logo

Tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari sex va bо‘limlarida texnologik jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

102.5 KB
Tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari sex va bо‘limlarida texnologik jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash Reja: 1. Sanoat korxonalardagi xavfsizlikning texnik asoslari va ularni xavfsiz ishlashini ta’minlash 2. Tikuvchilik korxonalarining asosiy sexlaridagi xavfli zonalar 3. Uskunalarni joylashtirish 4. Rangli signallar va xavfsizlik belgilari va jarohatlovchi omillar va xavfli zonalar 5.Erganomika elementlari va ish joyini tashkil qilish 1. Sanoat korxonalaridagi xavfsizlikning texnik asoslari va ularni xavfsiz ishlatishni ta’minlash. Uskuna va mexanizmlarning hamma harakatlanuvchi qismlari bir - biriga tomon aylanadigan vallar; tishli g‘ildiraklar ilashmasi uskunalarning vertikal uzatmalari va kirkuvchi qismlari; kaytma - ilgarilma harakatlanuvchi pishang ishlovchilarning sog’lig’i hamda hayoti uchun yashirish xavf tugdiradi. Uskunalardan foydalanish xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish uchun xavfsizlikning maxsus texnik vositalari qo’llaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: himoyalovchi va tusuvchi tuzilmalar xavfsizlik masofalari va gabaritlari; xavfsizlik signalizatsiyasi;yorug’lik signalizatsiyasi va xavfsizlik belgilari; xavfli mintaqalar; ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Agar texnologik va umumfabrika uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlar shikastlanish manbai hamda inson organizmi uchun xavf manbai bо‘lsa, ular to’siqka ega bo’lishi kerak. Masalan: hamma vallalarning chikib turadigan uchlari, tishli shesternya va segmentlar, maxovikli gildiriklar, tasmali, tishli hamda ponasmon tasmali uzatmalar, ilashish muftalari, tuxtatish (stoporlash) boltlari, shponkalar va texnologik hamma umumfabrika uskunalarning barcha xarakterlanuvchi qismlari tusib kuyilishi shart. O’rnatiladigan to’siqlar foydalanishga qulay bo’lishi, aylanuvchi qismlar bilan kuzgalmas detallar orasidagi tirqishlarni berkitib turishi hamda kiyimni, oyok-qo’llarni va sochni tortib ketib, ishlovchilarni shikastlash extimolning oldini olish kerak. Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli texnologik jarayoni kuz bilan kuzatib turish va ayni paytda ishlovchilarning otilayotgan kirindilardan abraziv toshlarning mayda bulaklari hamda ishlab chiqarish chikindilaridan himoyalanish uchun to’siqlar organiq shisha, stalining va boshqa shaffof ashyolardan ekranlar yoki oynalari kurinishida tayyorlanadi. Tusuvchi tuzilmalar asosan ikki guruxga: muvakkat va doyimiy tuzilmalarga bo’linadi. Muvakkat (kuchma) tuzilmalar qurilish - montaj va tuzatish ishlarini bajarishda qo’llaniladi. Doimiy (kuchmas) to’siqlar texnologik va umumfabrika uskunalarning xavfli joylarini tusib turish uchun xizmat qiladi. Doimiy to’siqlarga sirkulyar, tembranma (mayatnikosmon) va (tasma) lenta arralar, abraziv doiralar, pilla tortish hamda ipak yigirish mashinalardagi mexaniq uzatmalarning va xar xil tuzilishdagi metall to’siqlari misol bula oladi. Elektr qurilmalarning hamma tok o’tkazuvchi qismlari (magnitli tushirgichlar, shitlari, boshqarish tugmalari, kalitlari) xam doimiy to’siqlar bilan himoyalangan bo’lishi zarur. Konstruktiv ijrosiga kura doimiy to’siqlar uskunalarning ajralmas qismi kabi tayyorlanadi. Ularning tashki sirti uskunaning