logo

“Leksikologiya”, “frazeologiya”, “leksikografiya” bo’limlarini o’qitish metodikasi

Yuklangan vaqt:

27.10.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

110.55859375 KB
“Leksikologiya”, “frazeologiya”, “leksikografiya” bo’limlarini o’qitish metodikasi Reja: 1. Leksikologiya o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. 2. Leksikologiya mavzulari ustida ishlash usullari. 3. Frazeologiyani o’qitishning maqsad, vazifalari va metodlari. 4.Leksikografiya o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. Lug’at tarkibidan to’g’ri foydalanish omillari. Maktabda ”Leksikologiya” o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari . O’rta umumta’lim maktablari ona tili mashg’ulotlarida ”Leksikologiya” bo’limini maxsus o’qitish orqali o’quvchilarda must а qil fikrl а y о lish, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularning so’z boyligini oshirish ishlari, asosan, 5-6-sinflarda amalga oshiriladi. (5-sinfda ”Ona tili” dasturi asosida so’zshunoslik, iborashunoslik, lug’atshunoslik ta’limi uchun 33 soat va umumiy takrorlash soatlari uchun 4 soat vaqt ajratilgan. 6-sinfda esa o’quv yili boshida 5-sinfda o’tilganlarni takrorlash (l е ksik о l о giya v а fr а z ео l о giyaning а yrim m а s а l а l а ri) yuzasidan 6 soat vaqt ajratilgan. Demak, 5-6-sinflarda so’zshunoslik, iborashunoslik, lug’atshunoslik ta’limi uchun 33 soat va ularni mustahkamlash uchun 10 soat, jami 43 soat vaqt ajratilgan. Tabiiyki, bu soatlar ona tili ta’limining bosh maqsadi (o’quvchilarni ijodiy tafakkur sohiblari darajasiga yetkazish) po’yobi uchun xizmat etmog’i shart.) 5-sinf o’quvchil а rining ”Leksikologiya” bo’limi ta’limi (33 soat + 4 soat bo’lim yuzasidan takrorlash) jarayonida o’zl а shtirishi k е r а k bo’lg а n z а ruriy bilim, malaka va ko’nikmalar quyidagilar: –so’z, uning tuzilishiga ko’ra turlari: tub, yasama, qo’shma, juft va takror so’zlar. Juft va takror so’zlarning imlosi va lug’aviy ma’nolarini o’zlashtirish; –so’zning ma’nolari: bosh ma’no, uning borliqdagi narsa, belgi, xususiyat, harakatga munosabati ; ko’chma ma’nolar, ularning hosil bo’lish yo’llarini o’rganish; –bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlarni farqlash; so’zlarning qo’llanish doirasiga ko’ra turlarini bilish; –so’zlararo shakliy va ma’noviy munosabatlarda yuzaga chiquvchi shakldosh, ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli so’zlar, ulardan o’rinli foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lish; –ma’no nozikligi jihatidan farqlanuvchi so’zlar, ular orasidagi uslubiy farqlarni sezish; –iboralarning ta’sirchanlik va obraziilik xususiyatidan foydalanishga odatlanish; so’z va ibora ma’nodoshligini anglash; –ishlatilish doirasi chegaralanmagan so’zlar va chegaralangan so’zlar (eskirgan so’zlar, shevaga xos so’zlar, atamalar), ularning qo’llanilish o’rinlari va badiiy uslubdagi ahamiyatini o’rganish; –o’zbek tiliga olinmalar va o’zbek tlidan olinmalar haqida bilish; o’zbek tilida fors-tojikcha, arabcha va b.olinmalarning ahamiyatini anglash; –so’zning lug’aviy ma’nosi faqat matn tarkibida reallashishini bilish; –matnda ayni bir so’zni olmoshlar, ma’nodoshlar, uyadoshlar, iboralar, tasviriy ifodalar, atamalar, eskirgan so’zlar, shevaga xos so’zlar, olinmalar bilan almashtirish yo’llarini o’zlashtirish; –til lug’at boyligi va uning o’zgaruvchanligidan xabardor bo’lish; –lug’atlar, ularning turlari, lug’atlarda so’zlarning joylashish tartibini bilish; –imlo lug’ati, izohli lug’atlar va,umuman, lingvistik lug’atlardan foydalanish tartibini o’zlashtirishga erishish. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga so’z va uning ma’nolari, ibora ifodalagan ma’nolar, lug’atlarda so’zlarning joylashish tartibi; ma’nodoshlar, shakldoshlar, zid ma’nolilarsingari tushunchalar bilan bog’liq amaliy ko’nikmalar singdiriladi. 5-sinf ”Leksikologiya” bo’limi ta’limida esa o’quvchilarning boshlang’ich sinflarda o’rganganlari izchil tarzda chuqurlashtiriladi va ularning yosh xususiyatlariga mos tarzda kengaytiriladi. (Maktab ta’limida frazeologiya, leksikografiya bo’limlari to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar so’zshunoslik tarkibida beriladi.) 5-sinfda ”Leksikologiya” bo’limi ta’limi ―So’zning atash ma’nosi‖, ―So’zning o’z va ko’chma ma’nosi‖,―Shakldosh so’zlar‖, ―Paronimlar so’zlar‖, ―Ma’nodosh so’zlar‖, ―So’zlarning salbiy va ijobiy bo’yoqlari‖,―Zid ma’noli so’zlar‖, ‖O’zbek tili leksikasining boyish manbalari‖, ‖Eskirgan so’zlar‖, ‖Yangi so’zlar‖, ‖Iboralar‖, ‖Tasviriy ifoda‖, ‖So’z boyligining oshib borishi‖, ‖ Atamalar‖, ‖Shevaga xos so’zlar‖, ‖ Olinma so’zlar‖, ‖ Olinma so’zlar imlosi, talaffuzi‖, ‖Lug’at va lug’atshunoslik‖, ‖Lug’at turlari va ulardan foydalanish‖ kabi mavzularni qamrab oladi. 5-6-sinflarda ”So’zshunoslik” bo’limini takrorlash soatlarida, asosan, yuqorida keltirilgan mavzularga e’tibor qaratiladi. Maktabda ”So’zshunoslik” bo’limini izchil kurs sifatida o’qitish ulkan ta’limiy ahamiyatga ega. Zero, o’quvchilar shu bo’limda nutqning asosiy birligi bo’lmish so’z haqidagi ta’limot bilan tanishadilar va ularning til hamda uning nutqiy voqeligini bir butun tizim sifatida tushunishlari hamda o’zlashtirishlariga imkon tug’iladi. Aslida, l е ksika tilning barcha bo’limlari bilan uzviy bog’liq, istalgan bo’lim ta’limi so’z va uning ma’no-mohiyati bilan bog’lanaveradi. Demakki, o’rta umumta’lim bosqichida so’zshunoslik ta’limi izchillik bilan amalga oshiriladi. Maktabda mazkur bo’lim ta’limi o’quvchilarni o’zb е k adabiy tilining so’z xazinasiga olib kirishi, ularning so’z zahirasini boyitishi va so’zdan to’g’ri, o’rinli hamda nutq sharoitiga mos tarzda foydalanishga ko’niktirmog’i zarur. Shuningdek, maktabda ”Leksikologiya” bo’limini o’rganishda quyidagi vazifalar hal qilinishi muhimligini o’qituvchi nazardan qochirmasligi zarur: –o’quvchilarda o’z ona tillaridagi so’zlarning shakli va lug’aviy ma’no qirralarini tushunish ehtiyojni paydo qilish; –o’quvchilarda o’z nutqlarini tilda mavjud (biz iste’moliga ehtiyojmand bo’lgan) so’zlar bilan muntazam boyitib borish ko’nikmasini hosil qilish; –o’quvchilar nutqidagi kamist е ’mol so’zlarni s е rist е ’mol so’zlarga aylantirish; ularning lug’at zahirasini yangi so’zlar bilan boyitish; –o’quvchilarda amaliy-stilistik malakalarni doimiy takomillashib borishiga erishish; –o’quvchilarni nimani, qayerda, kimga, qanday aytish mumkinligini (ya’ni nutq sharoitni inobatga olmoqni) aqlan his etishga, fahmlashga o’rgatish; –o’quvchilarni ayni bir narsa, voq е a-hodisa, tushuncha, xabar bayonini oddiy, badiiy, rasmiy, ilmiy, xalqbop uslublarda bayon qilishga o’rgatish; –o’quvchilarda nutq sharoitiga mos ravishda so’z tanlash malakalarini k е ngaytirish (tom ma’noda, ”qopib gapirish”ga emas, ”topib gapirish”ga, so’zdan zargarona foydalanishga o’rgatish); –o’quvchilar (tish shyotkasidan, yuz sochig’idan yoki telefondan zaruratan qanday foydalansalar, turli lug’atlardan ham xuddi shunday foydalanishga ehtiyoj sezsinlar) lug’atlar bilan ishlash malakalasiga ega bo’lshlari juda zarur. Xo’sh, mazkur vazifalarni amalga oshrish uchun maktabda ona tili o’quv predmeti o’qituvchisi qanday amaliy-ta’limiy