logo

Biosfera va noosfera ta’limoti, biosferaning tarkibi, chegaralari, modda aylanishi va funksiyasi

Yuklangan vaqt:

10.05.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

14774.5 KB
Biosfera va noosfera ta’limoti, biosferaning tarkibi, chegaralari, modda aylanishi va funksiyasi Reja : 1 . Biosfera. Biosferada hayotning taqsimlanishi va uning chegaralari 2. Tabiatda moddalarning aylanishi 3. Suvning tabiatda aylanishi 4. Azotning tabiatda aylanishi 5. Uglerodning tabiatda aylanishi 6. Noosfera – biosferaning yangi sifat holati. Biosfera haqida tushuncha. Biosfera atamasini birinchi bo’lib 1875-yilda avstryalik geolog “Eduard Zyuus” Yerda hayot paydo bo’lgandan boshlab, uzoq tarixiy davrlar davomida u rivojlanib kelmoqda. Yerning tirik organizmlar va biogen cho’kindi to jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik Vernandskiy V.I (1920) Biosfera (grekcha – “bios” – hayot, “sfera”- shar) deb nomlagan. Biosferaning hosil bo‘lishida abiotik, biotik va noobiotik bosqichlar ajratiladi. Abiotik bosqichda (4,5-3,5 mlrd. yil oldin) sayyorada hayotning vujudga kelishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yuzaga kelgan. Biotik bosqichda (3,5 mlrd. yil oldin) dastlabki tirik organizrnlar suv muhitida paydo bo‘lgan. Biosferada hozirda 500 mingga yaqin o‘simlik turlari va 1,7 mln.dan ortiq hayvon turlari mavjuddir  Biosferaning chegaralari Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitga o'ta chidamli bakteriyalar, zamburug'lar, moxlar va paporotniklarning sporalari uchraydi. (Ular aeroplankton deyiladi). Kapalaklar, o'rgimchaklar va ba'zi qushlar 6—7 km gacha ko'tarilishi kuzatilgan. Gidrosferani ok е anlar, dengizlar, ko'llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. Gidrosfera Yer kurrasining 7 1 foizga yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosf е raning hamma qismida, hatto eng chuqur — 11 km gacha bo'lgan joylarida uchraydi. Litosferada hayot Lining yuqori qatlamlarida, 3—4 km chuqurlikkacha masofada tarqalgan. Missisipi daryosi havzasidan neft quduqlari kavlanganda 7,5 km chuqurlikda anaerob bakteriyalar topilgan. . Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar biogen elementlar deyiladi. Biogen elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe, Mg, Cu, Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi. Bular orasida C, H, O, N, S, P eng muhim elementlar hisoblanadi Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig`indisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb atagan. Organizmlar tirik massasining 99,9% i 14 ta ximiyaviy element tashkil qiladi va yer sharining tuzilishini tarkibini ham 98,9% i shu elementlarga to’g`ri keladi. Shunday qilib hayot bu yer sharining ximiyaviy ishlab chiqarish mahsulidir. Tirik organizmlarda Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha elementlar uchraydi.        V.I.Vernadskiy ta’limoti bo’yicha biosferaning quyidagi tarkibiy qismlari ajratiladi:  tirik modda(biota )-barcha tirik organizmlarning yigʼindisi;  oʼlik modda- hosil boʼlishida tirik organizmlar qatnashmaydigan togʼ jinslari, suv, minerallar va boshqalar;  biogen moddalar -organizmlar hayot faoliyati mahsuli sifatida hosil boʼlgan koʼmir, torf, neftь, gaz va boshqalar;  oraliq modda -biogen moddalarning noobiogen kelib chiqqan mineral jinslar bilan aralashmalari-tuproq, slanetslar va boshqalar. SO 2 gazi bir necha yilda tashqariga chiqadi. Atmosfera isib bormoqda. Metan SO 2 ga nisbatan 20 marotaba zararliroq issiqxona gazi hisoblanadi. Iqlimiy o‘zgarishlarning ta’siri qutblarda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Suv isishi jarayoni tezlashib bormoqda. Yer shari qutb qopqog‘ining qalinligi so‘nggi 40 yilda 40% ga kamaygan. Grenlandiyada o‘rtacha harorat oshib bormoqda. Grenlandiya muzliklari Yer ichimlik suvi zaxiralarining 20 % ini tashkil etadi. Agar ular erisa, suv sathi 7 metrga ko‘tariladi.   