logo

Mashina harakatini bir me'yorda saqlash nazariyasiga oid asosiy tushunchalar

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

365.1552734375 KB
Mashina harakatini bir me`yorda saqlash nazariyasiga oid asosiy tushunchalar  Mexanizmlarga harakat paytida quydagi tashqi kuchlar ta'sir qilishi mumkin:  1. Bo’g’inning o`z og’irligi, uning vektori doimo yer markazi tomonga bo`ladi - ;  2. Bo’g’in o`zgaruvchan tezlik bilan ilgarilanma harakat qilsa, inersiya kuchi paydo bo`ladi, buni bilan belgilaymiz.  3. Bo’g’in o`zgaruvchan tezlik bilan murakkab harakat qilsa kuchdan tashqari yana inersiya kuchining momenti M u ham paydo bo`ladi.  4. Mexanizmlar bo’g’inlari oliy va quyi kinematik juftlar hosil qiladi.  Shuning uchun bu juftlarda harakat vaqtida reaksiya kuchlari paydo bo`ladi – R 12 ; R 23 ; R 34 ……  Kuchning ta'siri ish bilan aniqlanadi. Mashina va mexanizmlar dinamik analizida asosan quyidagi masalalar yechiladi:  1. Kinematik juftlardagi reaksiya kuchlarini inersiya kuchlarini hisobga olib aniqlash, ya'ni kinetostatika.  2. Mashina va mexanizmlarga berilgan energiyaning tarqalish qonuni, ya'ni energetik balans orqali mashina yoki mexanizmlarning FIK ni topish.  3. Mashina va mexanizmlardagi ayrim bo’g’inlarning berilgan kuchlar ta'siridagi xaqiqiy harakat qonunlarini topish.  4. Mashina va mexanizmlar harakatining bir tekisda amalga oshirilishi.  5. Mashina va mexanizmlardagi bo’g’inlarni muvozanatlash masalalari.  Mexanizmga yoki mashinaga ta'sir etayotgan barcha kuchlarni 5 ta gruppaga bo`lib o`rganamiz.  1. Mexanizm va mashinalarni harakatlantiruvchi kuchlar.  2. Mashinaga ta'sir qiladigan foydali qarshilik kuchlar.  3. Mashina harakati vaqtida paydo bo`ladigan zararli qarshilik kuchlar.  4. Mashina bo’g’inlarining og’irlik kuchlari.  5. Mashina harakati paytida P u inersiya kuchlari va M u inersiya kuchi momentlari.  Inertsiya kuchi – fiktiv kuch, tabiatda bo’lmaydi, hisoblashni osonlashtirish uchun kirg’izilgan. Hakiqatda bunday jismning ikkita holati mavjud – tinch va tekis to’g’ri chiziqli harakati, unda jismga µech qanday kuch ta’sir etmaydi. Agar jismga reaktsiya kuchi ta’sir etsa, uning holati buziladi; bu kuch aks ta’sir etadi, uni inertsiya kuchi deyiladi.  Ilgarilanma, aylanma va murakkab harakat qiluvchi zvenolarda inertsiya kuchining momentini aniqlashni ko’rib chiqamiz.  Ilgarilanma harakatlanuvchi zveno. «m» massali polzun a tezlanish bilan haraktlanganda (6.1 a-rasm), Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, unga F I inertsiya kuchini qo’yilgan, kuchning yo’nalishi tezlanishga teskari yo’nalgan. Bu kuchning qiymati shunday topiladi:  Aylanuvchi zveno. Qo’zg’almas a nuqta atrofida ω burchak va ε tezlanish bilan harakatlanuvchi m massali zvenoda: massa massalar markaziga yig’ilgan (6.1 b- rasm) va inertsiya momenti I massalar markaziga nisbatan olingan massalar markazi a n normal va a τ tangentsial tezlanishga ega. Nyutonning ikkinchi qonuni qo’llanilganda zvenoga normal va tangentsialdan iborat inertsiya kuchi va inertsiya kuchining momenti ta’sir etadi, bu kuchlar va moment yo’nalishi kinematik parametrlar yo’nalishiga teskari yo’nalgandir. Ular qiymati shunday topiladi:  Mexanizm va mashinalarga ta'sir etuvchi kuchlarni o`rganishda quyidagicha ish tartibini bajarish maqsadga muvofiq:  1. Mexanizm kinematik sxemasini chizish.  2. Mexanizmni Assur guruhlariga ajratish.  3. Mexanizmga ta'sir qilayotgan ma'lum kuchlarni va ajratilgan kinematik juftlardagi reaksiya kuchlarini qo`yish (hisob-sxema chizish).  4. Dalamber prinsipi bo`yicha mexanizm uchun muvozanat tenglamalarini tuzish.  5. Agar vektor tenglamada 2 tadan ortiqcha noma'lum kuchlar bo`lsa, momentlar tenglamasidan foydalanib ortiqcha no'malum kuchlarni topish.  6. Kuchlar planidan foydalanib qolgan no'malum kuchlarni aniqlash.  Keltirilgan massa M – etaklovchi bo’g’inga qo’yilgan faraz qilinadigan yagona massa bo’lib uning barcha bo’g’inlarining massalarini almashtiradi. Keltirilgan kuch Р кел – etaklovchi bo’g’inga qo’yilgan yagona faraz qilinadigan kuch bo’lib mexanizmga ta’sir qiluvchi barcha kuchlarni almashtiradi.  Kuchlar plani usulidan foydalanib faqat ikkita noma'lumni aniqlash mumkin. Shatun uchun B nuqta nisbatan momentlar tenglamasini yozamiz.0 ; 0 2 2 2 2 2,1 2          u G B hp Pu h G Mu AB R M  XULOSA  Kinematikada barcha kuchlar hisobga olinishi shart. Dalamber prinsip ini qo`llash maqsadga muvofiq bo`ladi. Kinetostatikada kuchlar planini chizish muhim rol o`ynaydi.