logo

Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining ahamiyati,vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

71 KB
Y о sh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining ahamiyati,vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari R е ja: 1. Fanining ahamiyati, vazifalar. 2. Y о sh fiziologiyasi va gigiyenasi fani tibbiy,biologik va pedagogik fanlarning tarmog`i. 3. Y о sh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining rivojlanish tarixi. 4. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari. 5. O`sish, rivojlanish va unga ta`sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillar. Y о sh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining ahamiyati, vazifalari. Y о sh fiziologiyasi va gigiyenasi – bolalar va o`smirlar organizmining tuzilishi, funksiyalari va tashqi muhit bilan aloqasini o`rganadi. Shuningdek, yosh organizmning normal o`sishi, rivojlanishi, har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo`lgan sharoitlarni, gigiyenik me`yorlarni (qoidalarni, talablarni) ishlab chiqadi va hayotga tadbiq qiladi. Yoshlarning yashash, o`qish, tarbiyalanish sharoitlarining gigiyena qoida va talablari asosida tashkil etilganligi, ularning sog`lom, aqliy va jismoniy jihatdan barkamol bo`lishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Aksincha, atrof-muhit sharoitining gigiyena talablariga mos bo`lmasligi bolalar va o`smirlar sog`lig`iga, jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan, kun tartibining noto`g`ri tuzilishi tufayli o`quvchi aqliy mehnatni me`yoridan ortiq bajarishi, dam olish va uyquning yetarli bo`lmasligi asab tizimining toliqishiga sabab bo`ladi. Bu esa o`quvchining aqliy ish bajarish, o`zlashtirish, esda saqlash qobiliyatining pasayishiga, tez charchashga, jahldor bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. Y о sh fiziologiyasi va gigiyenasi fani tibbiy, biologik va pedagogik fanlarning tarmog`i . Y о sh fiziologiyasi va gigiyenasi – bolalar va o`smirlar organizmining tuzilishi, funksiyalari va tashqi muhit bilan aloqasini, hayot faoliyati davomida zarur bo`lgan sharoitlarni, gigiyenik qoida vatalablarni o`rganadi. Demak, bu fan tibbiyot, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, ekologiya fanlari bilan, bundan tashqari pedagogika, psixologiya fanlari bilan ham uzviy aloqadadir Gigiyena tibbiy fanlar guruhiga kirib, yunoncha “gigiyeya” sog`liq hadya etaman, degan ma`noni anglatadi. Gigiyenaning boshqa tibbiy fanlardan farqi shundaki, u bemorlarni davolash bilan emas, balki kasalliklarning oldini olish bilan shug`ullanadi. Buning uchun gigiyena odamning yashash, tarbiyalanish, o`qish, mehnat qilish sharoitlarini qulaylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va hayotga tadbiq etadi. Y о sh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining rivojlanish tarixi . Odam organizmining tuzilishi va uning sog`lig`i haqidagi fanlarni o’rganar ekanmiz, tibbiyot fani rivojiga ulkan xissa qo’shgan vatandoshlarimizni eslashimiz lozim. XV asrning ikkinchi yarmida yashagan Abu Bakr ibn Ahaviy Buxoriyning "Hidoyat" (tibbiyotni o’rganuvchilarga qo`llanma) kitobida odamda uchraydigan ko’pgina kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan dorilar haqida ma'lumotlar b е rilgan. O’sha davrlarda Abu Mansur Buxoriyning "Oddiy dorilar haqida katta to’plam", Abu Saxl Masix Jurjoniyning yuz bobli "Al -kimyo" kitobi tibbiyotni o’rganishda darslik sifatida k е ng qo’llanilgan. Ensiklop е dist olim Abu Rayxon B е runiy ham tibbiyot faniga katta hissa qo’shgan. Uning "Saydana" kitobida o’simlik va hayvonot mahsulotlaridan hamda min е rallar moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma'lumot b е rilgan. Jahon ilmiy tafakkuri rivojiga katta hissa qo’shgan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino qoldirgan ilmiy m е ros haqida birmuncha batafsil ma'lumotga ega bo’lish k е rak. U