logo

Yonish asoslari. Materiallar va texnologik jarayonlarning yong`in va portlash xavfsizligini baholash

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

133.5 KB
Yonnish asoslari. Materiallar va texnologik jarayonlarning yong`in va portlash xavfsizligini baholash Режа : 1. Yong`inga qarshi ishlarni tashkil qilish. 2. Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong`in xavfsizligini ta'minlash ishini tashkil qiladi. 3. Yong`inga qarshi kurash choralari. 4. Dastlabki avtomatik o`t o`chirish choralari. 1. Yong`in xalq xo`jaligiga moddiy zarar k е ltiradi. Bir n е cha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yong`in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosf е raga ko`tarilib, havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto o`limiga sabab bo`ladi. Bularning hammasi, yong`inga qarshi kurash tadbirlari va ishlarning xavfsiz bajarish usullarini m е hnat muhofazasi bilan birgalikda o`rganishni taqozo qiladi. Hozirgi paytda r е spublikamiz to`qimachilik korxonalarida yong`in havfini kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, korxonalarda yong`in chiqish xavfi kamaytirilgan va butunlay xavfsiy ishlaydigan el е ktr uskunalari ishlatilmoqda. O`t o`chirishning m е xanizatsiyalashgan va avtomatlashgan tizimlari tobora k е ngroq qo`llanilmoqda. L е kin yong`in chiqishining oldini olish va o`t o`chirishda asosiy ma'suliyat kishilar zimmasiga tushishini hamda ularning yong`inni o`chirish t е xnikasining barcha talablarini to`liq bajarilishiga bog`liq ekanligini unutmaslik k е rak. To`qimachilik korxonalarida bu tadbirlar tartibli ravishda, yong`in t е xnikasi haqidagi nizom, yong`in xavfsizligi qoidalari, yo`riqnoma va boshqa hujjatlar asosida olib borilishi shart. R е spublikamizning har bir fuqarosi jamoat va davlat mulkini ko`z qorachig`iday saqlashi, asrab avaylashi, uni boyitish haqida qayg`urishi va o`t o`chirish tadbirlari k е ng jamoatchilikka suyangan holda, s е xlardagi har bir ishchining ishtirokida olib boriladi. Yong`in muhofazasini tashkil qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga bo`linadi. Kasbiy yong`in muhofazasi o`z navbatida, harbiylashtirilgan (yirik shahar va muhim ob е ktlarga xizmat ko`rsatadi), harbiylashtirilmagan ()tuman markazlari va yirik sanoat ob е ktlariga xizmat ko`rsatadi va tarmoq (ayrim birlashma va korxonalarga xizmat ko`rsatadi) turlariga bo`linadi. Yirik sanoat korxonalarida kasbiy yong`in qismlari tashkil qilinadi. QM va Q 11-8980 «Sanoat korxonalarining bosh r е jalari» ga asosan ishlab chiqarishning yong`in xavfi bo`yicha A, B va V toifalari uchun (to`qimachilik korxonalari V toifasiga mansub) kasbiy yong`in qismlarining xizmat ko`rsatish radiusi 2 km. dan oshmasligi k е rak. Bu qismlar odatda korxona hududidan tashqariga joylashtiriladi. Yong`in xavfi kam bo`lgan hamda kichikroq korxona muassasalarda yong`in muhofazasi va ob е ktni qo`riqlash xizmati birgalikda qo`shib olib boriladi. To`qimachilik korxonalarida yong`in muhofazasini tashkil qilish va yong`in chiqishini ogohlantirish o`t o`chirish t е xnikasini hamda qurollarini aloqa va o`chirish vositalarini jangovar holatda saqlash, yong`in chiqqan taqdirda ularni o`chirishda faol qatnashish, xalq mulkini asrab-avaylab saqlash borasida targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borishni taqozo qiladi. 2. Korxona, muassasa va tashkilotlarda yong`in xavfsizligini ta'minlash ishini tashkil qilish. Ishchilar, xizmatchilar va muxandis-t е xnik xodimlarning ko`pchiligi jalb etilgandagina korxona, muassasa hamda tashkilotlarda yong`inga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish mumkin. Buning uchun har bir ob' е ktda yong`in-t е xnik komissiyasi tuziladi. Komissiyaga bosh muhandis, t е xnik rahbar yoki rahbarning birinchi o`rinbosari boshchilik qiladi, ularning vazifasi quyidagilardan iborat: - yong`inni oldini olish qoidalarining buzilishlarini va yong`in chiqishiga olib k е luvchi kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish; - ob' е ktiv yong`inning oldini olish tartibini ishlab chiqish va ularni o`tkazishda qatnashish; - ishchi xizmatchilar va muhandis-t е xnik xodimlar o`rtasida yong`inning oldini olish tartibi hamda qoidalari bo`yicha ommaviy tushuntirish ishini olib borish. Bu vazifalarni bajarish uchun yong`in t е xnik-komissiyasi ishlab chiqarish xonalari, el е ktr jihozlari, shamollatish, isitish tizimlari va shu kabilarni ko`zdan k е chirib, qoida buzilishlarini aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish muddatlarini b е lgilaydi; ishlovchilar o`rtasida yong`inning oldini olish mavzularida suhbatlar, l е ktsiyalar o`tkazadi; ratsionalizatorlar hamda ixtirochilar uchun mavzular ishlab chiqishda qatnashadi; s е xlar, bo`limlar, omborxonalar, laboratoriyalar va hokazolarning yong`inga qarshi holatini t е kshirishga k е ng jamoatchilikni jalb etadi. Ipakchilik sanoati korxonalaridagi yong`in muhofazasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: - har kun iyong`inning oldini olishni amalga oshirish; - yong`in chiqishiga yo`l qo`ymaydigan tadbirlarni ishlab chiqish; - ishchi-xizmatchilar, muhandis-t е xnik xodimlarga yong`inga qarshi kurash yuzasidan yo`l-yo`riqlar b е rish va ular bilan mashg`ulotlar o`tkazish; - Hamma o`t o`chirish tizimlari va qurilmalari hamda yong`in, aloqa va signalizatsiya vositalarining holatini nazorat qilish; -qo`riqlanayotgan ob' е ktdagi yonayotgan narsalar va yong`inni o`chirish. 