rangida, ichki sirti esa to’siqni olib yoki ochib kuyib ishlash xavfli ekanligidan ogoxlantiruvchi kizil rangga bo’yalanadi. Hamma to’siqlarning tashki sirti sillik bo’lishi va ularda jarohatlanishga olib keluvchi utkir chikiklari bo’lmasligi kerak. Ba’zi xollarda to’siqni avval ish xolatiga o’rnatmasdan turib uskunani ishga tushirish mumkin bo’lmasligi uchun to’siqlar uskunaning ishga tushirgigichi bilan blokirovka qilinadi. Doimiy to’siqlar kuzgalmas (olinmaydigan) va olinadigan bo’ladi. Olinadigan to’siqlar rostlash hamda moylash ishlarini bajarish, shunigdek, vaqt-vaqtida kuzdan kechirish uchun uskunaning harakatlanuvchi qismlariga kulni olib borish zarur bo’lgan xollarda qo’llaniladi. Ochilganda kul yoki kiyim uskunaning harakatlanuvchi qismlariga tushib qolishi extimoli bo’lgan olinadigan, surilma va qaytarma to’siqlar ishga tushirish hamda tuxtatish mexanizmi bilan blokirovkalangan bo’lishi lozim. Qaytarma, olinadigan va surilma to’siqlar o’lchamlari hamda shakli jihatidan qulay skoba va tukichlarga ega bo’lishi kerak. Uskunalardagi harakatlanuvchi qismlarning xalkalardan o’rnatilgan va yuqoriga ochiladigan to’siqlari (kopkoklar, olinadigan to’siqchalar giloflar va b.) ochilganda kimirlanmaydigan bo’lishi zarur. To’siqning tuzilishiga nisbatan qo’llanila-digan majburiy talab shundan iboratki, uskuna xizmat kursatadigan kishi to’siqni ochaolmasligi va u bo’lmaganda texnologik jarayoni amalga oshirish mumkin bo’lmasligi kerak. Bir necha kishi xizmat kursatadigan yoki ancha uzun bo’lgan mashinalar apparatlar va boshqa texnologik yoxud umumfabrikalarning tushirish ishga tuzilmasi fakat bir joyda - boshqarish pultida esa xar bir ish o’rniga va xar 4 oralikda o’rnatilishi lozim. Uskunalarning zararli gazlar bug’lar va chang chiqadigan joylari yopik bo’lishi va havoning tozaligini ta’minlash uchun maxalliy suruvchi tuzilmalar bilan jixozlanishi zarur. Texnologik va umumfabrika uskunalarining kuydirishi mumkin bo’lgan kaynok sirtlari issiqlikni o’tkazmaydigan qilib ixotalanishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonlari boshqarish postlari va pultlari doimiy ish o’rnidan ko’pi bilan 1,2. m narida bo’lishi lozim. Boshqarish tuzilmalari (tugmalar, pishangli va burilma dastlar, teshiklar va xokazo) uskunalar hamda quvurlarning ochiq ish mexanizmlari va kizdirish elementlarida kamida 200 mm masofa joylashtirish kerak. Texnologik va umum fabrika uskunalri ishini blokirovkalashdan maqsad ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlashdan iborat. Blokirovkalash tuzilmalari kuiydagi maqsadlar uchun xizmat qiladi: -texnologik jarayonni va umumfabrika uskunalarning noto’g’ri boshqarishga barxam berish uchun; -xavf paydo bo’lganda ishlayotgan uskunani darxol tuxtatish uchun; -ayrim mexanizm va detallarning xavfi mintaqadan tashqarida harakatlanishiga imkoniyat yaratish uchun. Meyordagi ish sharoitini buzilishi oqibatida mazkur qurilmaga xizmat kursatadigan kishining sog’lig’i uchun xavf tugilishiga ayrim mexanizmlarning ishlamay qolishi sabab bo’ladi. Blokirovkalash uchun ko’pincha relelardan foydalaniladi. Ular agregat yoki texnologik jarayonining ayrim parametrlari kattaligi yoki yo’nalishi o’zgargani sezib, ijrochi tuzilmaga tegishlicha ta’sir kursatadi u esa elektr toki, suyuk yoki gazismon muhit ta’sirida ishlab ketadi. Releni ishlash prinsipini u kabul qiladigan parametrning turi kuch, yorug’lik, bosim, kuchlanish, namlik va xokazo hamda yordamchi