logo

Oiv infeksiyasi va oits ning kechish davrlari, zararlanganlarni aniqlashda tibbiy tekshiruv

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

58.5 KB
Oiv infeksiyasi va oits ning kechish davrlari, zararlanganlarni aniqlashda tibbiy tekshiruv Reja: 1. OIV infeksiyasning yashirin (inkubatsion) davri. 2. OIV infeksiyasning belgilari. 3. OITS ning belgilari va asoratlari. 4. O`zbekiston Respublikasida OIV / OITS ni aniqlash bo`yicha tibbiy tekshiruvdan o`tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatishning sanitariya qoidalari va me`yorlari OIV infeksiyasning yashirin (inkubatsion) davri. OIV sog‘ odamga yuqqanidan keyin to OIV infeksiyasi va kasallikning belgilari paydo bo‘lgunicha ma’lum vaqt o‘tadi. Bu oraliq davrga OITS ning yashirin (inkubatsion) davri deyiladi. Bu davr 2-5 oydan 8-10 yilga-cha bo‘lishi ko‘pgina bemorlarni kuzatish natijasida aniqlangan. Kasallikning yashirin davrida OIV, ya’ni virus tananing limfa tugunlarini va ularda ishlab chiqariladigan T-limfotsitlarning ichiga kirib, ularni zararlaydi. Shuningdek, virus suyaklarning ko‘mik qismida ishlab chiqariladigan monotsitlarning ichiga kirib, ularni ham zararlaydi. Sog‘ odamda T-limfotsitlar va monotsitlar qon tarkibida bo‘lib, tashqi muhitdan organizmga kirgan mikrob, virus, zamburug‘ va boshqa infeksiyalarni yutib eritib yuboradi. Shu bilan odam orga-nizmini yuqumli kasalliklardan asraydi. Ular himoya (immunitet) vazifasini bajaradi. OIV esa limfa tugunlari, limfotsitlar va monotsitlarni zararlab, organizmning himoya (immunitet) xususiyatini kuchsizlantiradi va odamda immunitet tanqisligini vujudga keltiradi. OIV sog‘ odamga yuqqanidan boshlab to organizmning himoya (immunitet) qobiliyatini kuchsizlantirgunicha o‘tgan davr OIV infeksiyasi ning yashirin (inkubatsion) davriga to‘g‘ri keladi. Kasallik ning inkubatsion ( yashirin ) davrini qisqa (2-5 oy) yoki uzoq (8-10 yil) bo‘lishi quyidagi holatlarga bog‘liq: - birinchidan, sog‘ odamga yuqqan virus (OIV) ning oz yoki ko‘p bo‘lishiga bog‘liq. Bir martalik shpritsni bir kishiga ishlatish o‘rniga 2-3 kishiga ishlatish yoki stomatologik, sartaroshlik asboblarini zararsizlantirmaslik tufayli yuqqan viruslar soni, nisbatan, kamroq bo‘lishi mumkin. Kam miqdordagi viruslar ko‘payib, immunitet tanqisligini vujudga keltirgunicha uzoq vaqt o‘tadi. Demak, OITS ning yashirin davri uzoq bo‘lishi mumkin; - Aksincha, donor qoni va qon zardobini tekshirmasdan quyganda, shuningdek, jinsiy munosabatda bo‘lganda, yuqqan viruslar soni ko‘p bo‘ladi va ular immunitet tanqisligi holatini qisqa vaqt davomida yuzaga keltiradi. Bunda, kasallikning yashirin davri qisqa bo‘lishi mumkin; - ikkinchidan, OIV ni o‘ziga yuqtirgan odam organizmi baquvvat, jismoniy chiniqqan, immunitet qobiliyati mustahkam bo‘lsa, viruslar organizmning mustahkam immunitet qobiliyatini zaiflashtir-gunicha ko‘p vaqt o‘tadi, bunda kasallikning yashirin davri uzoqqa cho‘ziladi; - Aksincha, OIV ni o‘ziga yuqtirgan odam organizmi jismoniy jihatdan ojiz, immunitet qobiliyati kuchsiz