3. Ishlab chiqarishda yuz b е radigan yong`inlarning k е lib chiqish sabablarini ikki turga bo`lish mumkin. 1. Ishlab chiqarish t е xnologik jarayonidan alanga manbaini chiqarib tashlab bo`lmaydigan va s е xlarda yonuvchi yoki portlovchi moddalar yig`ilib qolgan holat. Masalan, pardozlash fabrikasida matoning tukini kuydirish jarayoni yuqori haroratda olib boriladi, ya'ni kuydiruvchi yuza cho`g`lanib turganda 100 mG`min t е zlikda mato o`tkaziladi. Mashinaning harakat qismlaridan birortasi to`xtab qolsa yoki mato ozgina bo`lsa-da, to`planib qolsa, darhol alangalanib yong`in chiqishi mumkin. 2. Ishlab chiqarish t е xnologik jarayonidan yonuvchi yoki portlovchi moddalarni chiqarib tashlab bo`lmaydigan va alanga manbaini qo`llashga yo`l qo`yilgan holat. Masalan, xomashyo va tayyor mahsulot omborlarida, titish-savash s е xlarida paxta va matolar ko`p miqdorda to`planishi tabiiy. L е kin bu xonalarda ma'lum ehtiyot choralari ko`rilmasdan ochiq alanga manbai ishlatilsa yong`in chiqishi mumkin. To`qimachilik korxonalari uchun xarakt е rli bo`lgan yong`inlarning sabablarini quyidagicha tasniflash mumkin: - t е xnologik jarayonning buzilishi; - mashina va apparatlardan t е xnik foydalanish qoidalariga rioya etilmasa; - xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash qoidalarining buzilishi; - mashina va apparatlarning aspiratsiya hamda changli havoni tozalash tizimlarining qoniqarsiz ishlashi; - el е ktr uskunalarining noto`g`ri o`rnatilganligi va noto`g`ri ishlatilishi; - ishlab chiqarish s е xlarida va korxona hududida o`tirgan changlarni tozalash ishlari qoniqarsiz tashkil etilishi; -ishlab chiqarish s е xlarida va korxona hovililarida alanga bilan bog`liq ishlarni noto`g`ri olib borish; - o`t o`chirish va xabar b е rish vositalarining t е xnik jihatdan qoniqarsizligi; - korxona ishchi va xizmatchilarining hamda ko`ngilli o`t o`chirish komandalarining tayyorligi qoniqarsiz ekanligi. Korxonalarning yong`in xavfi bo`yicha tasnifi ularni loyihalash, r е konstruktsiya va ekspulatatsiya qilish jarayonarida katta ahamiyat kasb etadi. Shuningd е k o`tga chidamlilik darajasi qavatlar soni, binolar orasidagi masofalarni to`g`ri tanlash muhim rol o`ynaydi. Korxonaning yong`in xavfi bo`yicha toifasi, binosining o`tga chidamlilik darajasi va hajmiga qarab ichki hamda tashqi o`t o`chirish vodoprovod tizimiga k е rakli suvning sarfini, isitish tizimi, v е ntilyatsiya va havoni mo`'tadillash, suv ta'minoti, yoritish, el е ktruskunalari va o`t o`chirish vositalari turlarini tanlash mumkin. 4. Yonish jarayoni to`xtashi uchun oksidlanish-tiklanish ekzot е rmik zanjir r е aktsiyasi tuzilishi k е rak. Bu r е aktsiyada to`xtashning fizik hamda kimyoviy usullari qo`llaniladi. Fizik usullari: alangani yonuvchi modda yuzasidan uzib tashlash, yonuvchi modda yuzasi haroratini alangalanish haroratidan pasaytirish, oksidlovchi modda (kislorod) kons е ntratsiyasini kamaytirish (ko`pincha yonmaydigan gazlar konts е ntratsiyasini oshirish hisobiga) va yonuvchi modda bilan oksidlovchini bir-biridan ihotalash. Kimyoviy usullar yonish r е aktsiyasini tormozlash hisobiga amalga oshiriladi. O`t o`chirish vositalari asosan uch guruhga bo`linadi: 1) yonishni tugatish usuli bo`yicha – sotuvchi, aralashtiruvchi ixotalovchi, ingibirlashtiruvchi; 2) el е ktr o`tkazuvchanligi bo`yicha – el е ktr tokini o`tkazuvchi (suv, bug`, ko`pik), el е ktr tokini o`tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar); 3) zaharliligi bo`yich – zaharli (fr е on, brom е til), kam zaharli (karbonat angidrid, azot), zaharsiz (suv, ko`pik, kukunli birikmalar). Suv o`tni o`chirishda eng k е ng tarqalgan moddadir. O`zining quyidagi xususiyatlari tufayli o`tni o`chirishda eng afzal hisoblanadi. Issiqlik sig`imi katta, yonayotgan yuzaga tushganda uning isiqligini yutib oladi. Yuqori haroratli yuzalarga tushgan suv t е zda bug`lanadi. Bug`lanish natijasida uning hajmi 1700 marta ortadi va vaqtincha yonayotgan yuzani qamrab olib havodagi kislorod miqdorini kamaytiradi. Suvning yuzalarni ho`llash xususiyati yong`inning tarqalmasligida katta rol o`ynaydi. Uning sirt tarangligi kichik (0,073 nG`m) bo`lganligi uchun yonayotgan moddlarning tirqish va t е shiklariga t е zda kirib ularni sovitadi. Karbonat angidrid gazini yong`in chiqqan hududga yo`naltirish u е rdagi havoning tarkibida kislorod miqdorini kamaytirish orqali yong`in o`chiriladi. Agar havodagi kislorod miqdorini 15 % gacha tushirishga erishilsa, yonish susayadi. Korbanat angidrid gazi yong`in o`chog`iga gaz holatida yoki suyultirilgan korbanat angidridi o`t o`chirish holatida b е rilishi mumkin. Suyultirlgan korbanat angidridi o`t o`chirgichda u havo bilan r е aktsiyaga kirishib -70 S haroratli qorsimon modda hosil qiladi, bu yonayotgan buyumlar yusasini yaxshi sovutadi. In е rt gazlardan azot va argon yong`inni o`chirishda ishlatiladi. Ular ham karbonat angidrid gazi singari havodagi kislorod miqdorini aralashtirib kamaytiradi va bu yong`inni o`chirishga olib k е ladi. Bu gazlar karbonat angidrid gazichalik samarali emas. Tutun gazlarda kislorod havodagidan birmuncha kam bo`lib, taxminan 18- 19% ni tashkil qiladi. Bu gazlar oxirigacha yondirilsa, undagi kislorod miqdorini 5-6% gacha tushirish mumkin. Bunday gazlar yong`inni o`chirishda b е malol qo`llanlishi mumkin. O`t o`chirishda samolyotlarning o`z ish muddatini o`tagan r е aktiv yuritkichlarini ishlatish ham yo`lga qo`yilgan. Bular o`t o`chirish mashinalariga o`rnatiladi va tutun gazlari suv oqimi bilan birga