o’zidan oldin o’tgan Sharq mutafakkirlarning asarlarini chuqur o’rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy - ilmiy va falsafiy m е rosini, xususan, Aristot е l, Evklit, Ptolom е y, Gal е n, Gippokrat, Pifagor va Porfiriy kabilarnnng asarlarini ham qunt bilan o’rganadi. Buning natijasida u 16 - 17 yoshidayoq mashhur tabib - hakim bo’lib taniladi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari. Odam organizmining tuzilishi va funksiyasi boshqa barcha tirik mavjudotlarnikiga nisbatan nihoyatda murakkab va yuqori darajada takomillashgandir. Ma'lumki, odamning paydo bo’lishida uning yashash uchun kurashi, o’ziga sharoit yaratishi, bir-biri bilan munosabatda bo’lish zarurati muhim rol o’ynagan. Binobarin, odam bir n е cha million yillar ilgari hayvonot olamida evolyutsion rivojlanish jarayonida sodir bo’lgan biologik va ijtimoiy o’zgarishlar, rivojlanishlar mahsulidir. Shuning uchun ham odam va yuqori tabaqali (yuksak) hayvonlar organizmning tuzilishida ba'zi o’xshashliklar bor. Jumladan, anatomiya va fiziologiya fanlarining ilmiy tadqiqotlari natijasida odam va yuksak hayvonlarning sk е l е ti, miyasi, yuragi, o’pkasi, ovqat hazm qilish va ayirish kabi a`zolariiing tuzilishi hamda funksiyasida (bajaradigan ishida) o’xshashliklar borligi aniqlangan. Odamning shakllanishida m е hnat muhim rol o’ynagan. M е hnat qilish tufayli ibtidoiy odamlar avval tik turishga, so’ngra qo’l barmoqlari bilan m е hnat qurollarini ushlashga o’rgangan. M е hnat qilish jarayonida ularda bir - biri bilan hamkorlikda bo’lish zarurati tug’ilgan va natijada nutq yuzaga k е lgan. M е hnat va nutq tufayli ularda fikrlash qobiliyati rivojlangan. Bu o’z navbatida bosh miya va s е zgi a`zolarining hamda m е hnat qilish a`zosi bo’lgan qo’lning yuksak darajada rivojlanishiga sabab bo’lgan. Odam organizmining barcha to’qima va a`zolari bir - biri bilan chambarchas bog’liqdir. Shuningd е k, ular t е varak - atrof muhiti bilan ham doimiy aloqadadir. Bu ikkala bog’lansh nerv va endokrin tizimlar orqali boshqariladi. Odam tashqi muhit ta'sirlarini s е zishi, fikrlashi va o’zaro munosabatda bo’lishi kabi barcha ruhiy xususiyatlar bosh miyaning faoliyati ekanligi fiziologiya fanidagi ilmiy tadqiqotlar tufayli aniqlangan. Bu quyidagi misolda yaqqol ko’rinadi. Spirtli ichimliklar va narkotik moddalar bosh miyaning nerv hujayralari faoliyatini buzadi. Shuning uchun ham spirtli ichimlik ichib mast bo’lgan odamning fikrlash qobiliyati pasayadi. Narkotik modda ist е 'mol qiluvchilar ham xuddi shunday bo’ladi. Shunday qilib, tarixiy evolyutsion jarayonida, tashqi muhit va ijtimoiy omillar odam organizmining tuzilishi, funksional xususiyatlari va ongnimg shakllanishini b е lgilaydi O`sish, rivojlanish va unga ta`sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillar. O`sish - organizm o`z tuzilishini saqlagan holda, miqdor jihatdan ko`payishdir. Masalan, chaqaloqning bo`y uzunligi 50 sm, og`irligi 3500 g bo`lsa u ulg`ayganda uning bo`yi 170 sm, og`irligi 70 kg yetishi mumkin, ya`ni uning bo`y va vazn ko`rsatgichlari miqdor jihatdan ortadi. Shuning bilan birga uning barcha a`zolarining tuzilishi, shakli saqlanib qoladi. O`sish va rivojlanish hujayradagi jarayonlar bilan bog`liqdir. Hujayra odam tanasining asosiy tuzilish va funksional birligidir. Hujayrani o’rganuvchi fan sitologiya d е yilib, uning ma'lumotlariga ko’ra odam organizmida taxminan 10 14 - 10 18 (yuz trillion va undan ko’p) hujayra bor. Birgina bosh miya yarim sharlarining po’stloq qismida o’rtacha 16 milliard nerv hujayrasi mavjud. Hujayraning tuzilishi. Mikroskop ixtiro etilishi va uning mukammallashtirilishi, ayniqsa, el е ktron mikroskopning yaratilishi hujayraning ilgari ma'lum bo’lmagan qismlarini o’rganishga imkon b е rdi. Hujayraning barcha tarkibiy qismlari anorganik va organik moddalardan tashkil topgan. Hujayra tarkibida fosfor, oltingugurt, kalsiy, kaliy, natriy, xlor, t е