bo‘lsa, shuningdek, kam-qonlik, gepatit, sil va boshqa surunkali kasalliklar, giyohvandlik bilan zaiflashgan bo‘lsa, OITS ning yashirin davri qisqa bo‘ladi. OIV infeksiyasning belgilari. Kasallikning yashirin davri tugagach, OIV infeksiyasining belgilari birin-ketin paydo bo’la boshlaydi. - odam tanasining bo’yin, qo’ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlari no’xat, loviya hajmigacha, ayrimlari 1 sm gacha kattalashadi, lekin og’rimaydi. Sog’ odamda ular juda mayda, mosh hajmida bo’lib, paypaslaganda barmoqqa deyarli sezilmaydi; - odamda umumiy holsizlik, tez charchash, mehnat qobiliyatining tobora pasayib borishi; - sababi aniq bo’lmagan holda tana haroratining 38 0 va bundan baland ko’tarilishi, uning uch haftadan uzoq davom etishi; - kechasi ko’p terlash; - terida turli xil toshmalar, yiringli yaralarning paydo bo’lishi; - biron sabab bilan bog’liq bo’lmagan holda, surunkali ich ketishi; - tana vaznining asta-sekin kamayishi (ozishi); - teri va barmoqlarning zamburug’lar bilan zararlanishi va terini po’st tashlashi; - og’iz burchaklarining bichilishi, lablarda tez-tez uchuq paydo bo’lishi; - og’iz shilliq qavati va tilda pufakchalar va yaralarning paydo bo’lishi. OITS ning belgilari va asoratlari. OITS - orttirilgan immunitet tanqislik sindromi, surunkali (uzoq yillar) davom etadigan, oqibati bemorning nogironga aylanishi yoki hayotdan ko‘z yumishi bilan tugaydigan, juda og‘ir kasallikdir. OITS - sog‘ odamga OIV (odam immuntanqislik virusi) yuqi-shi natijasida vujudga keladi. OITS ning dunyo mamlakatlarida birinchi marta ro‘yxatga olinishi haqidagi ma’lumotlar turlicha. Rossiya virusologiya ITI direktori akademik V.Jdanovning ma’lumotiga ko‘ra, OITS bilan kasallangan birinchi bemor AQSh da 1979 yilda ro‘yxatga olingan (V.Jdanov, akademik, Izvestiya, 21-marta 1987goda). Rossiyaning Epidemiologiya ITI laboratoriyasi boshlig‘i, pro-fessor V.Sergeevning ma’lumotiga ko‘ra ham, OITS bilan kasallangan 17 nafar bemorlar, birinchi marta AQSh da 1979 yil ro‘yxatga olingan. Ammo, u paytda kasallikni qo‘zg‘atuvchi virusni aniqlash usuli o‘rganilmagani sababli, ya’ni virus aniqlanmagani uchun mazkur bemorlarga, ularda namoyon bo‘lgan belgilar asosida «Immunitet tanqisligi kasalligi» degan tashxis qo‘yilgan. Bunday tashxisni qo‘yishda, boshqa sabablar natijasida yuzaga keladigan, immunitet tanqisligi belgilari bilan kechadigan kasalliklarga qiyoslangan. Fransiya professori Lyuka Montan’e va AQSh professori Robert Galo tomonidan virus 1983 yilda aniqlanganidan keyin, 1979 yilda «Immunitet tanqisligi kasalligi» deb tashxis qo‘yilgan bemorlarga va undan keyin aniqlangan bemorlarga, OITS (SPID) degan tashxis qo‘yila boshlangan. (Sergeev V., professor, «Uchitelskaya gazeta», 5-aprelya 1988 goda). Rossiya Sog‘liqni Saqlash vaziri o‘rinbosari, professor G.Xryabichning ma’lumoti bo‘yicha OITS bilan kasall angan birinchi bemor AQSh da birinchi marta 1981 yilda ro‘yxatga olingan. (MG 2.04.1987). OIV infeksiyasi ning belgilariga bemor e`tibor bermasa, OITS markaziga uchramasa, davolanmasa