logo

Moslashish tabiiy tanlanish natijasi ekanligi. Urg’ochi va erkak organizmlar geterogametali bo’lganda jins bilan birikkan holda belgilarning irsiylanishiga doir masalalar yechish

Yuklangan vaqt:

16.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

998.888671875 KB
MOSLASHISH TABIIY TANLANISH NATIJASI EKANLIGI. URG’OCHI VA ERKAK ORGANIZMLAR GETEROGAMETALI BO’LGANDA JINS BILAN BIRIKKAN HOLDA BELGILARNING IRSIYLANISHIGA DOIR MASALALAR YECHISH REJA: 1. Moslashish tabiiy tanlanish natijasi ekanligi. 2. Urg’ochi va erkak organizmlar geterogametali bo’lganda jins bilan birikkan holda belgilarning irsiylanishi. 3. Jins bilan birikkan holda belgilarning irsiylanishiga doir masalalar echish. MOSLASHISH TABIIY TANLANISH NATIJASI EKANLIGI. Tabiiy tanlanish  - organizmlar evolyutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Tabiiy tanlanish haqidagi taʼlimot Ch. Darvin tomonidan yaratilgan (1858— 59). Olimning fikricha, Tabiiy tanlanish — yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning esa qirilib ketishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi va moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Irsiy oʻzgaruvchanlik Tabiiy tanlanishning taʼsiri uchun zarur zamin hisoblanadi. TABIIY TANLANISH Tabiiy tanlanish ning bevosita natijasi esa organizmlarning tashki muxitning muayyan sharoitiga moslanishi mukammallashishidan iborat. Tabiiy tanlanish tufayli organizmlar xilma-xilligi orta boradi progressiv evolyutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi ham mukammallashib boradi; muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar nobud boʻladi. TABIIY TANLANISH Tabiiy tanlanish haqidagi Ch. Darvin konsepsiyasi S. S. Chetverikov, R. Fisher, S. Rayt, I. I. Shmalgauzen, J. Xoldeyn, F. G. Dobrjanskiy va boshqa olimlarning ishlarida yanada rivojlantirildi. Tabiiy tanlanishning genetik mohiyati populyatsiyada ixtisoslashgan muayyan genotiplarning saqlanib, genlarning keyingi avlodga uzatilishida tanlanib ishtirok etishidan iborat. Tabiiy tanlanish alohida olingan fenotipga yoki genga taʼsir etmaydi, balki genotipning tashqi muhit bilan oʻzaro taʼsiri natijasida shakllanadigan (qarang Genotip) muayyan fenotip (tirik organizmning barcha belgilari yigʻindisi)ga taʼsir qiladi. TABIIY TANLANISH Tabiiy tanlanish organizmlar oʻzgaruvchanligining bevosita sababchisi boʻlolmaydi, lekin mutatsiyalarning tezligi va yoʻnalishiga taʼsir koʻrsatadi. Bu jarayon Tabiiy tanlanishning ijodiy roli deyiladi. Tabiiy tanlanish taʼsiri yirik populyatsiyalarda aniq bilinadi. Populyatsiyadagi individlar sonining kamayib borishi bilan tasodifiy omillarning ahamiyati ortib boradi. Tabiiy tanlanish ayrim organizmlarga taʼsir qilish (individual tanlanish) bilan birga organizmlar guruhiga ham taʼsir koʻrsatadi (guruhli tanlanish). Bu jarayon alohida organizm uchun foydasiz, lekin ular guruhi uchun foydali boʻlgan belgilarning saqlanib qolishiga imkon berishi mumkin.  TABIIY TANLANISH Shu tariqa yuksak hayvonlarda altruistik belgilar shakllanadi, mas., qushlarning qichqirigʻi ularning oʻzini dushmanga oshkora qilib qoʻyganidan ayrim individga zararli boʻlsada, xavf toʻgʻrisida ogohlantiruvchi signal boʻlgani tufayli turning boshqa individlari uchun foydali hisoblanadi. Tabiatda Tabiiy tanlanish bir necha yoʻnalishda taʼsir qiladi va har xil natijaga olib keladi. Shuning uchun Tabiiy tanlanish harakatlantiruvchi tanlanish, dizruptiv tanlanish, turgʻunlashtiruvchi tanlanish, jinsiy tanlanish kabi xillarga ajratiladi. Antidarvinizmga mansub turli konsepsiyalar Tabiiy tanlanish ni evolyutsiyaning asosiy omili sifatida tan olishmaydi. TABIIY TANLANISH Tabiiy tanlanish   nasldan naslga  oʻta oluvchi foydali  belgilarning   organizmlar  populatsiyasi  avlodlarida   yo’nailishi va zararli belgilarning kamayishiga sabab boʻluvchi jarayondir. Tabiiy tanlanish  fenotip  orqali ishlaydi, yaʼni yashab qolib, nasl qoldira oluvchi organizmlar fenotipi (foydali fenotip) kengroq tarqalib, shu populatsiyadagi boshqa organizmlar fenotipini siqib chiqaradi. Agar bu fenotiplar  genetik  asosga ega boʻlsa, tegishli  genotipning  keyingi avlodlardagi chastotasi oshadi. Vaqt oʻtishi bilan bu jarayon organizmlarning muayyan  ekologik omillar  