logo

Organizmning biologik suyuqliklari elektrolitik va noelektrolitlar eritmalar sifatida

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

167.8671875 KB
Organizmning biologik suyuqliklari elektrolitik va noelektrolitlar eritmalar sifatida ORGANIZMNING BIOLOGIK SUYUQLIKLARI VA ELEKTROLITIK ERITMALAR SIFATIDA Elektrolitlarning eritmalari. • Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalari elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga hamma kislota, asos va tuzlar misol bo‘la oladi. Bu moddalar eritmalarda yoki suyuqlanmalarda ionlarga parchalanadi. Masalan: KOH↔K + +OH - KCl↔ K + +Cl - Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar . Elektrolitik dissosilanish nazariyasi • Shved olimi S.Arrenius (1887 y) elektrolit eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligi bilan Vant-Goff va Raul qonunlariga buysun- masligi orasida ichki bog‘lanish bor degan xulosaga keldi. U elektrolit molekulalari suvda eriganda ionlarga parchalanadi, deb taxmin qiladi. Shunday qilib, elektrolit dissotsilanish nazariyasi vujudga keldi . Lekin bu nazariya elektrolit molekulalari ionlarga dissotsilanish sababini tushuntirib bera olmadi. • Bu nazariya D. I. Mendeleevning “gidratlar nazariyasiga” asoslangan I.A. Kablukov va V.PKistyakovskiylarning ishlarida uz rivojini topdi. Elektrolit molekulalarining parchalanishiga erituvchining qutblangan molekulalari sa-bab bo‘ladi. Anorganiq moddalarning oddiy erituvchisi bo‘lgan suv ju-da katta solvatlash xossasiga ega. Erituvchining qutblangan molekulalari ularga tushgan elektrolit molekulalarini o‘rab olib, unda ichki bog‘lanishni bo‘shashtiradi, bu esa dissotsilanishga olib keladi. • Natijada eritmada gidratlangan ionlar paydo bo‘ladi. Ionlarga parcha-lanish faqat suvda emas, balki boshqa qutbli erituvchilarda masalan, suyuq ammiakda ham bo‘lishi mumkin. U vaqtda dissotsilanish mahsulotlari ionlarning solvatlari deyiladi. Eritmaga utgan ionlar erituvchining qutbli molekulalari bilan bog‘langan bo‘ladi va ionlarning solvatlarini hosil qiladi. Eritmada solvatlangan ionlar uzluksiz betartib harakatda bo‘ladi (masalan, NaCl tuzining suvda erish jarayoni). Kristal panjarasi ionlardan iborat moddalardan tashkari qutbli molekulalar ham ionlarga dissotsilanadi. • Oddiy eritma suvning dielektirik o‘tkazuvchanligi juda yuqori, bundan tashqari suv eng yaxshi ionlashtiruvchi eritmadir. Suvning dielektrik o‘tkazuvchanligi 80,1 teng. Bu shuni ko‘rsatadiki, kristallda bo‘lgan musbat va manfiy ionlararo tortishish kuchlari suvdagi erit-malarda 80,1 marta kamayadi. Dielektrik doimiylik efir, benzol, uglerod (1V)-sulfid kabi erituvchilarda, ya’ni dissotsilanmaydigan moddalar uchun juda kichikdir. Kuchsiz darajada ionlatuvchi spirt, atseton va boshqa erituvchilarda dieletrik utkazuvchanlik o‘rtacha qiymatga ega bo‘ladi. • Quyidagi jadvalda ba’zi erituvchilarning dielektrik utkazuvchanligi ( 20° C) keltirilgan. • Ba’zi erituvchilarning dielektrik o‘tkazuvchanligi (20°C) Erituvchi Dielektrik utkazuvchanlik Erituvchi Dielektrik utkazuvchanlik Suv Metil spirt Etil spirt Atseton 80,1 33,0 25,7 21,7 Xloroform Dietil efir Uglerod (1V)- sulfid Benzol 5,0 4,34 2,62 2,28 • Elektrolitlar tabiatiga qarab kuchli va kuchsiz elektrolitlarga bo‘linadi. Kuchli elektrolitlar to‘liq, kuchsiz elektrolitlar kisman eritmada ionlarga dissotsilanadi. Kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanishi qaytar jarayondir: chunki eritmadagi gidratlangan ionlar to‘qnashishi natijasida yana dissotsilanmagan molekulalar hosil qilish mumkin. Bunday qaytar jarayonni molyarlanish deyiladi . Elektrolitik dissotsilanish jarayon kinetik muvozanat karor topganda, ya’ni dissotsilanish tezligi molyarlanish tezligiga teng bo‘lganda sodir bo‘ladi. Masalan, sirka kislotaning suvli eritmasi uchun bu quyidagicha yoziladi. • Elektrolitlar dissotsilanish darajasi bilan xarakterlanadi. Elektrolitning dissotsilangan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soniga nisbati dissotsilanish darajasi deyiladi. Dissotsilanish darajasi kasr sonlari bilan yoki prosent hisobida ifodalanadi, kuchli elektrolitga dissotsilanish darajasi 0,3 yoki 30% dan yuqori, kuchsiz elektrolitlarga esa dissotsilanish darajasi 0,3 yoki 30% dan past bo‘lgan moddalar kiradi. Elektrolitik dissosilanish CH 3 COOH======================= H + +CH 3 COO - molyarlanish • Dissotsilanish darajasi koncentratsiyaga bog‘liq bo‘lib eritma suyultirilgan sari ortadi. Chunki eritmaning kichik koncentratsiyasida ionlarning tuknashish ehtimolligi kamayadi. Buni sirka kislota mi-solida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: Koncentratsiya , S norm. 1,0 0,1 0,01 0,001 Dissotsilanish darajasi,.18° 0,004 0,014 0,.042 0,124