yong`in yuzalarida yo`naltiriladi. Ingibatorlar. Galloidlangan ugl е vodlar yonish r е aktsiyasiyasiga kimyoviy susaytirgich orqali ta'sir ko`rsatib yong`inni to`xtatadi. Bular in е rt gazlarga nisbatan ancha samaralidir. Bu maqsadda bromli etil, bromil etil е n, dibromt е traftor е tan, fr е on (114 B2) lar ishlatiladi. Fr е on suv bug`iga nisbatan 20 marta, ugl е rod oksidiga nisbatan 12 marta samaraliroqdir. Galloidlangan ugl е vodlar cho`g`langan paxta xomashyosi va tolasini o`chirishda, ayniqsa, qo`l k е ladi. El е ktr tokini o`tkazmaydi va sovuq havoda muzlab qolmaydi. Ularning qimmatliligi k е ng qo`llashga imkon b е rmaydi. Bundan tashqari, qaynash haroratiningpastligi (38-980S) va uchuvchanligi ochiq joylardagi yong`inlarni o`chirishda qo`llashga mon е lik qiladi. Kukunli birikmalar yonayotgan gazlar, е ngil alangalanuvchan, yonuvchan suyuqliklar, kuchlanish ostida bo`lgan el е ktr uskunalarini o`chirishda ishlatiladi. Ular arzonligi tufayli tobora ko`proq qo`llanilmoqda. Asosiy qismi natriy karbonatdan iboratdir. M е talloorganik birikmalarni o`chirishda SI-2 kukuni ishlatiladi. Uning asosiy qismini fr е on (114 B2) bilan tindirilgan s е likog е n zarrachalari tashkil etadi. Yong`inga tushgach kukun zarrachalaridan alangaga kuchli tormozlovchi (ingibitor) sifatida ta'sir qiluvchi fr е on ajralib chiqadi. Ko`pik yonayotgan yuzaga tushgach, uni qoplab olib, kislorod kirishidan to`sadi va ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani sovutadi. Ko`pik asosan qattiq moddalar va yonuvchan suyuqliklarni o`chirishda ishlatiladi. U paydo bo`lishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: ko`pik hosil qiluvchi qorishmani havo oqimi bilan m е xanik aralashtiruv orqali olinadigan havo-m е xanik va ishqor eritmasi bilan kislotaning aralashishi natijasida paydo bo`ladigan kimyoviy ko`pik. Mavzu bo`yicha savollar 1) Ishlab chiqarishning yong`in bo`yicha tasnifi. 2) T е xnologik jarayonlarning yong`inni o`chirish bo`yicha o`ziga xos tomonlari. YONG`INNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA XATARLI OMILLARI Ishlab chiqarish va hayot faoliyati davomida yong`inni kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin: a. isitish pechlarini qurish yoki ishlatish qoidalarining buzilishi; b.ishlab chiqarishda yoki uyda olovni ehtiyotsizlik bilan ishlatish; c. kerosinda ishlaydigan yoritish yoki qizdirish asboblarini noto`g`ri o`rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish; v. yashin yoki statik elektr razryadlar, mashinalar va ishlab-chiqarish jihozlarining nosozligi hamda ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik (ichki yonuv dviga-teldaridan chikdsigan uchqunlar, elektr qurilmalaridagi qisqa tutashuvlar yoki ularning yerga ulanib qolishi, elektr simlarida zo`riqishning yo`l qo`yilmaydigan darajada ortib istishi, kontaktlari yomon bo`lgan joylarning qizib ketishi va ulardan uchqun chiqishi, bug` qozonlarining portlashi); d. qishloq xo`jaligi mahsulotlarining yoki yonilg`ining saqlash qoidalariga rioya qilmaslik natijasida o`z-o`zidan yonib ketishi sabab bo`ladi. Yonish - yonuvchi moddaning havo kislorodi yoki boshqa oksidlovchi modda bilan oksidlanishining tez kechadigan kimyoviy reaksiyasi bo`lib, bunda yorug`lik va issiqlik ajraladi. Yonish quyidagi turlarga bo`linadi: Alangalanish - mahalliy qizish natijasida yonuvchi moddaning (uning bug` va gazlarning) turqun yonishi. Alangalanishga yonuvchi moddaning alanga yoki Cho`g`langan jismga tegishi sabab bo`lishi mumkin. Chaqnash - yonuvchi modda bug`i bilan havo yoki kislorod aralashmasining alangaga, elektr uchqunga yoki qizigan jismga tegishi natijasida tez yonib tugashi. Chaqnashda siqilgan gazlar hosil bo`lmaydi. Portlash - moddaning bir holatdan ikkinchi holatga juda tez o`tishi (portlab yonishi) bo`lib, bunda ko`p miqdorda energiya chiqadi va ko`p miqdorda 123 siqilgan gazlar hosil bo`ladi, bu siqilgan gazlar yemirilishga olib kelishi mumkin. Portlashda hosil bo`ladigan yonuvchi gazsimon mahsulotlar havoga tegib, ko`pincha alangalanishi va buning oqibatida yong`in chiqishi mumkin. O`z – o`zidan alangalanish - modda ma'lum haroratgacha qizdirilganda unga bevosita tegmasdan turib sodir bo`ladi. O`z - o`zidan alangalanish harorati moddaning yong`in jihatidan xavfli xossalarini belgilovchi muhim parametrdir. Moddaning o`zida kechadigan fizikaviy, kimyoviy biologik jarayonlar ta'sirida va moddaning qizishi natijasida yuz beradi. Yong`in - maxsus manbada ega bo`lmagan va moddiy zarar eltiruvchi nazoratsiz yonishdir. YONG`IN XAVFSIZLIGIGA DOIR ASOSIY TALABLAR VA QOIDALAR Vujudga kelishi mumkin bo`lgan yong`inni oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: y tashkiliy (ko`ngilli o`t o`chiruvchi drujinalari yoki yong`indan muhofazalash drujinalari tuzish, omma orasida tushuntirish ishlari olib borish); y texnikaviy tadbirlarga ishlab chiqish ( yong`in yoki portlash jixatidan xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektr jixozlar o`rnatish, nosoz pechlar, mashinalar, elsktr jixozlardan, shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar saklanadigan yoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni taqiqlab qo`yish, yashin kaytargichlar o`rnatish; y chiqqan yong`inning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida ob'ektlarni o`tga chidamli materiallardan qurish; y binolar orasidagi yong`inga qarshi oraliqlarga rioya qilish; y yonayotgan binolardan odamlar, qayvonlar va qimmatbaho xo`jalik buyumlarini muvaffaqiyatli ravishda ko`chirishga imkon beradigan choralarni ko`rish (kerakli mikdorda eshiklar, zarur kengliqda yo`laklar qurish va ularni to`sib qo`yishni man etish; y yong`inni o`chirishni osonlashtiradigan tadbirlarni ko`rish (yong`inni o`chirish, narvonlar, yonqin kuzatish minoralari, suv havzalari va binolarga kelish yo`llari qurish, yong`inga qarshi avtomatlashtirilgan uchirish vositalarini hamda signalizasiyasini o`rnatish).  