logo

Hayotning organizm darajasi va uning o’ziga xos jihatlari. Tirik organizmlarning oziqlanishiga ko’ra turlari

Yuklangan vaqt:

14.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2979.14453125 KB
HAYOTNING ORGANIZM DARAJASI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI. TIRIK ORGANIZMLARNING OZIQLANISHIGA KO‘RA TURLARI Mavzuning maqsadi: Talabalarga hayotning organizm darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari, tirik organizmlarning oziqlanishiga ko‘ra turlari haqida tushuncha bеrish. Rеja: 1. Hayotning organizm darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari. 2. Tirik organizmlarning oziqlanishiga ko‘ra turlari. Adabiyotlar: 7,8,10,11,12. Tayanch iboralar : hayot, organism, oziqlanish, avtotrof, geterotrof. Mavzuning maqsadi: Talabalarga novda, novdaning ildizdan farqi, novdaning uchki kurtakdan shakllanganligi va poyada barglarning joylashishi haqida ma’lumot bеrish. Rеja: 1. Novda haqida umumiy tushuncha. 2. Kurtak. 3. Daraxt. 4. Butalar. 5. Butacha va chala butacha. Adabiyotlar: 2. 7. 8. 10. Tayanch iboralar : novda, mеtamеr, bo’g’imlar, kurtak, apikal, monopodial, simpodial, kurtak, kollatеral. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Biologiya o‘rta ta’lim muassasalarinig 11-sinfi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik // A. G‘affurov, A. Abdukarimov, J. Tolipova, O. Ishankulov, M. Umaraliyeva, I. Abduraxmonova. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori. 3. O‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standarti. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1-martdagi 109-sonli buyrug‘i. Qo ‘ shimcha: 4. J. Tolipova, M. Umaraliyeva, S.R. Abdurizayeva, B.A. Abdraimova. “Odam va uning salomatligi” darsligi bo‘yicha 8-sinf o‘qituvchilari uchun yaratilgan metodik qo‘llanma. - Т., 2016-yil. 5. J. Tolipova, I. Azimov, N. Sultonova. “Biologiya sitologiya va genetika asoslari” darsligi bo‘yicha 9-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. - Т., 2016-yil. 6. O‘tkazilgan Forum tavsiyalari (“Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika Forumi tavsiyalari, “M a’rifat” gazetasi, 2016-yil 16- dekabr, 99-son). 7. To‘raqulov Yo.X. Molekulyar biologiya. - Т.: “O‘qituvchi”, 1993-yil. 8. G‘ofurov A.T., Fayzullaev S.S., Xolmatov X. Genetikadan masala va mashqlar. - Т.: “O‘qituvchi”, 1991-yil. 9. G‘ofurov A.Т., Tolipova J.O. Umumiy biologiyani o‘qitishning norasmiy usul va shakllari. - Т.: “Fan”, 1990-yil. 10. Tolipova J.O. Biologiya ta’limi texnologiyalari. - Т.: “O‘qituvchi”, 2002- yil. 128-b. 11. Tolipova J.O., G‘ofurov A.T. Biologiya o‘qitish metodikasi. O‘quv metodik qo‘llanma. - Т.: “Bilim”, 2004-yil. 160-b. Tirik tabiat tuzilishi jihatidan turli murakkablik darajasiga ega biosistemalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Biologik sistema (biosistema) – o‘zaro aloqador va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan, muayyan funksiyani bajaradigan, rivojlanish, o‘z- o‘zini barpo etish va atrof-muhitga moslanish qobiliyatiga ega biologik obyektlar yig‘indisi. Masalan, gulli o‘simliklar vegetativ va generativ organlardan tashkil topgan biologik sistema. O‘simlik – yaxlit organizm, uning barcha organlari o‘zaro aloqada bo‘lib, o‘simlikning ko‘payishi va tashqi muhitga moslanishini ta’minlaydi. Bu organizm darajasidagi biologik sistema sanaladi.  