logo

Matritsalar haqida tushuncha determinantlar nazariyasi elementlari yuqori tartibli determinant

Yuklangan vaqt:

09.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

398.630859375 KB
MAVZU: Matritsalar haqida tushuncha determinantlar nazariyasi elementlari yuqori tartibli determinant Matritsaga doir asosiy tushunchalar. Matritsalar ustida amallar. O'rin almashtirishlar. Determinantning ta'rifi Ikkinchi va uchinchi tartibli determinantlar. Determinantning xossalariReja:1B  Ta’rif. Matritsa deb m ta satr va n ta ustunga ega boʻlgan qavslar ichiga olingan toʻrtburchakli sonlar jadvaliga aytiladi. Matritsalar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi. Masalan: Matritsani tashkil qilgan sonlar uning elementlari deyiladi. Matritsa oʻlchami m*n kabi yoziladi.Matritsaning i-satr, j -ustun kesishmasidagi element kabi belgilangan. Demak, 3-satr va 4 - ustin kesishmasida joylashgan elementdir. ( 1xn ) oʻlchamli matritsaga satr matritsa, ( mx1 ) oʻlchamli matritsaga esa ustun matritsa deyiladi, ya’ni Har bir elementi nolga teng boʻlgan, ixtiyoriy oʻlchamli matritsaga nolmatritsa deb aytiladi va quyidagi koʻrinishda boʻladi: Ta’rif. A va B matritsalar bir xil oʻlchamga ega boʻlib, ularning barcha mos elementlari oʻzaro teng boʻlsa, bunday matritsalar teng matritsalar deyiladi va A= B koʻrinishda yoziladi. MISOL: Quyidagi matritsaviy tenglikdan x va y noma’lumlarning qiymatlarini toping: Yechish.Matritsalarning mos elementlarini taqqoslab quyidagi tengliklarni hosil qilamiz: Ta’rif. A matritsaning ustunlari soni B matritsaning satrlari soniga teng boʻlsa, A matritsa B matritsa bilan zanjirlangan matritsa deyiladi. matritsalar zanjirlangan matritsalar boʻladi. A matritsaning oʻlchami 3x3 ga, B matritsaning oʻlchami 3x2 ga teng. Shuni ta’kidlash lozimki B va A matritsalar zanjirlangan emas. Chunki, B matritsaning ustunlari soni 2 ga, A matritsaning satrlari soni 3 ga teng boʻlib, oʻzaro bir xil emas. Ta’rif. Ham satrlar soni,ham ustunlar soni n ga teng boʻlgan, ya’ni nxn oʻlchamli matritsa n - tartibli kvadrat matritsa deyiladi. matritsa 4-tartibli kvadrat matritsadir.  n -tartibli determinant det(A), | A| yoki kabi belgilanadi Oʻrinlashtirish va oʻrin almashtirishlarning xossalariga asosan, bu ta’rifdan 1) n -tartibli determinant n! ta hadning yig‘indisidan iborat; 2) bu yig‘indining har bir hadi matritsaning turli satrlari va turli ustunlarida joylashgan n ta elementi koʻpaytmasidan iborat; 3) yuqorida aytilgan koʻpaytmalarning yarmi ( n!/ 2 tasi) oʻz ishorasi bilan, qolgan yarmi qarama-qarshi ishora bilan olingan.