logo

Ravish, uning ma'noviy va Grammatik (o’zgarmaslik) belgisi. Ravishlarning ma’noviy turlari va ularning so’z yasash qoliplari

Yuklangan vaqt:

24.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.5 KB
Ravish, uning ma’noviy va Grammatik (o’zgarmaslik) belgisi. Ravishlarning ma’noviy turlari va ularning so’z yasash qoliplari Reja : 1.Ravish Ї mustaqil ma'noli va morfologik o'zgarmas so'zlar turkumi. 2.Holat, miqdor-daraja, o'rin va payt ravishlari xususida. 3.Ravishlarda so'z yasalish hodisasi. Ravish, ravish UGMsi, morfologik o`zgarmaslik, holat ravishi, miqdor -daraja ravishi, o`rin ravishi, payt ravishi, ravishlarning darajalanishi, ravishlarda so`z yasash qoliplari, yaxlitlanish (soddalashuv), ravishlarning gapdagi vazifalari, belgi ma`nosini kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi so`zlar, “o`zbekcha” so`zi haqida mulohazalar. Ravishlar tilshunoslikda hamisha muammo bo'lib kelgan. Ravish so'z turkumini Evropa tilshunosligi tarixida atroflicha o'rgangan olim V.Vinogradov "mustaqil so'zlarning hech bir guruhiga sig'may qolgan so'zlar ravish turkimiga yig'ilgan " deb yozgan edi. Ravishlarning ma'no va fazifasi jihatidan ot, sifat, son, olmoshlarga yaqin turushi arab va Evropa tilshunosligida qayd etilgan. Sharq va garb tilshunoslari ravishlarni ma'no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa mustaqil so'zlarning birortasiga xos bo'lmagan belgi Ї o'zgarmaslik belgisi bilan ismlardan farqlaydilar. O'zbek tili grammatik qurulishining tavsifiga bag'ishlab yozilgan ko'plab ilmiy adabiyot va dasrliklarda ravishlarning o'zgarmaslik tabiatiga amal qilinmagan. Tilshunoslar ravishni ruscha " наречие " ning o'zbekcha muqobili sifatida talqin qilganlar va natijada kecha, kunduz, tong, oqshom kabi payt otlari; barvaqt, kech kabi payt sifatlari; atrof, orta, u yerda, bu yerda, old, orqa kabi o'rin otlari; oz, mo'l, butun, to'la kabi miqdor sifatlari; keyin, past, baland, yuqori kabi o'rin sifatlari ravish turkumiga kiritilgan. Bu esa ravishlarni o'rganishda qator chigalliklarni yuzaga keltirgan. Ravishlar mustaqil ma'noli o'zgarmas so'zlardir. Ular belgini, miqdor yoki holatni, o'rin, payt ma'nolarini ifodalaydi va bu jihatdan ot, sifat, sonlarga yaqin turadi. Ammo ulardan farqli tomoni shundaki, so'z o'zgartiruvchi, shakl yasovchi qo'shimchalar bilan birika olmaydi, otlar - lar ko'plik qo'shimchasi bilan, sifatlar - roq daraja qo'shimchasi bilan erkin birika oladi. Chunonchi: tongda, oqshomda, kunduzlari, ko'proq, ozroq, balandroq. Ayrim til birliklarida uchraydigan egalik, kelishik shakllari ravishning o'zak qismida soddalashgan, ya'ni yaxlitlanib qolgan: birdan, zumdan, to'satdan va boshqalar. Bu qo'shimchalardan tashqari qadimgi davrlarda keng ishlatilgan -ra qo'shimchasi (so'ngra, uzra), -a qo'shimchasi (qayta, ko'tara), -in(-un) qo`shimchasi (birin-ketin, ostin-ustun) ham so'zlar tarkibida yaxlitlanib qolgan. Ravish so'z turkimini talqin qilishda uning o'zgarmaslik xususiyatiga tayanish ushbu so'z turkumi tarkibini belgilashda bo'lgan qator qarama-qarshiliklarga nuqta qo'ydi. Ilmiy adabiyotlarda eng, juda nihoyat (da), g'oyat (da), lang, g'irt kabi so'zlar kuchaytiruv ravishlari deb ko'rsatiladi. Bu shakllar sifatlar oldidan kelib belgi ma'nosini kuchaytirishga (juda chiroyli, benihoya keng) va pasaytirishga (sal tor, xiyol keng) xizmat qiladi. Keyingi yillarda ayrim tadqiqotchilar bu elementlarning ravish bo'lolmasligini, ularning ravish kabi mustaqil lug'aviy ma'noga ega emasligini ta'kidlab, ushbu shakllarni kuchaytiruv yuklamalari tarkibiga kiritishni ma'qul ko'radilar. Ravishlarning holat, miqdor-daraja, o'rin, payt ravishlari kabi to'rt asosiy ma'noviy guruhi bor. 1. Payt ravishlari ish-harakatning vaqtini, muddatini bildiradi: endi, saharlab, hali, doim, boya, indin va sh. k. Payt ravishlari gapda, ko'pincha hol, ba'zan kesim vazifasida keladi: Bugun erta turib tongni ko'rdim… ( Uyg ' un .) 