logo

Odam va uning salomatligi o'qitish metodikasi xususiy masalalari - jumladan Tayanch harakatlanish sistemasi mavzusini oʻrganish metodikasi darslar tizimi

Yuklangan vaqt:

23.09.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

798.2861328125 KB
Odam va uning salomatligi oʻqitish metodikasi xususiy masalalari: jumladan Tayanch harakatlanish sistemasi mavzusini oʻrganish metodikasi darslar tizimi Odam va uning salomatligi mazmun jihatdan anatomik, morfologik, fiziologik, gigiyenik, ekologik, evolyutsion, sitogenetik tushunchalarni o’z ichiga olganligi sababli, mazkur o’quv fanini o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlar ham xuddi shu mazmunda bo’ladi. uning salomatligini o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning didaktik maqsadi: * O’quvchilarning mavzu bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, tizimga solish, umumlashtirish; * O’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish; * O’quvchilarda o’zining, o’zgalarning salomatligini asrash, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini  O’qituvchi masala va mashqlarning didaktik maqsadi, o’rganiladigan mavzu mazmunini e’tiborga olgan holda masala va mashqlardan foydalanishi, bunda o’quvchilarning mavzu bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, tizimga solish, umumlashtirish, ularda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish, o’zining, o’zgalarning salomatligini asrash, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini tarkib toptirishni nazarda tutishi lozim. Odam va uning salomatligini o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlar yuqorida qayd etilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirish barobarida fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish imkonini yaratadi. Masalan, quyidagi 1-masalani yechish uchun o’quvchilar suyakning tarkibidagi anorganik va organik moddalar, ularning suyakka beradigan xususiyatlarini aniqlashi, kimyo fanidan anorganik moddalar o’rtasida boradigan kimyoviy reaksiyalar yuzasidan bilimlarini mustahkamlash va umumlashtirish, kimyo fanida o’zlashtirgan bilimlarini biologiyada foylanishi zarur. 1-mashq. Quyidagi uzun naysimon suyakni diqqat bilan ko’rib chiqing. Suyakning mikroskopik tuzilishiga oid 1- 6 raqamlar bilan belgilanganlarni aniqlang va raqamlar ketma-ketligida yozing. Bantik shaklida bog’langan suyakning mohiyatini tushuntiring va izohlang. 2-masala. Sut emizuvchilar va qushlarning qon bosimi bir xil bo’lishi mumkinmi? O’quvchilar bu masalani yechish uchun qushlar va sut emizuvchilarning yashash muhiti, organlar sistemasi va ularning funksiyalarini taqqoslashi, xulosa yasashi lozim bo’ladi. Quyidagi masalani yechishda o’quvchilarning fizikadan o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llash imkoniyatini yaratib, o’z fikrini dalillash, xulosa chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish nazarda tutiladi. Quyidagi berilayotgan masalani yechishda o’quvchilar matematikadan o’zlashtirgan bilimlarini amaliyotga qo’llash imkoniyatini yaratadi. Berilgan formula asosida organizmning energiya sarfini hisoblab topishi, ovqat ratsioni bilan energiya sarfi o’rtasidagi bog’lanishlarni tasavvur qilish, ovqatlanish normasini tushunishga zamin tayyorlaydi.