logo

Botanika va o’simliklar fiziologiyasi fanining predmeti va vazifalari. O’simlik hujayrasining tuzilishi

Yuklangan vaqt:

09.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1225.15234375 KB
Mavzu: Botanika va o’simliklar fiziologiyasi fanining predmeti va vazifalari. O’simlik hujayrasining tuzilishi Reja: • Hujayra o‘simlik organizmining elementar struktura va funksional birligi • Hujayra tuzilishining struktura asoslari. • Protoplazmaning fizik kimyoviy xossalari. • Bioenergetikaning asosiy tushunchalari O'simliklar fiziologiyasi o'simliklarning hayot-faoliyatidagi umumiy qonuniyatlarni o'rganadi. Bularning asosida moddalar almashinuvining assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari yotadi. Shu bilan birga u o'simliklarni o'sishi va rivojlanishi, gullash, meva tugish, plastik moddalarning sintezi va to'planishi kabi fiziologik jarayonlarni tashqi muhit bilan bog'lab o'rganadi. O'simliklar fiziologiyasi botanika, biokimyo, biofizika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, hayvonlar fiziologiyasi, kimyo, fizika kabi fanlar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularning yutuqlaridan foydalaniladi va o'z navbatida ularga ta'sir etadi. 01 11 0D 08 16 1E 09 05 0B0C040D 1E 01 1E 05 07 22 0F 10 O'simliklar fiziologiyasi fanida keyingi yillardagi tabiiy fanlar yutuqlaridan, xususan fizik-kimyoviy usullardan, xromatografiya, nishonlangan atomlar, elektron mikroskopiya, elektroforez, differensial sentrafugalash, spektrofotometriya, rentgen tuzilish analizi va boshqalardan foydalanish natijasida juda katta yutuqlarga erishildi. Jumladan, o'simlik hujayrasining murakkab tuzilishi, hujayra organoidlarining tuzilishi va tarkibi ham fiziologik funksiyalari, hujayraga moddalarning kirishi va chiqishi jarayonlarida membranalarning ahamiyati va boshqalar birmuncha puxta o'rganildi. Ayniqsa, o'simliklar hujayrasida energiyaning to'planishi va sarflanishi mexanizmlari haqidagi tushunchalar kengaydi. Xromatografiya asbobi Yashil o'simliklar yer sharidagi boshqa tirik organizmlardan o'zining bir qancha hususiyatlari bilan farqlanadi. Birinchidan, yashil o'simliklar energiya manbai sifatida yorug'likning elektromagnit energiyasidan foydalanib, ularni organik moddalar tarkibidagi erkin kimyoviy energiyaga aylantirish qobiliyatiga ega (fotosintez). Shuning bilan birgalikda, o'simliklar tashqi muhitdan bir qancha anorganik moddalarni o'zlashtirib, ularni hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonida energiya bilan boyitadi va organik modda ko'rinishida yer sharidagi barcha tirik mavjudotlar uchun moddiy va energetik asosni yaratadi. Ikkinchidan , yashil o'simliklar nisbatan yuqori rivojlangan foto assimilyatsion yuzaga hamda yer ostki va ustki organlarining yuqori darajada shoxlanish qobiliyatiga ega. Bu hol o'z navbatida o'simliklarning ildiz orqali tuproqdan suv va unda erigan moddalarning o`zlashtirilishiga, barglar orqali esa atmosfera havosidan oziqlanish doirasining kengayishiga olib kelgan Uchinchidan , qishloq xo'jaligida o'simliklarning yangidan-yangi navlarini yaratishda, ekinlarning turli noqulay muhit omillariga nisbatan chidamliligini oshirish va ularning hosildorligini ko'paytirishda, hosil sifatini yaxshilash va ularni saqlashda mazkur fanning ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda. Hujayra o‘simlik organizmining elementar struktura va funksional birligi. Butun o‘simliklarning asosiy struktura birligini hujayralar tashkil etadi. Ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. CHunki modda almashuvi deb ataluvchi assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari, ularning birligi faqat hujayradagina sodir bo‘ladi. Ana shu ikkala jarayonning birligi tiriklik deb ataluvchi materiyaning harakat formasini belgilaydi. YAshil o‘simliklar har xil organlar yigindisidan iborat bo‘lib, bu organlar o‘z navatida to‘qimalar va hujayralar birlashmasidan to‘zilgan. YUksak to‘zilishga ega bo‘lgan har bir o‘simlik organizmi murakkab sistema sifatida bir-biri bilan uzviy ravishda aloqada bo‘lgan organlar va funksiyalar yigindisidan iboratdir. Bu birlikning asosini hujayralar tashkil etadi. Tirik hujayra yarim o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan membrana bilan chegaralangan bo‘lib, o‘zini qayta qurish qobilyatiga ega. o‘simlik hujayrasi01 0A 1A17 1E 15 1E 08 1C08 11 1C08 05 2E 0F 10 1E 20 05 17 1417 1E 2F 23 22 18 Har bir o‘simlik hujayralardan tuzilgan bo‘lib, ularning tiriklik xususiyatlari shu hujayralarda belgilanadi. Modda almashinish jarayoni faqat hujayradagina sodir bo‘ladi. Bu jarayonning birligi tiriklik materiyasining harakat formasini belgilaydi. O‘simlik hujayralari ko‘rinishi jixatidan 2 xil bo‘lishi mumkin,parenximatik va prozenximatik. Parenximatik hujayralari – ularning eni bo‘yiga teng bo‘lib, ko‘proq kvadratga o‘xshash bo‘ladi. Prozenximatik hujayralar – ularning bo‘yi enidan bir necha barobar katta bo‘ladi. O‘simlik hujayralarning ko‘rinishi va bajaradigan funksiyalari har xil bo‘lsa ham, umumiy to‘zilishga ega. O‘simlik hujayralarida daslab hujayra qobig‘ini va ichki tarkibiy qismini farqlash zarur. Hayotiy xossalar aynan hujayra ichki qismi bilan belgilanadi. Har bir voyaga etgan hujayrada po‘st,ssitoplazma, membrana, organoidlar kabi struktura elementlari bo‘ladi. Hujayraning ichki qismi protoplast deyiladi va ussitoplazma va unda joylashgan yirik organoidlardan iborat. Hujayra po‘sti. U hujayraga mexaniq mustaxkamlikni beradi, protoplazmatik membranani gidrostatik bosimdan himoya qiladi. YOsh hujayralarda po‘st o‘sish qobiliyatiga ega moddalarni yutilishida ishtirok etadi. U protoplast kompanentlaridan hosil bo‘ladi. Ona hujayra bo‘linayotganida ikkita yosh hujayra oraligida parda to‘siq paydo bo‘ladi, u eski po‘st bilan qo‘shilib ketadi va hosil bo‘lgan ikkita hujayra ham avalgi qattiqk po‘stga o‘raladi. Hujayra po‘stining 100 mkm yuzasida 10-30ta plazmodesmalar uchraydi. Hujayra po‘sti tarkibidasselyuloza, gemitselyuloza va pektin moddalari(30%, 40%, va 25% nisbatda) uchraydi. Hujayra po‘sti uch qavatdan iborat. Asosan ichki qavat yo‘g‘onlashishi xususiyatiga ega. Ikkinchisi uch qatlamdan iborat. YAdro . Irsiy belgini saqlovchi organoid ko‘rinishi dumalok, oval yoki ipsimon bo‘ladi. Ko‘pincha bitta, ba’zan ko‘p miqdorda bo‘ladi. YAdro ikki qavat membrana bilan o‘ralgan, 1-6 yadrochasi bo‘ladi. Uning tarkibi 80% oksil va 15-16% RNKdan iborat. YAdroga RNKni taqsimlanishida ishtirok etadi. YAdro yadro shirasi-nukleoplazma bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, uning tarkibi asosan oksillar 74%, DNK 14% va RNK 12% dan iborat, bundan tashqari yadroda yana lipidlar, suv va mineral elementlar mavjud. Hujayra tuzilishining struktura asoslari01 Endoplazmatik to‘r. Uni 1945 yilda Porter aniqlagan. U kanalcha, pufakchalar vassisternalarning o‘zaro tutashgan murakkab shoxlangan tur sistemasini tashkil qiladi. Endoplazmatik to‘rssitoplazmada keng tarqalgan va murakkab membrana strukturasiga ega. Membrananing qalinligi 5-7 nm atrofida, diametri 30-50nm. Ichki qismi suyuqlik bilan to‘lgan. Ularning yuzasi silliq yoki donador