logo

Bog’langan qo’shma gap. Bog’langan qo'shma gap qismlarining mazmun munosabati haqida

Yuklangan vaqt:

26.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

20.703125 KB
Bog’langan qo’shma gap. Bog’langan qo'shma gap qismlarining mazmun munosabati haqida Reja: 1. Bog’langan qo’shma gaplarning formal -sintaktik talqini. 2. Bog’langan qo’shma gaplarning turlari: 3. Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; 4. Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; 5. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; 6. Inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; 7. Bog’langan qo’shma gaplarda shakl va mazmun munosabati. Bog’langan qo’shma gaplarning formal -sintaktik talqini. An’anaviy sintaktik nazariyalarda bog’langan qo’shma gaplar mavqei jihatdan teng huquqli bo’lgan sodda gaplarning tenglanish munosabati asosida mazmun va grammatik jihatdan o’zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar sifatida talqin etiladi. Quyida bog’langan qo’shma gaplarning formal hamda semantik-sintaktik tadqiqi natijalari xususida fikr yuritamiz. Bog’langan qo’shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar shaklan mustaqil, mazmunan o’zaro bog’langan, ba’zan mantiqan biri- ikkinchisiga tobe gaplardan tashkil topadi. Bunday aloqa-bog’liqlik qo’shma gap qismlarining tuzilishida, kesimlarining mazmunan va grammatik munosabatida yoki umumiy gap bo’laklarining mavjud bo’lishida ko’rinadi. Anglashiladiki, bunday turdagi qo’shma gaplarning qismlari mantiqan bir- birini taqozo qilsa-da, grammatik jihatdan tobe bo’lmaydi. Bog’langan qo’shma gaplarning turlari: Bog’langan qo’shma gaplardagi birinchi komponent birmuncha mustaqillik xususiyatiga ega bo’lsa, ikkinchi komponent birinchi gapga bog’liq holda tuziladi. Bu qismlar birgalikda yaxlit sintaktik qurilmani, ya’ni qo’shma gapni hosil qiladi. Bog’langan qo’shma gaplar qismlari: 1) teng bog’lovchilar; 2) teng bog’lovchi vazifasida qo’llanadigan yuklamalar; 3) bo’lsa, esa yordamchilari; 4) tenglik ohangi yordamida bog’lanadi. Olima S.Solixo’jayeva nazariy manbalarda qayd etib kelinayotgan bog’langan qo’shma gap qismlarini biriktiruvchi bu vositalarning «absolyut holat emasligi»ni ko’rsatadi. Uning fikricha, o’zbek tilida shunday qo’shma gap ko’rinishlari ham mavjudki, ular shaklan ergashgan qo’shma gaplarga o’xshasa-da, aslida bog’langan qo’shma gaplardir. Masalan, grammatik formasi -b (-ib), -sa affiklari yordamida tuzilgan «Ha xu» deguncha oyning oyoqlari kelib, to’y kunlari yaqinlashdi», «Birov konfet bersa, birov pechen’e beradi» gaplari bog’langan qo’shma gaplar hisoblanadi. Shunisi xarakterliki, bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar, ular qanday til birligidan tashkil topishidan qat’iy nazar, qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga turli mazmuniy munosabatlarni ham shakllantiradi. G’.Abdurahmonov bog’langan qo’shma gaplarni qismlari orasida shakllangan mazmuniy munosabatlar asosida quyidagi 5 turga ajratadi: a) qiyoslash munosabati; b) payt munosabati; v) ayiruv munosabati; g) sabab va natija munosabati; d) izohlash munosabati. Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; M.Asqarova ham bog’langan qo’shma gaplarda sabab, payt, chog’ishtirish, zidlik, ayiruv va inkor munosabatlarining shakllanishini ko’rsatadi. Olima bog’langan qo’shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar asosida uning quyidagi turlarini ajratadi: a) biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; b) zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; v) ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; g) inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar. Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar. Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma- ket ro’y beradigan voqea-hodisani bildiradi hamda va, hamda, ham, -u (-yu), - da, bo’lsa, esa yordamchilari orqali bog’lanadi. Va, hamda bog’lovchilari, ham yuklama-bog’lovchisi yordamida tuzilgan qo’shma gaplarda bir vaqtda va turli vaqtlarda yuzaga kelgan voqea- hodisa yoki harakat ifodalanadi. Qiyoslang: 1. Qo’shma gapda bir vaqtda yuzaga keladigan voqea-hodisa ifodalanadi: Mudir jadal qadam tashlagan holda to’xtovsiz gapirar va uning so’zlari hammani qiziqtirar edi. (P.T.) 2. Qo’shma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqelik yoki harakat ifodalanadi: Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg’oqda tartibsiz o’sgan o’tlarni silkitar edi (S.Ahm.) -da, -u (yu) yuklamalarining biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap tarkibida qo’llanishida quyidagi holat kuzatiladi 1. -da yuklamasi qo’shma gap tarkibida harakatning odatdagidan ko’ra tezroq bajarilishini ifodalaydi: Eshik g’irch etib ochildi-da, ruxsat so’rab Darveshali kirdi. (O.) 2. -u(-yu) yuklamasi hodisalarning bajarilish paytini, sababini, harakat yoki voqea-hodisaning to’satdan, kutilmaganda va ketma-ket bajarilishini ko’rsatadi: Shu payt to’satdan ko’cha eshigi ochildi-yu, Zunnunxo’ja xaloslagancha kirib keldi. (A.Q.) Inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar; Bog’lovchi vazifasida qo’llanuvchi bo’lsa, esa so’zlari yordamida tuzilgan bog’langan qo’shma gaplarda ham bir paytda yoki ketma-ket sodir bo’lgan voqealar ifodalanadi, shu bilan birga bunday tuzilishdagi gaplarda qiyos, izoh, zidlik kabi ma’no munosabatlari ham shakllanadi.24 Masalan: Uning gavdasi juda katta, tovushi bo’lsa juda baland edi. (S.A.) Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar. Zidlov bog’lovchili qo’shma gap qismlari o’z semantikasiga mos grammatik shaklni talab qiladi. Shu sababli bunday qo’shma gap qismlarini bog’lashda ammo, lekin, biroq, balki zidlov bog’lovchilari, bu bog’lovchilar vazifasida qo’llanuvchi -u(-yu) yuklamasi ishlatiladi. Ular mazmunan zid bo’lgan qo’shma gap qismlarini bog’laydi. Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda voqea- hodisaning yoki harakatning bir-biriga zidligi, shunga qaramay ulardan birining yuzaga kelishi yoki yuzaga kelmaganligi ifodalanadi. Masalan: Vasiyatnoma shunday ham tiklangani ma’lum bo’lgani rost, lekin bundan bolaning xabari yo’q-ku! (О’. U.) -u (-yu) yuklamalari zidlov bog’lovchilari o’rnida qo’llanib, zid munosabatdagi bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lashga xizmat qiladi. Ba’zi hollarda bu bog’lovchilar bilan birikkan qo’shma gaplarda u(-yu) yuklamasi zidlikni kuchaytirish uchun qo’llanadi. Masalan: Ishim nihoyatda ko’p-u, kelmaslikka ilojim yo’q. (So’zl.) Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda ba’zan zidlik bilan birga to’siqsizlik munosabati ham shakllanadi. Qiyoslang: Men u bilan gaplashmadim, lekin uning ko’zlari ba’zi-ba’zida uzun kipriklari ostidan menga boqardi. (I.R.) Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar. Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma -navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea -hodisa yoki harakatni ifodalab, semantik jihatdan ayiruv va ichki zidlik, izoh, qiyos, gumon, shart kabi ma’no munosabatlarni ifodalaydi. 1. Bir., dam., ba’zan. goh. bog’lovchilari bilan shakllangan qo’shma gaplar ketma-ket sodir bo’lgan voqealarni ifodalab, semantik jihatdan zidlik va izoh ma’no munosabatlarini anglatadi. Masalan: Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (O.) 2. Yo, yoki, bo’lmasa ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda voqea-hodisalardan faqat birining sodir bo’lishi aks etadi hamda qiyos, gumon, shart ma’no munasabatlari ifodalanadi. Masalan: Mayli siz keting bu shahardan, yoki biz ko’chib ketamiz. (A.Q.) Inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar. Bunday qo’shma gaplarda inkor munosabati ifodalanadi. Qo’shma gap qismlari na... inkor yuklama-bog’lovchisi yordamida bog’lanadi. Bu bog’lovchi qo’shma gap qismlarining boshida takrorlanib kelib, yuzaga