logo

O’zbekistonda atmosfera, suv, yer va biologik resurslarni himoya qilishga qaratilgan qonunlarning mohiyatini, asosiy bandlarini va qo’llanish shart-sharoitlarini o’rganish

Yuklangan vaqt:

11.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

404.056640625 KB
O’zbekistonda atmosfera, suv, yer va biologik resurslarni himoya qilishga qaratilgan qonunlarning mohiyatini, asosiy bandlarini va qo’llanish shart- sharoitlarini o’rganish . REJA: • Davlat ekologiya qo’mitasi faoliyati; • Davlat boshqaruvi organlari faoliyati; • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; • “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” gi qonun. Davlat ekologiya qo’mitasi faoliyati Atrof tabiiy muhitni davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi, ekologiya qo’mitasi va mahalliy hokimiyati organlari tomonidan a/o. O’zbekistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo’yicha bosh ijro etuvchi organ davlat ekologiya qo’mitasi bo’lib , u bevosita Oliy Majlis Senatiga bo’ysunadi. Qo’mita vakolatiga quyidagilar kiradi: - vazirlik, idora,fuqarolar tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlariga rioya etish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; - muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish; - davlat ekologiya ekspertizasini o’tkazish; - atrof-muhit sifati me’yorlarini tasdiqlash; - Ifloslantiruvchi moddalarni havoga chiqarish, suvga oqizish, chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar berish va ularni bekor qilish; - ekologiya masalalarida xalqaro hamkorlikni tashkil qilish. O’z.Res. ning Oliy Majlisi tabiatni muhofaza qilish siyosatini asosiy yo’nalishini belgilaydi, qonun hujjatlarini qabul qiladi, davlat ekologiya qo’mitasi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haq olishning eng ko’p- kam hajmini, to’lovlarni undirib olishdagi imtiyozlarni belgilaydi. Hududlarni favqulotda ekologiya ofatlari, falokatlarimintaqalari deb e’lon qiladi va talofat ko’rganlarning maqomini belgilaydi. O’z.Res. ning Prezidentiga quyidagi vakolatlar berilgan: - ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash uchun chora-tadbirlar ko’radi; - ekologiya borasidagi qonunlarni imzolaydi; - ekologik qonunlarni buzuvchi davlat hokinmiyati va boshqaruv organlari hujjatlarini bekor qiladi;Oliy Majlis senati tasdig’iga qo’mita raisi lavozimiga nomzod taqdim etadi; - talofat ko’rgan hududlar bo’yicha favqulotda holat joriy etadi; - Respublika ichki va xalqaro ekologik siyosatiga doir vakolarlarni amalga oshiradi. O’z.Res. ning Vazirlar Mahkamasi davltning tabiatni muhofaza qilish siyosatini amalga oshiradi, ekologiya sohasidagi davlat dasturlarini qabul qiladi, ularni bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy resurslarni hisobga olish va baholashni tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Mamlakatning tashqi va ichki ekologik siyosatini jahon talablari doirasida olib borishda qonuniy hujjatlar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda 120 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining me’yorlari ekologik qonunchilikni asosini tashkil etadi va hamma uchun majburiy, oliy yuridik kuchga ega. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitutsiyaning 50, 54, 55 va 100 moddalarida berilgan. 50-modda. “Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtoyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar” 54-moddasida jamiyatning iqtisodiy negizlaridan biri bo’lgan mulkiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti qonunlariga mos ravishda e’tirof etiladi. Lekin mulkdor o’z xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf etishi hech qachon ekologik muhitga zarar yetkazmasligi kerak. 55-moddasiga muvofiq “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralari umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir ”. 100-moddasida ilk bor shahar, tuman, viloyat mahalliy hokimiyatlariga o’z majburiy-hududiy bo’linmalarida atrof-muhitni muhofaza qilish vakolati topshirilgan. “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” gi qonun 1992 yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” gi qonun ekologik sohadagi asosiy qonun hisoblanadi. U quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: “Umumiy qoidalar; davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining tabiatni muhofaza etishga taalluqli huquqiy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari; aholining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari atrof-muhit sifatini normativlar bilan tartibga solish; tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish; ekologik ekspertiza; ekologik nazorat; tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy chora-tadbirlari; xo’jalik va boshqa yo’nalishdagi faoliyatga doir ekologiya talablari; Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik”. “ Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” gi qonun 47-moddasi • Tabiiy boyliklardan o’zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda; • Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun, tabiiy muhitga zararli moddalar chiqarganlik, qattiq