logo

So`z turkumlari tasnifi. So`zning serqirraligi va tasniflarning xilma-xilligi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

78 KB
So`z turkumlari tasnifi. So`zning serqirraligi va tasniflarning xilma-xilligi Reja: 1. Tasnif omillari. Tasnifning mantiqiyligi va uzluksizligi. 2. Leksemalarning ma'noviy tasnifi. 3. Leksemalarning morfologik tasnifi. 4. Leksemalarning sintaktik tasnifi. 5. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida so`z turkumlari va ularning tasnifi. Leksemalarning serqirraligi, tasnif va uning mantiqiyligi, mustaqil ma’noli so`zlar, bo`sh ishora ma’noli so`zlar, yordamchi ma’noli so`zlar, o`zgaruvchi leksemalar, o`zgarmas leksemalar, so`z - gaplar, muchalanuvchilik (gap bo`lagi bo`lib kelishi), sonlanish, darajalanish, tartiblanish, ajraluvchilik (gap bo`laklari bilan munosabatga kirishmaslik ), sintaktik aloqa vositasi. Biz oldingi mavzuda tasnifning mohiyati nimada ekanligi, uning xususiyati haqida bir oz to`xtalib o`tgan edik. So`zlarning tasnifini berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma vaqt diqqat markazida bo`lishi kerak. Leksemaning har bir qirrasi bir tasnifni yuzaga keltiradi. Chunonchi: 1.Bo`g'in soniga ko`ra: bir bo`g'inli, ko`p bo`g'inli. 2.Fonemalar miqdoriga ko`ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch fonemali... 3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko`ra. 4.Tub-yasamaligiga ko`ra:tub va yasama. 5.Yasalish tipiga ko`ra: diaxronik va sinxronik. 6.Tuzilishiga ko`ra: sodda, qo`shma, juft, takroriy. 7.Shakl va ma’no munosabatiga ko`ra: ma’nodosh, shakldosh, qarama- qarshi ma’noli so`zlar va paronimlar. 8.Qo`llanishiga ko`ra: aktiv va passiv. 9.Onomasiologik - nominatsion xususiyatlariga ko`ra; antroponim, toponim, zoonim... 10.Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko`ra: kitobiy, rasmiy, so`zlashuv. 11.Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko`ra: o`z va o`zlashgan qatlam, chegaralangan va chegaralanmagan qatlam. 12.Emotsional - ekspressiv jihatiga ko`ra: emotsional - ekspressiv bo`yoqdor va bo`yoqsiz so`zlar. 13.So`zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma’nosiga ko`ra: narsa, buyum, shaxs, mavjudotlarni atovchi so`zlar; belgi, xususiyat, munosabat ifodalovchi so`zlar; harakat-holat ma’nosini bildiruvchi so`zlar; o`rin-payt, tarz-tus ma’nosini ifodalovchi so`zlar va h.k. Demak, so`zlarga berilgan xilma- xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning har biri o`z o`rnida ahamiyatlidir. So`z va uni tasniflash asoslari tilshunos I.Madrahimov tomonidan o`rganilib, uning ma’noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan. So`zlar ma’noviy belgi siga ko`ra quyidagicha turkumlanadi: 1.Mustaqil ma’noli so`zlar: a) mavjudotlarni atovchi so`zlar - otlar; b) belgi - xususiyatni atovchi so`zlar – sifatlar; d) harakat - holat ifodalovchi so`zlar – fe’llar; e) miqdorni ifodalovchi so`zlar – sonlar; f) o`rin - payt, tarz - tusni ifodalovchi so`zlar- ravishlar; g) taqlidni ifodalovchi so`zlar-taqlidiy so`zlar. 2.Bo`sh-ishora ma’noli so`zlar-olmoshlar. 