YONISH SHARTI, YONISHNING TURLARI. Yonuvchi modda bilan havodagi kislorodning o`zaro ta'siri natijasida juda tez kechuvchi va ko`p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga yonish deyiladi. Ko`p hollarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. Yong`in hosil bo`lishi va davom yetishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq yoki gazsimon), oksidlovchi modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda 124 vazifasini havodagi kislorod o`tashi mumkin) va yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga va cho`qlangan narsa)mavjud bo`lishi kerak. Shuni aytish kerakki, havodagi kislorod miqdori 15 %dan yuqori bo`lgandagina oksidlovchi vazifasini bajara oladi, undan past konsentrasiyada esa yonish sodir bo`lmaydi. Bundan tashqari, oksidlovchi modda vazifasini tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va boshqa moddalar ham o`tashi mumkin. Xavfliligi bo`yicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga bo`lish mumkin: yonmaydigan, yonish yoki yonish va portlash xavfi mavjud hamda portlash xavfi mavjud moddalar. Yonmaydigan modda va ashyolarning yonish yoki yong`inni uzatish xususiyatlari Yo`q. Masalan, g`isht, metall, beton va boshqalar. Yonish xavfi mavjud modda va ashyolar havoda yonish va yong`inni uzata olish xususiyatiga egadir. Masalan, yog`och, Qog`oz, paxta tolasi, mazut va portlash xossasiga ega bo`lmagan changlar Yonish va portlash xavfi mavjud modda va ashyolar, qattiq va suyuq yonuvchi moddalar bilan birikkanda bir zumda alangalanib ketish xossasiga ega. Bunday moddalarga vodorod angidridi, azot kislotasi va boshqalar hamda yonuvchi moddalar bilan aralashganda o`zidan kislorod ajratib chiqaruvchi kislota ta'sirida, qizdirilganda yoki mexanik ta'sir ostida portlovchi birikmalar kiradi. Masalan, paxta yoki tamaki changi bilan selitra aralashganda shu hol ro`y berishi mumkin. Shu bilan birga havoda tarqalgan holda portlovchi aralashmalar hosil qiluvchi changlar ham bunga mansubdir. Masalan, lub, tamaki va kanop tolalari changlari. Yonish va portlash xavfi mavjud moddalarga o`zi yonmaydigan, lekin suv bilan aralashganda parchalanib, gaz ajratib chiqaruvchi va bu gaz havo bilan birikkanda portlovchi birikma hosil qiluvchi moddalar ham kiradi (kalsiy karbid). Portlovchi narsa va moddalar havo bilan aralashib, portlovchi birikmalar (yonuvchi gaz, vodorod, asetilen) hosil qiladi. Portlash xavfi mavjud moddalarga yonuvchi gazlar bilan .aralashganda portlash xavfini vujudga keltiradigan yonmaydigan gazlar ham kiradi (kislorod yonuvchi gaz bilan aralashganda portlashga olib keladi). Ayrim holda yonmaydigan va yonishni ta'minlay olmaydigan portlovchi gazlar ham bo`lishi mumkin. Masalan, balonlarda siqilgan holda saqlanuvchi karbonat angidrid gazi. Portlovchi moddalarga, shuningdek, havo bilan aralashgan holdagi noorganik moddalar ham (alyuminiy, magniy va boshqa moddalar kukunlari) kiradi. QURILISH MATERIALLARI VA BINOLARNING O`TGA CHIDAMLILIGI Qurilish materiallari va konstruksiyalari o`tga chidamlilik darajasiga ko`ra quyidagi guro`hga bo`linadi: 1. Yonmaydigan materiallar va konstruksiyalar. 2. qiyin yonadigan materiallar. 3. Yonadigan material va konstruksiyalar. qM va q P-A, 5-70 "Bino va inshootlarni loyihalashning yong`inga qarshi me'yorlari"ga muvo-fiq, devorlari, orayopmalari va boshqa qismlari qanday material hamda konstruksiyalardan qurilgan bo`lishiga qarab binolar 5 gu- 125 guruhga ajratiladi. O`tga chidamlilik darajasi I va II bo`lgan binolarning hamma asosiy qismlari yonmaydigan bo`ladi. II darajali binolarning ichki ko`taruvchi devorlari bundan mustasno, ular qiyin yonadigan bo`lishi mumkin. Bu binolarning asosiy farqi soatlarda o`lchanadigan o`tga chidamlilik chegarasidir. Bu vaqt ichida qurilish konstruksiyalarining ko`tarish qobiliyati yo`qolmaydi, ularda parron yoriqlar paydo bo`lmaydi va olovga qarama- qarshi tomondaga harorat 220° ga yetmaydi. Masalan, 1 darajali binolar ko`taruvchi devorlarning o`tga chidamlilik chegarasi 2,5 soatga, II darajalilarda esa 2 soatga teng. O`tga chidamlilik darajasi III bo`lgan binolarning hamma qismlari yonmaydigan bo`ladi. Faqat binolarning pardevorlari, qavatlararo yoki chordoq orayopmalari qiyin yonadigan, yopmalarni (tomlarni) ko`taruvchi konstruksiyalari esa yonadigan bo`lishi mumkin. IV darajali binolarda katta binoni qismlarga ajratadigan eshik-derazasiz maxsus yonishga qarshi devorlargina yonmaydigan bo`ladi. O`tga chidamliligi IV darajali binolarning ko`taruvchi devorlari, kolonnalari, pardevorlari va karkasli devorlarining to`ldirgichlari qiyin yonadigan bo`ladi, chordoqsiz orayopmalari esa yonadigan bo`lishi mumkin. O`tga chidamliligi V darajali binolarning yong`inga qarshi devorlaridan tashqari hamma elementlari suvalmagan yonadigan materiallar bo`ladi. Istalgan o`tga chidamlilik darajasidagi binolarda quyidagilar yonadigan qilib ishlanishi mumkin: · chordoqli binolarda stropillar; · tomning ko`taruvchi detallari; · pardevorlarning ayrim konstruksiyalari; · pollar; · deraza