chiqindilarni joylashtirganlik, bu muhitni ifloslaganlik va unga zararli ta’sir ko’rsatish bo’yicha belgilangan haqni to’lashdan bosh tortish; • Tabiatni muhofaza qilish ob’yektlarini qurish rejalarini, muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda; • Tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan idoralarning ko’rsatmalarini bajarmaslikda; • Alohida muhofaza qilinadigan hududlar va ob’yektlarning huquqiy tartibini buzganlikda; • Ishlab chiqarish va iste’mol ciqindilarini, radioaktiv va zararli moddalarni saqlash, tashish, foydalanish, ularni zararsizlantirish va ko’mib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini buzganlikda; • Atrof tabiiy muhitni davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning ob’yektlarga borishiga, jamoat tashkilotlarining huquq va vazifalarini ro’yobga chiqarishga to’sqinlik qilish; • Atrof tabiiy muhit holati va resurslardan foydalanish to’g’risida o’z to’g’ri axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor bo’lgan shaxslarqonunlarga binoan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladlar. - “ Suv va suvdan foydalanish to’g’risida” – 1993 yil 6 may; - “ Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida” – 1993 yil 7 may; - “ Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida” – 1996 yil 27 dekabr; - “ Hayvonot dunyosini muhoza qilish va undan foydalanish to’g’risida” – 1997 yil 26 dekabr. - “ Yer to’g’risida” gi Atrof-muhitni muhofazalash qonunlari    • XXI асрнинг иккинчи ўн йиллигига келиб кўпгина мамлакатлар чўлланиш ва ерларнинг деградацияга учраши муаммоларини бошидан кечираётгани, оқибатда дунё бўйича қарийб 2 миллиард гектар ер майдони яроқсиз аҳволга келгани масаланинг нечоғли долзарб эканлигини кўрсатиб турибди. Бу борада ер муаммоларига инсониятнинг эътиборини қаратиш ҳаракатлар ўтган асрнинг 70 йилларидан бошланган эди. 1970 йилдан бошлаб, ҳар йили 22 апрель куни жаҳондаги барча мамлакатларда турли тадбирлар ва акциялар ўтказилади. Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Бош ассамблеяси 2009 йилдан 22 апрелни “Бутунжаҳон Ер куни” деб эълон қилди. • Халқаро экологик ҳамкорлик принциплари илк бор 1972 йилда, БМТнинг атроф муҳит муаммоларига бағишланган Стокгольм конференцияси Декларациясида халқаро ҳамкорликнинг янги – атроф муҳитни муҳофаза қилиш йўналиши ҳамда инсоннинг ҳаётга ва атроф муҳитга бўлган асосий ҳуқуқини эътироф этувчи ва бошқа принциплар белгилаб қўйилди. • 1992 йил июнь ойида Рио-де-Жанейро шаҳрида БМТнинг атроф муҳит ва ривожланиш масалаларига бағишлаб ўтказилган Конференциясида Атроф муҳит ва ривожланиш тўғрисидаги Декларация, шунингдек “XXI аср кун тартиби” номли ҳаракат Дастури қабул қабул қилинди ва имзоланди. • Ана шундай мураккаб вазиятда юртимизда ер ресурсларини асраш, ундан самарали фойдаланиш борасида кенг кўламли ислоҳотлар олиб борилаётгани диққатга сазовордир. Чунончи, Чўлланишга қарши кураш бўйича конвецияга, Иқлим ўзгариши бўйича доиравий конвенцияга ва Биологик хилма-хиллик тўғрисидаги конвенцияни қўшилди. Ушбу конвенцияларнинг кўплаб мажбуриятларни бажарилишини таъминлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси ҳукумати томонидан бир қатор муҳим старатегик, шу жумладан: “Биологик хилма-хилликни сақлаш бўйича Миллий стратегия ва ҳаракатлар Дастури”, “Қурғоқчилик ва чўлланишга қарши кураш бўйича Миллий ҳаракатлар дастури”, “Атроф муҳитни муҳофаза қилиш бўйича Миллий ҳаракатлар дастури”, “Ерларнинг мелиоратив ҳолатини яхшилаш бўйича давлат дастури” ва бошқалар амалга оширилмоқда. Ўзбекистон Республикасининг иқлим ўзгаришлари, чўлланишга қарши курашиш, биологик хилма-хилликни сақлаш, бутун жаҳон маданий меросни муҳофаза қилишга доир конвенциялар ҳамда бошқа экологик йўналишдаги халқаро шартномаларга қўшилиши мамлакатимизда мазкур йўналишда салмоқли ишлар олиб борилаётганидан далолатдир. • Бу борада шуни ҳам алоҳида таъкидлаш лозимки, мамлакатимиз мустақиллигининг илк йиллариданоқ соҳанинг ҳуқуқий асоси яратилиб, унинг ривожига янада жиддий эътибор қаратила бошланди. Жумладан, Ўзбекистон Республикасининг Ер кодекси, “Фермер хўжалиги тўғрисида”ги, “Деҳқон хўжалиги тўғрисида”ги ҳамда “Давлат ер кадастри тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонунлари, Президент фармонлари ва ҳукуматнинг бир қатор қарорлари қабул қилинди. • Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2005 йил 16 февралдаги “ Ўзбекистон Республикаси Ер ресурслари, геодезия, картография ва давлат кадастри давлат қўмитаси ҳузуридаги давлат геодезия назорати инспекцияси тўғрисидаги, ердан фойдаланиш ва уни муҳофаза қилиш устидан давлат назорати тўғрисидаги, давлат кадастрлари ягона тизимини яратиш ва юритиш тартиби тўғрисидаги низомларни тасдиқлаш ҳақида ”ги 66-сон қарорига мувофиқ “Ердан фойдаланиш ва уни муҳофаза қилиш устидан давлат назорати тўғрисида НИЗОМ” қабул қилинди. Ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik Ekologik jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga quyidagi jazolar qo’llaniladi: - jarima; - muayyan huquqdan mahrum qilish; - axloq tuzatish ishlari; - qamoq; - Qo’shimcha tariqasida mol-mulkini musodara qilish.