logo

Rashod Nuri Guntekinning “Yashil kecha” romani (dars ishlanma)

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6284.6650390625 KB
BuxDu filologiya fakulteti o’zbek filologiyasi ta’lim yo’nalishi 3-bosqich “D” guruh talabasi Muhammadova Mahbubaning “ Adabiyot o’qitish metodikasi” fanidan “ ”Rashod Nuri Guntekinning “ Yashil kecha” romani” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishiBuxDu filologiya fakulteti o’zbek filologiyasi ta’lim yo’nalishi 3-bosqich “D” guruh talabasi Muhammadova Mahbubaning “Adabiyot o’qitish metodikasi” fanidan ”Rashod Nuri Guntekinning “ Yashil kecha” romani” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: Rashod Nuri Guntekinning “Yashil kecha” romani Reja: 1.Mashhur turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodi. 2.”Yashil kecha “romani sujeti 3.Xulosa Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad- o’quvchilar ongida Rashod Nuri va uning “Yashil kecha” romani haqida tushuncha hosil qilish, dunyoqarashlarini oshirish; tarbiyaviy maqsad -o’quvchilarda adabiyotga nisbatan hurmat hissini rivojlantirish. rivojlantiruvchi maqsad -o’quvchilarning asar voqealari yordamida mustaqil fikr bayon qila olishini ta’minlash; Darsni tashkil etish texnologiyasi: Metod : tushunchalar tahlili, ta’limiy o’yin Usul: induktiv Shakl: guruh Vosita: darslik,plakat,slayd Dars shiori : ”Adabiyot –inson tuyg’ulari tarbiyachisi.” Darsning jihozi :Doska ,bo’r, doska tozalagich,tarqatma materiallar, rasmlar va mavjud texnika vositalari Darsning borishi a)salomlashish b)navbatchi axboroti d) muhim sanalarni eslatish va bu kun haqida ma’lumot berish e) uyga vazifani so’rash f) o’tilgan mavzuni takrorlash g)Yangi mavzu tafsiloti Buyuklar unutilmaydi… Rashod Nuri Guntekin Rashod Nuri Guntekin (1892-1956; Turkiya) turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Istanbul universitetini tugatgan (1912). Dastlabki asarlari ( «Eski oshna», 1917; «Xanjar», 1918; «Sirli qo‘l», 1921 va b.)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri «Choliqushi» (1922) romanida turk qishloqlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan . «Tamg‘a» (1925), «Shafqat qiling», «Yashil tun» (1928), «Xazonrezgi» (1930) romanlarida zamonasining o‘tkir ijtimoiy masalalari, inson va jamiyat, yashashning ma’nosi kabi muammolarni ko‘tarib chiqadi. Guntekin 24 roman, 7 hikoyalar to‘plami, qator pesalar yozgan, 24 jildli asarlar to‘plami nashr etilgan (1958 — 61). U «Lev Tolstoy» monografiyasi (1933) muallifi. Guntekin asarlari ko‘p tillarga tarjima qilingan. «Choliqushi» (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va boshqa romanlari o‘zbek tilida nashr etilgan.   “ Yashil kecha” romani Yashil kecha Yashil kecha Asar sujeti Mashhur turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekinning bu asarida taraqqiyparvar ziyollilar hayoti aks ettirilgan.Boshlang’ich maktab o’qituvchisi Shohin afandi poytaxtdan yiroqdagi Saroiva qishlog’ida qoloq kishilar ongidagi sarqitlarni sidirib tashlab maktab o’quvchilarini yangi,ilg’or ,zamonaviy hayotga yetaklash uchun qattiq kurashga otlanadi.U o’z atrofidagi xalqparvar kishilar bilan birgalikda mansabparastlar ,johillar va ruhoniylar qarshiligini sindirishga erishadi. Shoxin afandi- bosh qahramon .Boshlang’ich maktab o’qituvchisi Kozim afandi- Komissar.Shoxin afandining ittifoqdoshi Najib tentak- Shoxinning do’sti.Mahkama muhandisi Ayub afandi- Muallimlar jamiyati a’zosi . Zuhti afandi- Muallimlar jamiyati mudarrisi.Shoxinning dushmani. Tolib bey- muallimlar jamiyati mudarrisi.Asar qahramonlari • Jobir Bey• Ayub afandi • Xoji Amin• Rahim domla Shoxin afandi Najib tentak Rasim afandiKomissar Kozim afandi Asar qahramonlarining xarakteriga ko’ra guruhlaymiz : -Salbiy -ijobiy 43 0C 25 0F 24 0C 44 44 0C  1926-yil, mart-sentabr oylari Barcha voqealar nuqtasi Shoxin ismli Dorilmualliminni tugatgan muallimning maorif nazorati qoshidagi boshlang’ich ma’lumot bo’yicha birinchi bo’lim mudiri Basribey oldiga kelishi ,undan Istanbuldek katta shaharda emas,balki Sariova singari kichik, ancha qoloq,poytaxtdan uzoqroq shaharda dars bermoqchigini aytgan kunidanoq boshlangan edi… Shoxin 25-30 atroflaridagi yigit bo’lishiga qaramay dunyoqarashi keng,yaxshi tarbiya ko’rgan, din ilmini ham chuqur o’rgangan yosh muallimlardan edi.Otasi yoshligida vafot etib, yolg’iz, qari kasalmand onasi uchun ishlar ,softalik qilar va uyma-uy yurib Ramazon oylarida zakot yig’ib yurardi.Qo’liga tushgan 3-4 so’mni onasiga yuborar,ko’proq pul yig’ib onasini oyoqqa turg’izmoqchi bo’lar edi.Ammo onasining o’limi uni bu ishlardan butunlay sovitdi.Garchi ona o’limini eshitib oddiy qabul qilgan bo’lsa- da,hayotdagi maqsadi yo’qoldi…  Sariovadek qoloq, madaniyatdan ancha yiroq bir qishloqda tub o’zgarishlar qilishni xohlagan Shoxinbek bu yerda anchayin qiyinchiliklarga duch keldi.Aholi ongiga o’rnashib olgan “ din va o’ch” kabi sarqitlardan ularni qutqarib, bolalarga dunyoviy ilmlarni o’rgatmoqchi bo’lgan Shoxinbey, Ayub afandi, Zuhti afandi va Tolib Bey singari muallimlar jamiyati a’zolarining tazyiqiga uchradi.Ular bilan qanday bo’lsayam kurashib eski bir diniy madrasa o’rnida “Amir dada “ maktabini tashkil etgan Shoxin afandiga bu yo’lda diyonatli va halol kishilar Rasim, Najib tentak, Kozim afandi singari ko’plab kishilar yordam berdilar. Yashil bayroq –davlat timsoli, yashil salla-din timsoli.Bu yerda barcha narsa yashil rangda.Hatto madrasa chiroqlari ham yashil rangda porlab turadi…Endigina o’zini tanigan bola borki, madrasa tahsiliga kirdimi tamom: boshida katta qilib o’ralgan salla( garchi bu oilalarni ortiqcha xarjga yetaklasa-da).Bola bo’lgani uchun ba’zida o’yin- o’yin salalarini tuproqga belab ,daraxtlarda unutib qoldiradigan bolalar ham uchraydi.Shoxin afandi bu bolalarga salla kiydirmaslik uchun,ular miyasini turli diniy sarqitlardan asramoq uchun ham “Amir dada “maktabida ko’pgina choralarni qo’lladi. Kaltafahm podsholar va o’zbilarmon softalarning Kichkina Hofiz bolaning ziyofatdagi o’limi, ta’ziyada onasining qonga belanib qilgan faryodlari,hammani qotillikda ayblagani,Rasim,Najib va Kozim singari ittifoqdoshlarining o’limi Shoxin Beyni hayot qiyinchiliklarini anglashga ,jirkanch,illatlarga nafratini yana bir karra oshirdi. Yunon bosqini butun Sariova qishlog’idagilarini,ziyoli kishilarni,Shoxinbeyning barcha orzularini va bukilmas g’ururini yakson qildi….  