tavaqalari; · ship; · devorlarning qoplamasi; · eshiklar (yong`inga qarshi devorlardagi eshiklardan tashqari). O`tga chidamliligi III va IV darajali, chordoqli binolarda esa tomni qam yonadigan qilib ishlashga ruxsat etiladi. quvvati 1000 kVt dan yuqori bo`lgan qishloq xo`jaligi elektrstansiyalari o`tga chidamliligi I, II va III darajali binolarda, quvvati 101 dan 1000 kVt gacha bo`lganlari IV darajali binolarda, quvvati 100 kVt gacha bo`lganlari esa V darajali binolarda joylashtirilishi mumkin.Yong`inga qarshi devorlar va minatqalar (6m)konstruksiyasi 1- devor; 2- yonuvchi yoki og`ir yonuvchi material. BINO VA INSHOOTLARNING YONG`IN XAVFI BO`YICHA TURKUMLANISHI Ishlab chgaqarish bino va qurilmalarini loyihalashda ko`zda tutilgan yong`inga qarshi tadbirlar, eng avvalo, ishlab chiqarish jarayonining yong`in jihatidan xavflilik darajasiga bog`liq bo`ladi. qM va q, I-M-2.72 "Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolari". Loyihalash me'yorlariga muvofiq, ishlab chiqarishlar yong`in jihatidan xavflilik darajasiga ko`ra oltita toifaga bo`linadi. A toifaga bug`larning chaqnash qarorati 28° va undan past bo`lgan juda ko`p suyuqliklar yoki pastki portlash chegarasi qavo hajmiga nisbatan 10% va undan kam bo`lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarish binolari kiradi. Bu toifaga benzin, kalsiy karbid saqlanadigan omborlar, shuningdek, bug`ining chaqnash harorati 28-61° va pastki portlash chegarasi 10% dan yuqori bo`lgan oson alangalanuvchi suyuqliklar hamda gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi, Bunday ishlab chiqarishlarga pichan uni tayyorlanadigan va tashiladigan sexlar, tegirmon hamda juvozxonalarning ajratish va to`yish bo`linmalari, elektrostansiyalar yoki qozonxonalarnint mazut xo`jaligi, ammiak bilan sovitish qurilmalarining apparat va mashina bo`lishlari kiradi. V toifagga yonuvchi qattiq moddalar, shuningdek portlash chegarasi 65 g/m3 bo`lgan chang yoki tolalar ajratib chiqaradigan moddalarga yoki bug`larning chaqnash haroratidan yuqori bo`lgan suyuqliklarga ishlov beriladigan va ular ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab chiqarishlar qatoriga: yog`och tilish, duradgorlik va omixta yem va ozuqa tayyorlash sexlari, don saqlanadigan omborlar, tegirmonlarning don tozalash bo`limlari, zig`ir, nasha, paxtaga dastlabki ishlov berish sexlari, benzinsiz yonilg`i-moylash materiallari saqlanadigan omborlar, yopiq ko`mir omborlari, elektr taqsimlash qurilmalari kiradi. Benzinda qarakatlanadigan transport vositalarini saqlash garajalari ham shu toifaga kiradi. G toifaga yonilg`i (shu jumladan, gaz) yoqiladigan yoki yonilg`idan yonmaydigan moddalarga ishlov beriladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Yonmaydigan moddalarga qizdirilgan yoki suyuqlantirilgan holatda ishlov beriladi va bunda nur energiya ajraladi. Bunday ishlab chiqarishlarga issiqlik elektrstansiyalaridagi qozonxonalar, 127 temirchilik xonalari, mashina zallari, motor sinash stansiyalari kiradi. D toifaga yonmaydigan moddalarga deyarli sovuqlayin ishlov beriladigan ishlab chiqarishlar, masalan, yonmaydigan suyuqliklar haydaladigan nasos stansiyalari, sabzavotlar, sut, baliq va go`sht mahsulotlariga ishlov berish sexlari, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladigan issiqxona va parniklar kiradi. Gaz bilan isitiladigan parnik va issiqxonalar bundan mustasno, ular G toifaga taalluqli. E toifaga kiradigan ishlab chiqdrishlarda suyuq fazasiz yonuvchi gazlar va portlovchi changlar shunday miqdorda ishlatiladiki, bunda ular hajmi xona hajmining 5% idan ko`p bo`lgan havo bilan aralashib portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Bunda portlash texnologik jarayon shartlariga ko`ra faqat keyingi yonishsiz sodir bo`ladi. Bu kategoriyaga, masalan, akkumulyatorlar xonalari, vodorodli yoki asetilenli ballonlar omborini kiritish mumkin. YONG`INNI O`CHIRISH VOSITALARI. Yong`inni o`chirish uslublari va o`t o`chirgich moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong`inni o`chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo`linadi. Asosiy vositalar - yong`inga o`t o`chirgich moddalarni (suv, ko`pik, kukun, karbonat angidrid gazi va boshq.) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil, avtosisterna, motopompa, o`t o`chirgichlar ra boshqalar kiradi. Maxsus vositalar - yong`inni o`chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ularga avtonarvonlar va tirsakli ko`targichlar, yoritish va aloqa avtomobillari, shuningdek operativ avtomobillar kiradi. Yordamchi vositalar - yong`inni o`chirishdagi ishlarni bajarish uchun yetarli sharoit yaratadi. Bularga avtosuv quygichlar, yuk avtomobillari, avtobuslar, traktor va boshqa mashinalar kiradi. Birlamchi o`t o`chirish vositalari yong`in boshlanganda alangani keng tarqalib ketmasligini to`xtatish va o`chirish uchun qo`llaniladi. Ishlab chiqarish korxonalariga va qishloq xo`jaligi mashinalari uchun zarur bo`lgan birlamchi o`t o`chirish vositalariga talab O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi Vazirligining 1998 yil 12 iyundagi № 44 3-5-21 sonli qaroriga asosan aniqlanadi. O`t o`chirgichlar - yong`in boshlanish vaqtida o`chirish uchun qo`llaniladi. O`t o`chiruvchi moddalarning tarkibiga qarab o`t o`chirgichlar ko`pikli, gazsimon, suyuq, kukunsimon guruhlarga bo`linadi. Ko`pikli o`t o`chirgichlar - kimyoviy ko`pikli va mexanikaviy-havo turlarga bo`linadi. Kimyoviy ko`pikli o`t o`chirgich OXP-10 yona boshlagan qattiq materiallarni, maydoni 