Tirik sistemalarning turli xil bir-biriga bog‘liq, o‘zaro aloqada bo‘lgan darajalari iyerarxik tuzilishdan iborat. Iyerarxik tuzilish - darajalarning biri ikkinchisiga asos bo‘lib, keyingi darajani vujudga keltirishi. Yerdagi hayot molekula, hujayra, to‘qima, organ, organizm, populyasiya, ekosistema, biosfera kabi turli biologik sistemalar shaklida mavjud. Ular bir- biridan tarkibiy qismlari – komponentlari hamda ularda sodir bo`ladigan jarayonlari bilan farqlanadi. Organizm – o‘z-o‘zini boshqarish yangilash xususiyatiga ega, mustaqil hayot kechiradigan, bir yoki ko‘p hujayrali yaxlit biologik tizim. Barcha tirik organizmlarda harakatlanish, nafas olish, oziqlanish, ayirish, modda va energiya almashinuvi, ichki va tashqi muhit omillariga qo‘zg‘alish orqali javob qaytarish, himoyalanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish orqali irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazishi kabi hayotiy jarayonlar kuzatiladi.  Ekosistema (ekotizim)ga tabiatning asosiy tuzilish birligi sifatida qaraladi. Ekotizim – tirik organizmlar jamoasi, ularning yashash muhitlari, moddalar va energiya almashinuvi majmuyi sanaladi. Ekosistemada har xil turga mansub organizmlar o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Moddalarning davriy aylanishida bajaradigan vazifasiga ko‘ra, turlar funksional guruhlarga bo‘linadi: produtsentlar, konsumentlar yoki redutsentlar.  Produtsentlar yorug‘lik va kimyoviy energiyadan foydalanib, anorganik moddalardan organik birikmalarini sintezlaydilar. Mazkur funksional guruhga yashil o‘simliklar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar kiritiladi. Avtotrof organizmlar geterotrof organizmlar yashashini ta’minlaydigan oziqa va energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi.  Konsumentlar tirik organizm tarkibidagi organik modda hisobiga oziqlanadi va undagi energiyani oziq zanjiri orqali uzatadi. Ularga barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi. Konsumentlar uchun avtotroflar (o‘simlikxo‘r hayvonlar uchun) yoki boshqa organizmlar (yirtqich hayvonlar uchun) oziq manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Oziq turiga ko‘ra konsumentlar quyidagi tartiblarga bo‘linadi: produtsentlarni iste’mol qiluvchi organizmlar birinchi tartib konsumentlar deyiladi, masalan, chigirtka, bargxo‘r qo‘ng‘iz, tuyoqli hayvonlar va parazit o‘simliklar. Birinchi tartib konsumentlarini ikkinchi tartib konsumentlar iste’mol qiladi, ularga go‘shtxo‘r (yirtqich) hayvonlar kiradi. Uchinchi va undan keyingi tartib konsumentlariga ikkinchi va undan keyingi tartib konsumentlarni iste’mol qiladigan yirtqichlar kiradi. Hammaxo‘r konsumentlar, masalan, to‘ng‘izlar birinchi va ikkinchi tartib konsumentlari, yirtqichlar esa, masalan, bo‘rilar ikkinchi va uchinchi tartib konsumentlari bo‘lishi mumkin. O‘simlik va go‘sht mahsulotlarini birday iste’mol qiladigan hayvon turlarini hammaxo‘rlar deyiladi. Bunday turlarga suvaraklar, tuyaqushlar, kalamushlar, cho‘chqalar, qo‘ng‘ir ayiq misol bo‘ladi. Ekosistemada konsumentlar tartibi soni produtsentlar hosil qiladigan biomassa hajmiga bog‘liq holda cheklangan bo‘ladi.  Redutsentlar (destruktorlar) – hayot faoliyati davomida organik qoldiqlarni anorganik moddalarga aylantiradigan, natijada ulardagi elementlarni moddalarning davriy aylanishiga qaytaradigan organizmlar (tuproq bakteriyalari va zamburug‘lar). Redutsentlar nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib, ularni parchalaydi va chiritadi. Ular parchalanishning oxirgi bosqichi (organik birikmalarning anorganik moddalargacha minerallashuvi)da qatnashadi. Ular moddalarni produtsentlar o‘zlashtira oladigan shaklda davriy aylanishga qaytaradi.  