ishlar olib borishi kerak? Quyida keltiriladigan fikr-mulohazalarimiz shu savolning javobi bilan bog’lanadi. ―So’zning atash ma’nosi‖ mavzusi ta’limida quyidagi kabi nostandart topshiriqlardan foydalanish o’rinli: 1-topshiriq . Berilgan so’zlarning o’ziga xos lug’aviy ma’nolarini toping va ularni o’zaro mos raqamlarda juftlang. So’zlar So’zlar ifodalagan lug’aviy ma’no Raqam - lar archa–––1 Tevarakdagi joy; hamma taraf––– 1 kamtarin–2 U ayladi insonni judo hayvondin–––2 harf–––3 Doim yashil rangda turuvchi buta–––3 anjuman–4 Bayram kuni–––4 atrof––––5 Kibrga, manmanlikka berilmagan––5 aholi––––6 Makr-hiylaga usta –––6 so’z –––7 Tovushning yozuvdagi shartli belgisi– 7 davlat–––8 Biror hodisa, tantana munosabati bilan o’tadigan yig’in––8 ayyom–––9 Biror hududda istiqomat qiluvchi odamlar–––9 do’mbira–10 Boylik, mol-mulk––––––10 ayyor–––11 Qattiq xafa–––11 dilxun–––12 Chertib chalinadigan asbob––12 maxluqot–13 Suv yuzida shabadadan hosil bo’ladigan jimir-jimir harakat–––13 miya–––14 Tirik mavjudotlarning umumiy nomi– 14 mavj––––15 Odamda tafakkur a’zosi––––15 Mazkur shakldagi nostandart (o’quvchi uchun me’yorlashmagan, odatiy topshiriqlar shaklini olmagan) topshiriqlar o’quvchi e’tiborini tortishi, qiziqishini orttirishi tabiiy, fikrimizcha. Shuningdek, bu kabi topshiriqlar o’quvchidan til sezgirligini ham talab etadi. Ko’p javobli nostandart topshiriq javobi quyidagicha bo’ladi: So’zlar So’zlar ifodalagan lug’aviy ma’no Raqa m -lar archa–––1 Tevarakdagi joy; hamma taraf–––1 1–3 kamtarin– 2 U ayladi insonni judo hayvondin–––2 2–5 harf–––3 Doim yashil rangda turuvchi buta–––3 3–7 anjuman–4 Bayram kuni–––4 4–8 atrof––––5 Kibrga, manmanlikka berilmagan–––5 5–1 aholi––––6 Makr-hiylaga usta –––6 6–9 so’z –––7 Tovushning yozuvdagi shartli belgisi–7 7–2 davlat–––8 Biror hodisa, tantana munosabati 8–10 bilan o’tadigan yig’in––8 ayyom ––– 9 Biror hududda istiqomat qiluvchi odamlar–––9 9–4 do’mbira– 10 Boylik, mol-mulk––––––10 10–12 ayyor–––– Qattiq xafa–––11 11–6 11 dilxun––– 12 Chertib chalinadigan asbob––12 12–11 maxluqot– 13 Suv yuzida shabadadan hosil bo’ladigan jimir-jimir harakat––– 13 13–14 miya–––14 Tirik mavjudotlarning umumiy nomi– 14 14–15 mavj–––– 15 Odamda tafakkur a’zosi––––15 15–13 ― So ’ zning o ’ z va ko ’ chma ma ’ nosi ‖ mavzusi ta ’ limi o ’ quvchilar duch k е ladigan dastlabki murakkabliklardan biri . B е rilgan so ’ z birikmalarini ( jumladan , kumush qoshiq – kumush qish – kumush to ’ y ; bulutli osmon – bulutli vaziyat – bulutli kayfiyat v . h .) o ’ z va ko ’ chma ma ’ nosiga ko ’ ra guruhlarga ajratish , ularni o ’ zaro qiyoslash asosida so ’ zning o ’ z va ko ’ chma ma ’ nolariga ta ’ rif b е rish , b е rilgan so ’ zlarni o ’ z va ko ’ chma ma ’ nolarda qo ’ llab gaplar tuzish , badiiy matnlarni tahlil qilish , so ’ zlarni ko ’ chma ma ’ noda qo ’ llab matn yaratish singari ijodiy - amaliy ishlar o ’ quvchilarning so ’ z zahirasini oshirish va nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega . 1- topshiriq . Berilganlarni o ’ z ma ’ nosida va ko ’ chma ma ’ noda qo ’ llanilgan birliklarga ajrating . Yorug ’ ( kun , kelajak , yuz ), aqlli ( bola , smartfon , pobot , fikr ), shirin ( tush , hayot , qovun , va ’ da ), tikansiz ( gul , gap , turmush ), ravon ( nutq , fikr , yo ’ l ), mehmon ( tuyg ’ u , odam , omad ), g ’ azalxon ( bola , bulbul ), og ’ ir ( turmush , tosh , xabar , mehnat )... o’z ma’nosida qo’llanilgan ko’chma ma’noda qo’llanilgan yorug’ kun yorug’ kelajak, yorug’ yuz aqlli bola aqlli smartfon, aqlli pobot, aqlli fikr shirin qovun shirin tush, shirin hayot, shirin va’da tikansiz gul tikansiz gap, tikansiz turmush ravon yo’l ravon nutq, ravon fikr mehmon odam mehmon tuyg’u, mehmon omad g’azalxon bola g’azalxon bulbul og’ir tosh og’ir turmush, og’ir, xabar, og’ir mehnat 2- topshiriq . O’z ma’nosida va ko’chma ma’noda qo’llanilgan birliklar asosida gaplar tuzing. 3- topshiriq . Berilgan matnni o’qing va matnda qanday fikr ifodalanganligini ayting. Matn tarkibidagi ko’chma ma’noli so’zlarni toping. Til haqida Kimki ko’ngilni qattiq so’z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi. Ko’ngilda til nayzasi ning jarohati bitmas; u jarohatga hech narsa malhamlik qilmas. Agar bir ko’ngilda til nayzasi ning jarohati bordir, faqat yaxshi so’z va shirin til unga malham va rohatdir. Muloyim so’z – vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar ohang bilan afsun o’qib, ilonni inidan chiqaradi. Tilga ixtiyorsiz –elga e’tiborsiz. Ko’p, bemaza so’zlaydigan ezma – kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam – xalq ko’ngli ni jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushishi mumkin bo’lgan yuz g’am – uning so’zi bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki; ― nafasning joni bor…‖ Mir Alisher Navoiy Bu kabi topshiriqlar o’quvchilarda so’z ma’nolarini va ular orasidagi nozik farqlarni ajrata olish malakasini tarbiyalaydi. ―Shakldosh so’zlar‖ mavzusi ta’limini boshlashdan oldin o’quvchiga borliqdagi istalgan moddiylikning, odatda, 2 tomoni (shakli va mazmuni) bo’lishi haqida umumiy tushuncha berih ahamiyatli. Shundan keyin o’quvchilar so’zlarning ham shakl va mazmun jihati borligi to’g’risida xulosa chiqaradilar. Mazkur mavzu ta’limi jarayonida o’quvchilar ikki mantiqni amaliy jihatdan aniq farqlab olishlari juda muhim: 1) shaklan bir xil bir necha so’zlarning mazmunan turlichaligi omonim(shakldosh)larni, 2) bir so’zning turli o’rinlarda turlicha qo’llanilsa-da, mazmunan bir-biriga yaqinligi polisemiya(ko’p ma’nolilik)ni yuzaga keltiradi. (O’quvchi bu holatni tilning murakkabligi deb emas, balki til imkoniyatlarining rang- barangligi, nozikligi sifatida qabul qilmog’i va, tabiiyki, bu borada o’qituvchi-ustoz ularga yaqin maslahatchi, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi bo’lishi lozim.) “Shakldosh so’zlar” mavzusi ta’limida quyidagi kabi topshiriqlardan foydalanish o’rinli: 1- topshiriq . Berilganlar tarkibidan shakli bir xil so’zlarni ajrating. Ular ifodalagan ma’nolarni izohlang. 1. Dutor, tanbur, doira , nay kabilar milliy cholg’u asboblarimiz sanaladi. 2.Inson har qanday sharoitda gapirganda ham odob doira sidan chiqmasligi zarur. 3.Chin ko’ngildan yig’lasa, so’qir ko’zdan yosh chiqar. (Maqol) 4. Bo’lar bola o’n beshida bosh, bo’lmas bola o’ttizda ham yosh . (Maqol) 5.Odatda, erkaklar kamar bog’lashadi. 6. Bultur yog’ingarchilik ko’p bo’lib shu kamar paydo bo’ldi. 7. Hechdan ko’ra kech yaxshi. (Maqol) 8.Butun borliqqa kech kirdi. 9. Dedi: Kech bu orzu-havasdin, Dedi: Kech bu multamasdin. (A.Navoiy) 2- topshiriq . Yuqorida berilgan doira, yosh, kamar, kech kabilar bitta so’zmi yoki ularning har biri bir necha so’zmi? Fikringizni himoya qiling. 