Biz o‘zimiz Yer yuzining ko‘rinishini o‘zgartirmoqdamiz. Yomg‘irlar sikllari o‘zgardi. Iqlim geografiyasi o‘zgarmoqda. So‘nggi 15 yil davomida o‘rtacha harorat eng yuqori ko‘rsatkichka yetdi. Shuningdek, bunday o’zgarishlar tez sodir bo’lmoqda. Yer sharidagi namtropik o’rmonlar “sayyoramizning o’pkasi” hisoblanib, atmosfera havosidagi kislorod muvozanati aynan mana shu o’rmonlar yordamida saqlanib turadi. XX asrning o’rtalaridan to 70-yillargacha dunyodagi o’rmonlar maydoni ikki barobariga (50 mln. km 2 dan 25 mln. km 2 gacha) qisqardi.  Yiliga yer yuzidan 13 mln. ga. O‘rmonzor yo‘qolib ketadi.  Amazoniya o‘rmonlari oxirgi 40 yilda 20%ga qisqargan. Tasavvur qiling, tanangiz 20% qisqarib qolsa. Yer yuzida 2 mlrd.dan ortiq aholi toshko‘mirdan foydalanadi. - ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 %i an’anaviy uglevodorod xomashyosi asosida ishlab chiqariladi.   - tabiiy boyliklarning 80% i 20 % aholi tomonidan iste’mol qilinadi. Bir dona reaktiv samolyot Amerikadan Evropaga uchib kelguncha 50-100 CO 2 yoqadi, shuncha miqdordagi kislorodni 10 ming ta o’rmon bir kunda ishlab chiqaradi. Sayyoramizda suv nihoyatda ko’p lekin 100 litr subning 97 litr sho’r suv, 3 litr esa chuchuk buning ham 2 litri Arktika va Antraktida muzliklarida zaxira holda etibdi. Shunday foydalanib borilsa, 2100 yilda chuchuk suv zaxiralari inson tomonidan ishlatilib bo’linadi. 2230 yilda sayyoraning suv zahirasi tugaydi. Er sharidagi umumiy maydonning atigi 11% idan qishloq xo’jaligida foydalanialdi. Keyingi 100 yil ichida erroziya tufayli 2 mlrd.ga unumdor er yo’qotiladi. Ba’zi olimlarning hisob kitoblariga ko’ra 2500 yilga erda barcha metall zaxiralari tugaydi. Sanoatning jadal rovojlanishi er yuzasi iqlimiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Yirik shaharlarda qishgi harorat atrofdagi qishloqlardan 3-4 0 yuqori. 1 mlrd. aholi sanitar normalariga binoan xavfsiz ichimlik suviga ega emas. Har kun dunyoda 5000 kishi ifloslangan ichimlik suvidan foydalanish oqibatida olamdan ko‘z yumadi. 2025 yilga qadar suv tanqisligidan 2 mlrd. aholi aziyat chekish ehtimoli bor. Noosfera – biosferaning yangi sifat holati . Biosfera to'xtovsiz rivojlanib, shakllanib kelayotgan ekan unda insonning roli juda katta. Biosferada inson faoliyati tufayli turli ijobiy va salbiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Inson o'z mehnatini engillashtirish maqsadida yaratgan texnika vositalari, biosfera tarkibida texnosferani hosil bo'lishiga sabab bo'ldi. Bu esa o'z navbatida atrof muhit holatini salbiy tomonga o'zgartirdi. Ekologik ongning shakllanishi natijasida ekologik madaniyat tarkib topadi. Demak kishilarning biosferadagi ekologik muvozanatni tiklashga harakat qilishlari ongli harakat hisoblanadi. Akademik V.I.Vernadskiy ta'biricha ongli harakat sohiblari noosferani tashkil etadi. Noosfera-ong, fikr, sfera-shar degan ma'nolarini bildiradi. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi. U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qayta bunyod qiladi.  Foydalanilgan adabiyotlar  Tursunov X. T., Rahimova T. U. Ekologiya “Chinor ENK” T., 2006 – 152 b.  Sultonov R. S. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. T., “Musiqa”, 2007 – 234 b.  « Охрана окружающей среды » - M.: 2002  Ergashev A., Ergashev T., Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., “Yangi asr avlodi”, 2005 – 430 b.  Internet manbalari:  www.arxiv.uz  www.uznature.uz  www.econews.uznature.uz