Chiriyotgan o‘simlik, zamburug‘ va hayvon qoldiqlari detrit deyiladi. Detritning parchalanishida detritofaglar va redutsentlar qatnashadi. Detritofaglarga eshakqurt, ayrim kanalar, ko‘poyoqlilar, o‘limtikxo‘r qo‘ng‘izlar, ayrim hasharotlar va ularning lichinkalari, chuvalchanglar misol bo‘ladi. Detritofaglar konsumentlar hisoblanadi. Oziq zanjiri va oziq to‘ri. Ekosistema bargarorligining eng muhim sharti moddalar va energiya aylanishini ta’minlashdir. Turli funksional guruhlarga mansub bo‘lgan turlar o‘rtasidagi trofik (oziq) bog‘lanishlar natijasida moddalarning davriy aylanishi amalga oshadi. Produtsentlar quyosh energiyasi hisobiga anorganik moddalardan sintezlagan organik birikma oziq bog‘lanishlar asosida konsumentlarga o‘tadi va kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Redutsentlarning hayot faoliyati natijasida asosiy biogen elementlar organik birikmalardan anorganik moddalar (CO2, NH3, H2S, H2O) hosil bo‘ladi. Produtsentlar anorganik moddalardan organik birikmalarni hosil qilib, ularni qaytadan moddalarning davriy aylanishiga kiritadi.  Ekosistemada moddalarning aylanishi to‘liq amalga oshishi uchun har uchta funksional guruh organizmlari bo‘lishi zarur. Ular o‘rtasida trofik (oziq) zanjir hosil bo‘lgan holda trofik bog‘lanishlar ko‘rinishidagi doimiy munosabatlar amalga oshishi zarur. Oziq zanjiri – bu bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchi bo‘g‘in (iste’molchi)ga moddalar va energiya o‘tadigan organizmlarning tizimli ketma-ketligi sanaladi. «Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi – zoolog va ekolog Ch. Elton tomonidan 1934-yilda taklif etilgan. Oziq zanjiri bir necha bo‘g‘indan iborat. Zanjirning birinchi bo‘g‘ini, asosan, yashil o‘simliklardan iborat, undan keyingi bo‘g‘inlarni o‘simlikxo‘r hayvonlar (umurtqasizlar, umurtqali hayvonlar, parazit o‘simliklar), so‘ng yirtqichlar va parazitlar tashkil etadi. Yashil o‘simliklardan boshlangan oziq zanjiri o‘tloq tipidagi (produtsent zanjir) oziq zanjir deyiladi. Produtsent zanjir produtsentlardan boshlanadi va turli tartib konsumentlarini o‘z ichiga oladi.  Produtsentlar o‘simlikxo‘r hayvonlar – birinchi tartib konsumentlarning oziq manbayi, ular esa, o‘z navbatida, go‘shtxo‘r hayvonlar (birlamchi yirtqichlar) – ikkinchi tartib konsumentlarning oziq manbayiga aylanadi. Go‘shtxo‘r hayvonlar uchinchi tartib konsumentlar yoki yirik yirtqichlar (ikkilamchi yirtqichlar) tomonidan iste’mol qilinadi Ba’zan oziq zanjirlari detritdan boshlanadi. O‘lik organik modda – detritdan boshlanadigan zanjir detrit tipidagi oziq zanjir deyiladi. Bunday zanjirda nobud bo‘lgan o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar yoki bakteriyalarning organik moddalari detritofaglar tomonidan o‘zlashtiriladi, ular esa, o‘z navbatida, yirtqichlarning o‘ljasiga aylanadi  Suv havzalari oziq zanjiriga misol: fitoplankton (suvo‘tlari) → zooplankton (dafniya, sikloplar) → baliq chavoqlari (qizilko‘z baliq) → yirtqich baliq (cho‘rtan, olabug‘a). Oziq zanjirining oxirida o‘lik organik moddalarni anorganik moddalarga aylantirib beradigan redutsentlar joylashadi. Tabiiy jamoalar turlar tarkibi jihatdan tubdan farq qilsa- da, trofik strukturasi bo‘yicha o‘xshash bo‘ladi: ular asosiy ekologik komponent – produtsentlar (avtotroflar), turli tartib konsumentlari va redutsentlar (geterotroflar)dan tashkil topadi.