logo

Boshlang’ich sinf matematika kursida uchraydigan tipik masalalarning tasnifi. O’rta arifmetik sonni topishga doir masalalar

Yuklangan vaqt:

02.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

636.4443359375 KB
BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA KURSIDA UCHRAYDIGAN TIPIK MASALALARNING TASNIFI. O’RTA ARIFMETIK SONNI TOPISHGA DOIR MASALALAR. IKKI SONNING YIG’INDISI (YOKI AYIRMASI)GA KO’RA SHU SONLARNI TOPISHGA DOIR MASALALAR. REJA: 1. Masala tushunchasi va ular ustida ishlash metodikasi 2. Tipik arifmetik masalalarning asosiy turlari. 3. O’rta arifmetik sonni topishga doir masalalar. 4. Ikki sonning yig’indisi (yoki ayirmasi)ga ko’ra shu sonlarni topishga doir masalalar. Masala tushunchasi deyilganda— umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va oliy oʻquv yurtlarida oʻquvchilarga, talabalarga muayyan fanlardan bilim berish, bilimlarni mustahkamlash, tekshirish va ularda koʻnikmalar hosil qilish metodlaridan biri tushuniladi. Masala — muayyan bilim va tafakkur asosida hal qilinishi lozim boʻlgan narsa, muammo. Masalani yechish o’quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini, keng dunyoqarashni, ijodiy tashabbuskorlik harakatlarini, fahm-farosatlarini, ziyraklik, sezgirlik qobiliyatlarini o‘stiradi va ularda amaliy zarur mahorat va malakalar hosil qiladi. Matematik masalalar asosan sonlar, miqdorlar, munosabarlar va ularga mos bo‘lgan qisqa hayotiy voqealarni qamrab olib, ularni so‘z bilan ifodalaydi.Matematik masala deb ikki yoki bir necha sonli ifoda ustida amal bajarib, yangi bir sonli ifodani topishga aytiladi. Agar masala bitta amal bilan yechilsa u sodda masala deyiladi Masala bittadan ortiq amal bilan yechilsa, bunday masalaga tarkibli (murakkab) masala deyiladi. Asrlar davomida buyuk allomalar masala va uning mohiyati haqida ajoyib fikrlarni aytib qoldirganlar. 1) Arifmetika fikrlash maktabidir, shuning uchun masalalarni arifmetik usulda yechish o‘z qiymatini yo‘qotmaydi.(I.Ya.Depman) 2) Algebrani o‘rganayotgan kishiga, uch-to‘rt masalani bir usulda yechgandan, bitta masalani uch- to‘rt usulda yechish foydaliroqdir. Bitta masalani turli metodlar bilan yechib, taqqoslash yo‘li bilan qaysi biri qisqa va samarali ekanini aniqlash mumkin. Tajriba shunday orttiriladi (U.U.Soyer) 3) O‘rganayotgan masalangizni iloji boricha qismlarga va yechishni osonlashtirish uchun, ularni necha qismga ajratish zarur bo‘lsa, shuncha qismga ajrating (R.N.Dekart) 4) Sodda va yengil masalalardan ko‘ra, qiyin va murakkab masalalarni yechish qiziqarliroqdir (Ye.O.Platon) 5) Masalani tushunishgina yetarli emas, uni yechish uchun istak ham zarur. Kuchli istaksiz qiyin masalani yechib bo‘lmaydi, u bo‘lganida esa mumkin. Istak bo‘lsa yo‘li topiladi (D. Poya) 6) Yolg‘iz aqlning o‘ziga suyanib har qanday masalani hal qilaman deb bekorga urinmang; tabiiyotdan so‘rang, tabiiyot hamma sirlarni o‘zida saqlaydi, u sizning savolingizga albatta va qoniqarli javob berajak (N.I.Lobachevskiy) 7) Yirik ilmiy yangilik yirik muammoning yechimini beradi. Har qanday masala yechimida ham yangilik zarrasi mavjud (D.Poya)27 0E 2B 06 17 25 3026 090D 34 25 36 1A 35 38 06 1A 3B26 0E02 O‘quvchilarga, talabalarga masala ustida ishlashlari bo‘yicha quyidagicha eslatma berish maqsadga muvofiq: 1.Masalani diqqat bilan o‘qing va masaladagi har bir sоn nimani bildirishini o‘ylab ko‘ring. Masalada aytilayotgan hоlatni fikran tasavvur qilib ko‘ring. 2.Agar masala murakkab bo‘lsa, uning shartini qisqacha yozing,uni qismlarga ajrating, unga оid sxema yoki rasm chizing. 3.Masalani ikkinchi marta o‘qing va uni ichingizda so‘zlab bering. 