OITS ning og`ir belgilari qo`shiladi. - bosh miya zararlanishi tufayli bemorning xotirasi zaiflasha boradi, tanasining muskullarida og’riq bo’ladi, qo’l-oyoqlar shol (paralich) bo’lib qolishi mumkin. Organizmning immuniteti tobora zaiflashib, odatda og’ir kasallik qo’zg’atish xususiyatiga ega bo’lmagan mikrob, virus, zamburug’larga nisbatan uning beriluvchanligi oshib asoratlar yuzaga keladi. Masalan: - Kriptosporidium – bir hujayrali mikroorganizm bo‘lib, asosan yosh buzoqda yengil kechadigan ich ketish kasalligini yuzaga keltiradi. OITS bilan kasallangan odamda esa og‘ir kechadigan ich ketish holatini vujudga keltiradi; - Pnevmotsist – bir hujayrali mikrob sog‘ odamda kamdan - kam holatlarda o‘pkada yengil yallig‘lanish kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Immuniteti zaiflashgan odamda esa o‘pkaning og‘ir kechadigan yallig‘lanish kasalligini vujudga keltiradi; - Toksoplazmoz – mushukdan, mayda va yirik qoramol go‘shtidan yuqadigan mikroorganizm. Oddiy sharoitda, asosan, homilador ayolda o‘pkaning yengil yallig‘lanish kasalligini vujudga keltirib, homila tanasining shakllanishini buzib, turli xil norasoliklarni vujudga keltiradi. OITS bilan kasallangan odam o‘pkasi va miyasida yiringli abssess holatini vujudga keltiradi; - Kandida Albikans – zamburug‘ bo‘lib, oddiy sharoitda yosh bolada og‘iz shilliq pardasining yallig‘lanish (stomatit), ayollarda tashqi jinsiy a’zoning yengil yallig‘lanish (vaginit) kasalligini yuzaga keltiradi. Immuniteti zaiflashgan odamda esa, zamburug‘ qon orqali tanaga tarqalib, sepsis holatini, ichki a’zolarda yiringlanish holatini vujudga keltiradi; - Sitomegalovirus (SMV) – oddiy sharoitda yengil tumovlash-ga o‘xshash holatni yuzaga keltiradi. OITS bilan kasallangan odamda esa o‘pkaning og‘ir yallig‘lanishi (Pnevmoniya) va sepsis holatini vujudga keltiradi. Kaposhi sarkomasi - terida qizg‘ish-pushtirang toshmalar, ularning usti po‘st tashlagan oqimtir teri bilan qoplangan bo‘ladi. Bu toshmalar burun ustida, yumshoq tanglayda ko‘p bo‘ladi. Ular o‘pka, ichak, jigar, suyak ustki sohalarida ham paydo bo‘ladi. Kandidozlar – zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklar. - og‘iz bo‘shlig‘i va til ustida oq rangli qalin qazg‘oq paydo bo‘ladi; - qizilo‘ngach, ichak, jigar, o‘pka kandidozida qalin oq qazg‘oq mazkur a’zolarning ustuni qoplaydi (uni tashqi tomondan ko‘rib bo‘lmaydi). Lekin shu a’zolarning yallig‘lanish kasalligiga o‘xshash belgilar paydo bo‘ladi. Zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kandidoz kasalliklarining paydo bo‘lishi, OITS bilan xastalangan bemor organizmining immunitet qobiliyati kuchsizlanganini namoyon etuvchi yana bir belgi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasida OIV/OITS ni aniqlash bo`yicha tibbiy tekshiruvdan o`tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatishning sanitariya qoidalari va me`yorlari 1. O’zbekiston Respublikasida OIV/OITS ni aniqlash bo’yicha tibbiy tekshiruvdan o’tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish 2005 yilda qabul qilingan 0187- sonli sanitariya qoidalari va me’yorlari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - ixtiyoriy tekshiruv - to’liq tushunchaga ega bo’lgan odamlarning o’z ixtiyori (xohishi) bo’yicha; - anonim tekshiruv – o`zi haqida hujjat taqdim etmay tekshiruvdan o`tish; - konfidensial tekshiruv – tekshiruv natijasi haqida faqat mazkur odamning shaxsan o’zi va tibbiy xodim biladi (sir saqlanadi); - tekshiruvdan o’tish shart bo’lgan odamlar - qon va qon zardobini topshiruvchi donorlar; - majburiy tekshiruv - huquqni muhofaza qilish organi xodimining ma’lumoti asosida. 2. Tibbiy tekshiruv viloyat OITS ga qarshi kurash markazida o’tkaziladi. 3. O’ziga OIV yuqtirgan odamlarga va OITS bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat Davlat tasarrufidagi shifoxonalarda amalga oshiriladi. 4. Aholini tibbiy tekshiruvdan o’tkazish va tibbiy xizmat har bir odamning ixtiyori (xohishi) bo’yicha amalga oshiriladi. 5. Tibbiy tekshiruvda OIV/OITS aniqlangan odam, infeksiyani boshqa odamlarga tarqatmaslik (yuqtirmaslik) haqida o’ziga majburiyat oladi. 6. OIV/OITS bo’yicha tibbiy tekshiruv natijasi sir saqlanadi. U haqda o’qish, ish, turar, harbiy xizmat joylariga ma’lumot berish man etiladi. 7. Tibbiy tekshiruvda OIV aniqlangan odamni ish joyidan bo’shatish, u haqda salbiy axborot tarqatish man qilinadi. OITS — odam organizmining oz-o'zini himoya qilish (immunitet) qobiliyati zararlanishi (kuchsizlanishi, yo'qolishi) bilan kechadigan og`ir yuqumli kasallik. OIV - odam immunitet tanqisligi virusi. Bu virus odamda OITS kasalligini qo'zg'atuvchi asosiy infeksion agent hisoblanadi. Mazkur virus asrlar davomida maymunlar organizmida parazitlik qilgan. Maymun organizmidagi turli xil o'zgarishlar, tashqi muhitning tabiiy ekologik, evolyutsion o`zgarishlari tufayli virusning genetik xususiyatlari o'zgarib, u odamlar organizmida yashash, ko'payish va kasallik qo'zg'atish xususiyatiga ega bo`lgan. Shunga ko`ra virusga OIV-odam immunitet tanqisligi virusi deb nom berilgari. OITS bilan kasallangan birinchi bemor AQSh da 1979 yilda aniqlangan. U Kongo mamlakatining fuqarosi boTgan. Bemorning so'ziga koTa u maymun go'shtini isteniol qilgan. Bemorga tashxis uning organizmida yuzaga kelgan immunitet tanqisligi belgilariga asoslangan. Chunki, u paytda mazkur kasallikni virus qo'zg'atishi haqida va mazkur virusni aniqiash haqida tushuncha bo`lmagan. OITS bilan kasallangan birinchi bemorga unda namoyon bo`lgan klinik belgilar asosida tashhis qo'yilgandan keyin oradan 4 yil o`tgach 1983 yilda Fransiya olimlari virusni laboratoriya usulida aniqlash imkoniga ega bo`lganlar va mazkur virus OIV (odam immuntanqisligi virusi) deb nomlangan. OIV infeksiyasining yuqish yo`llari. Virus sog' odamga OITS bilan kasallangan bemordan va o'ziga virusni yuqtirib olib, uni organizmida tashib yuruvchi, lekin hozircha unda OITS ning belgilari namoyon bo`lmagan odamlardan yuqadi. Virusni tashib yuruvchi bemor odamlardan OIV infeksiyasi quyidagi yo`llar orqali sog' odamlarga yuqadi: l.Jinsiy yo'l; 2.Ko'p marta qo`llanadigan shprits, jarrohlik, ginekologik, stomatologik, sartaroshlik asboblarini talab darajasida sterillamaslik (zararsizlantirmaslik); 3.Donor qonini OIV ga analizdan o'tkazmasdan bemorga quyish. 