eneriyaning mexaniq, elektr, gidravlik yoki pnevmatik xili belgilaydi. Lampalar yoki yarimo’tkazugichlar asosida yigilgan kuchaytirgichlardan iborat bo’lgan elektron relelar keng qo’llaniladi. Blokirovkalovchi tuzilma himoya tuzilmasidan farq qilib, uning vazifasi xavfli mintaqaning tusigi olinganda yoki ochilganda uskunaning operativ zanjirini o’chirib va uzib kuyishdan ish boshlanishdan oldin uni yopishdan hamda uskuna yopilgan xolatda tutib turishdan iborat. Cheklagichlar ishlab chiqarishda shikastlanishlarning, uskunalarning sinishi va faloqat tartibotida ishlashning oldini olish maqsadida qo’llaniladi. Saklovchi tuzilmalar uz uzidan ishlab uskunani tuxtatadi va u bilan uning sinishi hamda ishdan chiqishning oldini oladi. Saklovchi tuzilmalar ishlab ketganidan keyin uskunaning ishlash kobiliyaiini tiklash usuliga qarab ular ikki guruxga ajratiladi: -nazorat kilinayotgan parametr me’ridagi qiymatga yetganidan sung uskunaning ishlash qobiliyatini uz uzidan tiklanadigan tuzilmalar; -saklovchi tuzilmaning ishdan chiqqan detalari (eruvchvn kuyimalari) kulda almashtirish yo’li bilan tiklanadigan tuzilmalar. Portlashish oldini olish maqsadida, atmosfera bosimidan yuqori bosim ostida ishlaydigan apparatlar, ballonlar, quvurlar va idishlar uz-uzidan (avtomatik) ishlab ketadigan saklovchi klapanlar) va saklovchi plastinalar bilan jixozlanadi. Apparatda bosim kutarilganda saklovchi klpanlar ochilib (uzilib) ortiqcha bug yoki gazni chiqarib yuboradi va apparatda ruxsat etilgan bosim yuzaga kelganda keyin uz-uzidan yopiladi. Elektr qurilmalaridan tok kuchi oshib ketganda ularda uta yuklanish yoki kiska tutashuv va yong’in sodir bo’lishi mumkin. Bu xolda eruvchan saqlagichlar yoki uzib kuyuvchi avtomatlar o’rnatiladi. Blokirovka sistemalari va saklovchi tuzilmalar tovush hamda yorug’lik signalizatsiyasi bilan birgalikda qo’llaniladi. Ishlovchilarni xavf to’g’risida ogoxlantirish uchun xavfsizlik signalizatsiyasi xizmat qiladi. Shu maqsadda yorug’lik rang va tovush signallari xar xil shartli belgilardan hamda bosimni, haroratni, suyuklik satxini aniqlaydigan kursatgichlardan foydalaniladi. Xavfsizlik masofalari va gabaritlari. Texnologik uskunalarga xizmat kursatishda mehnat xafsizligini ta’minlash, faloqalatlarning oldini olish bino hamda inshootlarning yong’in xavfsizlini ta’minlash uchun mashinalar bilan tuzilmalar, binolar bilan inshootlar orasidagi xavfsizlik masofalari va gabaritlari katta rol uynaydi. Xavfsizlik masofalari va gabaritlari deganda, uskunalar yoki obyektlar o’rtasidagi ruxsat etilgan eng kichik masofalar tushiniladi. Bu masofalar qisqartilganda shikastlanish xavfi paydo bo’ladi. Asboblarning eng kup chikib turadigan qismlari orasidagi, uskunalar bilan devorlar ustunlar orasidagi masofalar meyorlari odamlar moddiy boyliklarinigg yong’in xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, texnologik uskunalarga xizmat kursatish qulay bo’lishini ta’minlash uchun koldiradi. Bu uskunalarning turiga, oralik masofalarda ish urinlari yordamchi tuzilmalar, odamlar yuradigan yo’laklar, sexning ichki transporti bor yukligiga bog’liqdir. Texnologik va umum zavod uskunalarning sexlaridagi joylashuvi, uskunalar yonidagi ish urinlarning tashki o’lchamlari aniqlashi kerak. Komunikatsiyalardan o’tish joylarida xavfsiz yo’laklar yoki o’tish kuprikchalari qurilishi zarur. 