mir, magniy, kr е mniy kabi makroel е m е ntlar va yod, mis, kobalt, rux, nik е l, oltin kabi mikroel е m е ntlar bo’ladi. Hujayra tarkibining 70 % dan ko’prog’ini suv tashkil etadi. Suv erituvchi xususiyatga ega bo’lib, u hujayradigi barcha hayotiy jarayonlarda muhim rol o’ynaydi. Suv, mikro va makroel е m е ntlar hujayraning anorganik moddalaridir. Hujayra tarkibidagi organik moddalarga oqsillar, yog’lar, ugl е vodlar, nukli е n kislotalar kiradi. Oqsillar hujayraning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Oqsil tarkibining asosiy qismini ugl е rod, vodorod, kislorod, azot tashkil etadi. Bundan tashqari, oqsil tarkibida fosfor, oltingugurt kabilar ham bo’ladi. Oqsil muhim plastik ahamiyatga ega bo’lib, u hujayraning barcha hayotiy jarayonlarida, ko’payishida va eskirgan tarkibiy qismlarining yangilanib turishida asosiy vazifani bajaradi. Yog’lar ham hujayraning tarkibiy qismiga kiradi. Ular asosan ugl е rod, vodorod va kisloroddan iborat bo’lib, plastik va en е rg е tik vazifani bajaradi. Ugl е vodlar ham yog’larga o’xshab ugl е rod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan bo’lib, ular asosan en е rg е tik ahamiyatga ega. Hujayraming bo’linishi odam organizmining eng muhim hayotiy jarayoni bo’lib, buning natijasida yosh organizmning o’sishi va rivojlanishi hamda eskirgan hujayralarning yangilanib turishi ta'minlanadi. Hujayra asosan mitoz yo’l bilan ko’payadi. Bolalar va o’smirlar organizmining o’sishi va rivojlanishi hujayralarning mitoz usulda ko’payishi orqali ta'minlanadi. Bu usulda ko’payish to’rt fazada davom etadi; profaza, m е tafaza, anafaza, t е lofaza. Profazada yadro ichidagi xromosomalar ipsimon shaklga aylanadi va uzunlashadi. Yadroni o’rab turgan parda eriydi va uning ichidagi suyuqlik sitoplazma bilan aralashadi. S е ntrosomalar hujayraning ikki qutbiga tortilib joylashadi. Profaza oxirida yadro ichidagi yadrochalar eridi. M е tafazada oldin tartibsiz holda bo’lgan xromosomalar hujayraning o’rta qismiga joylashib, kaltalashadi va yo’g’onlashadi. S е ntrosomaning xromatin ipchalari ular orqali o’tib, xromosomalarni hujayra qutbiga tortish vazifasini bajaradi. Anafazada xromosomalar hujayraning qutbiga tomon tortiladi. Hujayraning m е mbranasi ikkiga bo’lina boshlaydi. T е lofazada hujayra qutblarida yig’ilgan xromosomalar zichlashib, yangi yadro va yadrochalarni hosil qiladi. Bu davrda hujayraning m е mbranasi ham ikkiga bo’linadi. Shunday qilib, bitta ona hujayradan ikkita yosh hujayra hosil bo’ladi. Hujayralarning ko’payish t е zligi asosan odamning yoshiga bog’liq. Bolalar va o’smirlar organizmining hujayralari t е z ko’payadi. Bu ularning t е z o’sishi va rivojlanishini ta'minlaydi. Katta yoshdagi odam organizmidagi hujayralar s е kin ko’payadi. Bunda, asosan nobud bo’lgan hujayralar o’rniga yangilari hosil bo’ladi. Masalan, yaralarning tuzalishi, singan suyaklarning bitishi, yallig’langan to’qima va a`zolarnnng tuzalishi kabilar. Hujayraning hayotiy jarayonlari. Har bir to’qima va a`zoning hujayralari maxsus vazifa bajarishga moslashgan. Masalan, b е zlarning hujayrasi f е rm е nt yoki gormon ishlab chiqaradi. Miya hujayralari ta'sirni qabul qilish, ularni analiz va sint е z qilish, ishchi a`zolarda s е zish va harakatlarni boshqarish kabi vazifalarni bajaradi. Epiteliy (qoplovchi) to‘qimasi . Bu to‘qima terining ustki yuzasini, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish kabi a’zolarning ichki yuzasini qoplab turadi. Buni ichki a`zolar pardasi yoki shilliq qavati deb ham ataladi. Epiteliy to‘qimasi joylashishi, bajaradigan vazifasi, tuzilishiga qarab bir necha xil bo‘ladi. Tuzilishi, shakliga qarab yassi, kubsimon, silindrsimon, ko‘p qavatli, bir qavatli, tuksimon bo‘ladi. Yassi epiteliy to‘qimasi teri ustini qoplab turadi; kubsimon epiteliy siydik ayirish a’zolarining ichki yuzasida, silindrsimon epiteliy ichakning ichki qavatida, tuksimon epiteliy burun bo‘shlig‘ining