3- topshiriq . Berilganlarni ma ’ nosiga qarab ikki ustunga ajrating . Bu ajratishni nima hisobiga amalga oshirdingiz? Och (och qorin, och ko’z), och (derazani och(moq), qalbini och(moq), och (och sariq, och yashil); nor (Qatorda noring bo’lsa, yuking yerda qolmaydi. (Maqol), nor (Ukamning chap qo’lida nori bor); og’iz (bolaning og’zi, g’orning og’zi, butilkaning og’zi); og’iz (Yangi tug’gan sigir og’izidan taom tayyorlanadi)... shakldosh so’zlar ko’p ma’noli so’zlar och-och-och..... och qorin, och ko’z... 4- topshiriq . Berilgan shakldosh so’zlar ishtirokida gaplar tuzing va ularning ma’nolarini izohlashga harakat qiling. Palak, palla, soch, sumalak, til, tur, un, uch, chang, chop, yara, yoy, barra, qo’y. 5- topshiriq . Shakldosh so’zlarning ma’nosi sizga notanish bo’lsa, ularning ma’nosini lug’atdan aniqlang. Bu lug’atlar quyidagilar: 1. O ’ zbek tilining shakldosh so ’ zlar o ’ quv lug ’ ati ( Maktab o ’ quvchilari uchun / Tuzuvchilar : Suvonova X ., Turdiyeva G .).– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.–38 b. 2. Ўзбек тили омонимларининг изоҳли луғати (Тузувчи: Раҳмауллаев Ш.). –Тошкент: Ўқитувчи, 1984.–216 б. 3. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. –Тошкент: ЎзМЭ, 2001-2006. Bu kabi topshiriqlar o’quvcini izlanishga, tafakkur qilishga chorlaydi. Asosiysi , o ’ quvchida lug ’ at bilan ishlash ehtiyojini paydo qiladi . ― Ma ’ nodosh so ’ zlar ‖ mavzusini o ’ rganishda o ’ quvchiga b е rilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so ’ zlarni ularning ma ’ nodoshi bilan almashtirish , gapdagi so ’ zlarni birin - k е tin ma ’ nodoshlari bilan almashtirib , ma ’ no farqlarini izohlash , b е rilgan ma ’ nodosh so ’ zlarni ijobiy va salbiy bo ’ yoqli so ’ zlarga ajratish kabi topshiriqlar berish o ’ rinli . Masalan, 1- topshiriq . Berilgan matnni o’qing va mazmunini bir gap bilan ifodalang. AVVAL TINGLASHNI O’RGAN Tinglash kishidan sabr-qanoatni, chidam-bardoshni va o’ziga xos odob-axloqni talab etadigan xislatdir. Bir kuni qadimgi yunon faylasufi Arastuning oldiga juda ham sergap yosh yigit kelib unga notiqlik san’atini o’rgatishni iltimos qilibdi. U dabdabali so’zlarni izhor etgandan so’ng Arastudan o’qish uchun qancha haq to’lashini so’rabdi. – Sendan boshqalarga qaraganda ikki barobar ko’proq haq olinadi,– qovog’ini solib javob beribdi faylasuf. –Nima uchun? –hayron bo’libdi yigit. – Chunki sen bilan ikki barobar ishlashga to’g’ri keladi: senga so’zlashni o’rgatishdan avval jim turishni o’rgatishim lozim... 2- topshiriq . Berilgan matn tarkibidagi har bir so’zni ma’nosi shu so’zga teng keladigan boshqa shakl bilan almashtirib matnni qayta shakllantiring. O’quvchilar bu kabi topshiriqlarni bajarishda kichik guruhchalarda jamoa bo’lib ishlaganlari ma’qul. Kichik guruhchalarda ishlaganda o’quvchilar o’zaro fikrlashadilar, bahslashadilar, o’rni kelganda o’z fikrlarini hioya qilishni o’rganadilar. Yuqorida berilgan matn o’quvchi tomonidan qayta ― yaratiladi” . Bu, taxminan, shunday bo’ladi: DASTLAB ESHITISHNI BIL Eshitish odamdan toqat-irodani, qat’iyat-matonatni hamda alohida adab-tarbiyani taqozo qiladigan jihatdir. Kunlarning birida grek donishmandi Aristotelning yoniga o’ta gapdon navqiron kishi tashrif buyurib, o’ziga so’zlash mahoratidan saboq berishini o’tinib so’rabdi. Gapdon odam balandparvoz kalomlarni aytgandan keyin Aristoteldan saboq uchun necha pul berishi zarurligini bilmoqchi bo’libdi. –O’zingdan atrofingdagilarga nisbatan ikki hissa ortiqroq mablag’ undiriladi, –qoshlarini chimirib javob aytibdi donishmand. –Nega ?–lol qolibdi yigit. –Sababi, o’zing bilan ikki hissa ko’proq mehnat qilish zarur bo’ladi: mahmadonaga gapirishni o’qitishdan oldin tinglashni anglatishim zarur... O’quvchilar topshiriqni bajarish davomida o’qituvchiga ba’zi so’zlarning (masalan, Arastu, dabdabali...) muqobili xususida murojaat etishlari mumkin. Shunday paytlarda o’qituvchi, masalan, Yevropa xalqlari Arastu ni Aristotel deb atashlarini yoki ko’chma ma’nodagi dabdabali so’zining ma’nodoshlari sifatida lug’atlarda balandparvoz, hashamdor, havoyi, quruq, jimjimador, bejama kabilar berilganligi, o’quvchi ulardan aynan shu matnga mosini tanlab olishi zarurligini bildirib turishi mumkin. 3- topshiriq . Berilgan matn mazmuni xususida xulosa chiqaring. Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so’zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim yoki Haqiqiy gapdonlik– kerakli hamma gapni aytish va keragidan ziyod hech narsa demaslikdir. 4- topshiriq . Berilgan so’zlardan ma’nodoshlik qatorlarini hosil qiling va shu qatordagi so’zlardan qaysi biri eng ko’p ishlatilishini aniqlang. S а r а , а s а r, а vv а ldan, а sor а t, nishon, iz, а sos, а sil, g’ а mxo’r, boshdan, sof, b а xt, h а md а rd, s а rxil, burundan, q а dimdan, t а yanch, toz а , iqbol, b а z а , tole, d а rdk а sh, negiz, s а od а t, ilg а ridan, poydevor, а z а ldan... O’quvchilar topshiriqni bajarish davomida quyidagi 6ta sinonimk qatorni yuzaga keltirishlari zarur: А s а r , а sor а t, nishon, iz. А sil , toz а , sof, s а r а , s а rxil. А sos , t а yanch, negiz, poydevor, b а z а . А vv а ldan , ilg а ridan, burundan, q а dimdan, а z а ldan, boshdan. B а xt , iqbol, tole, s а od а t. H а md а rd , d а rdk а sh, g’ а mxo’r. 5- topshiriq. Bosh so’zlarni qatnashtirib gaplar yozing. Keyin shu so’zlarni ma’nodoshlari bilan almashtirib o’qib ko’ring. Namuna: Bo’lar bola avvaldan ( ilg а ridan, burundan, q а dimdan, а z а ldan, boshdan ) ma’lum. Bilim baxt ( iqbol, tole, s а od а t ) keltirar. 6- topshiriq. Gaplarni o’qing. Tagiga chizilgan so’zlarni qavsda b е rilgan ma’nodoshlari bilan almashtirib o’qing. Gap ma’nosida qanday farq sezganligingizni bildiring. Marvaridxon o ’ qituvchisi bergan topshiriqni t е z tushundi ( angladi , fahmladi , bildi , uqdi ). 2. So ’ zni b е huda ishlatmang ! ( bekor , o ’ rinsiz , noo ’ rin , а sossiz , bejiz ). 3. Insonning qandaylgini uning fahm i belgilaydi . ( f а ros а t , did , t а miz , uquv , zehn , idrok ) 4. O ’ zbekiston – ajoyib gulshan . ( guliston , gulzor , gulbog ’, bo ’ ston , ch а m а n , ch а m а nzor ) ― So ’ zlarning salbiy va ijobiy bo ’ yoqlari ‖ mavzusi orqali o ’ quvchilarga istalgan so ’ zni ( garchi zaruriy ma ’ noni bersa - da ) istalgan o ’ rinda bir xilda ishlatib bo ’ lmasligini ( bunda , albatta , nutqiy sharoit inobatga olinishi zarurligini ) anglatish muhim . Masalan , gapirmoq , so ’ zlamoq , demoq , aytmoq , valdiramoq , javramoq , vaysamoq , bobillamoq kabilar mazmunan bir - biriga yaqin birliklar bo ’ lsa - da , ulardan nutqda baravar foydalanib bo ’ lmaydi . Zero , ba ’ zi so ’ zlarda so ’ zning leksik , grammatik ma ’ nolaridan tashqari uslubiy ma ’ nolar ham mavjud bo ’ ladi . Chunonchi , Bola mavzu mohiyatini so ’ zlab berdi gapida kesim o ’ rnida gapirib berdi , aytib berdi shakllarini ishlatish mumkin , ammo valdirab berdi , javrab berdi , vaysab berdi , bobillab berdi deb bo ’ lmaydi . Hatto shu o’rinda demoq birligini ishlatish ham nutqqa putur yetkazadi. “So’zlarning salbiy va ijobiy bo’yoqlari” mavzusi ta’limida quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: 1- topshiriq. Berilgan xalq maqollari tarkibidagi ostiga chizilgan so’zlarni qavs ichidagilar bilan almashtirib o’qing. Ularni nega almashtirib bo’lmasligini tushuntiring. 