2. P oyafzal va tikuvchilik korxonalari asosiy sexlaridagi xavfli zonalar. Poyafzal va tikuv fabrikalari odam hayotini yengillashtiruvchi, uni muhofaza qiluvchi xilma-xil, ko’pincha ancha murakkab uskuna va moslamalar bilan ta’minlangan. Bu uskunalarning ishi turli xil energiyalari (gaz, bug, elektr va x.k) qo’llash, utkir, agressiv, portlash xavfi mavjud materiallarni qo’llash bilan bajariladi. Kupgina mexanizmlar murakkab harakatlarni bajaradilar, shuning uchun ular bilan ishlaganda ish joylarida xavfli xudud paydo bo’ladi. Xavfli hudud uskunalarning ayrim qismlaridan ishlov berilayotgan materialning mayda bulaklari (kirindilar), bug’lar, gazlar, chang va sh.u. zararliklar ajralib chiqish bilan xam harakatalandi. Bu xududlarda doimiy ravishda yoki vaqt-vaqti bilan ishlovchilarning hayoti va sog’lig’iga xavf tugdiruvchi omillar paydo bo’lib turadi. Uskunalarning xar qanday harakatlanuvchi qismlari unda ishlovchi ishchi uchun ma’lum ma’noda xavf tugdiradi. To’g’ri loyihalangan uskuna uning xavfli joylariga ishchining biror a’zosi (kuchi, oyogi va x.k.) kirib ketishini ogoxlantiruvchilar o’rnatilgan. Uskunalarning harakatlanuvchi chikib turuvchi qismlari qancha kam bо‘lsa, unda ishlovchi ishchini jiddiy jarohatlarga olib keluvchi, kiymini, sochlarini va boshqa a’zolarini olib ketish xodisalari shuncha kamayadi. Ishchi uskunaning xavfli xududiga kirib qolishini oldini olish, uni elektr toki ta’’siridan himoyalash, yuqori bosimdan, katta tezliklardan, yuklari yuqoridan tushirib ketishdan, pastga qulab tushish, kuyib qolish va x.k. lardan saqlash maxsus maqsadlar uchun loyihalashgan asbob, moslama va mexanizmlar bilan bajariladi. Uskuna va agregatlarining ishida xavfli vaziyat paydo bo’lganligi sababli maxsus asboblar va moslamalar (suv satxini o’lchovchi, bosimlarini o’lchovchi manometrlar, yorug’lik va tovush signallari va x.k.) qo’llaniladi. Xavfsizlikini ta’minlashda xavfli joylarini ishonchi to’siqlar bilan tusish, blokirovkalar qo’llash, zararli moddalar chikmasligi uchun zichlashtirish (germetezatsiya), apparatlarni kapsullash tadbirlari zamonaviy, progressiv texnik vositalar, usullar hisoblanadi va ular ishlab chiqarishda jarohat va kasbiy kasalliklarga qarshi kurashishada samarali usullardan sanaladi. 3. Uskunalarni joylashtirish. Mashinalarni boshqarishning qulay va oddiy bo’lishi, ish joylarida sanitariya- gigiyena, psixofiziologik va estetik talablarni bajarishda charchatuvchi va toliktiruvchi xolatlarni yo’qotishda, mashinalarni sozlashda va tuzatishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu kachonki mashinalarning uzaro joylashishida va binoning qurilish konstruksiyalari bilan, sozlash zonalarini, boshqarish zonalarini, transport yo’llari va yo’laklarini hisobga olgan xolda bо‘lsagina mumkindir. Shuning uchun mashinalarni joylashtirishda quyidagilarni hisobga olish kerak: - mashinalarning konstruksiyasi va gabarit o’lchamlari; - xonalarning o’lchamlari va kolonnalar setkasi; - transport yo’laklari; - mashinalarni texnologik boshqarish sozlash va yarim maxsulot va tayyor maxsulotlarni joylashtirish; - ish yo’laklari, mashinalar orasidagi montaj va boshqa oraliklar, mashina bilan kolonna va devor oraliklari; - evakuatsiya yo’laklari, markaziy devorlar yonidan o’tgan; - devorga o’rnatilgan asbob va uskunalar va boshqa moslamalar. 