uchun  moslashishi , va alal-oqibat  yangi turlar kelib chiqishiga  olib kelishi mumkin. TABIIY TANLANISH harakatlantiruvchi stabillashtiruvchi dizruptiv STABILLASHTIRUVCHI TANLANISH Bu tanlanish populatsiyaning o‘zgaruvchanligini kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi. Har bir populatsiyaning hayoti muhitga bog‘liq. U yashab qolish uchun doim muhit sharoitiga moslanishi kerak. Agar bir necha bo‘g‘in mobaynida yashash sharoiti o‘zgarmasa, u holda populatsiya – yuqori moslanish darajasiga ega bo‘ladi va tabiiy tanlanish o‘zgaruv chanlikni stabillashtirish tomonga yo‘naltiradi. Muhitga yaxshi moslashgan, o‘rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o‘zgargan organizmlar Fenotipi keskin o‘zgar gan formalarning halokatga uchrashi tabiiy populatsiyalarda bir necha bor kuzatilgan. STABILLASHTIRUVCHI TANLANISH Masalan, G. Bempes tomonidan chumchuqlar ustida o‘tkazilgan kuzatishni olish mumkin. U qattiq qor bo‘ronidan so‘ng chalajon chumchuqlarning 132 tasini daladan laboratoriyaga olib kelgan. Ularning 72 tasi tirilgan. Bempes o‘lik va tirik qolgan chumchuqlarning qanotini o‘lchab ko‘rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining uzunligi o‘rtacha, nobud bo‘lgan chumchuqlarniki esa normadan uzun yoki kalta bo‘lgan, binobarin, qanotlari o‘rtacha uzunlikda bo‘lgan formalar bo‘ron paytida tirik qolganligi, normadan o‘zgargan chumchuqlar nobud bo‘lganligi aniqlangan. STABILLASHTIRUVCHI TANLANISH Hasharotlar yordamida changla na di gan o‘simliklar gulining yirik-maydaligi va shakli, shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar gulinikiga nisbatan o‘zgarmas. Hasharotlar yorda mida changlanadigan gullarning tuzilishidagi turg‘unlik o‘simliklar va ularni changlatuvchilarning birgalikdagi evolutsiyasi bilan bog‘liq. Qush bolalarining soni bilan ota-ona keltirgan oziq o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Chug‘urchuq uyasiga eng ko‘pi bilan 5 ta tuxum qo‘yadi. Agar 5 tadan ortiq qo‘ysa, oziq yetishmasligi bolalarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 1-RASM. STABILLASHTIRUVCHI TANLASH 2-RASM. STABILLASHTIRUVCHI TANLANISH A) LATIMERIA; B) GATTERIYA STABILLASHTIRUVCHI TANLANISH Stabillashtiruvchi tanlanish ta’siri odamlarda ham uchraydi. Normal odamlar hujayrasida 44 ta autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma borligini bilasizlar. Agar ayolning urug‘langan tuxum hujayrasida 44 ta autosoma va bitta Y xromosoma bo‘lsa, boshqacha aytganda X xromosoma yetishmasa, u holda homila ona qornida 2–3 oydan so‘ng rivojlanmay qoladi va tabiiy abort ro‘y beradi. Belgilari o‘rtacha darajada yoki unga yaqin darajada bo‘lgan individlarning saqlanishiga qaratilgan tanlanish stabil lash tiruvchi tanlanish deyiladi. Gatteriya, gingko biloba, latimeriya kabi organizmlar o‘zgarmas muhit sharoi tida saqlanib qolganligi stabillash tiruvchi tan lanishning natijasidir. HARAKATLANTIRUVCHI TANLANISH Tabiiy tanlanishning bu turi populatsiyadagi irsiy o‘zgaruvchanlik chegarasini ken gay - tiradi. Harakatlanti ruvchi tanlanish o‘zgargan muhit sharoitida eski reaksiya normasi o‘rniga yangi reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustahkamlaydi. Buning oqibatida kelgusi bo‘g‘inlarda oldingi bo‘g‘inlarning normadagi fenotipidan keskin farq qilgan yangi fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o‘rniga yangi muhit sharoitiga moslashgan individlar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. 3-RASM. HARAKATLANTIRUVCHI TANLANISH HARAKATLANTIRUVCHI TANLANISH Darvin besh yillik safar chog‘ida kuchli shamol tez-tez bo‘ladigan okean orollarida uzun qanotli hasharotlar kam, rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlarning ko‘pligini uchratgan. Olimning izohlashicha, bunday orollarda qattiq shamol bo‘lishi tufayli normal qanotli hasharotlar unga bardosh bera olmasligi sababli shamol ularni uchirib, halok etgan. Mutatsiyalar oqibatida kelib chiqqan rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlar mutlaqo havoga ko‘tarilmay, turli yoriq, kavaklarga yashirinib olganlar. Bu jarayon ko‘p ming yillar davom etishi tufayli irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish okean orollarida hasharotlarning normal qanotlilarning