logo

Fanlarning tasnifiga oid G’arb va Sharq mutafakkirlarining qarashlari. Sharq va G’arb falsafasining vudujga kelishi va rivojlanish tarixi

Yuklangan vaqt:

13.07.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

89.294921875 KB
“ TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNVERSITETINING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI CHQXM FAKULTETI QXM YO’NALISHI 202– GURUH TALABASI MURODOVA DILNURANING FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Mavzu: Fanlarning tasnifiga oid G’arb va Sharq mutafakkirlarining qarashlari. Sharq va G’arb falsafasining vudujga kelishi va rivojlanish tarixi REJA:  Qadimgi SHarqda falsafiy bilimlarning yuzaga kelishi: Qadimgi Misr va Bobil .  Yunoniston falsafasi  Sharq falsafasi va uyg‘onish davri. О‘rta asrlarda G‘arb va Sharqda falsafa rivojlanishining umumiy belgilari  Farobiy va Ibn Sino qarashlari Qadimgi Misr va Bobil. Sharq qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. Farb madaniyati tarixini o‘rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga og‘ib ketish g‘ayriilmiy bo‘lgani kabi, masalaning SHarq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g’oyaalari ta’siriga tushmaslik lozim. SHu bilan birga, sharqning o‘ziga xosligi, unga mansub bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq sivilizatsiyasi quchog‘ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor. Shu о‘rinda, Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari xususida tо‘xtalsak: Qadimgi Sharq va G‘arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma’naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Shu o‘rinda qadimgi Misr va Bobil falsafasi ga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Gerodot o‘ta mazmundor va ta’sirli qilib aytganidek, Misr – Nilning in’omi. Bu daryo Efiopiya tog‘laridan tushib, O‘rta Yer dengiziga yetib kelguncha yuzlab kelometr Afreka qumliklari oralab o‘ziga yo‘l ochib boradi. Nilning ikkala qirg‘og‘ida ham hayot qaynaydi. Odamlar Nilni ilohiylashtiradilar, sig‘inadilar. Misrliklar ana shu yerda guyo olam yaralganda xudolar tomonidan ular uchun maxsus to‘shab qo‘yilgan sehrli gilam ustida siqilib yashashadi va shu yerda abadiy makon topishga harakat qilishadi. Eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog‘liq ekanini, ikkinchi yo‘nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog‘liq bo‘lganini ko‘rsatadi Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea- hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o‘rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu - o‘sha davr uchun tabiiy hol edi, ya’ni u - davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo‘lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo‘lgan . Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo‘lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko‘nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o‘sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo‘q edi. Bu - o‘sha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo‘shig‘i», «O‘z hayotidan hafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo‘lgan. ularda hayotning, umrning mazmuni, o‘sha davrdagi odamlarga xos tuyg‘ular bayon qilingan. Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bo‘lib, o‘z davrining etuk siyosiy arbobi, jo‘g‘rofi, faylasufi bo‘lgan. Fales ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo‘lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o‘rtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini ta’minlaydi, deb hisoblagan. Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg‘unlik yo‘q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Abadiy harakat — abadiy o‘zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo‘ladi. «Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o‘rtasida urushlarni targ‘ib qilgan ekan- da, deya xulosa chiqarish noto‘g‘ri. Geraklitning fikricha, doimiy o‘zgarish, harakat va o‘zaro qarama-qarshi tomonlarga o‘tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog‘liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo‘lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o‘tgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o‘zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko‘chib ketgan, o‘sha erda o‘z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko‘ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi bo‘lib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo‘lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib» to‘g‘risidagi ta’limotini yaratib, faqat aristokratlar o‘rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol o‘ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir. Birinchidan, о‘rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bо‘lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xо‘jaligi mavjud bо‘lgan. Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bо‘lgan, lekin ishchini о‘ldirish huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integratsion asos din bо‘lgan. Ikkinchidan, о‘rta asrlarda din G‘arbda ham, Sharqda ham feodal jamiyatning hukmron mafkurasi hisoblangan . Bu davrda cherkov eng yirik kuch bо‘lgan. Shuningdek, u siyosiy jihatdan ham о‘ta markazlashgan tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda birdan-bir о‘qimishli odamlar bо‘lgan. Huquqshunoslik, tabiatshunoslik va falsafaning mazmuni cherkov ta’limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan. 20 06 33 132E 0C26 28 32 Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi о‘ringa qо‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «kо‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanasiya, ya’ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi tо‘qqiz gumbaz kо‘rinishida namoyon bо‘ladi. Bu gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar о‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang- barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiyaa haqidagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qо‘shilmagan, chunki uning paydo bо‘lishi va о‘limi tananing paydo bо‘lishi va о‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab yetish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi. Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a’zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim. Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bо‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar, о‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab о‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir kо‘rsatdi. Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bо‘lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, obekt subektga qadar mavjud bо‘lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bо‘lganidek, bilish mumkin bо‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bо‘lgan. Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida о‘zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotirlash, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni о‘rganadi. Forobiy «Fan va san’atning о‘ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yо‘l ekanligini qayd etadi. Abu Ali ibn Sino (980-1037 Buxorolik Ibn Sino (Avisenna) 300 dan ortiq asar muallifidir Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,”Donishnoma”, “Xay ibn Yakzon”ayniqsa keng dovruq qozongan. ). О‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir.. Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma’noda qomusiy bilimlar egasi bо‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning tadqiqot obektlariga kо‘ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan. Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari о‘z-о‘zidan о‘zgarmaydi va inson ularni anglab yetishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan. О‘sha davrda u shug‘ullanmagan fanning о‘zi bо‘lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa, xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan. Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning obektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in’ikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaaning xossalaridan biri deb e’tirof etadi. Alloma sezgini materiyaaning oliy shakllari bilan bog‘laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi. Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a’zosisiz idrok etadi, degan ta’limotini asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hech qanday organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar. Muhitga kelsak, bu, masalan, kо‘rish uchun muhit bо‘lib xizmat qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu, kо‘rish organi bо‘lib xizmat qiluvchi kо‘zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir, chunki hissiy idrok etish jonning о‘zida bu organlarsiz yuz berganida, mazkur organlar behuda yaratilgan bо‘lib chiqar, ulardan hech qanday naf bо‘lmas edi», deb yozadi va sо‘zining davomida neoplatoniklarning qarashlari asossiz ekanligini ta’kidlab, haqiqat sezgilar tana a’zolariga muhtojligidadir, degan xulosaga keladi. Foydalanilgan adabiyotlar  Falsafa asoslari. Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005  Muhammadjonova L., Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari. –T.: O'zMU. 2007.  Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. –T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011.  Qurbonova L. Inson falsafasi. –Andijon: ADU, 2009  http://www.filosofia.ru .