logo

“Davlat tilida ish yuritish” fanining maqsad va vazifalari. Imlo va savodxonlik masalalari. Og‘zaki va yozma nutq, uning xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

14.05.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1333.4853515625 KB
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH 2024 “ Davlat tilida ish yuritish” fanining maqsad va vazifalari. Imlo va savodxonlik masalalari. Og‘zaki va yozma nutq, uning xususiyatlari Maqsad: • Davlat tilida ish yuritish fanning vazifalari haqida ma’lumot olish va tahlil qilish. • Mavzuga kreativ yondashishni tashkil qilish. • Mushohada qilish. • Mustaqil ishlashga yo‘naltirish.  “ Davlat tilida ish yuritish” fanining maqsadi DAVLAT TILIDA ISH YURITISH FANINING MAQSADI TARIXIY VA ZAMONAVIY HUJJATCHILIK TILI VA USLUBINI, AMALDAGI HOLATINI O‘RGANISHDAN IBORATDIR. HUJJATCHILIK TARIXI, QADIMGI QONUNLAR MAJMUI, TARTIBOT, IJTIMOIY-IQTISODIY TUZILMANING ALMASHINIB BORISHI, HUJJATLAR TAKOMILIGA OLIB KELGANINI O‘RGANISHDAN IBORAT. YOZMA MANBALAR, X-XIX ASRLARDA KENG TARQALGAN HUJJATLAR TURLARI VA HOZIRGI DAVR HUJJATCHILIGI TILI VA USLUBINI SHAKLLANISHIGA SABAB BO‘LGANINI ASOSLI TARZDA O‘RGANISHDAN IBORAT. “ Davlat tilida ish yuritish” fanining vazifasi HUJJATGHILIK TARIXI,HUJJATCHILIK TURLARI, HUJJATLARNING ZARURIY QISMLARI, HUJJATLARDA TINISH BELGILARINI ISHLATILISHINI, HUJJATLARNING AHAMIYATINI O‘RGANISH. HUJJATLAR TILI VA USLUBI. O‘ZBEK TILINING RASMIY – IDORAVIY TIL SIFATIDA QO‘LLANISHI.  DAVLAT TILI TUSHUNCHASI Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda DAVLAT TILI maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yutrdoshlarimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqeaga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. 4-modda: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”. Davlat tili to‘g‘risidagi qonun 24 moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida’’gi Qonuni o‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sovetining 11- sessiyasida 1989-yil 21- oktabrda qabul qilingan. 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 2-modda . O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. 3-modda . …Ushbu qonun tillarning turmushda, shaxslararo muamalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishiga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar. 4-modda . O‘zbekiston Respublikasida Davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi. 5-modda .O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa – ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish ta’minlanadi.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 21-oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5850 – son qarorni imzoladi. 1- moddaga asosan, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. 2- moddaga ko‘ra, qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti tuzilmasi … . O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Departament mudiri Davlat tilini rivojlantirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qilish bo‘limi mudiri Atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri Davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis Atamashunoslik va toponimika sohasida qonun hujjatlari ijrosini monitoring qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis Toponimik obyektlarga nom berish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis TIL