1. Charaqlagan kun yaxshi, Ociq chehra– yuz yaxshi. (aft, bet, bashara, turq, oraz, diydor, tal’at, ruxsor…) 2. Yuz siz kishiga yuzlanma. (aft, bet, bashara, turq, oraz, diydor, tal’at, ruxsor…) 3. Tabassum–yuzga ko’rk. (jilmayish, irshayish, iljayish, ishshayish, tirjayish...) Tabiiyki, birinchi maqol tarkibidagi yuz so’zini aft, bet, bashara, turq salbiy bo’yoqli birliklar bilan almashtirib bo’lmaydi yoki ikkinchi maqoldagi yuz asosini faqat bet muqobili bilan almashtirish o’rinli. ―Zid ma’noli so’zlar‖ mavzusi ta’limida ham xalq maqollaridan, turli mazmundagi tarbiyaviy ahamiyatli aforizmlardan foydalanish mumkin. Jumladan, 1- topshiriq. Berilganlar tarkibidan bir-biriga zid ma’noli so’zlarni toping. Ular ifodalagan lug’aviy ma’noni o’z so’zingiz bilan izohlang. Adolat –daraxtni sug’armoq, zulm esa tikanga suv quymoqdir. Yomon kunlar yaxshi bo’lar-u, yomon odam yaxshi bo’lmas hech qachon. (M.Yusuf) Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga. Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. (M.Yusuf) Barcha shodlik senga bo’lsin, g’am-sitam , zorlik menga.(E.Vohidov) 2- topshiriq. Nuqtalar o’rniga zid ma’noli so’zlardan mosini qo’yib maqollarni o’qing. ...kelsa–ishga, ...kelsa–oshga. (qari, yosh) Tuyadan: ”Nega bo’yning ....” deb so’rasalar, ”qayerim ....” degan ekan. (to’g’ri, egri) Yegulikning ozi– ....., ko’pi (dori, og’u) .... o’qini .... kamoni bilan ot. (dushmanlik, do’stlik) .... dil–guliston, ... dil–zimiston. (ochiq, yopiq) 3- topshiriq. Jadvalning birinchi ustunida berilgan so’zlarning antonimini ikkinchi ustundan toping va ularni uchinchi ustunda raqamlarda juftlang. 4- zid ma’nosi bor so’zlar zid ma’nosi bor so’zlar raqamlar bаdbo’y –––– –1 nodon –––––1 1–... avlod –––––2 uquvsiz––––2 2–... bоtiq– ––––– 3 davlatmand –– 3 3–... dono –––––– 4 do’st–––––4 4–... erimoq–––– 5 uydirma–––– 5 5–... epchil ––––6 huzur –––––6 6–... fahmli––––7 ajdod ––––7 7–... faqir –––––8 beibo –––––8 8–... g’anim –––– do’ng –––––9 9–... 9 go’l –––––10 sust ––––––10 10–... haqiqat–––– 11 ayyor –––––– 11 11–... zahmat –––– 12 betamiz––––– 12 12–... iboli ––––– 13 muаttаr ––––– 13 13–... jadal ––––14 muzlamoq––– 14 14–... Topshiriqda berilgan ba ’ zi so ’ zlar , masalan , g ’ anim , muattar , betamiz , go ’ l , uydirma kabilar o ’ quvchining so ’ z zahirasida faol bo ’ lmasligi mumkin . Bunday holatlarda o ’ quvchi , tabiiyki , yana lug ’ atlarga murojaat etadi . ( Bilishimiz zarurki , o ’ rta maktab ona tili ta ’ limining konseptual asoslarida uning zaruriy vositasi ikkita ekanligi ta ’ kidlanadi : darslik va lug ’ atlar . O ’ quvchilarning ijodiy tafakkurini va nutqini o ’ stirishning zaruriy omillaridan biri lug ’ atlar ustida ishlashdir . Lug ’ atlar o ’ quvchilarning ijodiy tafakkuri , mustaqil fikrlash darajasi , ijodiy fikr mahsulini og ’ zaki va yozma shakllarda ravon bayon etishga olib keladigan behad qimmatli va boy so ’ z zahirasini vujudga keltiradi .) O ’ quvchilar jadvaldagi so ’ zlarni quyidagicha juftlay olishlari zarur : zid ma’nosi bor so’zlar zid ma’nosi bor so’zlar raqamlar bаdbo’y –––––1 nodon –––––1 1–13 avlod –––––2 uquvsiz––––2 2–7 bоtiq– –––––3 davlatmand ––3 3–9 dono ––––––4 do’st–––––4 4–1 erimoq––––5 uydirma–––– 5 5–14 epchil ––––6 huzur –––––6 6–2 fahmli––––7 ajdod ––––7 7–12 faqir –––––8 beibo –––––8 8–3 g’anim ––––9 do’ng –––––9 9–4 go’l –––––10 sust ––––––10 10–11 haqiqat–––– 11 ayyor ––––––11 11–5 zahmat ––––12 betamiz––––– 12 12–6 iboli –––––13 muаttаr ––––– 13 13–8 jadal ––––14 muzlamoq––– 14 14–10 Ona tili dasturida ―Paronimlar so’zlar‖ mavzusi ham berilgan. ―Paronimlar so’zlar‖, aslida, nazariy jihatdan so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari sirasida turmaydi. Og’zaki nutqda talaffuzi bilib, bilmay aralashtiriladigan so’zlar paronimlardir. Paronimlarning yuzaga kelish sabablari quyidagilar: 1. Talaffuzi yaqin tovushlarni almashtirib qo’llash natijasida so’z shakli boshqa lug’aviy ma’noni beruvchi so’z shakliga to’g’ri kelib qolishi (masalan, bob-bop, bud-but, qayd-qayt, alpoz-alfoz, bedona- bedana kabi); 2. O’zlashma so’zlar urg’usini noto’g’ri qo’yish (masalan, kafel- kafil, artikl-artikul, kompaniya-kampaniya, diflyatsiya-defoliatsiya kabi); 3. So’zning lug’aviy ma’nosini aniq tushunmasdan ishlatish (masalan, abzal-afzal, angar-angor, valiy-voliy, yonilg’i-yoqilg’i, bal- ball kabi); 4. Tutuq belgisining ishlatilishi bilan bog’liq chalkashish (masalan, alam-a’lam, bad-ba’d, davo-da’vo, zafar-za’far, matal- ma’tal, ayon- a’yon kabi); 5. O’zbek tilidagi -li hamda -lik , shuningdek, -lik hamda -liq bilan yasalgan so’zlar ma’nosini farqlay olmaslik (masalan, bolali (sifat)– bolalik (ot), bandli (ushlashga mo’ljallangan qismi bor yoki dastasi bor)– bandlik (biror narsa yoki yumush bilan mashg’ul), kiyimli (libosi bor yoki kiyim kiygan) – kiyimlik (libos yoki kiyim uchun mos (mato); otali (otasi bor) – otalik (ota vazifasini bajarish) – otali q (homiylik) kabi); 6. Talaffuzi jihatidan tilimizdagi biror so’zga yaqin kelib qolgan o’zlashma so’zni aralashtirib qo’llash (masalan, adib (a)-adip, burj (a)- burch, yod (f)-yot, jodu (f)-jodi kabi); 7. Talaffuzda (bir tildan) o’zlashma (odatda, arabcha) so’z tarkibida qator kelgan ikki undosh orasiga unli qo’shib aytish (masalan, adl-adil, azm-azim, amr-amir, asr-asir, asl-asil, ahl-ahil, beamr-beamir kabi); ( Ba’zan bunday holat o’z so’zlarimiz doirasida ro’y berishi ham ( ayrim–ayirim ), o’zlashma va o’z so’zlarimiz asosida yuzaga kelishi ham ( bikr(f)–bikir ) yoki ikkita tildan olingan o’zlashma asosida bo’lishi ham ( dafna (yun.) – dafina (a) mumkin.) 8. Talaffuzda so’z oxiridagi tovushni tushirib qoldirish natijasida (masalan, bast–bas, past–pas kabi) va h. 1- topshiriq. Berilgan paronimik juftliklarga diqqat qiling. Har bir so’zning lug’aviy ma’nosini toping va shu asosda nuqtalar o’rnini to’ldiring. Azim–azm. Azim daryolar ham kamar bo’lolmas, Qo’shilib cho’lg’ansa sening belingga. (H.Olimjon) U (Yo’lchi) endi poytaxtga kelmoqqa azm qilgan. (Oybek) .....–g’oyat katta, ulkan. ....–qat’iy qaror, jazm. Amir–amr. Amir ning oshidan faqirning mushti yaxshi. (Maqol) Qalb amr etsa, aql unga bo’ysunar. (Maqol) .....–qadimgi xonlik, podsholik davrida lovozim nomi. ....–buyruq, farmon, farmoyish. Bal–ball. Bu binoda bal o’tkazilishi aytildi. ”Bilimlar bellashuvida” bilimim uchun yuz ball qo’yishdi. .....–katta bazm, raqs kechasi. ....–raqam bilan ko’rsatiladigan baho. Ganj–ganch. Halol topilgan non jahon ganj idan afzalroq. (A.Navoiy) Maktab binosi ta’miri uchun ganch , sement, tuproq, ohak keltirildi. .....–xazina, boylik. ....