4.Homilador ayol OIV bilan zaharlangan yoki OITS bilan kasallangan bo`lsa virus qon orqali homilaga o'tadi va u OIV bilan zararlangan holatda tug'uladi. OITS ning kechishi. OITS kasalligi 2 davrda kechadi: l.Yashirin davr - OIV yuqqanidan to OITS belgilari namoyon bo`lgunicha o`tgan davr. Bu davr bir necha oydan 10 yilgacha bo'lishi mumkin; 2. OITS belgilarining namoyon bo`lish davri. OITS ning yashirin davri qisqa yoki uzoq bo'lishi odam organizmi immun tizimining mustahkamligiga bog'liq. Sog'lom, jismoniy baquvvat, chiniqqan odamda immun tizimi mustahkam bo`lib, uni virus yemirgunicha ko`p vaqt o'tadi. Jismoniy ojiz, kamquvvat, boshqa kasalliklar bilan xastalangan va zaiflashgan, quvvatsizlangan odamning immun tizimi kuchsiz bo'lib, uni virus tezroq yemiradi va kasallik belgilari qisqa vaqtda yuzaga keladi. Kasallikning yashirin davrida viruslar tananing limfa tugunlariga joylashadi va ular T-limfosit hamda makrofaglarni zararlarydi. Natijada immun tizimi kuchsizlanadi. OITS belgilarining namoyon bo'lish davri organizm immun tizimining kuchsizlanishi yoki umuman yo'qolishi natijasida kasallikning quyidagi belgilari asta-sekin namoyon bolishi bilan xarakterlanadi: Bo`yin, jag ` osti, qo`ltiq osti, chov sohasi ichaklar va o`pkalar atrofidagi limfa tugunlari kattalashadi, yallig'lanadi, yiringlaydi. Tananing turli qismlarida tuzalmaydigan viringli yaralar paydo bo'ladi. Bemorning uzoq vaqt ichi ketadi, tana harorati sababsiz ko`tariladi. Bosh va orqa miya to`qimasi zararlanishi tufayli tana muskullarini ta`minlovchi nerv tolalari yo`nalishi bo'yiab og'riq paydo bo`ladi.Ayrim nerv tolalarining chuqur zararlanishi tufayli qo'l-oyoqlar shol bo'lishi mumkin. Bemorning xotirasi, aqliy qobiliyati pasayadi. Bemor organizmining immunitet xususiyati kuchsizlanadi yoki butunlay yo'qoladi.Shu sababli bemorda turli xil mikrob va viruslarning kasallik qo'zg'otuvchi ta'siriga beriluvchan bo`lib qoladi. Buning natijasida gripp, stomatit, angina, pnevmoniya, plevrit, meningit, ensefalit, piyelonefrit, gepatit, miokardit, endokardit, ichburug`, salmonellyoz, viringli otit, sil, sepsis kabi ikkilamchi kasalliklar birin-ketin paydo bo'la boshlaydi. Shu kasalliklar tufayli bemor hayotdan ko`z yumadi. OIV infeksiyasi yuqishini hamda OITS kasalligining oldini olish. O'zbekiston Respublikasi OIV infeksiyasini yuqishini va OITS kasalligining oldini olish bo`yicha 1991-yil, 28-iyunda maxsus qonun qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasining yuqorida qayd etilgan qonuni hamda Jahon Sog`liqni Saqlash tashkiloti tavsiyasiga muvofiq 1994 yildan boshlab OIV - infeksiyasini aniqlash bo`yicha fuqarolarni tekshiruvdan o`tkazish qoidalari mamlakatimiz hayotiga tadbiq etilgan. Bu qoidalar asosida shaxslar OIV infeksiyasini aniqlash bo'yicha TEST tekshiruvidan majburiy ravishda o`tkazildi: 1.Donorlar, ya`ni qon topshiruvchilar.Ularnig qoni va qon zardobida, shilliq pardalari suyuqligida OIV ga qarshi antitela borligi aniqlanadi (Agar antitela borligi aniqlansa, bu odam OITS virusini yuqtirgan hisoblanadi). 