3.Yordamchi ma’noli so`zlar: ko`makchi, bog'lovchi, yuklama, ko`makchi fe’llar. So`zlarning mustaqil va yordamchi tiplarga ajralishi ularning mustaqil holda ma’no ifodalay olish qobiliyatiga ko`ra belgilanadi. O`zbek tilshunosligida olmoshlarning doirasi va vazifasi zo`rma-zo`rakilik bilan cheklantirilib, "ot, sifat, son o`rnida qo`llanuvchi so`zlar "sifatida tor doirada tushinilgan edi. Bu o`rinda olmoshning nafaqat ot, sifat, son o`rnida, balki fe’l, ravish, taqlidiy so`z, undov gap, hattoki matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan. Olmoshlar sinfiga: - men, sen, biz, siz, ular kabi shaxsga; - kim, nima, ana, mana, bu kabi predmetga ishora qiluvchi leksemalar; - qanday, bunday, shunday kabi belgiga; - buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga; - shunday bo`lmoq, shunday qilmoq kabi harakat-holatga ishora etuvchi leksemalar ham kiradi. Ishora so`zlarning ma’nosi matn ichida oydinlashadi. Leksemalar morfologik tasnif ga ko`ra ikki tipga ajratiladi: 1.O`zgaruvchi leksemalar.  2.O`zgarmas leksemalar. O`zgaruvchi so`zlar morfologik kategoriyalar (son, egalik, kelishik, nisbat, qiyoslash, subyektiv munosabatlar, kesimlik, o`zgalovchi)ning qo`shimchalarini qabul qila oladi. O`zgarmas so`zlar bunday qo`shimchalarni qabul qila olmaydi. Leksemalarning morfologik imkoniyatiga ko`ra tasnifini quyidagicha beramiz: LEKSEMALAR O`ZGARUVCHILAR+ O`ZGARMASLAR 0 sonlanuvchi-ot, ko`makchi, bog'lovchi, yuklama, darajalanuvchi-sifat, ravish, undov, so`z-gap. tartiblanuvchi-son, nisbatlanuvchi-fe’l Ushbu tasnifdan ishora so`zlar va taqlidlar o`rin olmagan. Chunki olmoshlarga o`zlari ishora qilib kela oladigan barcha leksema guruhlarining morfologik kategoriyalari ham, sintaktik vazifalari ham xosdir. Bu isbot talab qilmas holatdir: ot-olmoshlar son kategoryasiga ( kim-kimlar ); fe’l-olmoshlar nisbat kategoriyasiga ( shunday qilishdi ); son-olmoshlar: tartib kategoryasiga ( necha - nehanchi ); sifat-olmoshlar daraja kategoriyasiga ( shunday-shundayroq ) ega. Taqlidlarning esa o`ziga xos tasniflovchi morfologik kategoriyasi yo`q. Biroq ular o`zgarmas so`zlar ham emas. Taqlidlarning morfologik kategoriyalarga ega bo`lishi ularning gapda qanday bo`lak bo`lib kelishi bilan bog'liq. Professor H.Ne’matov o`zining " Функциональная морфология тюркоязычных памятников XI – XII веков " nomli kitobida taqlidlarda leksemalarning ajralmagan "embrion - diffus holati" o`z aksini topganligini qayd etadi [3,192;]. Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, ularning nutqda boshqa leksemalar bilan bog`lana olish yoki bog'lana olmasligi, gap bo`lagi bo`lib kela olishi yoki kela olmasligi kabi xususiyatlar o`z aksini topadi. Sintaktik tasnif ga ko`ra leksemalarni uch tipga ajratamiz: 1. Gap bo`lib keladiganlar – undov, modal, tasdiq va inkor, taklif so`z – gaplar. 2.Gap bo`lagi bolib keladiganlar – hamma mustaqil so`zlar–fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlidlar, ishora so`z – olmoshlar. 