logo

Agrotsennoz, uning komponentlari, maxsuldorligi, antropogen omillar, agrobiotsennoz barqarorligi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1628.4873046875 KB
Agrotsennoz, uning komponentlari, maxsuldorligi, antropogen omillar, agrobiotsennoz barqarorligi 1. Agrobiotsennoz tushunchasi, ishtirok etuvchi mavjudotlar, komponentlariga tavsif. 2. Agrotsenoz maxsuldorligiga antropogen omillar ta’siri. 3. Ozuqalarga talab, tuzlarga bardoshlik, o’zaro modda almashinuvi. 4. Muxit ekologiyasini agrotsennozlarga ta’siri, ma’daniy ekinlar dalasini shakllanishi. 5. Landshaftlar, organizmlar tarqalishiga ta’siri Reja: Agrobiotsenoz haqida tushuncha Agrobiotsenoz suvi tabiiy muxitda yashab turgan biologik jonzotlarni birgalikda, o’zaro yashab turish sharoitini anglatib, bug jarayonga tashqaridan biron bir usulda aralashuv maqsadga muvofiq emas degan ma’noni bildiradi. paxta dalasi misolida agrobiotsennozni tashkil etuvchi, xasharotlar, foydali jonivorlar, tuproqdagi turli sodda xayvonlar va mikroorganizmlar bilan o’zaro bog’liq xolda yashaydi, deb o’qtiradi. Shuni xisobga olgan xolda kasallik va hasharotlarga qarshi kurrashda xar tomonlama ekologik yondashuvga amal qilishimizni talab qiladi. Dominat fitofaglar populyatsasi bilan keyinchalik paxtazorda zoofaglar paydo buladi, ular xashoratlar va suruvchilar (kleshi) bilan ovkatlanishadi, chunki ekilgan ekinni avvalgilari xush kurib yeyishadi, shuningdek ekin dalasida paydo bulgan uchinchi tropik darajadagi yirtkichsimonlar va tekinxurlarni xam nobud kila boshlaydi, oxirgilar esa ikkinchi tropik darajadagi zoofaglar bilan ovqatlanadi. Masalan, sirfid peshshasi, kurti va gumbogi bilan (ular g’uzadagi shiralar bilan ovqatlanadi) tekinho’rlik ixnevmonidalarga mansubdir. G’uza ekini ko’p yillik ekilishi natijasida O’zbekiston va qo’shni paxtakor davlatlarda o’ziga xos agrotsennoz yoxud paxta ekosistemasi bo’ladi, ular ovqatlanish obyektlari bilan o’zaro bog’lanib ketadi. Bu sharoit inson tomonidan boshqarib turiladi. Bunga sabab inson talabga binoan u yoki bu tarzda ish olib bordi. Demak, insonlar, yuqori xosil olish uchun ma’lum bir ekin turini ko’proq ekaverganligidan ham ekinlar uchun, ham o’sha yerda yashayotgan jonzotlar uchun yaxshi sharoit yaratib berdi. Ammo, bora-bora ekilgan o’simliklar guruxi ichida kasallik yoki xasharotlar o’ta ustin kelib, katta zarar keltira boshlaydi, ularga qarshi kurash choralarini izlaydilar, topib uni ishlaydilar. Manbalardan xulosa qilinsa, paxta agrobiotsennozida ko’p zarar keltiruvchi tabiiy xasharotlar fitofaglar o’simlikka erta baxordan o’rnashib oladi, ular o’zlariga yem buluvchi boshqa populyatsiyalarni ko’payishida muxim rol o’ynaydi. Demak, paxta dalasi agrobiotsennozi murakkab aloqalar o’rtasida xosil bo’lar ekan. Paxta dalasi agrobiotsenozi shakllanishi va unda qatnashuvchi jonzotlar axvoli qanday bo’ladi? Ma’lumki g’uza o’z kelib chiqishi arealida ko’p yillik yovvoyi xolatdan butasimon o’simlikdir. Uni o’ziga yarasha faunasi bor. Yaxontov V.V. (1961) fikricha g’uzada 1100 turdagi umurtqasizlar yashaydi, ularni ichida ba’zilari aloxida g’uzani hamda boshqa ekinlarni iste’mol qiladi. Paxta dalasi agrobiotseozi qo’iydagilarni o’z ichiga oladi: Agrotsenoz maxsuldorligiga og’ir metallar bilan ifloslangan muxitning ta’siri. Radiologik tekshiruvlar natijasida katta kimyoviy zavodlar atrofida 50 km masofagacha ba’zi og’ir metallar bilan tuprok, xavo, o’simliklar kompaniyasini ifloslanishi kuzatilyapti. Uni oldini olish uchun esa mintaqaviy va xar yerni xususiyatlariga qarab ayrim tavsifnomalarni bayon etishni lozim deb topdik. Xar yerda mintaqaviy xususiyatni inobatga olgan xolda qishloq xo’jaligida ishlayotgan yerlarni ifloslanish darajasiga ko’ra turli agrotsenoz xosildorligini oshirish xamda tuproq unumdorligini oshirish choralari ko’riladi. Agarda zavodlardan gazsimon (aerozol xolatda