kamayishiga, rudiment qanotli va qanotsiz individlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Organizmlarning yangi belgi-xossalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy tanlanish xili harakatlantiruvchi tanlanish deb ataladi. HARAKATLANTIRUVCHI TANLANISH Ba’zi bir qushlar, hasharotlar qanotining, tuyoqlilarda yon barmoqlarning, g‘orlarda yashovchi hayvonlarda ko‘zning, parazit o‘simliklarda ildiz va bargning yo‘qolishi harakatlantiruvchi tanlanish ta’siri natijasidir. Muhit sharoitining asta-sekin o‘zgarishi tufayli tabiiy tanlanishning bu turi fenotip va genotip jihatdan yangi formalarni hosil qiladi. HARAKATLANTIRUVCHI TANLANISH U yangi turlarning paydo bo‘lishi va organik olamdagi evolutsiya jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi. 4-rasm. Ot evolutsiyasi – harakatlantiruvchi tanlanish natijasidir. DIZRUPTIV TANLANISH Ba’zi hollarda muayyan joyda tarqalgan bir tur ga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq indi vidlar guruhi uchrashi mumkin. Bu tabiiy tanlanishning yana bir alohi da shakli bo‘lgan dizruptiv tanlanish natijasidir. Chunonchi, ikki nuqtali tugmachaqo‘ng‘izida mavsumiy polimorfizm hodisasini ko‘rish mumkin. Bu qo‘ng‘izning qoramtir va qizg‘ish, qattiq qanotli formalari uchraydi. Qizg‘ish qanotlilar qishda haroratning pasayishi tufayli kam nobud bo‘lib, yoz oylarida kam nasl beradi. Aksincha, qoramtir qanotli formalilar qishda past haroratga bardosh berolmay ko‘proq nobud bo‘ladi va yoz oylarida esa ko‘p nasl beradi. Demak, yilning turli fasliga moslashish orqali bu ikki xil tugmachaqo‘ng‘iz guruhlari o‘z naslini saqlab kelmoqda. MOSLANISH Moslanish bu – organizmlarning ichki va tashqi tuzilishi, organlar funksiyasi, xulq-atvori va hayot tarzining muayyan yashash muhiti sharoitiga mos kelishidir. Barcha tirik organizmlarda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos moslanish belgilari ularning o‘zi yashab turgan muhitda yashab qolishi, yashash uchun kurashda g‘olib chiqishi, normal nasl qoldirib o‘z belgilarini kelgusi avlodlariga uzatishlari uchun imkon tug‘diradi. Moslanish organizmlarning yashovchanligi, raqobatchanligi va normal nasl qoldirishi bilan uzviy aloqadordir. MOSLASHISH Yashovchanlik deganda organizmlarning o‘zi tarqalgan muhitda genotipini keskin o‘zgartirmagan holatda normal yashashi tushuniladi. Raqobatchanlik organizmlarning o‘lik va tirik tabiat, shu jumladan, oziq topish, boshqa jins bilan qo‘shilish, yashash joyini egallashdagi qarshiliklarni yengishidir. Nasl qoldirish esa organizmlar urchishining normal kechishi bilan bog‘liq. Moslanishning bu uch komponenti o‘zaro bog‘liq bo‘lib, tabiiy tanlanish orqali tarkib topgan evolutsion natija hisoblanadi. Tashqi muhit sharoitlari turli-tuman bo‘lganligi sababli, organizmlardagi moslanish belgilari ham xilma-xil bo‘ladi. MORFOLOGIK MOSLANISHLAR Tashqi muhit omillari ta’siri natijasida orga nizm lar tana tuzilishida shu muhitga mos xususiyatlar paydo bo‘ladi. Masalan, qushlarda tana shakli havo muhitida baliqlarning tana shakli suv muhitida yashashga yordam beradi HAYVONLARDAGI MORFOLOGIK MOSLANISHLARGA himoya rangi chalg‘ituvchi rangmaskirovka HIMOYA RANGI. Ko‘pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi o‘zi yasha yot gan muhit rangiga mos bo‘lgani uchun ko‘zga kam tashlanadi (qum rangiga mos). toshbaqa ilonlar kaltakesak HIMOYA RANGI Shimoliy o‘lka hayvonlari oq rangda ayiq kuropatka tulkilar HIMOYA RANGI kvaksha beshiktervatar ninachilar HIMOYA RANGI. Agar muhit rangi fasllarga qarab o‘zgarsa, u holda hayvonlar rangi ham o‘zgaradi. Masalan, Yevropaning o‘rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon, kuropatka, gornostay qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo‘ladi. MASKIROVKA. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofi dagi barg, novda, kurtak, o‘simliklarga o‘xshash bo‘ladi. Chunonchi, chupchik degan hasharot rangi va shakli ingichka novdani, ninabaliq suvo‘tlarini, dengiz paxmoq otchasi deb ataluvchi ba liq suv o‘simliklarini eslatadi (1-rasm). Ayrim ikki pallali molluskalar shakli suv o‘sim liklarining kurtaklariga o‘xshash bo‘ladi. Malayada tarqalgan kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi. E’tiboringiz uchun raxmat!