4.Masalaning savоliga javоb berish uchun nimani bilish kerakligini o‘ylab ko‘ring va h.k. Masalaga an’anaviy yondashish usuli: Tayyor masala shartlarini tahlil qilish Masala yechilishining usulini aniqlash Yechish jarayoni Olingan natijani etalon javob bilan formal solishtirish. Masalaga muammo sifatida yondashish usuli (Poyya tizimi, Singapur): Muammoli vaziyatni tahlil qilish Muammo qo‘yilishi Yetmaydigan ma’lumotlarni izlash va gipotezalarni (ilmiy tahminlarni) shakllantirish Gipotezalarni tekshirish va muammoli vaziyatga oid yangi bilimlarga ega bo‘lish Muammoni masalaga aylantirish Masala yechilishining usulini izlash Yechish jarayoni Olingan natijani tekshirish Yechimning to‘g‘riligini asoslash. Adabiyotlarda “masala”, “arifmetik masala” ”sodda arifmetik masala”, “murakkab arifmetik masala” tushunchalari bilan bir qatorda “tipik arifmetik masala” tushunchasi ham mavjud. Murakkab matnli masalalar ichidan bir xil ketma-ketlikda bajariladigan va bir xil amallar bilan yechiladigan qator masalalar mavjud. Bunday masalalarni bir turdagi masalalar deb aytish mumkin. Lekin ba’zi muhim belgilarga ega bo‘lgan murakkab masalalarni metodika kursida tipik arifmetik masalalar tarzida qabul qilingan 1-tip: O’rta arifmetik sonni topishga doir masalalar. 3-tip Ikki yoki bir necha sonni ularni yig’indisi (yoki ayirmasi) va karrali nisbatidan topishga doir masalalar. 9-tip:Vaqtni hisoblashga doir masalalar. 8-tip: Faraz qilishga doir masalalar.7-tip: Almashtirish usuli bilan yechiladigan masalalar. 6-tip: Tenglash usuli bilan yechiladigan masalalar.5-tip: Ayirish yo’li bilan no’malum miqdorni yo’qotishga doir masalalar. 4-tip: Ikki miqdorning ayirmasiga noma’lumni topishga doir masalalar. 2-tip: Ikki sonning yig’indisi (yoki ayirmasi)ga ko’ra shu sonlarni topishga doir masalalar. 12-tip:Sonning kasrini topishga va kasrga ko’ra sonning o’zini topishga doir masalalar. 11-tip: Harakatga doir masalalar. 10-tip: Yuzlarni va hajmlarni hisoblashga doir masalalar. 13-tip: Birgalikda ishlashga doir masalalar 14-tip: Proportsional miqdorlarga doir yoki uchlik qoidasiga asoslangan masalalar. Boshlang’ich sinflarda matematikadan tipik masalalar: O’rta arifmetik sonni topishga doir masalalar. Ta`rif : bir necha son ( ikki va undan ortiq ) ning o`rta arifmetik qiymati deb, shu sonlar yig`indisining sonlar soniga bo`linmasiga aytiladi. Yani, a 1 , a 2 , a 3 , ... a n sonlarning o`rta arifmetigi (a 1 +a 2 +a 3 +...........+a n ) : n ga teng. Masalan: 2, 5, 12, 7, 4 sonlarining o`rta arifmetigi quyidagicha topiladi. (2+5+12+7+4) : 5 = 30 : 5 = 6 1-topshiriq. 6,4,2 sonlarini qo`sh. Ularning yig`indisini 3 ga bo`l. Qanday son hosil bo`ladi? 2-topshiriq. 10 va 8 sonlari yig`indisini 2 ga bo`l. 3-topshiriq. 4 sonidan boshlab, 2 tadan oshib boruvchi 4 ta sonlar yig`indisini top. Yig`indini 4 ga bo`l. Qanday son hosil bo`ladi? 4-topshiriq. Ko`chat o`tqazishga chiqqan maktab o`quvchilari teng ikkiga bo`lindi. Har bir guruhda 8 o`quvchi ko`chat o`tqazishdi. Maktab o`quvchilarining 10 tasi o`g`il bola, qolgani qizlar. 1-masala. Kun davomida havo harorati har 3 soatda o`lchanib, quyidagi ma`lumotlarga ega bo`lindi: 18 0 , 21 0 , 19 0 , 22 0 , 23 0 , 26 0 , 24 0 , 23 0 . Ma`lumotlarga asosan, havo haroratining o`rtacha miqdorini aniqlang. 2- m a s a 1 a . Ahmad ota nabirasi bilan birinchi kuni 180kg, ikkinchi kuni esa 200 kg olma terdi. Ular bir kunda o‘rtacha necha kilogrammdan olma terganlar? Yechish. 1-savol. Ahmad ota va nabirasi hammasi bo‘lib necha kilogramm olma terdilar? 180 + 200 = 380 (kg). 2-savol. Ular jami necha kun olma terdilar? 1 + 1 = 2 (kun). 3-savol. Ular bir kunda o‘rtacha necha kilogramm olma terishgan? 380 : 2 = 190 (kg). Javob: 190 kg. Masala: Futbol komandasining 11 ta o`yinchisining o`rtacha yoshlari 20 ni tashkil etadi. Agar ularga murabbiyning yoshini qo`shib hisoblashsa, o`rta yoshlari 22 yoshni tashkil etadi.