logo

Mantiq fanining predmeti va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Formal mantiqnini asosiy qonunlari va prinsiplari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

121.65234375 KB
Mantiq fanining predmeti va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Formal mantiqnini asosiy qonunlari va prinsiplari WWW.ARXIV.UZ Mantiq fanining predmeti va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Formal mantiqnini asosiy qonunlari va prinsiplari Reja: 1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati. 2. Mantiq fani va til. 3. Mantiq fani rivojlanishining asosiy bosqichlari. 4. Formal mantiqning asosiy qonunlari va prinsiplari. WWW.ARXIV.UZ Formal mantiqning sohalari Klassik (Aristotel mantig’i) mantiqi tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini an’anaviy metodlar vositasida o’rganadi.  Matematik mantiq tafakkurning tuzilishini simvollar bilan ifodalab matematik metodlar vositasida o’rganadi WWW.ARXIV.UZ MANTIQNING MA ’NOSI Olamdagi narsa va holisalarning rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatlari b’ektiv mantiqda ifodalanadi. Fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlar sub’ektiv mantiqda ifodalanadi. Mantiq tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fandir (formal mantiq). Mantiq hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob’ektivlik, tarixiylik va mantiqiyliklikning yaxlitlgi, abstraklikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi (dialektik mantiq). WWW.ARXIV.UZ Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari Таfakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi; Таfakkur borliqni bilvosita ifodalaydi; Таfakkur til bilan uzviy bog’liq; Таfakkur – voqelikni faol in’ikosi jarayonidir. WWW.ARXIV.UZ Bilish bosqichlari Hissiy bilish – sezgi (ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri orqali sezish), idrok va tasavvur. Aqliy bilish (tafakkur) – tushuncha, hukm va xulosa chiqarish. WWW.ARXIV.UZ Tafakkur shakllari Tushuncha – predmetlarning umumiy va muhim belgilarini inson ongida aks ettiruvchi tafakkur shakli; Hukm – predmetlarning xossalari va munosabatlarini tasdiq yoki inkor shaklida ifodalagan tafakkur shakli; Xulosa chiqarish – bir yoki undan ortiq hukmlar asosida yangi hukmni hosil qiluvchi tafakkur shaklidir. WWW.ARXIV.UZ Tafakkur va til Таfakkur va tiluzviy bog’liq; Tafakkur shakllari; тushunchalar so’z va so’z birikmalari bilan, hukmlar gap bilan, xulosa chiqarish esa bir necha o’zaro aloqador gaplar bilan ifodalanadi; Til fikrni ifodalash vositasi; WWW.ARXIV.UZ Belgilarning asosiy xususiyatlari Belgi – bilish jarayonida ma’lum bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi moddiy ob’ektdir; Belgining tiplari – indekslar, obrazlar, simvollar; Belgilar o’z ma’no va mazmuniga ega; Semiotika – belgilarni o’rganuvchi fan. WWW.ARXIV.UZ Semiotikaning bo’limlari Sintaksis – belgilarning o’zaro munosabatini, y’ani gap tuzilishi qoidalarini o’rganadi; Semantika – belgi bilan u ifoda qilayotgan predmet o’rtasidagi munosabatni hamda belgilar mazmunini o’rganadi; Pragmatika – kishilarning belgilarga munosabati hamda belgilar vositasidagi kishilar o’rtasidagi munosabatni o’rganadi . WWW.ARXIV.UZ FORMAL MANTIQNING ASOSIY QONUNLARI (PRINTSIPLARI) Formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani o’rganadi. Bu aloqa va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir- biri bilan bеvosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va еtarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi.Formal mantiq qonunlari ob'еktiv xaraktеrga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi. WWW.ARXIV.UZ AYNIYAT QONUNI Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o’ziga aynan (a-a dir yoki aqa) va aniq, qat'iy mazmunga ega bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib kеladi. WWW.ARXIV.UZ Nozidlik qonuni Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo’lishi bilan xaraktеrlanadi. Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o’z ifodasini topadi. Nozidlik qonuniga ko’ra ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to’g’ri yoki birdaniga xato bo’la olmaydi har doim ulardan biri to’g’ri bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi. Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi ? (R G`g` R) R va R emas bir vaqtda chin bo’la olmaydi. ? - bеlgisi inkorni anglatadi. WWW.ARXIV.UZ Uchinchisi istisno qonuni Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatdagi hukmlarga ta'luqli bo’lsa, uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga xosdir. U qo’yidagicha ifodalanadi: bir prеdmеt haqidagi ikki zid fikrning biri to’g’ri ikkinchisi noto’g’ri, uchinchisi istisno bo’ladi. WWW.ARXIV.UZ Еtarli asos qonuni Bizning u yoki bu fakt, jarayon, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo’lishi mumkin. Har bir chin fikr o’zining etarli asosiga ega va biz chin fikrni fikrlash jarayonida uni chinligini, ya'ni voqеlikga mos kеlishini ko’rsatishimiz lozim. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga ta'lim bеrish jarayonida o’zi ifodalayotgan fikrlarni, asoslab bеrishi lozim. Shundagina u o’quvchilar uchun ishonarli bo’ladi. WWW.ARXIV.UZ E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT WWW.ARXIV.UZ