: O’qituvchi, 1973. 2. R.I.Grabovskiy. Fizika kursi. Toshkent: O’qituvchi, 1973, 3. D.V.Sivuxin. Umumiy fizika kursi. Toshkent.: O’qituvchi, 1981. 4. S.P.Strelkov. Mexanika. Toshkent.: O’qituvchi, 1977. 5. A.A.Detlaf, B.M.Yarovskiy, L.V.Milkovskaya. Kurs fiziki. Moskva.: Visshaya shkola, 1973. 6. www.vesbook.ru 7. www.shkola-press.ru 8. http://phys.Web.ru