VA JAMIYAT TIL JAMIYAT A’ZOLARIGA BIR XILDA XIZMAT QILADI. TIL-TARIXIY HODISA,JAMI YAT MAHSULI. JAMIYAT BO‘LMASA TIL HAM BO‘LMAYDI. TIL JAMIYAT BO‘LIB UYUSHGAN INSONLAR ORASIDAGIN A ALOQA VOSITASI BO‘LA OLADI. Nima uchun? O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI «O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA»  339-sоn 24.08.1995 Ushbu qarorga ilova 8 bo‘lim, 82 band Unlilar imlosi Undoshlar imlosi Asos va qo‘shimchalar imlosi Qo‘shib yozish Chiziqcha bilan yozish Ajratib yozish Bosh harflar imlosi Ko‘chirish qoidalari Imlo va savodxonlik masalalari Til va yozuvga oid qonun, farmon va qarorlar 1921-yil yanvarda bo‘lg‘on birinchi O‘lka o‘zbek til va imlo Qurultoyi chiqorg‘on qarorlari. – T.: “Turkdovnashr”.1992 1923-yil, 18-oktabr. Turkiston Jumhuriyati Maorif Komissarligining Turkiston o‘zbeklarining imlolari to‘g‘risidagi bergan buyrug‘i (buyruq №48). – T., 1923 1928-yil, 11-avgust. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 123-sonli qarori: «Об объявлении в узбекской письменности ново-узбекского (на латинской основе) алфавита – государственным и о порядке перехода на ново-узбекский алфавит всех учреждений, школ и издательств»// Центральный Архив АН Республики Узбекистан, фонд №4, опись №2, ед.хр. 14, с. 9-10 1928-yil, 1-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 209-sonli qarori: «О дополнении постановления Центрального Исполнительного Комитета … от 11 августа 1928 года №123…статьей 12-ой»// Центральный Архив АН Республики Узбекистан, фонд №4, опись №2, ед.хр. 14, с. 11 1929-yil, 15-23 – mayda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Respublika til va imlo konferensiyasi qarorlari. – T.: «O‘zdavnashr», 1930 1940-yil, 8-may. Закон о переводе узбекской письменности с латинизированного на новый узбекский алфавит на основе русской графики// Ведомости Совета Узбекской Республики, №4, июль, 1940, с.4-5 Til va yozuvga oid qonun, farmon va qarorlar  1956-yil, 4-aprel. O‘zbekiston Oliy Kengashining Farmoni: “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari to‘g‘risida”// O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari. – T.: “FAN”, 1956 yil, 3-b.  1989-yil, 21-oktabr. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni. – T.: “O‘zbekiston”, 1989.  1993-yil, 2-sentabr. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosinijoriy etish to‘g’risidagi. O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning o‘n uchinchi sessiyasida qabul qilingan qonun// O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning Axborotnomasi, 1993, №9, 332-modda.  1995-yil, 24-avgust. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori: O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarinni tasdiqlash haqida// O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. – T.: “O‘qituvchi”, 1995, 1-b.  1995-yil, 21-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarori: P‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi to‘g‘risida. – T., 1995  Fоnеtik yozuv qоidаsi  O`zbеk imlоsining аsоsiy qоidаlаridаn biri fоnеtik yozuv bo`lib, so`z vа uning tаrkibiy qismlаri (o`zаk vа qo`shimchаlаr)ni оg`zаki nutqqа, ya’ni tаlаffuzgа mоs rаvishdа yozish tаmоyilidir .  Mаsаlаn, jo`nаlish kеlishigi - gа qo`shimchаsi bilаn yozilаdi: uygа, shаhаrgа; lеkin k,q,g` tоvushlаri bilаn tugаgаn so`zlаrgа qo`shilgаndа tаlаffuzgа muvоfiq yozilаdi: eshikkа, qishlоqqа, tоqqа.  