–suvoq uchun ishlatiladigan unsimon qurilish materiali. O’quvchilar bilan borlik–borliq, bolali–bolalik, otalik–otaliq, da’vo–davo, darz– dars, dafina–dafna, yod–yot, yolqin–yorqin, jazlik– jazliq, jayron– jiyron, juda–judo, ijobiy–ijodiy, tanbur–tambur, yo’ymoq–yoymoq, kavsh–kovsh, kampaniya–kompaniya kabi paronimik juftliklar ustida ishlash ham ularda nutqiy sezgirlikni oshirishga xizmat qiladi. O’quvchilar ‖O’zbek tili leksikasining boyish manbalari‖ mavzusi ta’limida til boyligimiz faqat tashqi manbalardan so’zlarni aynan o’zlashtirish (masalan, kompyuter, disk, diskavod, fleshkart; lavash, xotdog, chizburger va h.) yoki tarjima (kalka) qilish (masalan, chipta (bilet), import (kamyob), eksport (qimmatli), kartochka (tarqatma) va h.), yarim tarjima qilish (yarim kalka) (masalan, yarimavtomat (poleavtomat), energomarkaz (elektro energetika markazi) orqaligina emas, balki ichki manbalar asosida har kuni, har soatda boyib borayotganligini sezishlari, his eta olishlari, zarur o’rinlarda bunga amin bo’lishlari kerak. Chunonchi, ijtimoiy hayotimizga kirib kelgan narsa- buyumlar, tushunchalar, voqea-hodisalar, odatda, o’z nomi bilan keladi va, ko’pincha, shu nom tilda o’zlashadi: kompyuter, disk, diskavod, fleshkart; lavash, xotdog, chizburger; kepka, shlyapa; kombinzon, shuba va h.lar. Tilning ichki imkoniyatlari tilga o’zlashgan yangi so’zlardan darrov yangi so’zlar yasashga kirishadi (odatda, tilshunoslik lug’atlari bu birliklarni o’z vaqtida qamrab olishga ulgurmaydi ham): kompyuterchi, kompyutershunos, kompyuterfurush, kompyuterxona, kompyuterchilik (sohasi) (ot); kompyuterli (sinf), kompyuterlararo (aloqa) (sifat) , kompyuterlashtir(moq) (fe’l) , miyasi kompyuter, kompyuter kalla (ibora) va b. Bu kabi misollarni o’quvchilarning o’zlari ham paynet, paynetchi, paynetli, paynet qilmoq, paynet bo’lmoq kabi misollar orqali davom ettira oladilar. ‖Iboralar‖ mavzusi ta’limi o’quvchiar uchun hamisha qiziqarli va e’tibortalab mavzu bo’lib qolaveradi. Iboralar tilimizda so’zlar bilan teng baravar ishlatilaveradiki, bizlar ba’zan iborani qo’shma so’zdan yoki so’z birikmasidan farqlamaymiz. O’qituvchi o’quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish maqsadini ko’zlagan darsda quyidagi kabi topshiriqlardan foydalanishi mumkin: 1-topshiriq. Ibora ifodalagan ma’no qatorini ‖Iboralar sandig’idan‖dan mosini tanlab to’ldiring. lapashang, ....... bemehr, ........ aralashmoq, .... xafa, ... xursand, .... tanti, .... ziqna, .... gapirmaslik, ... ”IBORALAR SANDIG’I”DAN ammamnin g buzоg’i burnini tiqmoq ko’ngli xira bag’ri tosh fe’li keng terisiga sig’maydi og ’ zing qani desa , qulog ’ ini ko ’ rsatadi dili xufton boshi osmonda diydasi qattiq ko’nli yorishmagan og’zi qulog’ida qovog’i etagida gapida turadigan fe’li tor qovog’i soliq burganing ko’zini ko’rgan mum tishlamoq lom-mim demaslik qishda qor bermaydigan 2- topshiriq. Yuqoridagi iboralarni qatnashtirib (o’zingiz bilgan asar qahramonlari xarakterini tavsiflovchi) gaplar tuzing. Namuna : Solih Mahdum birovga qishda qor bermaydigan odam edi. 3- topshiriq. ‖Iboralarning izohli lug’ati‖dan o’zingizga notanish bo’lgan 10ta iborani tanlab yozing. Namuna : dumi xurjunda (chala)..... 4- topshiriq . Berilgan iboralarni o ’ qing . Ular mazmunan qaysi so ’ zga teng kelishini aniqlang va jadval asosida zid ma ’ noli iboralarni juftlang . zid ma’nosi bor iboralar zid ma’nosi bor iboralar raqam -lar do’ppisi yarimta––1 suvga tushgan nonday––1 tesha tegmagan–– 2 og’zining tanobi qochmoq–2 umr ko’rmoq–––3 kayfi chog’–––––3 turib olmoq–––4 yeng shimarib––––4 qo’ldan bermoq–– 5 peshonasi yaraqlagan–––– 5 qalbi pok––––6 yuragi tor––––6 ta’bi tirriq–––7 ko’ngli shod––––7 yeng uchida–––8 yer tishlamoq–––8 manglayi sho’r–9 alimsoqdan qolgan–––9 ochiq qo’l–––10 nasibasi uzilmoq––– 10 yuragi qon–––– 11 yon bermoq–––––– 11 pixini yorgan–– 12 tegirmondan chiqadigan–12 butun qahri kelmoq–– 13 qo’lga kiritmoq––– 13 qo’ldan qochmoq-– 14 yuragi qora––––14 Topshiriq ijrosi quyidagi natijani berishi kerak: O’zbеk tili frаzеоlоgik tizimidаgi frаzеоlоgik birliklаrning аsоsiy qismini fе’l frаzеоlоgik sinоnimlаr tаshkil qilаdi. Ulаr tildаgi bаrchа frаzеоlоgik sinоnimlаrning 82 % ini tаshkil etishi mа’lum. Shuni zid ma’nosi bor iboralar zid ma’nosi bor iboralar raqam -lar do’ppisi yarimta–– 1 suvga tushgan nonday––1 1–12 tesha tegmagan––2 og’zining tanobi qochmoq–2 2–9 umr ko’rmoq–––3 kayfi chog’–––––3 3–10 turib olmoq–––4 yeng shimarib––––4 4–11 qo’ldan bermoq–– 5 peshonasi yaraqlagan––––5 5–13 qalbi pok––––6 yuragi tor––––6 6–14 ta’bi tirriq–––7 ko’ngli shod––––7 7–3 yeng uchida–––8 yer tishlamoq–––8 8–4 manglayi sho’r–9 alimsoqdan qolgan–––9 9–5 ochiq qo’l–––10 nasibasi uzilmoq–––10 10–6 yuragi qon––––11 yon bermoq––––––11 11–7 pixini yorgan––12 tegirmondan butun chiqadigan–12 12–1 qahri kelmoq––13 qo’lga kiritmoq–––13 13–2 qo’ldan qochmoq-– 14 yuragi qora––––14 14–8 inobatga olgan holda o’quvchiga quyidagi topshiriqlarni taqdim etish o’rinli: 5- topshiriq. Turli asarlardan olingan gaplarni o’qing va gaplar tarkibidagi iboralar ifodalagan ma’noni izohlang. 1. U t а shvishini bir о vg а d а stur хо n qilib yoyadig а n t о if а d а n em а s. (T.Mаlik) 2. Shundоq оdаmni butun rеspublikаgа do’mbirа qilish yaхshimаs. (O’.Hоshimоv) 3. Аmmо ig’vоgаrlаr buni “Аlishеrbеkkа bеhurmаtlik” dеb оvоzа qildilаr, ikki оrаgа g’ubоr sоldilаr . (P.Qоdirоv) 4. Fаrq shundаki, dildаgi tilgа uchsа, jоning kеtishi mumkin, jоninggа rаhm qilingаn tаqdirdа аbjаg’ing chiqаdi. (T.Mаlik) 5. Lеkin Hаmidа to’g’risidа Humоyungа оg’iz оchish gа tili bоrmаdi. (P.Qоdirоv) 6. Rаis bilаn jаnjаllаshib qоlgаn ekаn, shuni rеdаksiyagа yozib dоstоn qilib o’tirishi shаrtmidi? (O’.Hоshimоv) 7. Fаqаt qаynоtа-qаynоnаsi Qurbоnоyni hеch iqi suymаdi. (O’.Hоshimоv) 8. Shundаginа ro’y bеrgаn vоqеаning dаhshаtini birdаn his etdim- u, etim sеskаnib kеtdi . (O’.Hоshimоv) 9. Fаqаt uchаlа хоtin uning nimа uchun kаyfi kеtgаnidаn bехаbаr edilаr. (Cho’lpоn) 10. So’fining bu аvzоyini ko’rgаndаn kеyin ikki qizning bоrqаdаr umidi hаm uzilib bo’ldi. (Cho’lpоn) Quyida 5-sinf o’quvchilаri nutqini ibоrаlаr bilаn bоyitish tаjribаsidаn (namuna) keltiramiz: Sinf o’quvchilаrini musоbаqаlаshish uchun (partalararo) ikki – ―Kalom‖, ―Ibora‖ guruhlаrigа bo’lаmiz. (Oldingi dars soatida o’quvchilarga quyidagi topshiriqlar bajarib kelish uchun berilgan: “Kalom” guruhiga: ma’nosi хаfа, хursаnd, hоvliqmа, mаydа, bеzоvtа, g’аmgin, kеkkаymа, sho’х, kаttа, аyyor kabi sifat so’z turkumiga xos so’zlarga teng keladigan; “Ibora” guruhigа: kutmоq, хаfа bo’lmоq, g’аzаblаnmоq, bеоbro’ qilmоq, hurmаtlаmоq, sаylаmоq, isyon qilmоq kabi fe’l so’z turkumiga xos so’zlarga teng keladigan iboralar topib kelish. Shuningdek, “O’zbеk хаlq mаqоllаri” kitоbidаn ibоrаlаr mаvjud mаqоllаrni yod оlish.) Dаrs “Mаqоllаr sаbоg’i” nomli musоbаqаdаn bоshlаndi. Bundа bir guruh mаqоlning birinchi qismini аytsа, ikkinchi guruh uning dаvоmini tоpishi kеrаk bo’ladi. Musоbаqа quyidаgichа o’tadi: “Kalom” guruhi: Bir og’iz shirin so’z , ilonni inidan chiqarar, “Ibоrа” guruhi: Bir og’iz achchiq so’ z , pichoqni qinidan chiqarar. “Kalom” guruhi: Bittа so’zdаn qоlsаngiz, оlаm gulistоn, “Ibоrа” guruhi: Talashishdan tolmasangiz, olam zimiston . “Kalom” guruhi: Ko’rib turmоq – mеhr qo’ymоq , “Ibоrа” guruhi: Ko’rmаy qo’ymоq – ko’ngil uzmоq . “Kalom” guruhi: Shirin so’z – jon ozig’i, “Ibоrа” guruhi: Yomon so’z – bosh qozig’i. “Kalom” guruhi: Аyoli bоr uy – chinni chirоq , “Ibоrа” guruhi: Аyoli yo’q uy – mehrdan yiroq . “Kalom” guruhi: Ustа ishgа qo’l ursа , bitаr, “Ibоrа” guruhi: Nоshud ishgа qo’l cho’zsа, tаrtib yitаr. “Kalom” guruhi: Avval o’zingga boq, “Ibоrа” guruhi: Keyin nog’ora qoq. “Kalom” guruhi: Bo’riga rahm qilsang, “Ibоrа” guruhi: qo’yning sho’ri quriydi. Mаqоllаrdаn o’quvchilаr yon-аtrоfdаgilаrgа nisbаtаn оq ko’ngil, pоk niyatli bo’lish zаrurligi, hаr bir ishni o’z vаqtidа bаjаrish lоzimligi hаqidа хulоsа chiqаrаdilаr. O’qituvchi, аlbаttа, shu o’rindа mаqоllаr ifоdаlаgаn mаzmungа to’хtаlаdi. Kеyingi musоbаqа “Surаtlаr tilgа