1. Mashinalarning gabarit o’lchamlari ularning texnik pasportlarida beriladi: uzunligi, eni va buyi. 2. Kolonnalar setkasi. Hozirgi paytda bir kavatli va kup kavatli binolar kurish paxta, ipak, to’qimachilik va yengil sanoat koxonalari uchun xosdir. Bir kavatli binolarda eng qulay kolonnalar setkasi 12x18m hisoblanadi. Bunda mashinalarni boshqarish qulay bo’ladi, baxtsiz xodisalar xavfi kamayadi, sexning maydoni iqtisod qilinadi. 3. Transport chiziqi kengligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: l mp =b+c, m bu yerda: b - transport vositasining eni yoki yukning gabariti. £´l transporti uchun b=0,7m, uzi yurar transportlar uchun b=1,1m; s - transport vositalarining harakat xavfsizligi tirqishi; tezlik v  1 m/s bo’lganda s=0,2 m. tezlik v  0,5 m/s bo’lganda s=0,1 m. 4. Mashinalarni texnologik boshqarish zonasi - bunda ish operatsiyalarni xavfsiz bajarishni ta’minlaydigan, yonma-yon to’rgan mashinalar orasidagi yo’lak nazarda tutiladi. Bu mashinalarni chiqargan zavod tomonidan belgilanadi. Bu ishchining pozasiga xam bog’liq. Sozlash zonasi - bunda mashinani montaj va demontaj qilishda, sozlashda sozlovchining xavfsizligi uchun zarur bo’lgan mashina atrofidagi maydon tushuniladi. Sozlash zonasi xam sozlovchining pozasiga bog’liq. 5. Ish yo’laklari. Ularning eni quyidagi formuladan topiladi: Â =  a, (m) a - kushni mashinalarning boshqarish zonasining yarim summasi, m;  - mehnatni xar xil tashkil qilishda texnologik zonalarning bir-biriga mos kelishini hisobga oluvchi koeffitsiyent. Tarash mashinasi uchun  =1; plita mashinasi uchun  =1,3; pilik mashinasi uchun  =1,6; yigiruv mashinasi uchun  =2,0. Bush yo’lak eni uning uzunligiga qarab 0,5-0,7 m oraligida bo’ladi. Montaj oraligi - 0,3 m. 6. Evakuatsiya yo’laklari. Bular smena va tanaffus paytlarida, zarur xollarda ishchilarni evakuatsiya qilish uchun hamda transport vositalari yurishi uchun mo’ljallangan. Ular joylashishi bo’yicha: markaziy va djevorlarga yondoshgan; vazifasi bo’yicha: asosiy va yordamchi turlariga bo’linadi. a) Markaziy yo’laklarning eni quyidagicha hisoblanadi: В=2 a 0 + n 1 â mp +в эв (м) а 0 - иш зонаси кенглиги; n 1 - транспорт чизикларининг сони (бир томонлама бўлса n 1 =1, икки томонлама харакат бўлса n 1 =2); â mp - транспорт йулагининг эни, м; â эв - эвакуация йулагининг эни, м. â эв =0,6  0,005n, м; n - smena va umumiy tanaffus paytidagi ishchilar soni. b) Devorlarga yondoshgan yo’lakning eni quyidagi formula bilan aniqlanadi: Â дев =0,2+ а 0 nâ mp +â эв ( м ) Evakuatsiya chiqish eshiklari sexlarda kamida ikkita bo’lishi kerak. Ish joyidan chiqish eshigigacha bo’lgan masofa bir kavatli binolarda 100 m gacha, kup kavatli binolarda 75 m gacha bo’lishi kerak.Zinapoya kataklari yonmaydigan materialdan qo’llanilishi kerak. Zinapoya katagining kamida 50% maydoni tabiiy yorug’lik bilan yoritilishi kerak. Sexlarda chiqiladigan barcha eshiklar tashqariga ochilishi kerak. Jarohatlovchi omillar va xavfli zonalar. Ishlab chiqarishda jarohatlanish xodisalari mavud bo’lishi quyidagi ommilarga bog’liq. Mashina va dastgoxlarning harakatlanuvchi qismlari, kayishlar, barabanlar shkivlar, shneklar, tishli ish shersternyalari va boshqalar issiq yuzalar, elektr toki, mato tuklarini kuydirish mashinasi, zararli kimyoviy moddalar, matolarni pardozlashda ishlatiladigan kislota, ishqor va boshqa uyuvchi moddlarning bexosdan tushib ketishi, yuqoridagi ish joylarida to’siqlarsiz ishlash. Inson hayotiga sog’lig’iga doimiy yoki vaqti-vaqti bilan xavf tugdiruvchi joy xavfli zona deb ataladi. Bunday zonalar sanot korxonalarida talayginadir. Mashina va dastgoxlarning xar qanday aylanuvchi qismi xavflidir. Masalan: To’qimachilik korxonalarida barcha mashinalari tez aylanuvchi qismlarga ega. Gorizontal tituvchi mashining pichoqli barabani 450-700 ayl /min savash mashinasining mgnali savagichi 1000-1200 ayl/ min, tarash mashinasining kabul kiluv barabani 900-1200 ayl/ min, bosh baraban esa 200-400 ayl/min, tezlikka ega bo’lib, chiziqli tezligi 800-1600 ayl/min ni tashkil qiladi. Bu katta inersiya hosil qilib xavfli zona hisoblanadi. 