xam) xolda chiqayotgan og’ir metallarni kamaytiradigan ekin ekish, yoxud o’sha yerlar uchun maxsus almashlab ekishni joriy qilib, yerdan samarali foydalanishni tashkil etish lozim. Sanoat korxonalari, ayniqsa kimyoviy zavodlar tashqi muxitga ko’plab zaxarli moddalarni chiqarish oqibatida usha yerda o’sayotgan o’simliklar tuproqdagi toksin-zaxarlar bilan zaxarlanadi. Bunday joylarda o’ziga xos yerdan samarali foydalanish uslublariga rioya qilish kerak. Agarda tuproqdagi moddalar miqdori qo’ydagicha bo’lsa unda ularga bardoshli texnika yoki don boshoqli ekinlar ekish lozim: rux — 200; qurgoshin — 20, stronsiy — 100, nikelp — 50, kadmiy — 3, kobalp — 50, mis — 100, molibden — 5, vanadiy — 50 mg/kg. Bunda o’simlik tanasiga o’tayotgan zaxarli elementlarni kamroq o’zlashtiriladigan navlarni va turlarni tanlash lozim. Zaxarlangan tuproqqa bazi o’simliklar chidamli xam bo’ladi, lekin usha moddani ortiqcha o’zlashtirmaydi, yoki uni chukma xolatga keltiradi, o’z xujayra va tuqimasi devorida tuplaydi. Ekosistemada bazi o’simliklar, toksikofitlar deb nomlanib metall ionlarini to’playdi, yoki indikator o’simlik deb nom olishgan. Bunday o’simliklarga masalan, qurg’oshin ko’pligiga — Festaca Wina va Agrostis Tenvis, ruxga bardoshli Viata Calaminard va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Misga boy bo’lgan Rodeziya va Katongi viloyatlari, kuprofitlarga bardoshli Selene Vulgaris gladioluslarni bazi turlari misol bo’la oladi. Don ekinlari shakllanib xosil berish jarayonida o’simliklar bilan barovar ravishda turli mavjudotlar rivoj topadi. Masalan, boshoqdagi puch donlarni xosil bo’lishi ortiqcha xaroratdan, ya’ni qurg’oqchilikdan deb xisoblanadi, bu esa, o’z navbatida qishda meyoriy yoginlar bo’lmaganligini natijasi bo’ladi. Shuningdek, bu ekinlarni eng asosiy kasalligi xisoblangan qorakuya kasalligidir. Sariq rang zambrug’lari namlik yoritganda va salqin xavoda o’ta rivoj topadi, ayniqsa bug’doy va arpa zararlanadi. Ammo uzoq davom etadigan quruq xavoda bu kasalliklar yashash muddatini qisqatirishga majburdirlar. Kartoshka ekini uchun iqlim sezilarli darajda tasir etadi, iqlim optimum atrofida (20-22 0S) bu ekinga ayniqsa fitoftoroz katta zarar keltiradi, chunki kelib chiqishi And togidan bo’lganidan salqin va nam xavoga tez o’sadi, quruq va issiq joyda kasallikni o’sishi sekinlashadi. Kartoshka va shaftoli iqlim yashash joyiga nisbatan bir-biriga qarama-qarshi o’simlikdir. Ammo shaftoli o’sadigan joyda ham kartoshka ekiladi, lekin usha yerda shaftoli shirasi uchun qulay sharoit yaratildi. Bu yerda shiralar o’z ekinini o’zgartiradi, yani shaftolidan begona o’tga va kartoshkaga o’tib juda yaxshi yashaydi. Shiralar kartoshkaga turli tuman viruslarni tashiydi, natijada kartoshkani (vkrajdeniye) kasalligini kuchaytiradi. Landshaftlarni organizmlar tarqalishiga ta’siri Xar bir landshaft usha yerga tarqalgan o’simliklarni va orografi sharoitlari bilan farqlanadi. (orografik kurinish, dengiz satxidan balandlik, daryolar, irmoklar). Landshaftlarni organizmlar qoplanishida usha yerdagi agrotexnik omillar ta’siri bormi-yo’qmi, yoki ekinlar dalalar bo’yicha taqsimlanishi, joy tekis yoki balandmi, tog’likmi unga ta’sir qilmaydi. Bular usha yerdagi o’simliklar o’sishi uchun tasir etadi, shuningdek, katta xayvonlar uchun tasiri ko’rsatish mumkin. Landshaftni tuzilishi ma’lum joydagi yashash sharoitini va mikroiqlimni o’zgartiradi. Dalalar atrofida o’rmonzorlarni bo’lishi xasharotlar soniga, shamol esa ularni tarqalishiga kengligiga kuchli tasir kursatadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g. 2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g. 3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g. 4. Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y. 5. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004 6. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g.