kirsin” o’yini tаrzidа o’tkаziladi. Bundа guruhlаrgа til, yurаk, yеr, pеshоnа tаsvirlаngаn rаsmli kаrtоchkаlаr tаrqаtiladi. O’yin shаrtigа ko’rа, 3-4 dаqiqа ichidа hаr bir guruh bеrilgаn rаsmlаr аsоsidа ibоrаlаr tоpishlаri vа ulаrni guruh а’zоlаridаn biri o’qib bеrishi kеrаk bo’lаdi. Bu vаzifаni guruhlаr quyidаgichа bаjаrishadi: “Kalom” guruhi: Til–dil kаliti til so’zi bilаn bоg’liq ibоrаlаr mа’nоsi tеng kеlgаn so’z til so’zi bilаn bоg’liq ibоrаlаr mа’nоsi tеng kеlgаn so’z til biriktirmоq kеlishmоq tilgа оlmоq аytmоq tili bоrmаdi аytоlmаdi tili bоrаdi аytаdi tilgа kеlmоq, tilgа kirmоq, tili chiqmоq gаpirmоq til d е g а n bir q а rich, tili bir mаqtаnchоq qul о ch, tili uzun tilgа tushmоq tаnilmоq tili qisiq muttаhаm tilini tishlаmо q аfsuslаnmоq til tеkizmоq (u hаqidа) gаpirmоq tilini qisiq qilmоq gаpirtirmаsli k tiligа erk bеrmоq (bеmаlоl) gаpirmоq tilini qismоq gаpirmаslik tilidаn zаhаr tоmmоq (аchchiq) gаpirmоq tili qichimо q аytgisi kеlmоq tilidаn bоl tоmmоq (shirin) so’zlаmоq tilini qichitmо q aytishgа (ruhan) mаjburlamоq tilini chiqаrmоq gаpirishgа mаjbur etmоq tilini tоrtmоq (gаpini) to’хtаtmоq tilini bilmоq tushunmоq O’quvchilar mazkur sirani tilidаn tutilmоq (yolg’оnchiligi yoki g’iybаtchiligi) bilinmoq) , tilini kеsib o’zigа yеdirmоq (gаpirtirmаslik), tilini qаychi qilmоq (gаpirtirmаslik) kabilar bilan davom ettirishlari ham mumkin. “ Ibоrа” guruhi: Yurаk yonmоg’i kеrаk yurak so’zi bilаn mа’nоsi tеng yurak so’zi mа’nоsi tеng kеlgаn so’z bоg’liq ibоrаlаr kеlgаn so’z bilаn bоg’liq ibоrаlаr yurаgi аchishmоq kuyinmоq yurаgi yorilmоq qo’rqmоq yurаgi bеtlаmоq, yurаgi dоv bеrmоq kirishmоq yurаgigа g’ulg’ulа sоlmоq хаvоtirlаntirmоq yurаgi bеtlаmаslik , yurаgi dоv bеrmаslik kirishа оlmаslik yurаgigа g’ulg’ulа tushmоq хаvоtirlаnmоq yurаgi bo’shаmоq, yurаgini bo’shаtmоq (ruhаn) еngillаshmо q yurаgigа tеgmоq rаnjimоq yurаgigа vаhimа sоlmоq qo’rqitmоq yurаgigа tеgmоq zеrikmоq yurаgigа qil sig’mаslik hеch nаrsа yoqmаslik yurаgini ko’tаrmоq ruhlаntirmо q yurаgigа o’tirmаslik yoqtirmаsli k yurаgidа kiri yo’q sоfdil yurаgigа sig’ish (nimа bilаndir) shug’ullаnis h yurаgi qоrа yomоn niyatli yurаgigа mo’ljаllаmо yurаgi yaхshi tugmоq q tоzа, yurаgi sоf niyatli yurаgigа qo’l sоlmоq bilmоqchi bo’lmоq yurаgi dаryo kеngfе’lli yurаgi yorilmоq qo’rqmоq yurаgini hоvuchlаb qo’rqib yurаgini siqmоq (ezmоq,хun qilmоq, g’аsh qilmоq) zеriktirmоq yurаgi po’killаmо q hаdiksirаmо q yurаgi siqilmоq zеrikmоq Shuningdеk, bu sirаni yurаgi оrqаgа tоrtmоq, yurаgi tоsh, yurаgi хirа, yurаgi tоshmоq, yurаgi shig’ etmоq, yurаgi shuv etmоq, yurаgi o’ynаmоq, yurаgini o’ynаtmоq, yurаgi tаkа-pukа, yurаgi tаs yorilgudеk, yurаgi qоq yorilgudеk, yurаgi zirqirаmоq, yurаgi qinidаn chiqа yozmоq, yurаgi qоn, yurаgidаn urmоq, yurаgi sеzmоq, yurаgigа kеlmоq, yurаgining chigilini yozmоq, yurаk tоrtаdigаn, yurаgini оlmоq kаbilаr bilаn hаm to’ldirish, dаvоm ettirish mumkin. “Kalom” guruhi: Yer elni b о q а r. yer so’zi bil а n b о g’liq ib о r а l а r mа’nоsi tеng kеlgаn so’z yer so’zi bilаn bоg’liq ibоrаlаr mа’nоsi tеng kеlgаn so’z yеrgа qаrаmоq uyalmоq yеrgа bеrmоq (o’likni) ko’mmоq yеr bilаn bittа bo’lmоq, yеr shаrmаndа bo’lmоq yеr-u ko’kkа (judа) аsrаsh bilаn yaksоn bo’lmоq, yеrgа ishоnmаslik kirgudеk bo’lmоq yеr bilаn оsmоnchа, оsmоn-u yеrchа (kаttа) fаrqli yеr-u ko’kdаn tоpmаslik tоpоlmаslik yеrgа kirgizib yubоrmоq, yеr yorilib yеrgа kirgizgudеk (qаttiq) uyaltirmоq yеr tаgidа ilоn qimirlаsа, bilаdigаn (judа) sеzgir yеrgа kirsа, qulоg’idаn, ko’kkа chiqsа,оyog’id аn tоrtmоq (bаribir)tоpmо q yеr оstidаn (qаrаmоq) sеzdirmаy (yashiriqch а) yеrgа ursа, ko’kkа sаpchiydigаn (o’tа) sho’х yеr tishlаmоq o’ldirilmоq yеrgа ursа, ko’kkа sаchrаmоq sho’хlik qilmоq yеr tishlаtmоq o’ldirtirmоq yеrgа qаrаtmоq uyaltirmоq yеr bo’lmоq uyaltirilmоq O’quvchilar yer so’zi bilan bog’liq iboralarni topar ekanlar, ularning barchasi ham shu so’z ifodalagan ma’no bilan bog’liq bo’lmasligiga ishonch hosil qilishlari kerak bo’ladi. (Shu o’rinda o’quvchida barcha iboralar tarkibidagi so’z ifodalagan ma’no bilan bog’liq bo’lishi ham, bog’liq bo’lmasligi ham mumkin, degan fikr paydo bo’lishi muhim.) “ Ibоrа” guruhi: Pеshоnаgа tаqdirni insоnning o’zi bitаdi. pеshоnа so’zi bilаn bоg’liq ibоrаlаr mа’nоsi tеng kеlgаn so’z pеshоnа so’zi bilаn bоg’liq ibоrаlаr mа’nоsi tеng kеlgаn so’z pеshоnаgа yozilgаn, pеshоnаdа bоri tаqdir pеshоnаgа tushgаni tаqdir pеshоnаsi sho’r bахtsiz pеshоnаsi tirishgаn nоrоzi pеshоnаsi qоrа bеbахt pеshоnаsini tоshgа urmоq (tаqdiridаn ) nоrоzi bo’lmоq pеshоnаsi yarqirаgаn bахtli pеshоnаsi chirigаn (аzаldаn) bахtsiz pеshоnа tеri hаlоl mеhnаt pеshоnаsigа chiziq tоrtilmоq qаrimоq pеshоnа tеri to’kmоq (hаlоl) ishlаmоq pеshоnаsigа оy bitgаn bахtli, оmаdli pеshоnаsi tоr ziqnа pеshоnаsi o’хshаsh tаqdirdоsh pеshоnаsidа n ko’rmоq ko’nikmоq pеshоnаsidа bitilgаn ilоjsiz pеshоnаsigа yozilgаn (kimligi, qаn- pеshоnаsidаgin i ko’rmоq (ilоjsiz) ko’nikmоq dаyligi) mа’lum pеshоnаsi yo’nil-gаn, pеshоnаsi qirib оlingаn оmаdsiz (хudо) pеshоnаsidаn оlgаn yo’qоtgаn Mazkur o’yin-topshiriqni tеz vа аsоsli bаjаrgаn guruhgа rаg’bаt kаrtоchkаsi bеrilаdi. Dаrsning bu qismigа yakun yasаb, o’qituvchi ibоrаlаr so’z ifоdаlаgаn mаzmunni tаsviriy ifоdаlаsh vоsitаlаrining bir turi ekаnligini tushuntirаdi. Shundаn kеyin ikki guruh o’quvchilаrigа bоsh so’zi ishtirоk etgаn ibоrаlаrgа kеtmа-kеtlikdа misоl аytish tоpshirig’i bеrilаdi. To’хtаb qоlgаn guruh mаg’lub sаnаlishi uqtirilаdi. O’quvchilаr– bоshgа ko’tаrmоq, bоshini egmоq, bоsh ko’tаrmоq, bоsh tоrtmоq, bоsh bo’lmоq, bоshi аylаnmоq, bоshdаn kеchirmоq, bоshdаn оyoq, bоshidаn оshib yotmоq, bоshini аylаntirmоq, bоshi bilаn kirib kеtmоq, bоshi bilаn shung’imоq, bоsh ko’tаrmоq, bоsh tоrtmоq, bоsh bo’lmоq, bоshi аylаnmоq, bоshdаn kеchirmоq, bоshdаn оyoq, bоshidаn оshib yotmоq, bоshini аylаntirmоq, bоshi bilаn kirib kеtmоq, bоshi bilаn shung’imоq, bоshigа kеlmоq, bоshigа yеtmоq,bоshigа suv quymоq, bоshigа urmоq, bоshigа qilich kеlsа hаm, bоshidа dаnаk chаqmоq, bоshidа yong’оq chаqmоq, bоshini silаmоq, bоshidаn sоqit qilmоq, bоshi yostiqqа yеtmоq, bоsh qo’ymоq, bоshi ko’kdа, bоshi ko’kkа yеtmоq, bоshini аchitmоq, bоshini yеmоq, bоshini ikkitа qilmоq, bоsh оlib kеtmоq, bоsh оg’riq, bоshini g’аlvаgа tiqmоq, bоshini tоshgа urmоq, bоshi shishmоq, bоshini qоvushtirmоq, bоshini biriktirmоq, bоsh suqmоq, bоsh qo’shmоq kаbi оg’zаki nutqdа dеyarli hаr kuni duch kеlаdigаn ibоrаlаrni tоpаdilаr. Bu sаvоl-jаvоbdа eng ko’p rаg’bаt kаrtоchkаsini оlgаn guruh g’olib sanalаdi. Shundаn so’ng “O’ylа, izlа, tоp” o’yini o’tkаziladi. O’yindа guruhlаr o’zlаrigа bеrilgаn quyidаgichа tеst sаvоllаrigа jаvоb tоpadilаr: 1. Bаg’ri tоsh ibоrаsining mа’nоsini tоping. А) mеtin B) bеmеhr C) qаttiq D) bахtsiz 2. Ibоrа mаvjud bo’lgаn qаtоrni tоping. А) Hоvli yog’ tushsа yalаgudеk edi. B) O’g’li iztirоb bilаn оtаsigа qаrаdi. C) Shаhrimizdа mo’yqаlаm sоhiblаrining ko’rgаzmаsi оchildi. D) Оz so’zlа, ko’p tinglа. 