4. Rangli signalar va xavfsizlik belgilari. Korxonalarda faloqatlar va kungilsiz xodisalarning oldini olish maqsadida rangli plakatlar hamda xavfsizlik belgilaridan foydalanish mehnat xavfsizligi nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Rangli signallar va xavfsizlik belgilari ishlovchilarning dikkat-e’tiborini bevosita xavfga jalb etishga mumkin bo’lgan xavf haqida ogoxlantirishga, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida muayyan ishlarni bajarish uchun kursatmalar berish va ruxsat etishga, shunigdek, axborot berishga mo’ljalangan. Xavfsizlik belgilari korxonalar, qurilish maydonlarining xududulariga, ishlab chiqarish xonalari, ish urinlari va ishlab chiqarish uskunalariga o’rnatilishi kerak. “Rangli signallar va xavfsizlik belgilari” ga muvofik rangli signallar hamda xavfsizlik belgilarining ushbu turt turi belgilangan: kizil, sarik, yashil, kuk. Kizil -takiklash bevosita xavf, yong’inga qarshi texnikaning belgilanishi; Sarik - ogoxlantirish, mumkin bo’lgan xavf belgisi; Yashil - xavfsizlik “shu yerdan chikilsin” belgisi; Kuk kursatma, yong‘in xavfsizligi belgilari, axborot. Korxona xududida, ishlab chiqarish xonalari va ish urinlarda xavfsizlik belgilarini o’rnatish joylari, ular o’lchamlarning tartib raqami (nomeri) ni, shuningdek, xavfsizlik belgilariga doir tushuntirish yozuvlarini qo’llash tartibini korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi kumitasi va tegishli davlat nazorat tashkilotlari bilan kelishgan xolda belgilaydi. Xavfli mintaqa deb, ishlayotgan uskunalar va harakatlanuvchi uzel hamda detallar yoki ish asbabi harakatinng chekka nuqtalari yaqindagi bushlikka aytiladi. Xavfli mintaqa ishlov berilayotgan ashyolardan otilib chikayotgan mayda zararlarning va uskunalardagi yomon maxkamlangan yoki signalangan detallarning otilib borishi masofasi bilan, shuningdek ish o’rnida tuplangan bug’lar, gazlar va chang miqdori, bilan belgilanishi mumkin. Ishlovchilar xavf-xatardan xoli bo’lish uchun jomakor, sochni yaxshi berkitib turadigan bosh kiyimi kiyib olishlari kerak. To’g’ri loyihalangan va zamonaviylashtirilgan uskunalardan kul - oyok hamda kiyimning xavfli mintaqalarga tushib qolish extimoli bo’lmaydi. Uskunalardan foydalanishdagi xavfsizliki oshirish maqsadida maxsus saklovchi tuzimlar qo’llaniladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sanoatimiz oldida to’rgan muhim vazifalardan biridir. Uning vazifasi mehnat unumdorlishini oshirishdan, ishlab chiqarish texnologik jarayoni takomillashuvini va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash, ta’milashdan iborat. Korxonalarda ishchi-xazmatchilarning kattik charchashi va zurikishga barxam beradigan qulay mehnat sharoitini yaratish uchun og’ir hamda sermehnat ishlar mexanizatsiyalashtirilishi va ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilishi zarur. Sermehnat jarayonlar mexanizatsiyalashtirilganda ularning miqdori va ishlab chiqarishda shikastlanishlar soni keskin kamayadi. Korxonalarda joriy etiladigan mexanizatsiyalash vositalari tashish ishlarini bajarishni tezlashtiradi, ammo ular odamning doimiy kuzatuvi ostida va bevosita ishtiroki bilan ishlaydi. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish keng doirada amalga oshirilmokda, bu esa texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish ishlarini ishtiroksiz joylarda mehnatni yengillashtirmokda, mehnat yaxshilanmokda. Bunda ishchi mashina va mexanizmlar ishni nazorat qiladi hamda xavfsiz masofada turadi. Bullardan tashqari, eng muhim - shikastlanish xavfi barxam topadi. Ish jarayonida ishchi ruxiy xolati tangligini pasaytirish va mehnat muhofazasini ta’minlash uchun sexlarning ichki va tashki tomondan pardozlash va unda ranglarning odamga fiziologik va psixologik ta’sirini hisobga olish muhimdir. Xonadagi ranglar okilona tanlanganda odamda bayram kayfiyati hosil qiladi. Masalan, sexlarda ship, deraza teshiklari ok rangga, devorning yuqori qismlari och havo rang, pastki (panellar) va to’siqlar - havo ranglarga bo’yaladi. Mashinalarning ustki qismlarini okilona bo’yash kuzni charchashidan saqlaydi va baxtsiz xodisalarning oldi olinadi. Bunda asosan kuk va shunga yaqin ranglar tanlanadi. Mashinaning harakatdagi qismlari kishi dikkatini uziga jalb qilishi kerak, shuning uchun ularni yorkinorok (ochiq) ogoxlantiruvchi ranglarga bo’yaladi. 5 . Ergonomika elementlari va ish joyini tashkil qilish. Ergonomika insonning ish jarayondagi harakatidir. Ergonomika ishlab chiqarish jarayonida ishchining charchamasdan, ish qobiliyati pasaymagan va sog’lig’ini yo’qotmagan maksimal ish unumdorligiga erishishda fuknsional imkoniyachtlarni o’rganuvchi fandir. Ergonomika - nazariy fan bo’lib, fiziologiya, psixologiya, antropometriya, mehnat gigenasi va inssonning ish faoliyatini kompleks ravishda kamrab oladi. Hozirgi payda yangi teznologtk jarayon, kichik korxonalar, yangi mashina va uskunalar albatta GOST “maxsulot sifatiga” binoan bo’lishi zarur. Ergonomika kursatgichlar belgilangan talablarga javob berishi kerak. Ish joyda narsalarning joylashtirish, ularning shakli, rangi va boshqa qator omillar noto’g’ri joylashtirilsa ishchini charchatadi, to’g’ri joylashtirilganda esa aksincha ish unumdorligini oshiradi. Bunda ish joylarini tashkil qilish xam katta ahamiyat kashf etadi: asboblar to’qimalarining joylashtirilishi, rangi, mashinaning balandligi va boshqa ishlab chiqarish sharoitlari shullar jumlasidandir. Bular shunday joylashtirilishi lozimki, ishchi ortiqcha harakatsiz, uzini zuriktirmasdan ulardan osonlik bilan foydalansin. Ish joyning balandligi xam muhim ahamiyatga ega. Odatda u 1000-1600 mm oralikda olingani maqsadga muvofikdir. Bundan tashqari kuzining imkoniyat doirasini xam hisobga olish kerak Gorizontal bo’yicha kurish burchaklari 18 0 -kuzining ish joyda oniy kurish burchagi. 30 0 -kuzning ish joyida samarali kurish burchagi, 120 0 - kuzining bosh kimirlatmay to’rgandagi kurish burchagi, 220 0 -kuzining boshni bo’rgandagi kurish burchagi. Vertikal bo’yicha yuqoriga kurish burchagi 55-60 0 ni, pastga kurish burchagi esa 70-75 0 C ni tashkil qiladi. Bunda xam samarali kurish burchagi 30-40 0 C ni tashkil qiladi. To’qimachik korxonalarida (ayniqsa yigiruv va to’quv fabrikalarida) mashina va dastgoxlarni boshqarish juda kup harakat qilishni takazo qiladi. Masalan, ipni kalavalovchi smena davomida 10 km ga yaqin masofani yurib, 1800 marta uzilgan ipni ulash va bushagan galtaklarni almashtirish uchun engashar