2.Jinsiy a'zolarida yallig`lanish kasalliklari bo`lgan ayollar. 3.Abort qildirmoqchi bo`lgan homilador ayollar. 4.Xatarli guruhga kiruvchi shaxslar, ya`ni venerik kasalliklar bilan xastalanganlar, ikki haftadan ko`p vaqt davomida tana harorati yuqori bo'lgan bemorlar. Tanasidagi bir nechta limfa tugunlari kattalashgan shaxslar, ikki haftadan ko'p vaqt davomida ichi ketayotgan bemorlar. 5.Qon quyish tibbiy muassasalari xodimlari. 6.OIV-infeksiya bilan zararlangan va OITS bilan kasallangan bemorlarni tekshiruvdan o`tkazish va davolash bilan shug'ullanuvchi tibbiyot xodimlari. 7.Chet elga boruvchilar.Ularga tekshiruvdan o`tganligi haqida sertifikat beriladi. 8. Chet elda uzoq vaqt bo'lib qaytganlar. 9. O'zbekistonda 15 kundan ko'proq turish rejasi bilan kelgan xorijiylar o'z mamlakatlarida OIV bo'yicha teksiruvdan o`tganligi haqida sertifikat ko`rsatishlari kerak.Bunday sertifikati bo`lmagan xorijiylar bizning mamlakatimiz qoidalari asosida OIV bo'yicha tekshiruvdan o`tkaziladilar. 10. O'zbekistonda uzoq muddat yashayotgan xorijiylar har uch oyda takror ravishda OIV bo'yicha TEST tekshiruvidan o`tkaziladilar.Agar ularda OIV infeksiya aniqlansa o'z mamlakatiga jo'natib yuboriladi. 11.OIV ga tekshiruv natijasi sir saqlanadi.Uni oshkor qilgan tibbiyot xodimi yoki boshqa shaxs O'zbekiston Respublikasi qonuni asosida javobgaiiikka tortiladi. 12.Qonunga asosan OIV infeksiyasini yuqtirgan va OITS bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat davlat hisobidan bepul ko'rsatiladi. 13.Yuqorida qayd etilganlardan boshqa shaxslar OIV infeksiyasini aniqlash bo'yicha TEST tekshiruviga majburan jalb etilmaydi.O'z ixtiyori bilan OIV infeksiyasi bo'yicha TEST tekshiruvidan o'tishni xohlagan shaxs OITS ning oldini olish markazida yoki mahalliy poliklinikada tekshiruvdan o`tishi mumkin. Poliklinikada ham tekshiruv s i r saqlangan holda o`tkaziladi. 14.Aholi o`rtasida ayniqsa, yoshlar orasida, OIV infeksiyasini yuqish yo`llari, uning oldini olish, bu infeksiyani aniqiash uchun TEST tekshiruvidan o`tish qoidalari bo'yicha tushuntirish ishlari keng ko`lamda olib borilishi kerak.Bu targ'ibot ishlarida tibbiyot xodimlari, o`qituvchilar, jamoat tashkilotlari xodimlari faol ishtirok etishlari lozim. "Sog`lom avlod" Davlat dasturining asosiy maqsadi jismoniy va ruhiy jihatdan kamol topgan insonni shakllantirishdan iborat.Shunday ekan, yoshlar orasida giyohvandlik, OITS va boshqa kasalliklarning oldini olishga qaratilgan barcha tadbirlar sog`lom avlodni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan har yilning 1-dekabri "Butun dunyo OITS ga qarshi kurash kuni" deb e'lon qilingan.Bu kun hamma o'quv- yurtlari va tashkilotlarda OIV/OITS ning oldini olish mavzusida seminarlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalari o`tkaziladi.