3.Sintaktik aloqa vositasi bo`lib keladiganlar–ko`makchi, bog'lovchi, yuklama. So`z-gaplar nutqda boshqa so`zlar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o`zi mustaqil gap bo`lib kela olish qobiliyatiga ega, ya’ni ajralish xususiyatiga ega. Mustaqil va yordamchi so`zlar esa bog'lanish xususiyatiga ega bo`lib, bulardan yordamchilar gapda alohida bo`lak bo`lib kela olmaydi, ammo sintaktik jihatdan bog'lash vazifasini bajaradi. Mustaqil so`zlar esa mustaqil ravishda "muchalanadi", ya'ni gap bo`lagi bo`lib keladi. Bizningcha, quyidagi jadvalda leksemalarning serqirralik xususiyatini, ya’ni ularning ma’noviy, sintaktik, morfologik belgilarini umumlashtirish mumkin: № Leksema turlari Ma’noviy Sintaktik Morfologik Izoh (ajralish- ning asosiy belgisi) 1 Fe’l Harakat- holatni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchi- lik (gap bo`lagi bo`lib kelishi) Nisbatlanuv- chi o`zgaruvchi ( yozmoq- yozildi ) Morfologik va ma’noviy 2 Ot Predmet va predmetlikni nomlash orqali atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchi- lik Sonlanuvchi o`zgaruvchi ( kitob- kitoblar ) Morfologik va ma’noviy 3 Sifat Belgini nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchi- lik Darajalanuv- chi o`zgaruvchi ( yaxshi- yaxshi -roq) Morfologik va ma’noviy 4 Son Miqdorni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchi- lik Tartiblanuv- chi o`zgaruvchi ( bir-birinchi ) Morfologik va ma’noviy 5 Ravish O`rin, payt, tarz-tusni nomlash asosida atash mustaqil leksemalari Cheklangan muchalanuvchi- lik O`zgarmas- lik Morfologik va sintaktik 6 Taqlid Tovush yoki ko`rinishga taqlid leksemalari Cheklanmagan muchalanuvchi- lik - Ma’noviy 7 Ishoralar (olmosh- lar) Ishora mustaqil leksemalari - - Ma’noviy 8 Ko`mak- chi So`zni so`zga tobelantiruvchi muchalanmas leksemalar O`zgarmas- lik Sintaktik 9 Bog`lov- chi So`zni va gapni bog’lovchi muchalanmas leksemalar O`zgarmas- lik Sintaktik 10 Yuklama Ta’kid Muchalanmaslik O`zgarmas- Ma’noviy lik 11 Modal Munosabatni nomlash asosida atash leksemalari Ajraluvchilik (gap bo`laklari bilan munosabatga kirishmaydi) O`zgarmas- lik Ma’noviy va sintaktik 12 Undov His-hayajonni tasvirlash leksemalari Ajraluvchilik O`zgarmas- lik Ma’noviy va sintaktik 13 Tasdiq va inkor so`zlar Tasdiq-inkor ma’nosi Ajraluvchilik O`zgarmas- lik Ma’noviy va sintaktik 14 Taklif so`zlar Tasdiq ma’nosi Ajraluvchilik O`zgarmas- lik Ma’noviy va sintaktik DTSga asoslangan ona tili o`quv dasturi va darsliklarida ham o`zbek tili qurilishi talqinida qator yangiliklar ko`zga tashlanadi: 1. Olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l, ravish, taqlidiy so`z, undov gap va, hatto, matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olingan holda ularni o`rganish fe’l, ravish, taqlidiy so`zlardan keyinga ko`chirilgan va ular ishora so`zlar sifatida izohlanilgan. 2. Dasturda bir so`z turkumidan ikkinchi bir so`z turkumiga o`tish talqini rus tili grammatikasidan ko`chirilgan hodisa sifatida baholanadi (“Yaxshi bola yaxshi o`qiydi”; “Mardona yigit mardona gapiradi” kabi gaplarda yaxshi va mardona so`zlari birinchi birikmada sifat deb, ikkinchi birikmada esa ravish deb bahslanadi). Darslikda ravish so`z turkumining xususiyatlari o`rganilar ekan, uning morfologik kategoriyalarni, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarni qabul qila olmasligi asosiy belgisi qilib ko`rsatilgan. Ravishlarning morfologik jihatdan o`zgarmas ekanligi qator misollarda ( tasodifan, birga, qasddan, o`zbekona, haqiqatan ) aniqlab berilgan. Ravishlarning sintaktik vazifasi ularning aniqlovchi bo`lib kela olishi bilan kengaytirilgan.  