ekan. Kalavalovchining ishini yengillashtirish maqsadida korxonalarda ularga harakatlanuvchi urindik qilib berilgan. U maxsus tepkini bosib, mashina buylab ungga va chapga harakatlanishi va urindikda utirgan yerida uzilgan iplarni ulashi va boshqa operatsiyalarni bajarishi mumkin. Bu ularning ishini ancha yengillashtiradi. Korxona xovlisini y о‘ llar va yo’laklar. Zamonaviy paxta, ipak to’qimachilik va yengil sanoati korxonalari ishlab chiqarish, maishiy va yordamchi xujalik, binolaridan tashkil topadi va ular turli- tuman belgilari bilan xarakterlanadi. Masalan: portlash xavfi, yong‘in xavfi, zararli gazlar va changlar ajralib chiqishi, avtomobil va temir yo’llar va x.k. lar bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, ishlovchilarga qulayliklar yaratish niyatida korxona territoriyasini aloxida gruppalarga, ya’ni zonalarga bo’linadi. Zonalarga ajratish, xar bir binoning vazifasiga sanitariya xarakteristikasiga, xomashyoning yonuvchanligiga, texnologik jarayonga, transport xizmatiga, ishlovchilar soniga va boshqa kuplab faktorlarga bog’liq. Korxona xovlisini planlashtirishda avtomobil yo’llarning va piyodalar yo’laklarining eng oddiy va qo’llay sxemasi tanlanadi. Bunda avtomobil yo’llari bilan piyodalar yo’llari kesishmasligiga e’tibor berish kerak. Kesishmasligining iloji bo’lmaganda yer osti yo’llari yoki kushimcha yo’llar kurish bilan xavfsizlik ta’minlanishi kerak. Magistral avtomobil yo’llarining eni 6 yoki 3 songa bo’linadigan qilib olinadi. Korxonada odatda yo’llar tutash bo’lishi kerak.Ayrim xollarda tupik yo’llar bo’lishiga ruxsat etiladi, agarda ularning uzunligi 100m dan oshmasa. Piyodalar uchun mo’ljalangan yo’lkalarning (trotuar) eni 0,75 m, dan kam bo’lmasligi kerak. Korxona xovlisini obodonlashtirish, unga daraxt gul va butalar ekish, maysazorlar ajratib kuyish - yong’innning tarkalib ketmasligi uchun, shovqin va changli havoning tarkalib ketmasligi uchun himoya lentalari hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bino ichidagi ishchilarni yo’ldan utayotgan transport shovqinlaridan, kuyosh radiatsiyasidan saqlaydi. Mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ochiq havoda dam olish joylari tashkil qilish imkoni beradi va x.k. Odatda fabrika oldi maydonlari, magistral yo’llar chetlari, qurilishdan bush barcha joylar, ayniqsa maishiy binolar atrofi, oshxona, tibbiy yordam punkti, dam olish joylari, suv olish nasos stansiyalari, suv xavzalari toza havo olish zonalari. Daraxt va butalarni transport vositalarining harakatiga, injenerlik tarmoqlarining o’tkazilishiga va yo’llarni yoritish uchun o’rnatiladigan chiroqlarga xalakit bermasligini hisobga olish kerak. Ular yo’l harakatiga xalakit bemasligi, belgilar yaqqol kurinib turishi kerak. Mashina yo’llari, piyodalar yo’laklari, yuk tushirish va ortish maydonlari hamda korxona xovlisidagi ish joylari yoritilishi shart. ADABIYOTLAR 1. Азизов Қ. Х. Ҳаракат хавфсизл игини ташкил эт и ш асослари. -Т.: Ёзувчи , 2002.-182 б . 2. Азизов Қ.Х. Йўлларда хавфсиз ҳаракатланиш асослари.- Т.: Ёзувчи, 2005.- 72 2. Клинковштейн Г.И., Афанасьев М . Б. Организация дорожного движения. - М.: Транспорт, 2000.-236 б. 3. Йўл ҳаракати қ оидалари- Т.: 2001 .-82 б. 4. Му ҳ итдинов Н.Ф., Нурмухам е дов F . K , Д и метов Р.Н. Йўл ҳаракати қ оидаларига шархлар.- Т.: F . Ғ улом, 2005.-7 8 б. 5. Усмо н X . Ав томоб и ллар н и бош қариш асослари в а ҳаракатланиш хавфс и зл иги .-Т.: Узбекистан, 2001.- 220 б.