Najib tentakning Shoxinni fikridan qaytmas,o’tkir, aniq maqsadli kishi bo’lgani uchun “Lochin Bey”deya atashi ,yorqin kelajak tasvirini qog’ozga tushirgani,bir kun kelib Sariovada ham keraksiz, hatto nomi noma’lum madrasalar o’rnida teatr va maydonlar, yangi maktablar, parklar bo’lishini bashorat qilgani ular o’limida yillar o’tib haqiqatga aylandi.Yunon bosqini Shoxin Beyni salla o’rashga , diniy suralarni masjidlarda qayta-qayta takrorlashga majbur qilgan bo’lsa-da, u bukilgan g’ururi evaziga qanchalab oilalarni, askarlarni ,yosh bolalarni,Sariovani qutqarib qoldi.Sariovadan yunonlar bois badarg’a qilingan Lochin Bey 10-yildan so’ng bu mashmashalar tugab,”Yashil kecha” qorong’uliklari tugab,ona yurtiga qaytganida uni yosh avlod iliq kutib olishini kutgan, o’zi qurgan “Amir dada” maktabini yana boshqarishni xohlagan, Sariovani yana obod ko’rishni istgan edi.Ammo, endi bu yerda muhit o’zgacha, Shoxin Bey esa boshqacha kishi sifatida ( yunonlarga sotilgan kishi ) talqin qilinardi.  Bunday muomaladan ko ’ zi yoshga to ’ lgan Shoxin afandi endi butkul boshqa yerlarga yo ’ l olsa-da, Sariovani o ’ zgartirganidan, yashil sallarning yo ’ qolganidan , ” Amir dada ” ning kelajagini ko ’ rganidan, bu yerlik xalqni ma ’ rifat bilan oshno qilganidan xursand edi … Asarda juda keng hayot masalalari: insonlar ko’zini ko’r qilib qo’ygan boylik va dinga mutaasablik, buning natijasi o’laroq dunyoviy bilimlar qolib soxta diniy ta’limlarning bolalarga o’rgatilishi ,ularning guldek hayoti yoshligidanoq barbod qilinishi va Shoxin Afandining shularga qarshi kurashi tasvirlangan.Asar voqealari juda ta’sirchan,hayotiy ibratlarga boy. Shoxin afandi (Lochin Bey) butun umrini shu ezgulik yo’liga sarfladi.Bolalarni ilmni qilish uchun hatto kimning yodiga qurilgani aniq bo’lmagan bir maqbara o’rniga softalarning hiylasiga hiyla bilan javob qaytarib “Amir dada “maktabini qurdi.Unda bolalar erkin, qiynoqlardan xoli, sallalarsiz tehsil olishardi.Garchi urush, bosqinchilik harakatlari vaziyatni o’zgartirgan bo’lsa-da, ammo Shoxin Bey Saroivada kata inqilob qildi!  Yashil salla, yashil bayroq, yashil fonuslar …Tunni yashillikka burkagan bu rang dinning bir jonli aksi edi.Uni boshqarib turgan softalarning qilmishi tufayli mamlakat boshiga kulfatlar yog’ildi. “Yashil kecha” ning tugashi dinni niqob qilib olgan kishilar o’rniga ziyoli kishilarni , har tomonlama rivojlangan Sariovani dunyoga keltirdi. Har qanday qilingan yaxshilik bir kun o’z mevasini beradi… Asarning bosh g’oyasi nima? Asar qahramonlarini sanang? Asar nima uchun “Yashil kecha” deb nomlangan?Birga o’ynaymiz va fikrlaymiz! Uyga vazifa: Asar asosida ijodiy bayon yozing.Uyga vazifa: Asar asosida ijodiy bayon yozin g E’tiboringiz uchun rahmat!