3. Egalik, kelishik qo`shimchalari faqat otlar va otlarni almashtirishga xizmat qiladigan olmoshlar bilan birikadi, degan g'ayriilmiy talqin dasturdan o`rin olmagan. Grammatikadagi otlashuv hodisasi "ma’no torayishi" mavzusi doirasida izohlangan. 4. So`z turkumlarini o`rganishda ularning asosiy ma’noviy, morfologik, sintaktik xususiyatlari hisobga olingan holda, amaldagi dastur va darsliklarimizdan farqli o`laroq quyidagicha joylashtirilgan: 1.Fe’l. 7. Olmosh 2.Ot. 8. Ko`makchi 3. Sifat. 9. Bog'lovchi 4. Son. 10.Yuklama 5. Ravish. 11.So`z- gaplar (undov,modal,tasdiq 6. Taqlid so`z va inkor,taklif so`z-gaplar) 7-sinf darsligida so`z-gaplar, ularning ko`rinishlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tasdiq-inkor ma’nosini ifodalaydigan so`zlar ( asosan, ha, yo`q, xo`p, xo`sh ) tilshunosligimizda, ko`pincha, modallar tarkibida o`rganilib kelingan. Hozirgi tilshunoslikda esa ularning ma’noviy xususiyatlari hisobga olingan holda alohida guruhga ajratilgan. Taklif so`z-gaplar guruhiga qo`llanilishi tana a’zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog'liq bo`lgan Ma, Mang, Qani, Xo`sh?, Marhamat kabi so`zlar kiritilgan. So`z-gaplarning asosiy xususiyati, ya’ni ularning kesimlik shakli qo`shimchalarini mutlaqo qabul qila olmasligi izohlab berilgan. So`z turkumlarning miqdori, ularning belgilari tarixiy o`zgaruvchan bo`lib, turli sistemalardagi tillardagina emas, qarindosh tillarda ham turlichadir. Shunga qaramay bir tildagi so`z turkumlarning miqdori bo`yicha ham olimlar orasida turli qarashlar, tasniflar mavjud. Masalan, hozirgi rus tilidagi so`z turkumlarining miqdori haqida shunday tasnif mavjud: ko`pchilik olimlar so`z turkumini o`nta deb hisoblaydilar. Bular: ot ( имя существительное ), fe’l ( глаголы ), sifat ( имя прилагательное ), ravish ( наречие ), son ( имя числительное ), bog`lovchi ( союзы ), predloglar, undov ( междометные слова ), yuklama ( частицы ). Hozirgi ingliz tilidagi so`z turkumlarining soni ham turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi: ba’zilari o`nta deb ko`rsatsa (ot(noun), sifat (adjectives), son (numeratives), olmosh (pronouns), fe’l (verbs), ravish (adverbs), predlog, artikl va yuklama (conjunctions), ba’zilari o`n to`rtta deydilar: yuqoridagilarga qo`shimcha ravishda modal so`zlar, holat kategoriyasi, undovlar, javob so`zlar kiritiladi. Hind-yevropa tillariga kiruvchi tojik tilida ham so`z turkumlari quyidagicha tasniflanadi: ot: дафтар , духтар , хона ; sifat: нав , калон , калонтар , сурх , сурхтар ; son: як , даҳ , бист ; olmoshlar: ман мо , ту , шумо , ў , онҳо , ин ; fe’l: кардан , рафтан , истодан ; ravishlar: муваққатан , ҳоло , тозон - тозон ; predloglar: ба , дар , аз , барои ; bog`lovchilar: ва , ҳам , чунки , зеро , бо ин ки ; yuklamalar: - ми , - а , - ку , не ; undov so`zlar: оҳ ! офарин ! вой ! э вой ! Xulosa qilib aytish mumkinki, keyingi yillardagi ona tili tizimidagi qator yangiliklar, tajribalar, ilmiy xulosalar umumiy o`rta ta’lim dastur va darsliklarida ham o`z ifodasini topgan.