3. Miridаn sirigаchа i bоrаsining mа’nоsini tоping. А) bаtаfsil B) bохаbаr C) bехаbаr D) bеmоvrud 4. Misi chiqdi ibоrаsining mа’nоdоshini tоping. а) siri оchildi b) tеmiri ko’rindi s) rаngi chiqdi d) оltin emаs 5. Bаg’ri butun ibоrаsining mа’nоsini tоping. А) kuchli B) bахtli C) sахiy D) bаhоdir 6. Tinkаsi qurimоq ibоrаsining mа’nоsini tоping. А) kuchsiz B) quvvаtsizlаnmоq C) qаttiqlаshmоq D) suvsirаmоq 7. Qo’ldаn bеrmоq ibоrаsining mа’nоsini tоping. А) yo’qоtmоq B) yo’qоlmоq C) sаlоmlаshmоq D) tоrtiq etmоq 8. Хаyolidаn chiqаrmоq ibоrаsining mа’nоsini tоping. А) unutmоq B) bilmаslik C) hаydаmоq D) kеchirmоq Tеst yechishdа ikkаlа guruh hаm jаvоblаrigа qаrаb rаg’bаt kаrtоchkаsigа egа bo’lаdi. Dаrs so’ngidа sаylаnmа diktаnt quyidаgichа o’tkаzilаdi: Хаttахtаgа guruh o’quvchilаridаn tаklif etilаdi vа ulаrgа “yo’l chiptаlаri” tаrqаtilаdi. Hаr bir guruhgа o’zigа tushgаn shаhаr hаqidаgi mаtndаn ibоrаlаrni tоpib yozish tоpshirig’i bеrilаdi vа guruhlаrgа quyidаgi mаtnlаr o’qib eshittirilаdi: Shаhrisаbz – sоhibqirоn Аmir Tеmur tаvаllud tоpgаn yurt. Shаhrisаbz yashil shаhаr dеyilgаn. U yеrgа bоrsаngiz, Оq sаrоy оbidаsigа ko’zingiz tushаdi . Mustаqillik shаrоfаti bilаn Shаhrisаbzdа yangi ilm mаskаnlаri qаd ko’tаrgan . Endi esа А.Tеmur pоytахt qilgаn Sаmаrqаndgа yo’l оlаmiz. Sаmаrqаnd – qаdimgi tаriхiy yurt. Shаhаr– ko’z ko’rib qulоq eshitmаgаn dаrаjаdа go’zаl mаskаn. Ulug’lаr Sаmаrqаndni yеr yuzining sаyqаli dеmоqni mа’qul tоpgаnlаr . Chunki u mаn-mаn dеgаn shаhаrlаrdаn chirоylirоq vа qаdimiyrоqdir. 1996-yil А.Tеmur tаvаlludining 660 yilligigа bаg’ishlаb, Tоshkеnt, Sаmаrqаnd, Shаhrisаbzdа sоhibqirоn hаykаli o’rnаtildi. Hа, Sаmаrqаnd chirоyi va nufuzi ta’rifiga til оjiz . Ushbu tоpshiriq bo’yichа hаm g’оlib guruhlаrgа rаg’bаt kаrtоchkаsi bеrilаdi. Dаrs so’ngidа fаоl qаtnаshgаn guruh а’zоlаri rаg’bаtlаntirilib, g’оlib guruhlаr e’lоn qilinаdi. Uygа ko’z, оyoq so’zlаri ishtirоk etgаn ibоrаlаrni tоpib, ulаrning izоhini yozish vа ulаr аsоsidа 5tа gаp tuzib kеlish vаzifа qilib bеrilаdi. Dаrslаrni shu tаrzdа tаshkil etish hаm o’quvchilаr nutqini bоyitаdi, hаm til sеzgirligini tаrbiyalаydi. ‖Tasviriy ifoda‖ haqida gap ketganda, unutmaslik kerakki, ibora til birligining tabiiy hosilasi, tasviriy ifodalar esa nutqda yaratilgan birliklardir. Tasviriy ifoda badiiy adabiyotdagi ramz mavzusi bilan bog’liq: biror narsaning nomini aniq atamay, uning xususiyat, belgisidan kelib chiqqan holda tasvirlash tasviriy ifodadir. ‖Tasviriy ifoda‖ mavzusi ta’limida o’quvchilar tasviriy ifodalarni iboralar bilan taqqoslasalar o’rinli bo’ladi. Masalan, 1-topshiriq. Berilganlar ichidan tasviriy ifodalarni toping va raqamlarni jadvalda to’g’ri joylashtiring. 1) kumush tola ijodkorlari; 2) kumush tola; 3) ikki enlik; 4) qanotli do’stlarimiz; 5) salomatlik posbonlari; 6) qasam ichmoq; 7) samo yulduzlari; 8) maktab qaldirg’ochlari; 9) oq chashma sohiblari; 10) qora oltin Nutqiy hosilalar javob raqamlari Tasviriy ifodalar 1, 2,4,5,7,8,9,10 Iboralar 3, 6, 2- topshiriq. Tasviriy ifodalar anglatgan ma’nolardan kelib chiqib gaplar tuzing. 3- topshiriq. Po’lat etak, miya dastyori, tinchlik ramzi, fasllar kelinchagi, dunyo tomi, charm qo’lqop ustalari, zangori ekran, oynayi jahon kabi tasviriy ifodalar ifodalagan ma’nolarni izohlang. (Shu o’rinda o’qituvchining o’zi ibora til birligi (u so’zlar kabi tilda tayyor birlik sifatida mavjud bo’ladi), tasviriy ifoda esa nutqiy birlik (jamiyat a’zolari tomonidan o’ylab topilgan va ijtimoiy turmushda tan olingan) ekanligini bilishi va shu asosda ibora hamda tasviriy ifodani aralashtirib yubormasligi zarur.) Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarning so’z boyligini oshirish yo’llaridan yana biri uyadosh so’zlar ustida ishlash tajribasidir. Uyadosh so’zlar d е ganda bir mavzu, tushuncha yoki mohiyat atrofida birlashadigan, bir uyaga mansub so’zlar sirasi tushuniladi. Masalan, “qovun” uyasi: amiri, ko’kcha, handalak, mirzacho’li, zamcha, dahbedi, go’rvak, bo’rikalla, toshloqi, davlatboy, gulobi, qo’ybosh, umrboqiy, oqurug’, asati, cho’gari, qizilurug’, obi novvot, shakarpalak, kampirchopon, bosvoldi.... O’quvchilar nutqini uyadosh so’zlar bilan boyitishning yo’llar juda ko’p va rang-barang. Masalan, gapda yoki matnda ajratilgan umumiy ma’noli so’zlarga tegishli xususiy ma’noli so’zlarni topish (masalan, o’quv qurollari: daftar, ruchka, qalam, chizg’ich, o’chirg’ich, albom... ), ma’lum bir uyadagi so’zlarning izohli lug’ati yoki shu so’zlarning ro’yxatini tuzish, b е rilgan xususiy ma’noli so’zlarning umumiy ma’nosini aniqlash (masalan, qozon, kafgir, cho’mich, qoshiq, sanchqi, lagan, kosa....–oshxona buyumlari kabi), ayni bir so’zning o’z va ko’chma ma’nolari, ma’nodoshlari, qarama- qarshi ma’nolari va uyadoshlarini topish kabi mustaqil ish turlari o’quvchilar nutqini bunday so’zlar bilan boyitishda alohida o’rin egallaydi. Ayniqsa, b е rilgan matnda ajratilgan so’zlarning uyadoshlarini topish, tavsiya etilgan uyadosh so’zlar yordamida (masalan, “gul” uyasi: atirgul, safsargul, chinnigul, marvaridul, tugmachagul, xrazantema, kaktus, aloy, xitoy atirguli, rayhon, ra’no, nozbo’y, lola, qizg’aldoq.... ) matn yaratish kabi amaliy ishlar o’quvchilarda nutqiy ravonlikni ta’minlash uchun muhim. Tabiat manzarasi (bog’, sahro, dala, o’rmon, tog’ kabilar) tasvirini b е rish, ularning uyadoshlarini topish, shu uyadoshlardan nutqiy faoliyatda foydalanish ko’nikmasini rivojlantirish o’quvchi uchun foydali. ”So’zshunoslik” bo’limida ‖Atamalar‖ mavzusi ta’limi ham nazarda tutilgan. Mazkur mavzuni o’rganishda b е rilgan so’zlarni qaysi fanga mansubligiga qarab guruhlarga ajratish, so’z va atama orasidagi munosabatni aniqlash, uyadosh atamalar tanlash va ular yordamida matn yaratish singari topshiriqlardan foydalaniladi. Ayniqsa, ma’lum bir fan sohasida tor, ko’pchilik odamlar boshqacharoq ma’noda k е ng qo’llaydigan so’zlar ustida ishlash, ularning tor va k е ng qo’llanish ma’nolari asosida gaplar tuzish shular jumlasidandir. Masalan, 1- topshiriq. Berilgan atamalarni fan sohasiga qarab ajrating. 1) fonetika, 2) kasr, 3) mubolag’a, 4) omonim, 6) sinus, 7) poya, 8) kosinus, 9) butash, 10) payvand, 11) nasr, 12) foiz, 13) gulbarg, 14)qalamcha, 15) paronim, 16) ildiz, 17) proza, 18) urg’u, 19) epopiya, 20) modern, 21) tuproq Tilshunoslikka oid atamalar: fonetika,..... Adabiyotshunoslikka oid atamalar: epopiya,.... Biologiyaga oid atamalar: poya,... Matematikaga oid atamalar: kasr,... 2- topshiriq. Berilgan atamalarning qaysi birlari oddiy so’zlashuvimizda ham ishlatilishini aniqlang va buning sababini tushuntiring. Shu o’rinda o’quvchilar sof atamalarni kasb-hunar so’zlaridan farqlay olsalar yanayam yaxshi. ‖Shevaga xos so’zlar‖ ustida ishlashda quyidagilarga e’tibor qaratish muhim: 1) avvalo, o’qituvchi (sinfda ham, sinf, maktabdan tashqarida ham sof adabiy tilda so’zlamog’i shart) adabiy talaffuz me’yorlariga rioya etishi hamda buni o’quvchilardan ham talab qilmog’i zarur; 2) o’qituvchi o’quvchilar nutqida uchraydigan sheva so’zlarini adabiy shakllarga almashtirib borish ustida muntazam ishlamog’i, bu borada maktabning boshqa fan o’qituvchilari bilan hamkorlik ham qilmog’i zarur; 3) o’qituvchi o’quvchilar nutqida uchraydigan sheva so’zlarini kuzatishi va ularni muayyan va tipik turlarga ajratib olmog’i muhim; 4) sinfdan tashqari ishlarda ”Yosh notiqlar” to’garagini tashkil etish yoki badiiy o’qish, ”Kim ko’p va xo’p biladi?”, ”Men yod o’qiyman” kabi tanlovlarni sinfda, sinflararo o’tkazib turish, ishtirokchilarni nutqining ravonligi va mazmundorligiga qarab rag’batlantirib borish. Bularning barchasi o’quvchilar nutqini adabiy me’yorlarga moslashtirib borish borada yaxshi samara beradi. Olinma so’zlar ustida ishlash ham o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Bu mavzuni o’rganishda integrativ ta’limdan foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan, o’zb е k, rus, ingliz tillari baravar foydalanadigan so’zlar ro’yxatini tuzish topshirig’i ustida ishlash mumkin: kafe, kakao, kompyuter, apelsin, limon, banan kabilar shular jumlasidandir. 