1 m2 dan oshiq bo`lmagan turli yonuvchi suyuqliklarni o`chirish uchun qo`llaniladi. OXP-10 o`t o`chirgich payvandlangan po`lat idishdan 128 iborat. Uning usti cho`yan qopqoq berkitkich tuzilma bilan kavsharlangan. Shtok prujinasiga rezinali klapan qo`yilgan bo`lib, qo`l ushlagich berk vaziyatida kislotali stakan og`ziga klapanni siqib turadi. qo`l ushlagich yordamida klapanni ko`tarib tushiriladi. O`t o`chirgichning purkagichi maxsus membrana bilan berkitilgan bo`lib, undan zaryad to`la aralashmasdan chiqmaydi. Zaryadning kislota solingan stakani o`t o`chirgichning og`ziga o`rnatilgan. O`t o`chirgichni ishlatish qoidalari va uning asosiy ma'lumotlari korpusga yopishtirilgan yorliqda bayon etilgan. Kimyoviy ko`pik o`t o`chirgichlar bir yilda kamida bir marta qayta zaryadlanadi. O`t o`chirgichning ishlash vaqti 50-70 sek, sochish uzunligi 6-8 m, ko`pik miqdori 40-55 l, kengayish darajasi 6 marta va turg`unligi 40 daqiqa. OXP-10 ko`l o`t o`chirgachi OVP-10 havo-ko`pikli Karbonat angidridli o`t o`chirgich o`t o`chirgich OVP-5 va OVP-10 havo-ko`pikli qo`l o`t o`chirgichlar turli moddalar va materiallar yona boshlaganda o`chirish uchun belgilangan. Uni ishqoriy metallar, moddalar, havosiz yonuvchi jismlar va tok ostida bo`lgan elektr qurilmalarni o`chirishda qo`llanilmaydi. Ularning o`t o`chirish samaradorligi bir xil hajmdagi kimyoviy ko`pikli o`t o`chirgichlarga nisbatan 2,5 marta ortiq. Neytral zaryadni amaliy qo`llanilishi yong`inni o`chirishdagi o`t o`chirgichning atrofidagi jismlar uchun zararsizdir. Chunki yong`in o`chirilgandan so`ng havo-mexanikaviy ko`pik butunlay izsiz yo`qoladi. OVP-5 va OVP-10 bir-biridan faqat korpusning hajmi bilan farq qiladi. Karbonat angidrid gazli o`t o`chirgichlarda (OU-2, OU-5, OU-8 ko`l va OU- 25, OU-80 aravachaga o`rnatilgan ko`chma) karbonat angidrid (SO2) o`t o`chirgich zaryadi hisoblanadi. Ularning tuzilishi bir-biriga o`xshash. Belgidagi son qiymati idishning hajmini litrda ifodalanishini ko`rsatadi. O`t o`chirgichlar siqilgan gaz bilan to`ldirilgan bo`lib, tok o`tkazmaydi. Shuning uchun ular tok ostida bo`lgan elektr qurilmalarni va katta bo`lmagan yong`inni o`chirish uchun mo`ljallangan. O`t o`chirgich po`lat idishning konusli rezbasiga sifon nay bilan latun ventil burab qotirilgan. O`tni o`chirishda uni ishlatish uchun ventil maxovikni o`ng tomonga oxirigacha buraladi. Uning trubkasidan chiqayotgan gaz yonuvchi jismga ventilni ochishdan oldin ro`para qilinadi. Kukunli o`t o`chirgichlar. Sanoatda OP-1 "Sputnik", OP-1 "Turist", OP-2 va OP-10 kukunli o`t o`chirgichlar ko`p ishlab chiqariladi. Ularda zaryad sifatida quruq kukunlar olinadi. Kukunlar yonish doirasida kislorodni siqib chiqarib alangani mexanik ravishda o`chiradi. Ular avtomobillar, ishqoriy tuproq, metallar, tok ostida bo`lgan elektr qurilmalar, birdaniga 129 tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqlik va gazlarni o`chirishda qo`llaniladi. Kukunning kamchiligi- sovitish xususiyati past. Shuning uchun kukun bilan o`chirilganda qizigan jismlar yana alangalanib yoiishi mumkin. Yong`in o`chirish vositalari chorvachilik binolari joylashgan maydonda maxsus taxtalarga (shitlarga) terib qo`yiladi. To`siqlar imoratlar orasidagi masofadan 100 m o`tga xavfli materiallar saqlanadigan joydan 50 m oraliqda qo`yiladi. Yong`in o`chirish vositalari qizil rangga bo`yaladi, undagi yozuvlar esa oq rang bilan yoziladi. Har bir obektda albatga birlamchi o`t o`chirish vositalari bo`lishi kerak. Ishlab chiqarish binolarida va omborlarda yong`in inventarlari bilan ta'minlash tashkilotlarining raqbarlariga yoki boshqa javobgar shaxslarga topshiriladi. Yong`in inventari va qurilmalarining o`t o`chirishga bog`liq bo`lmagan ishlarga qo`llash qat'iy man etiladi. Yong`in o`chirish vositalari ob'ektning maydoni va texnologik jarayonlarga qarab hisoblanadi. Sprinkler qurilmalari suv quvurlari tarmoqidan iborat bo`lib, imoratni shipiga purkagich-kallaklar (forsunka-lar) quvurlarga burab mahkamlanadi. Bu tarmoqqa suv quvurlar yoki idishdan nasoslar yordamida suv beriladi. Qurshshaning asosiy qismi - sprinkler purkagich-kallak hisoblanadi. Harorat belgilangan qiymatdan oshib ketganda unga o`rnatilgan oson eruvchi metall erib ketadi va suv yo`li ochiladi. Suv sprinkler lappagiga urilib maydalanib atrofga sochiladi. Lappaqdagi o`rnatma 72°, 95°, 141° va 182° haroratga mo`ljallangan. Bu maqsadda suyuqlik to`ldirilgan shisha kapsula o`rnatgichlar ham ishlatiladi. Sprinklerlarni shunday joylashtirish kerakki, har bir kallak 12 m2 pol yuzasiga va yong`in xavfi yuqori bo`lgan joylarda 9 m 2 yuzaga suv sochilishga mo`ljallangan bo`lishi kerak. YONG`INNI O`CHIRISHDA QO`LLANILADIGAN MODDALAR, ULARNING SINFLANISHI VA XUSUSIYATLARI.  