Bоshqа tillаrdаn o`zlаshgаn so`zlаrgа qo`shilgаndа: pеdаgоggа, mitinggа shаklidа o`qilаdi vа yozilаdi. O‘zbek tilining imlo qoidalari  Mоrfоlоgik yozuv so`z vа uning tаrkibiy qismlаrini оg`zаki nutqqа, ya’ni tаlаffuzgа mоs rаvishdа emаs, bаlki аsligа muvоfiq yozishdir .  Mаsаlаn, o`tgаn zаmоn fе’li qo`shimchаsi -di qаndаy tаlаffuz qilinishidаn qаt’i nаzаr, hаr dоim - di yozilishi imlоviy mе’yordir: kеt+di kеtti tаlаffuz etilаdi vа kеtdi yozilаdi; o`tdi, qаytdi, unutdi, аytdi so`zlаri hаm yuqоrigidеk yozilаdi. - dаn, - dа qo`shimchаlаri qаndаy tаlаffuz etilishidаn qаt’i nаzаr аsligа muvоfiq yozilаdi: Оtdаn bаlаnd, itdаn pаst ( Оttаn bаlаnd ittаn pаst tаrzidа tаlаffuz qilinаdi ); ishtа-ishdа, Tоshkеnttа-Tоshkеntdа, pаstа-pаstdа vа h.k. Morfologik yozuv . Shаkliy yozuv qоidаsi : Sоf o`zbеkchа so`zlаrning bоshi vа оxiridа undоshlаr yonmа-yon qo`llаnmаydi. Lеkin o`zbеk tiligа bоshqа tillаrdаn o`tgаn so`zlаrning bоshidа hаm, оxiridа hаm undоshlаr yonmа-yon qo`llаnishi mumkin: prоkurоr, tramvay, stоl, stul, drаmа, spirt  O`zbеk tiligа bоshqа tillаrdаn o`zlаshgаn so`zlаrni o`shа tillаrdа qаndаy shаkldа yozilsа, o`zbеk tilidа hаm xuddi shundаy shаkldа yozish qоidаsi shаkliy yozuvdir: zооlоgiya, institut, univеrsitеt, Nyu-Yоrk, biоlоgiya, kоnstitutsiya.  Shаkliy yozuv fаndа grаfik yozuv dеb ham yuritilаdi.  Qisqаrtmа so`zlаr bo`g`in yoki qismlаrdаn tuzilgаn bo`lsа, birinchi hаrf bоsh hаrf bilаn yozilаdi:  Tоshunivеrmаgi, Tоshаvtоmаsh. Аgаr birinchi so`z turdоsh оt bo`lsа, bаrchа hаrflаr kichik yozilаdi: mеdkоllеj, аkаdеmta’til .  Birinchi so`zning bоsh qismi, kеyingi so`zlаrning birinchi hаrflаridаn tuzilgаn qisqаrtmаlаrdа birinchi so`z bоsh qismining birinchi hаrfi vа kеyingi so`zlаrning birinchi hаrflаri bоsh hаrf bilаn yozilаdi: SаmDU, TоshPI.  Bоsh hаrflаr imlоsi   - 1. Gаp bоshidаgi birinchi so`zning birinchi hаrfi bоsh hаrf bilаn yozilаdi. 2. Shе’rlаrdа hаr bir misrа bоsh hаrf bilаn bоshlаnаdi 3. Аtоqli оtlаrning birinchi hаrflаri bоsh hаrf bilаn yozilаdi: G`аfur G`ulоm, Sаmаrqаnd, “Zаrаfshоn”, Pоmir, “O`tgаn kunlаr”, “Yoshlik” (jurnаl). 4. Rаsmiy ish qоg`оzlаridа qo`llаniluvchi Siz vа O`zingiz оlmоshlаrining birinchi hаrfi bоsh hаrf bilаn yozilаdi. 5. Birinchi hаrflаrdаn tuzilgаn qisqаrtmа оtlаr : BMT, АQSh, MDH, IIV, FK, JK, FPK, JPK. 6. Оliy tаshkilоtlаr vа fаxriy unvоnlаrning hаr bir so`zining birinchi hаrfi bоsh hаrflаr bilаn yozilаdi: O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisi, O`zbеkistоn Qаhrаmоni. 1C 27 23 200C10 20 24 2D 2049 48 4606 2049 3B77 19 1C 26420A 3F 49 33 2F 060B3C 01 76 47 34 20 21  Og‘zaki nutq  Til – aloqa quroli, u vosita. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Nutq bo‘lmas ekan, tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. Tilni a’lo darajada sharaflangan Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi: “Til o‘zining shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa, tilning ofatidir. Tilning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan.  Til va nutq bir-biridan farqlanadigan ijtimoiy hodisalardir. Tilni xalq yaratadi, nutq esa shaxsiy boylik sanaladi. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, shaxsiy fikrlashiga qarab gap tuzadi va so‘zlaydi. Og‘zaki nutq Yozma nutq Og‘zaki nutq  Og‘zaki nutq umumiy me’yorlarini belgilovchi qoidalar to‘plami to‘g‘ri talaffuz (orfoepiya) deyiladi.  