logo

Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi

Yuklangan vaqt:

13.07.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

613.6416015625 KB
“ TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNVERSITETINING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI CHQXM FAKULTETI QXM YO’NALISHI 202– GURUH TALABASI MURODOVA DILNURANING FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI GLOBALLASHUV, GLOBALISTIKA VA BARQAROR TARAQQIYOT TUSHUNCHALARINING O’ZARO ALOQASI VA FARQI REJA: • GLOBALLASHUV HODISASI VA SHAKLLANISH TARIXI. • GLOBALLASHUV – YANGI FALSAFIY MAVZU SIFATIDA • GLOBALISTIKA HAQIDA TUSHUNCHA • GLOBALLASHUV , GLOBALISTIKA VA BARQAROR TARAQQIYOT TUSHUNCHALARINING O’ZARO ALOQASI VA FARQI Globallashuv -(lotincha “globus”- shar, yer sayyorasi )- XX asrning ikkinchi yarmi-XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibotlar, davlatlar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi itegratsiyalashuv, atrof-muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, “ommaviy madaniyat” namunalarining keng tarqalishi, axborot-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushuncha. “ Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T. Livettning 1983 yili “Garvard biznes-revyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi. Globallashuv - turli mamlakatlarning, xalqlarning jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalaridagi o’zaro ta’siri va bog’liqligining keskin kuchayishidir.Globallashuv-mutassil davom etadigan tarixiy jarayon Globallashuv- jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni Globallashuv- ishlab shiqarisning xalqaro formalarga o’tishi milliy chegaralarning “ yuvilib ketish” jarayoni investitsiya, kapital, texnika va tovarlarning dunyo bo’ylab oqishi jadallashuvi “ ommaviy madaniyat” tufayli turli xalqlarning nihoyatda yaqinlashuvi axborot sohasidagi inqilob bilan сhambarchas bog’liqligi Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik , ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlar ga о‘rin bо‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini tо‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bо‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar tо‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bо‘ldi. Sо‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni о‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay о‘zgartirdi Ikkinchi jahon urushining boshqa bir oqibati jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqaro tashkilotlar ning mislsiz darajada о‘sishida namoyon bо‘ldi. Ularning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti ( BMT ), hech shubhasiz, ajralib turadi. Yevropadagi integratsiya jarayonlari ham urushning tugashi bilan bog‘liqdir. (U. Cherchil. “Yevropa Qo’shma Shtatlari”)       Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan о‘tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk tajribasi bо‘ldi. Bu jarayon 1945 yil 8 avgust da g‘olib mamlakatlar – SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil etilgan tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi xalqaro sud tizimi ni tashkil qilish yо‘lidagi muhim qadam bо‘ldi. Ayni shu davrda liberalizm va demokratiya g‘oyalari dunyo miqyosida keng tarqala boshladi, ijtimoiy borliq asoslarini, jamiyatning axloqiy negizlari va ijtimoiy rivojlanishning asosiy tamoyillari ni qayta anglab yetishga qaratilgan jiddiy tadqiqotlar va nazariy ishlovlar majmui paydo bо‘ldi.  Birinchidan , global muammolar о‘z mohiyatiga kо‘ra nafaqat ayrim kishilarning manfaatlariga, balki butun insoniyat taqdiriga daxldordir. Ikkinchidan , ularni bartaraf etish uchun butun sayyora aholisi hech bо‘lmasa aksariyat qismining kuch-g‘ayratini birlashtirish va ular bahamjihat, izchil ish kо‘rishi talab etiladi.     Uchinchidan , bu muammolar dunyo rivojlanishining obektiv omili hisoblanadi va biron-bir mamlakat ularni e’tiborga olmasligi mumkin emas.     Tо‘rtinchidan , global muammolarning yechilmagani kelajakda butun insoniyat va uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bо‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Globallik mezonlari . Fan va falsafada global muammolarni yanada aniqroq tavsiflash uchun ularning sifati, va muhim xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsiflovchi qо‘shimcha mezonlar qо‘llaniladi. Globallashuv – yangifalsafiymavzusifatida  Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko’rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo’lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so’nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o’zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o’laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o’z rivojlanishining Yangi bosqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o’zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi. Bu o’zgarishlarning  butun majmui , shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi.  Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo’lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.  SHuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo’jaligi, umumiy ekologik o’zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Globalistika. Jahon rivojlanishining eng Yangi tendentsiyalarini anglab yetish borasidagi ko’p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendentsiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo’lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda « globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy  va amaliy tadqiqotlarni , jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy yetish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi. Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi , lekin uning paydo bo’lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi. Er kurrasi shar (globus) ko’rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o’z tarixida birinchi bo’lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo’lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo yetish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o’z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi. Fundamental globallashuv  dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog’liq.  Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o’zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi, XX asr o’rtalariga kelib esa u to’la darajada borliqqa aylandi. Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo’lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o’zaro bog’liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo Yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha –  madaniyat , fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman  xalqaro tashkilotlar , forumlar, s’ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o’sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi. globallashuvning asosiy beligilari : a) biosferaga antropogen ta’sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga aylanishi; b) ommaviy madaniyat,  avvalo kino , musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi; v) televizorning ixtiro etilishi, vaqt o’tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targ’ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi; g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko’rsatkichlariga qadar uzil-kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit’alararo qo’nmay, to’g’ri uchib o’tishlarlarda namoyon bo’ldi. Ammo echilmagan ziddiyatlar va umumiy bog’liqlikning kuchayishi insoniyat tarixidagi eng katta va davomli urush – Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda Er aholisining to’rtdan uch qismi ishtirok etdi, Birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar ko’proq qurbonlar berildi. Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtayi nazaridan bu urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. Ularning o’rtasidagi farq faqat miqdor ko’rsatkichlarida ko’rinadi.  Mohiyat e’tibori bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni yechish – XX asr boshida bo’lib olingan, yaxlit va o’zaro bog’langan dunyoni qayta bo’lib olishga qaratilgan edi.  Urush olib borish usullari ham deyarli bir edi, farqi esa, texnik jihozlanish darajasi va miqyosi Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta’sir esa avvalgi urushda yo mavjud bo’lmagan radio, telefon, yo hali  yaxshi rivojlanmagan aviatsiya , dengiz, temir yo’l, avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bilan ko’p karra kuchaytirilishida namoyon bo’ldi. Globallashuvning serqirraligi.  Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab yetishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi gldoballashuv serqirraligi bosqichiga xos xususiyat hisoblanadi.  1970-yillardan globallashuv o’z rivojlanishining Yangi bosqichiga ko’tarildi va serqirra tus oldi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo’ldi. Globallashuvning serqirragi jahon bozorini sezilarli darajada o’zgartirdi, jahon xo’jaligi o’ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xo’jaliklardan kuchliroq va muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar  globallashuv serqirraligining muhim xususiyatlari hisoblanadi: a) «rezonans effekti»ning paydo bo’lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog’liq bo’lgan boshqa mamlakatlar va mintaqalarga o’tadi; b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi; v) ko’rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlarining shakllanishi, ular mazkur tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko’p jihatdan belgilashi. Iqtisodiyotning internatsionallashuvi va pul rolining unifikatsiyalashuvi bilan bir qatorda ommaviy jamiyat va unga mos keluvchi ommaviy madaniyatning shakllanishi serqirra globallashuvning o’ziga xos xususiyatiga va muayyan darajada uning qonuniy mahsuliga aylandi. Zamonaviy transport va aloqa vositalari sharofati bilan makon va vaqt omillari amalda muhim ahamiyatga ega bo’lmay qolgan globallashuv sharoitida, til turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, maishiy va hokazo aloqalari va muloqoti yo’lidagi oxirgi jiddiy to’siq bo’lib qoldi. Umumiy qabul qilingan tilga ob’ektiv ehtiyoj doimo mavjud bo’lgan, lekin jahon savdosi va kapitallarni bir joydan boshqa joyga o’tkazish hajmlari ko’p karra o’sgan, siyosiy munosabatlar global darajagacha kengaygan,  xalqaro jamoat tashkilotlari , sport musobaqalari, turistik industriya va shu kabilar paydo bo’lgan serqirra globallashuv davrida u ayniqsa kuchaydi. Bugungi kunda ingliz tili bir qator ob’ektiv sabablarga ko’ra madaniyatlararo muloqot tiliga aylandi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR • OTAMURODAV S. GLOBALLASHUV VA MILLAT. –T.: YANGI ASR AVLODI.2008 • FALSAFA ASOSLARI. NAZAROV Q. TAHRIRI OSTIDA. –T.: SHARQ, 2005. • NAZAROV Q.N. BILISH FALSAFASI. –T.: UNIVERSITET, 2005. • MAMASHOKIROV S., USMANOV E. BARQAROR TARAQQIYOTNING EKOLOGIK XAVFSIZLIK MASALALALARI. –T.: FAN, 2009