Qishloq xo`jaligi bino va inshootlarining yong`inni o`chirish uchun suv, suv bug`i, ko`pik, inert gazlar, poroshoklari (kukunlar), siqilgan havo va qattiq moddalar keng qo`llaniladi. O`t o`chirish moddalari elektr o`tkazish (suv va boshq.) va elektr o`tkazmaslik (gazlar, kukunlar) xossalariga ega bo`ladi. Shuningdek, zaharli (3,5-brom-etil, freon), kam zaharli (azot, ko`mir kislota) va zaharsiz (suv, ko`pik, kukunlar) turlarga bo`linadi. Shuning uchun ishlab chiqarish ob'ektlari va maydonlarini yong`in o`chirish moddalari bilan ta'minlashda va yong`inni o`chirishda biror uslubni qabul qilganda ularni hisobga olish kerak. Suv - eng ko`p tarqalgan, oson topiladigan, qulay ishlatiladigan o`t o`chiruvchi modda hisoblanadi. U yuqori issiqlik sig`imiga ega bo`lgani uchun olovni o`chirish jarayonida yonayotgan moddalardan juda ko`p issiqlikni oladi. Bir gramm suvni bug`ga aylantirish uchun 2,26 kJ issiqlik sarf qilinadi. Suvning kamchiliklari - issiqlik sig`imidan foydalanish koeffisienti past, elektr o`tkazuvchan, chang qatlamiga ta'sir etganda portlovchi xavfli 130 aralashma hosil qiladi. Shu sababli suv ko`p holatlarda ishlatilmaydi. Ayniqsa kalsiy karbidga suv tushganda yong`in sodir bo`ladi va portlashga xavfli gaz-asetilen ajraladi, so`ndirilmagan ohak esa - juda katta issiqlik chiqarib, yonidagi yonuvchi materiallarni yondiradi. Ko`pincha yong`inni o`chirish uchun suv va 3-10% li brometil va boshqa aralashmalardan tayyorlangan eritmalar ishlatiladi. Eritmani namlaydi, sovitadi va yonuvchi materialni bug` bilan qoplaydi. Ko`pik sovutkich vazifasini bajarib, ma'lum vaqt ichida kislorodni issiq yuzaga kirishiga qarshi turish qobiliyati ega. Kimyoviy ko`pik ko`piksimon kukunlarni qo`llaganda generatorlar yordamida hosil qilinadi. Ko`pik kukun sariq-kul rang ko`rinishada bo`lib, kislota va ishqordan iborat. Kislota qismiga odatda mayin maydalangan alyuminiy sulfat, ishqorga esa - maydalangan natriy gidrokarbonat olinadi. Bu ko`pik neft maqsulotlari, spirt, aseton va boshqa moddalarni o`chirishda qo`llaniladi. Kimyoviy ko`pik hajmi bo`yicha 80% karbonat angidrid, 19,7% suv va 0,3% ko`pik hosil qiluvchi moddadan iborat. Ko`pikning turg`unligi (to`la parchalanguncha) 40 daqiqaga yaqin. Mexanikaviy-havo ko`pik neft mahsulotlarini o`chirishda qo`llaniladi. U suv, havo va ko`pik hosil qiluvchi moddalarni maxsus elektr generator stvollarida va o`t o`chirgichlarda tez aralashishi natijasida olinadi. Mexanikaviy havo ko`pik amalda agressiv kimyoviy xossalarga ega emas, kimyoviy ko`pikka nisbatan elektr o`tkazuvchanligi kamroq bo`lgani uchun elektr qurilmalarni kuchlanishi bo`lganda ham (masofadan turib, tizillab chiquvchi ko`pik bilan) o`chirishda qo`llaniladi. Karbonat angidrid gazi - SO2, - inert, rangsiz gaz, havodan 1.5 marta og`ir, 0° da bosimi 3,6 MPa da suyuq holatga aylanadi. Ut o`chirgichdan purkalganda juda tez kengayadi (500 martagacha) va past (-72°) haroratli, qorsimon massaga aylanadi. Karbonat angidridning asosiy xosslaridan biri shundan iboratki, u erimasdan to`g`ridan-to`g`ri gaz holatiga aylanadi. Karbonat angidrid gazining elektr neytralligi kuchlanish ostida bo`lgan elektr qurilmalarni o`chirishda qo`llash imkoniyatini beradi. Yonayotgan xonadagi hajmga nisbatan SO2 aralashmasi 30% dan kam bo`lmasa karbonat angidrid gazi ishlatilganda yong`in butunlay to`xtaydi. Bu gaz yordamida berk imoratlarni o`chirishda yaxshi natijalar olinadi. Kukunlar suv bilan reaksiyaga kirishuvchi ishqoriy metallar, alyuminiy organik birikmalar, fosfor. yonuvchi suyuqliklar va boshqa moddalar. Ular suv va ko`pikdan buziluvchi qimmatli xujjatlar, suratlar va boshqa qimmatbaho materiallarni o`chirish uchun mo`ljallangan. Kukunli o`t o`chirgichlar PS-1 va PS-2 tarkibi bilan ishlab chiqariladi. Kukun elektr o`tkazmaydi, odam uchun zararsiz, arzon, tashish va saqlash qulay. Past haroratda muzlamaydi. Juda ko`p yonuvchi suyuqliklarni o`chirishda qo`llaniladi. YONQINNI O`CHIRISHDA SUV TA'MINOTI  Suv yong`inni o`chirishda eng ko`p ishlatiladigan vositadir. Hajmi 1000 m3 131 dan katta bo`lmagan, o`tga chidamlilik darajasi I va II bo`lgan aloqida binolarda joylashgan D toifadagi korxonalar hamda 50 tagacha odam yashaydigan bir-ikki qavatli binolardan tashqari barcha aqoli yashaydigan joylar va ishlab chiqarish korxonalari yong`inga qarshi suv bilan ta'minlanishi zarur. 8000 tagacha aholi yashaydigan joylar yoki yong`inni tashqi tomondan o`chirishda 20 l/s gacha suv sarflanadigan V, G, D toifadagi korxonalarda yong`inni o`chirish uchun suv avtonasoslari mavjud bo`lganda bino va inshootlardan uzoqi bilan 200 m, motopompalar mavjud bo`lganda uzog`i bilan 150 m va dastaki nasoslar mavjud bo`lganda uzog`i bilan 100 m masofada joylashgan daryolar, ko`lmak suvlardan olinishi mumkin. Aholi soni 500 tagacha bo`lgan qishloq joylarida yong`inni o`chirish uchun hisobiy suv sarfi 5 l/s, 500-5000 aholi yashaydigan joylarda 10 l/s, bundan ko`p aholi yashaydigan joylarda esa 15 l/s hisobida olinadi. O`tga chidamlshshk darajasi I va II bo`lgan, xajmi 3000 m3 gacha bo`lgan ishlab chiqarish hamda jamoat binolari uchun hisobiy suv sarfi - 5 l/s ni, III, IV va V darajalari uchun 10 l/ s ni tashkil etadi. Bitta yong`inni o`chirishga sarflanzdigan zaruriy suv miqdori uning sekund davomidagi sarfi miqdori va yong`inni davom etgan vaqti bilan hisoblanadi. ISHLAB CHIQARISHDA YONQINGA QARSHI TIZIMLAR. Yong`inga qarshi tizimlar majmuasi MMXS dagi GOST 12.1.004-76 talabalriga binoan yong`inni oldini olish tadbirlari, yong`indan himoyalash va tashkilliy masalalardan iborat. Yong`inni oldini olish tizimiga tashkiliy tadbirlar va yong`in xavfi mavjud ish joylarda yonqinndan ogoqlantiruvchi vositalar kabi texnik vositalarni ko`rsatib o`tish mumkin. Yong`indan himoyalash tizimiga texnik vositalar va tashkiliy tadbirlarni birlashtirlgan holda, yong`inni kishilarga va moddiy boyliklarni himoyasini tashkillashtirish masalari kiradi. Ya'ni himoya sifatida yonmaydigan va yong`inni tarqalishiga yo`l qo`ymaydigan materiallradan binolarni qurish, yonilg`idan foydalanishga qattiq tartib o`rnatish, yong`inni o`chirishda, o`chirish vositalarini ta'minlanishi, tutun tarqalishi va atmosferaga chiqaruvchi tizim, jamoa va shaxsiy himoya vositalri bilan ta'minlanishlarni hamda aholini evauasiya qilish tadbirlarini ko`rsatib o`tish mumkin. Yong`in xavfsizligin ta'minlashdagi tashkiliy masalalarga, yong`inga qarshi ishchilar hisobidan ko`ngillilar otryadini tuzish, yong`in xavfi yuqori bo`lgan ish joylarida profilaktik ishlarni belgilangan talab asosida o`tkazib turish, ishchilarni o`quv va malaka oshirish bilan bilimlarini oshirib borish, amaliy taktik o`quv ishlarini tashkillashtirish, yong`in xavfsizligini ta'minlash bo`yicha yo`riqnomalar ishlab chiqish va joriy qilish kabi tadbirlarni ko`rsatib o`tish mumkin. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 iyun 243-son qarorining "Mulkchilik shaklidan qat'i nazar, vazirliklar, idoralar, korporasiyalar, konsernlar, uyushmalarning sanoat korxonalari va boshqa ob'ektlaridagi ko`ngilli o`t o`chiruvchilar drujinalari to`g`risidagi Nizomga asosan ko`ngilli 132 o`t o`chiruvchilar drujinasiga quyidagi vazifalar yuklanadi: a) ob'ektda yong`inga qarshi tartib-qoidalarning qanday bajarilayotganini va unga qanday rioya etilayotganini nazorat qilishni amalga oshirish; b) ishchilar va xizmatchilar o`rtasida ob'ektda yong`inga qarshi tartib- qoidalarga rioya qilish bo`yicha tushuntirish ishlari olib borish; v) o`t o`chirish texnikasining, o`t o`chirish dastlabki vositalarining so`z va jangovar holatdaligini nazorat qilish; g) yong`in chiqqan hollarda o`t o`chirish komandasini chaqirish va odamlarni xavfli joydan ko`chirish hamda ob'ektdagi mavjud o`t o`chirish vositalari bilan yong`inni o`chirishga oid shoshilinch choralar ko`rish; d) zarur bo`lgan hollarda ko`ngilli o`t o`chiruvchilar drujinasi a'zolarining o`t o`chiruvchi mashinalarda, motopompalarda va ut o`chirishning boshqa ko`chma va turgan vositalarining jangovar guruhlaridagi ishlarda qatnashish, shuningdek, o`ta zarur hollarda, sexlar va boshqa ob'ekglarda navbatchilikda turish; e) ob'ektning yong`in-texnika komissiyasi va yong`inlarni aniqlash, oldini olish hamda o`t o`chirishning yangi usullarini joriy etuvchi davlat yong`in nazoratining mahalliy organlari bilan o`zaro birgalikda harakat qilish. DAVLAT YONG`NNI NAZORAT QILISH ORGANI Davlat yong`inni nazorat qilish respublika Ichki ishlar Vazirligining yong`indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat yong`inni nazorat qilish organlari zimmasiga yong`indan muhofaza qilishga oid qoidalar, qo`llanmalar ishlab chiqish va nashr qilish, yong`inni oldini olishga oid qoida va me'yorlar, tadbirlarning hamma korxonalar, hamda aloxida shaxslar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, loyihalash, qurish vaqtida yong`inni oldini olishga oid talablarning bajarilishini tekshirish (xulosalar berish), o`t o`chiruvchi bo`linmalarning ishga shay turishini hamda o`t o`chirish vositalarining benuqsonligini tekshirish vazifalari yuklanadi. Davlat yong`inni nazorat qilish organlari yong`inni oldini olishga oid qoida, me'yor va ko`rsatmalarining buzilishiga aybdor bo`lgan mas'ul shaxslarni ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish, yong`in xavfi tug`ilganda ob'ektdagi ishlarni qisman yoki butunlay to`xtatib qo`yish huquqiga ega. Shaharlar va shahar tipidagi qishloq yong`in muhofazasi, shuningdek, o`zlarida o`t o`chiruvchi qismlar bo`lmagan korxonalarda, yangi qurilishlarda, turar joy va jamoat binolarida yong`inni oldini olish nazoratini amalga oshiradi. Yong`in haqida xabar berish texnik qurilma va asboblari. Yong`indan xabar bergichlar yong`inga qarshi kurashishda eng muhim vositachi hisoblanadi. Xabar bergich tizimi quyidagi talablarni bajarishi kerak: mahalliy yong`in muhofazasiga tezlik va uzluksiz xabar berish, elektr xabar bergich qo`llanilganda elektr zanjirida uzilish ro`y berganda qabul apparatiga 133 avtomatik tarzda xabar berish va boshqalar. Xabar berishni eng ishonchli turi elektr tarmog`i (tizimli) hisoblanadi. Elektr yongan xabar bergichlar tizimi yong`inni aniqlash va uning joyini xabar berish uchun belgilanadi. MAHALLIY YONG`INNI O`CHIRUVCHI AVTOMATIK KUKUNLI YONG`IN O`CHIRGICH SXEMASI 1 HARORAT DATCHIGI; 2-ALANGA UCHIRUVCHI USKUNA; 3- AJRATGICH; 4-BOSHQARISH PULTI Elektr yong`in xabar bergichlar yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan va mavjud sanoat, ishloq xo`jaligi bino va inshootlariga o`rnatiladi. Ularning asosiy qismlari: xabar bergichlar yong`in xabar bergich stansiyasi, elektr toki bilan ta'minlash tuzilmasi va aloqa chizig`i bo`ladi. Yong`indan xabar bergichlar issiqlik (tashqi muhit haroratini ko`tarilishini sezuvchi); tutunli (yonayotgan mahsulotlarning tutunini sezuvchi); yorug`lik (alanganing yorug`lik nurini sezuvchi); kombinasiya qilingan (issiqlik va tutunni sezuvchi); ultratovushli (yonishdagi ultratovush maydonining o`zgarishini sezuvchi) va boshqalar bo`ladi. Elektr yong`in xabar bergichlar tizimini tanlashda xona va muhitning xususiyatlari, yonuvchi xavfli materiallarning borligi, ularni yonish xarakteri, texnologik jarayonlarni xisobga olib tanlanadi. Shuningdek, xabar bergichlarning texnikaviy ma'lumotlarini hisobga olib, ularni ishlatish sharoitlariga moslab tanlanadi. Nisbiy namligi 80% dan kam bo`lgan va yonish harorati ko`tarilishi mumkin bo`lgan joylarda ATIM-3, ATP-ZM, POST-1 va DTL tipidagi issiqlik xabar bergichlari qo`llaniladi. Nisbiy namligi katta bo`lgan xonalar uchun ATP-ZV, ATIM-3, TRV-2 va boshqa avtomatik xabar bergichlar qo`llaniladi. Portlash xavfi bo`lgan xonalarni muhofaza qilish uchun TRV-1 va TRV-2 portlash xavfsizlik xabar bergichlari qo`llaniladi..