chiqmagan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni o’zaro biriktirib, bog’langan qo’shma gapni hosil qiladi. Masalan: ... Na adresi bor, familiyasi bor, na pochta muhri. (As.M.) Inkor bog’lovchili qo’shma gaplarning kesimlari, odatda, tasdiq shaklida bo’ladi. Ba’zi hollarda ma’noni kuchaytirish uchun gap kesimi inkor shaklda ham qo’llanadi. Masalan: ...Bu haqda na Kimsanoy bir narsa deya olmadi, na Anzirat xola. (A.Q.) Inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarning kesimlari bir xil so’z bilan ifodalanib, bir zamonda shakllanganda, ko’pincha oxirgi kesim qo’llanmaydi: Bular orasida bo’lib o’tgan mojarodan na Umidaning xabari bor, na Isroilning. (A.Q.) Matn talabi bilan inkor bog’lovchili qo’shma gaplarda ba’zan hamma kesimlar qo’llanmasligi mumkin: Cho’chima jigarim, o’z uyingdasan bu yerda , na g’urbat, na ofat, na g’am. (G’. G’.) Xullas, an’anaviy sintaktik ta’limotda bog’langan qo’shma gaplar: biriktiruv, zidlov, ayiruv va inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarga ajratiladi. Har bir tur nafaqat bog’lovchi vositalariga ko’ra, balki ularda aks etgan mazmuniy munosabatlar asosida ham o’zaro farqli belgilarini namoyon qiladi. Bog’langan qo’shma gaplar ham barcha gap turlari kabi sintaktik shakl va u orqali ifodalanuvchi mazmunning dialektik birligidan tashkil topgan butunlikdir. Bog’langan qo’shma gaplarda semantik birliklarning har bir o’z moddiy shakliga ega bo’lganda, shakl va mazmun birligi buzilmaydi. Masalan, «Bahor keldi va hamma yoq yashil libosga burkandi» gapida shakl va mazmun bir-biriga muvofiq.  Bog’langan qo’shma gaplarda shakl va mazmun munosabati. Shakl va mazmunning dialektik birligi ba’zan ziddiyatli bo’lib, bu ziddiyat ularning bir-biriga nomuvofiqligi holatlarida yuzaga keladi. Bog’langan qo’shma gaplarda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik ko’pincha yashirin (implitsit) ifodalar orqali yuzaga keladi. Ma’lumki, gapda hamma fikr ham ochiq (eksplitsit tarzda) ifodalanavermaydi. Fikrni implitsit ifodalash asosida sintaktik shakl va uning mazmuni o’rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Masalan, «Gapirmoqchi edi, ammo tili og’ziga tiqilib qoldi» gapida inkor xaraktyerda gi «U gapirmadi» axboroti ham ifodalanadi. Bu axborot ayni bog’langan qo’shma gapning ichki strukturasidan yashirin tarzda anglashiladi. Zidlov bog’lovchili o’ramning (-moqchi edi, ammo) presuppozitsiyaga ishorasi asosida tasdiq xarakteridagi gapda inkorni bildiruvchi axborot shakllanadi va bu holat bog’langan qo’shma gapda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlikni yuzaga keltiradi. Bog’langan qo’shma gaplarda yuzaga kelgan shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik ularning noto’g’ri yoki chalkash tushunilishiga olib kelmaydi. So’zlovchi va tinglovchilarning borliq haqidagi umumiy bilimlari va til ko’nikmalari har qanday asimmetrik gapni, jumladan, bog’langan qo’shma gaplarni ham to’g’ri tushunishga yordam beradi. Bog’langan qo’shma gaplarni shakl va mazmun munosabatiga ko’ra simmetrik va asimmetrik gaplarga ajratish mumkin. Simmetrik gaplar shakl va mazmun birligini aks ettirsa, asimmetrik gaplarda shakl va mazmun nomuvofiqligi kuzatiladi. Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. M.N. Muminova, M.A. Maksumova «Kasbiy etika va etiket», uslubiy qo’llanma, T.,2006. 2. I. A. Karimov «Istiqlol va ma’naviyat» T.,1994. 3. I. A. Karimov «O’zbekiston buyuk kelajak sari» T.,1998. 4. N. E. Muhammadiyev «Kasb etikasi va estetik madaniyati»- Toshkent,1998 y. 5. M. Abdullayev, E. Xakimov «Vvedeniye v etiku»-Namangan, 1998. 6. Abdulla SHer «Axloqshunoslik» Ma’ruzalar matni, Toshkent, 2000 7. V.G. Fedsov «Kultura servisa» Uchebno-prakticheskoye posobiye - M., «PRIOR», 2001. 8. A.A. Avloniy «Turkiy guliston yohud ahloq», T. 1992. 9. Y. Y. Petrunin, V.K. Borisov «Etika biznesa» M., «Delo»,2000. 10. S. S. Gulomov «Tadbirkorlik va kichik biznes» - T., «Shark», 2002