bo‘ladi. Silliq membranada asosan uglevodlar, lipidlar, terpenoidlar hosil bo‘lsa, donador membralarda oqsil, fermentlar sintezlanadi. Uning membranasi yadro Membranasi va ichki muxitdagi almashinuvni boshqaradi. Endoplazmatik to‘r bir-birlari bilan tutashib, moddalar almashinuvida ishtirok etadilar Endoplazmatik to‘r. 3010 2B 08 1B 05 12 12 05 36 16 1E 16 08 11 14 05 36 08 12 08 Ribosomalar .1955 yilda Pallada ochgan. Bular ribonukleoproteidli zarrachalar bo‘lib, membranasi bo‘lmaydi. RNKva oqsildan tashkil topgan. Ular katta va kichik bo‘lakchalardan to‘zilgan, kattasining diametri 12-15 nm kichigi 8-12 nm bo‘ladi. U yadrochada sintezlanadi vassitoplazmada erkin yoki endoplazmatik to‘r sirtida joylashadi. Ribosoma yadroda, xloroplastlar va mitoxondriylarda uchraydi va oqsil sintezlaydi. Goldji apparati .Membrana bilan o‘ralganssisternalar to‘plami. Ular endoplazmatik to‘rdan o‘zilib chiqib ketadigan pufakchalarning o‘zaro qo‘shilishi va o‘zgarilishidan yuzaga keladi va ajralib, disk yoki tayokcha ko‘rinishida to‘planadi. Hujayrada 100 ga yakin Golьdji apparati uchrashi mumkin. Golьdji apparatining membranasi endoplazmatik to‘r va plazmolemma membranasi bilan tutashgan bo‘ladi. Golьdji apparati plazmolemma va hujayra qobig‘ini shakllanishida ishtirok etadi, hamda shilimshiq moddalarni chiqarib tashlashda ishtirok etadi.40 19 0D2A 20 21 0D2A 0F 2D 17 05 21 1E 11 11 12 Plastidalar. Plastidalar shaklan ovalsimon yoki elipssimon bo‘ladi, ikki qavat membrana bilan o‘ralgan . O‘simliklar hujayrasida 20-50 tagacha plastida uchraydi. Ular uch xil bo‘ladi: leykoplastlar (rangsiz),xromoplastlar(rangli) va xloroplastldar(yashil rangda). Xloroplastlar tarkibida xlorofill va karatinoid pigmentlari bo‘lib, fotosintezda ishtirok etadi. Xromoplastlar sariq yoki va zarg‘aldoq rangda bo‘lib,o‘simlikning asosan gullarida va mevasida uchraydi.Ularda karotin, lyutein, violaksantin pigmentlari bo‘ladi. Leykoplastlarda pigment bo‘lmaydi,ularda zapas oziq moddalar to‘planadi. YOrug‘likda leykoplastlar xloroplastlarga aylanishi mumkin. Mitoxondriya . Qo‘sh membranali organoid,ularda energetik jarayonlar kuzatiladi va ATF sintezlanadi.O‘simlikda mitaxondriyalar dumalok yoki gantelsimon bo‘lib,hujayrada 50- 2000tagacha uchrayda.Ichki membranasi kristalar hosil qiladi. Har 5-10 kunda mitoxondriyalar yangilanib turadi. Ularda DNK, RNK va ribosoma bo‘lganligi uchun oqsil sintezlash qobiliyatiga ega.35 3506 04 01 2B 2306 07 29 08 1B 45 12 05 0A 19 20 05 3E3939 341331 09 Plastida Lizasoma . Membrana bilan o‘ralgan organoid, ular endoplazmatik to‘r yoki Golьdji apparatidan hosil bo‘ladi. Ularda asosan gidrolitik fermentlar joylashadi, bular nordon fermentlar bo‘lib, moddalarni suv yordamida parchalaydi Peroksisoma . Keyingi yillarda ochilgan organoidlardan biri bo‘lib, uni 1968 yilda Tolbert aniqlagan. Peraksisomada katalaza, glikolatoksidaza kabi yorug‘likda nafas olishda ishtirok etuvchi fermentlar uchraydi. Ular bargda ko‘p bo‘ladi va xloroplastlar bilan uzviy bog‘lik bo‘ladi. Vakuola . O‘simlik hujayrasi uchun harakterli organoid. Uning membranasi tonoplast deyiladi, ichki suyuklik hujayra shirasidaniborat.SHiraning 96-98%ni suv tashkil etadi, kolgani organik kislotalar, oksillar, aminokislota, uglevodlar, alkoloidlar, tuzlar, oshlovchi moddalar va pigmentlar. Vakuola endoplazmatik to‘r pufakchalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Vakuola hujayraning osmatik xususiyatini belgilaydi, bu esa hujayrani so‘rish kuchi, turgor bosimi va suv rejimini belgilaydi4A 19 0D 16 03 12 08 0D 20 18 11 20 03