Milliy talaffuz adabiy tilda to‘g‘ri so‘zlash mezonlarini belgilaydi, so‘z va uning turli shakllarini belgilangan qoidaga muvofiq ravishda talaffuz qilishni talab qiladi.  Og‘zaki nutqni yozuv orqali to‘g‘ri ifodalash uchun har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda yozuv qoidalarining umumiyligini ta’minlash orfografiyasining vazifasidir. Rasmiy og‘zaki nutq xususiyatlari  Rasmiy o‘zaki nutq kommunikativ jarayon bilan bevosita bog‘liq. Tezkorlik bilan amalga oshadi.  Og‘zaki nutqda gap qurilishini aql nazorat qilib boradi. Bunda xotiraning roli katta.  Rasmiy og‘zaki nutqni tahrir qilish imkoniyati bo‘lmaydi.  Rasmiy og‘zaki nutqda takrorlar, qaytariqlar ko‘p uchraydi. Rasmiy og‘zaki nutqning lug‘oviy tarkibi yozma nutqqa nisbatan kam bo‘ladi. To‘liqsiz gaplar ko‘p qo‘llaniladi. Og‘zaki nutqda so‘zlovchining faol nutqiy harakati pauza to‘xtam), oxang, urg‘u, turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning o‘zgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘gzaki nutqda talaffuzning ahamiyatu katta. Masalan: No‘noq talaffuz tergov jarayonid, sud jarayonida, ayniqsa sud hukmi o‘qilishida noxush vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.  Og‘zaki nutqni shakllantirish va takomillashtirishda ko‘proq yozma nutqning ahamiyati katta.  Yozma nutq yuqori darajada bo‘lmas ekan, og‘zaki nutq ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. 2. Yozma nutq Til vositalarini tanlash va qo‘llashga to‘liq imkoniyat bo‘ladi. • Yozma nutqni hohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og‘zaki nutqdagi kabi hayajon bo‘lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi.  Har bir so‘z yoxud termin yuridik mazmunni to‘liq ifodalashga va muallif maqsadini ochishga xizmat etishi shart.  Yozma rasmiy nutq imkon qadar soda va aniq, izchil va mantiqli ifodalanishi lozim.  Yozma nutqda o‘z ifodasini topayotgan fikr – dalillangan, isbotlangan, qonun doirasida o‘z yechimini topgan bo‘lishi zarur. Yozma nutqga qo‘yiladigan talablar. Topshiriq  1. Til va nutqning o‘zaro bog‘liqligi va farqini ayting.  2. Matnda keltirilgan Alisher Navoiyning til va nutq haqidagi fikrini izohlab bering. Topshiriq - 2 Matnni o‘qing, qanday yozuvlar haqida fikr borayotganligini tushuntiring. Matndagi harflar va ishoralar miqdorini aniqlang: Yunon tarixchisi Gerodotning hikoyasiga ko‘ra, bir vaqtlar eroniylar skiflarga qarshi hujum qilganlarida ular eroniylarga ramziy narsalar yuborganlar. Skiflar ularga qush, sichqon, qurbaqa va beshta oq-yoy yuborganlar va bu narsalar quyidagi ma’noni anglatgan: “Agar siz eroniylar, qush singari osmonga uchmasangiz, sichqon singari kovakka bekinmasangiz yoki qurbaqa singari qo‘lga sakrab tushmasangiz, elingizga qayta olmaysiz va bizning o‘q-yoylarimiz ostida qirilasiz”. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:  1. Til, nutq, huquq munosabati.  2. Davlat tilining ahamiyati. FSMU texnologiyasi 1. Fikringizni bayon eting 2. Fikringiz bayoniga misol keltiring 3. Sababni tushuntiruvchi misol keltiring4. Fikringizni umumlashtiring. ADABIYOTLAR Asosiy adabiyotlar:  1. Mahmudov N., va b. Davlat tilida ish yuritish (9-nashri). – Toshkent, 2020.  2. Mahmudov N., Rafiyev A. Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. Toshkent. 2010. Qo‘shimcha adabiyotlar:  1. Suyarova A. O‘zbek tilida ish yuritish. (uslubiy qo‘llanma). Namangan. 2018.  2. Keldiyorova G.S., Ablayeva N.A. O‘zbek tilida ish yuritish. Toshkent. 2009.