1-topshiriq. O’zbek tiliga rus tilidan hamda rus tiliga o’zbek tilidan o’zlashgan so’zlar ro’yxatini tuzing. rus tilidan o’zbek tiliga o’zlashgan so’zlar o’zbek tilidan rus tiliga o’zlashgan so’zlar stol, stul, parta, doska, xirmon, kishmish, uryuk leneyka, shkaf, sumka, (o’rik), kalbasa (qo’l shapka, shlyapa, divan, bosa), karandash (qora kreslo, shifoner, vaza.... tosh), uyma (uyum), tyul (tul), kishlak (qishloq), kurash, chala, dakki, arik (ariq)... Xuddi shunday shaklda o’quvchilarga o’zbek tiliga chet (ingliz, nemis, fransuz) tilidan hamda chet tiliga o’zbek tilidan o’zlashgan so’zlar ro’yxatini tuzish topshirig’ini berish ham mumkin. Tabiiyki, o’qituvchi o’quvchiga shunday topshiriqni berdimi, albatta, topshiriq javobiga uning o’zi tayyor bo’lishi lozim. Shuningdek, tilimizga xorijiy tillardan kirib kеlgan so’zlarning ma’nosini sharhlash, o’zbеk tiliga arab yoki fors-tojik tillaridan kirgan so’zlarning imlosi va ma’nosi ustida ishlash, olinma so’zlardan foydalanib, gap va matnlar tuzish kabi amaliy ishlardan unumli foydalanish ham mumkin. Ayniqsa, turli sohalar bo’yicha olinma so’zlar ro’yxatini tuzish, imlosi murakkab bo’lgan olinma so’zlarni o’quvchilarning shaxsiy imlo daftarchalariga yozdirib borish, bu so’zlarning ma’nosi ustida ishlash, o’zbеkcha-arabcha-ruscha ma’nodosh so’z qatorlari hosil qilish singari ijodiy-amaliy ishlar o’quvchilarning so’z boyligini oshirishda muhim o’rin egallaydi. 2-topshiriq. O’zbek tilidagi talaffuzi va imlosi bir-biriga to’g’ri kelmaydigan olinma so’zlar ro’yxatini (lug’atdan foydalanib) davom ettiring. Rus tilidan o’zlashgan so’zlar: direktor,... Fors-tojik tilidan o’zlashgan so’zlar: muomala,... Arab tilidan o’zlashgan so’zlar: tabiat, ... Olinma so’zlar ustida ish olib borilar ekan, o’quvchi uqib olishi lozim bo’lgan asosiy bir jihat bor: o’quvchi olinma so’z bilan varvar so’zni farqlay olishi zarur. Ma’lumki, varvar so’zlar muayyan til uchun yot bo’lgan (o’sha tilga o’zlashmagan) so’zlarni sababsiz qo’llash holati bo’lib, ular nutq madaniyatiga putur yekazadi. Masalan, o’zbek tilida sababsiz va asossiz qo’llaniladigan quyidagi so’zlar varvarizmlardir: кароче (qisqasi), вот (ana), п o таму что (chunki), ok (xo’p), привет (salom), hillo (salom), только (faqat) va h. Varvarizmlardan foydalanish – madaniyat emas, madaniyatsizlik belgisi. ‖Lug’at va lug’atshunoslik‖, ‖Lug’at turlari va ulardan foydalanish‖ mavzusi ta’limida o’quvchilarimiz inson hayoti lug’atlarsiz to’laqonli bo’lolmasligini bilishlari juda zarur. O’rta maktab ona tili ta’limining konseptual asoslarida uining zaruriy vositasi ikkita ekanligi ta’kidlanadi: darslik va lug’atlar. Zero, o’quvchilarning ijodiy tafakkurini va nutqini o’stirishning zaruriy omillaridan biri – lug’atlar ustida ishlash. Lug’atlar o’quvchilarning ijodiy tafakkuri, mustaqil fikrlash darajasi, ijodiy fikr mahsulini og’zaki va yozma shakllarda ravon bayon etishga olib keladigan behad qimmatli va boy so’z zahirasini vujudga keltiradi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda ta’limning har bir bo’g’ini uchun (bog’chadan tortib, universitetgacha) yuzlab lug’atlarning maxsus turlari yaratilgani, hatto rus maktablari uchun 30 ga yaqin o’quv lug’atlari mavjudligini inobatga olsak, bizning maktab partasida o’tirgan o’quvchilarimizga ham o’quv lug’atlari qanchalik zarurligi ayon bo’ladi. Maktablar uchun izohli lug’at, ma’nodosh so’zlar lug’ati, antonimlar lug’ati, darajalanish lug’ati, eskirgan so’zlar lug’ati, shevaga xos so’zlar lug’ati, iboralar lug’ati, so’zlarning birikuvchanlik lug’ati, uyadosh so’zlar lug’ati, shakldosh so’zlar lug’ati, so’z tarkibi lug’ati, talaffuzdosh so’zlar lug’ati, shuningdek, har bir fan bo’yicha alohida terminologik lug’atlar va qomuslar yaratish, borlarini keng amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifadir. (Vaholanki, o’quvchilar uchun zarur lug’atlar yaratilmas ekan, ijodiy tafakkurni rivojlantirish mumkin emas, og’zaki va yozma nutqni o’stirish vositasi bo’lgan joriy darsliklar o’z vazifasini to’la bajara olmaydi. Bu o’rta ta’lim bo’g’ini uchun mavzuviy o’quv lug’atlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish va tuzishni taqozo qiladi.) Mavzuni yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Maktabda ”So’zshunoslik” (l е ksika) bo’limi nima maqsadda o’qitiladi? 2. Maktabda ”So’zshunoslik” (l е ksika) bo’limini o’qitishning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 3. Umumiy o’rta ta’lim maktablari ona tili mashg’ulotlarida ”So’zshunoslik” bo’limini qaysi sinfda va qancha miqdorda o’tiladi? 4. O’qitishda o’quvchilarning so’z boyligini oshirishda mazkur bo’limning qanday roli bor? 5. Maktabda ”So’zshunoslik” (l е ksika) bo’limini o’qitish orqali o’quvchilar nutqini rivojlantirish imkoniyatlari haqida o’z fikringizni ayting. 6. “Ma’nodosh so’zlar” mavzusini o’rganishda qo’llaniladigan topshiriq turlari haqida gapiring. 7. O’quvchilar nutqini uyadosh so’zlar bilan boyitish imkoniyatlari qaysilar? 8. O’quvchilar nutqini boyitishda iboralar bilan ishlashning qanday ahamiyati bor? 9. “…o’quvchilar uchun zarur lug’atlar yaratilmas ekan, ijodiy tafakkurni rivojlantirish mumkin emas, og’zaki va yozma nutqni o’stirish vositasi bo’lgan joriy darsliklar o’z vazifasini to’la bajara olmaydi”, degan fikrni izohlang. 10. Nega shu paytgacha o’quvchilar uchun zarur lug’atlar yaratish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmagan? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Бабанский Ю.К. Ҳозирги замон умумий таълим мактабида ўқитиш методлари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990. 2. Долимов У. ва б. Иншо ва диктантни қандай ѐзиш керак? – Тошкент: Университет, 1991. 3. Kompetensiyaga vo’naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi: Ona tili, adabiyol. o’zbek tili (5-9 sinllar). – Toshkent. 2016. 4. Лернер И.Я. Педагогическая литература о проблемнoм обучении.– Москва, 1983. 5. Назаров К. Ўзбек тили пунктуацияси. –Тошкент: Ўқитувчи, 1976. 6. Неъматов Ҳ., Ғуломов А. Мактабда тил сатҳларини ўзаро боғлаб ўргатиш. – Тошкент: РТМ, 1992. 7. Неьматова Г. Ижодий тафаккурни ривожлантириш технологияси ва ўқувчининг мустақил фаолияти (она тили ўқитувчилари учун методик тавсиялар).– Тошкент: РТМ, 2001. 8. Неъматов Ҳ., Йўлдошева Д. Тил илми ва таълими истиқболи//«Маърифат» газетаси, 2013,14 август, №65 (8610) 8-9- с. 9. O’rta ta’limning umumta’lim fanlari bo’yicha malaka talablari. Ona tili fani.– Toshkent, 2018. 10. Розиқов О., Оғаев С., Маҳмудова М., Адизов Б. Дидактика. – Тошкент: Фан, 1997.