2. O ' rin ravishlari ish - harakatining yuzaga chiqish o ' rnini ifodalaydi : olg ' a , uzra . Yuqorida aytilganidek , o ' rin ravishlarini o ' rin ma ' nosini ifodalaydigan otlardan farqlamoq kerak , chunki atrof , o ’ rta , uchkari , tashqari , o ’ ng , chap kabi o ’ rin otlari morfologik jihatdan o ’ zgara oladi . O ’ rin ravishlari esa o ’ zgarmas . Chunonchi , atrofimiz , o ’ rtada , ichkarida , o ’ ngdan , chapda , oldida , u yerdan va boshqalar . 3. Holat ravishlari ish-harakatning bajarilish usulini bildiradi. Tarz-tus ravishlari deb ham yuritiladi: bexosdan, astoydil, majburan, qavatma-qavat, mardlarcha, yigitchasiga, o'zbekona. "O'zbekcha" so'zi ham qator darsliklarda ravish so'z turkumiga kiritilgan 2 . "O'zbekcha" so'zi morfologik o'zgaruvchanlik xususiyatiga ega (o'zbekcha (ni), o'zbekcha(ga), o'zbekcha (dan), shuning uchun "o'zbekcha" so'zini sifat deb baholash lozim. 4. Miqdor -daraja ravishlari miqdoriy sifat va darajani ifodalaydi: ko'plab, sal, qarich-qarich, arang, ancha, xiyol, yana kabilar miqdor-daraja ravishlariga misol bo'ladi. Miqdor-daraja ravishlari songa yaqin turadi, ammo noaniq miqdorni ifodalovchi sonlardan farq qiladi. Yuqorida sanab o'tilgan ravishlar tarkibiga diqqat qilsak, ularda turli so'z yasash qoliplari borligini ko'rish mumkin: [arabcha ot+an]; [ot+chasiga]; [ot+ona]; [ot+larcha]; [ot+lab] kabi. Qo'shma ravishlar esa quyidagi qoliplarga ega: [olmosh+ot] (har gal, har zam on ;[ravish+ot] — p(hali zamon);[son+ot] 'la, bir dam). Boshqa tirkumdagi so'zlarni takrorlash orqali ham ravish hosil qilish mumkin: yuzma-yuz, quruqdan-quruq va shu kabilar. Tilshunosligimizda ravish yasalishi masalasi ancha munozaralidir.Chunki ravishlarning asosiy qismi soddalashgan, ya'ni yaxlit birlikka (leksemaga) aylangan. Olimlar ravish turkumining yasalish sistemasiga ega emasligini -an, -ona qo'shimchalarining arabcha va tojikcha birlik ekanligi bilan, -larcha, -chasiga, -lab kabilarning grammatik mano ifodalashi bilan va -iga/siga; -chasiga qismi bo'lgan so'zlarning barmoq bilan sanarli darajada ekanligi bilan izohlaydilar. Ravishlar gapda ko'pincha fe’lga bog'lanib, hol vazifasida keladi; otga bog’lanib sifatlovchi vazifasini bajaradi: Ular ancha yergacha asta borib, gaplashib ketdilar (O.). Аdabiyotlar: 1. Менглиев Б . Морфологик воситаларнинг маъновий хусусиятлари ва синтактик имкониятлари . Диссертация автореферати . Тошкент -1995. 2. Неъматов Ҳ . Тажалли тасаввуф билиш назарияси ва тилшуносликда синтаксисни ўрганиш масалалари . «Ўзбек тили ва адабиёти», 1993 йил, 2- сон. 3. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. Тошкент, «Ўқитувчи», 1993 йил. 4. Қурбонова М. Шакл-вазифавий талқинда субстанциаллик омили. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1998 йил, 5-сон. 5. Қурбонова М. Шакл-вазифавий тадқиқ усулларига доир. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1998 йил, 5-сон. 6. Қурбонова М. Лисоний тизимда «Оралиқ учинчи» нинг мутлақлиги. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1999 йил, 6-сон. 7. Қурбонова М. Ҳозирги замон ўзбек тили. Тошкент, 2002 йил.