logo

Tutdoshlar oilasi va ularning dorivorlik xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

04.09.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1318.86328125 KB
Tutdoshlar oilasi va ularning dorivorlik xususiyatlari Bu oilaga doim yashil yoki bargini to‘kuvchi, sut shirali daraxt, buta va o‘t o‘simliklar kiradi. Ularning barglari ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashadi. Barglari butun, bir jinsli, bir uyli yoki ikki uyli. Gulkoroni kosachasimon, to‘rt bo‘lakchali, changchisi to‘rtta, urug‘chisi 1 yoki 2 ta mevachi bargdan iborat. Mevasi yong‘oqcha yoki soxta donakcha. Bu oilaga 53 ta turkumga mansub 1400 tur kiradi. O‘zbekistonda 3 ta turkumga mansub 6 ta turi bor. Tutdoshlar- Maraceae Tut (Morus) — tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxt; Oʻzbekistonda 5 turi oʻstiriladi. Oq T. (M. Alba) va qora T. (M. Nigra) mevasi isteʼmol qilinadi. Sershox T. (M. Multicaulis), kagayama T. (M. Kagayamae) va ipak qurti T.i (M. Bombycis) turlaridan, asosan, ipak qurti boqishda foydalaniladi. T. Tez oʻsadi, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli. Shoxshabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida shaklida. Boʻyi 15— 18, baʼzilariniki 20–25 m, yoʻgʻonligi 1,5 m gacha. Katta yoshdagi baland tanali T. Daraxtlaridan 20–40 kg gacha barg, 50–60 kg meva hosili olinadi. Tut (Morus)  Tutning egribugri (ilonoʻt) va pastga qarab oʻsadigan (majnun T.) xillari ham bor. Daraxti 300, ayrimlari 500 yil yashaydi. Oq T. (qarang Balxi tut) va shotut mevasi shirin shifobaxsh, har xil vitaminlarga boy. Oʻzbekistonda T. qadimdan ekib koʻpaytiriladi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, shinni, murabbo, mayiz, spirtli ichimlik tayyorlanadi. Bargi tut ipak qurti boqishda ishlatiladi. T. ikki uyli oʻsimlik. Gullari bir jinsli. T. urugʻidan, qalamchasidan, payvand va parxish qilib koʻpaytiriladi. Tut (Morus) Tut qadimdan yuqori nafas yo‘llari xastaliklari, yo‘tal va shamollashga qarshi davo o‘rnida ishlatilgan. Mashhur tabib Husayn Sheroziy “Tut odam tanasida toza qon paydo qiladi, miyaga quvvat beradi, a’zolardagi tiqinlarni ochadi, jigar va taloqning ish faoliyatini yaxshilaydi, shuningdek u peshob haydovchi hamdir”, deya ta’rif bergan. Abu Ali ibn Sino oqtut bargini angina, quritilmagan barg shirasini esa tish og‘rig‘ida tavsiya qilgan. Meva shirasi bilan og‘iz va tomoqdagi shishlarni, dizenteriya kasalligini davolagan hamda siydik haydovchi dori sifatida ishlatgan. Tut (Morus) Xalq tabobatida oqtut isitma chiqqanda, ichak kasalliklarida, qonni tozalashda ishlatiladi. An’anaviy tibbiyotda oq tut mevasidan kamqonlik, oshqozon-ichak xastaliklari, gastrit kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bargi va yangi ochilgan kurtagi organizmda moddalar almashinuvi buzilganida yaxshi yordam beradi. Oq tut mevasidan olingan shinni dorishunoslik sohasida xapdori tayyorlashda foydalaniladi. Tut (Morus) Oq tut mevasi kaliyga juda boy. Shunga ko‘ra, uni ateroskleroz, taxikardiya, yurak porogi kasalliklarida tavsiya etishadi. Atigi uch haftalik tutli parhez yordamida bemor nafas qisishi, ko‘krak qafasidagi siquvchi og‘riqdan xalos bo‘lib, yurakning ish qobiliyati tiklanadi. Tut (Morus) Tut po‘stlog‘i (qaynatmasi va kunjut yog‘ida tayyorlangan surtma dori) yaralarni davolashda hamda balg‘am ko‘chiruvchi, peshob haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Bargidan tayyorlangan qaynatma kishi shamollab, isitmalab qolganda haroratni pasaytiruvchi vosita hisoblanadi. Kamqonlik, podagra, qandli diabetda yangi tutni ezib, 1 stakan qaynagan suv bilan aralashtiriladi va 4 soat tindiriladi. Kuniga 4 mahal, ovqatlanishdan oldin chorak stakandan ichiladi. Yurak porogida har kuni 4-5 mahal, ovqatlangandan so‘ng 250-300 g tut eyish tavsiya etiladi. Tut (Morus) Shotut , shohtut, shomtut — tutdoshlarga mansub daraxt. Tutning bir turi. Oʻzbekistonda qadimdan ekib koʻpaytiryladi. Boshqa tutlarga nisbatan sekin oʻsadi. Boʻyi 8—10 m. Sadasimon, bargi yirik, yuraksimon, yaxlit yoki kertikli, cheti yirik arra tishli, dagʻal, qalin, orqasi tukli, gullari ikki jinsli. Mevasi toʻq qizil, qora, sershira (shirin-nordon), xushboʻy, shifobaxsh, bandidan qiyin uziladi. Tarkibida 25 — 27% qand, shuningdek, turli vitaminlar va mineral moddalar bor.Barg qaynatmasi va mevasi xalq tabobatida qon bosimini pasaytiruvchi, murtak bezlari, milk kasalliklarida davo vositasi sifatida ishlatiladi. Sh. Urugʻdan chiqqan tut niholiga payvand qilib koʻpaytiriladi. Shotut (Morus) Anjirning foydalari Anjir — bu tanadagi ko‘plab jarayonlarning to‘g‘ri amalga oshishi uchun zarur bo‘lgan misning haqiqiy manbaidir. Bu metabolizmni normallashtirish, yangi qizil qon hujayralari — eritrotsitlar, neyrotransmitterlar va biriktiruvchi to‘qimalarni ishlab chiqarish uchun zarur. Bundan tashqari, meva B6 vitaminiga juda boy — bu organizmga oqsillarni aminokislotalarga ajratishga, ulardan energiya olishga yordam beradi, asab tizimining salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Antioksidantlarga boy bo‘lgan anjir, shuningdek, yoshlikni saqlashga yordam beradi: ular tana hujayralarini erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi, ajinlar va giperpigmentatsiyaning oldini oladi. Anjir Anjirni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir salomatligi uchun foydali bo‘lishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlar anjirni iste’mol qilish orqali xolesterin miqdorini kamaytirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi. Qolaversa, meva K vitaminiga boy, u qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, qonda tromblar paydo bo‘lishining oldini oladi. Anjir mevasida kletchatka odatdagidan yuqori bo‘lgani uchun u oshqozon-ichak traktining sog‘lig‘ida muhim rol o‘ynaydi. Bu ichak harakatini yaxshilaydi, ovqat hazm qilishni rag‘batlantiradi va tizimda ayrim kasalliklarning oldini oladi. Anjir Anjirning zararli tomonlari Anjir biror zararli xususiyatlarga ega emasligi aniqlanmagan, biroq bir qancha sabablarga ko‘ra undan ehtiyot bo‘lish kerak. Birinchidan, meva, ayniqsa, quritilganida qondagi glyukoza miqdorini keskin oshirib yuborishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi shakarni o‘z ichiga oladi va uzoq muddatda ikkinchi toifa diabet xavfini oshiradi. Qizig‘i shundaki, choy damlanadigan anjir barglari, aksincha, qonda shakar miqdorini nazorat qilish uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Anjir E’tiboringiz uchun rahmat!