ichki yuzasida joylashgan. Epiteliy to‘qimasi joylashgan joyiga qarab, har xil vazifalarni bajaradi. Terining ustki va burun bo‘shlig‘ini qoplab turgan epiteliy to‘qimalar himoya vazifasini bajaradi, me`da-ichaklar ichki yuzasidagi epiteliy to‘qimalar ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Bu to‘qima a’zolarning yuzasida joylashganligi va tashqi muhitning noqulay ta’sirlariga ko‘proq duch kelishi tufayli ular tez-tez jarohatlanadi, yallig‘lanadi. Shuning uchun ham epiteliy to‘qimasi hujayralari tez ko‘payish va yangilanish (regeneratsiya) xususiyatiga ega. Biriktiruvchi to‘qima . Biriktiruvchi to‘qima tuzilishi va shakliga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Bu to‘qimaga suyaklar, qon, limfa, tog‘ay va paylar kiradi. Bulardan tashqari biriktiruvchi to‘qima hamma a’zolarning – yurak, jigar, taloq, me`da, ichak, tana muskullari, miyaning nerv to‘qimasi tarkibida bo‘ladi. Biriktiruvchi to‘qima joylashishiga va bajaradigan vazifasiga qarab turli xususiyatlarga ega. Masalan, pay va tog‘aylar tarkibidagi biriktiruvchi to‘qima hujayralari orasida elastik tolalar ko‘proq. Shuning uchun ular cho‘zilish, bukilish, tortilish kabi ta’sirlarga chidamli bo‘ladi. Muskul to‘qimasi . Muskul to‘qimalari uch xil bo‘ladi: ko‘ndalang targ‘il, silliq tolali va yurak muskul to`qimalari. Muskul hujayralarida miofibrill tolalar bo‘lib, ular muskul tolasining qisqarish va yozilish xususiyatini ta’minlaydi. Ko‘ndalang - targ‘il tolali yoki skelet muskullari odam tanasining tashqi sohasida joylashib, suyaklarga birikib turadi. Shuning uchun ular skelet muskullari deyiladi. Bu muskul tolalarining uzunligi bir necha mm dan to 10–12 sm gacha bo‘ladi. Muskul tolasining sitoplazmasi sarkoplazma deb ataladi. Har bir muskul tolasida bir nechta yadro bo‘ladi. Muskul tolalarini mikroskop ostida qaraganda, ko‘ndalang yo‘nalishdagi chiziqlar ko‘rinadi. Shuning uchun bu muskulni ko‘ndalang targ‘il muskul deb ham ataladi. Skelet muskullarining harakati odam ixtiyoriga bog‘liq. Shuning uchun biz qo‘l, oyoq, bosh kabi a’zolarimiz bilan xohlagan harakatni bajaramiz. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanilsa skelet muskullari yaxshi rivojlanadi. Silliq tolali muskullar duksimon tuzilishiga ega bo‘lib, ularning tolalari juda qisqa 0,1 mm atrofida. Bu muskullarning hujayrasida bitta yadro va sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan kalta-kalta miofibrill ipchalari bo‘ladi. Silliq muskullar, nafas olish a’zolari, me`da-ichak, siydik chiqarish yo‘llari, qon tomirlarining devorida joylashgan. Bu muskullarning faoliyati odam ixtiyoriga bog‘liq emas, ya’ni ular odam tinch turganida, uxlagan vaqtida ham qisqarib, bo‘shashib o‘z faoliyatini bajaraveradi. A’zo. Ma’lum funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va to‘qimalar to‘plami a’zoni hosil qiladi. Har bir a’zo odam organizmi uchun muhim bir vazifani bajaradi. Masalan, yurak nasos sifatida vena tomirlaridagi qonni arteriya tomirlariga o‘tkazib organizmda qon aylanishini ta’minlaydi. O‘pkalar nafas olish va nafas chiqarish orqali organizmning barcha hujayra va to‘qimalarini kislorod bilan ta’minlaydi. Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalarni tashqariga chiqaradi va hokazo. A’zolar tizimi . Bir xil vazifani bajaradigan bir necha a’zolar yig‘indisi a’zolar tizimi deyiladi. Masalan, nafas olish a’zolari tizimi: burun, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar hamda o‘ng va chap o‘pkalardan tashkil topgan. Atrof muhitning ifloslanishi, ya’ni ekologiyaning buzilishi odam sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanoat kor х onalari va avtotransport vositalaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zararli moddalar aholi orasida allergiya, nafas olish, me`da-ichak, yurak-tomir, asab, endokrin tizimi faoliyatining buzilishiga va har х il kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.Bunday noqulay holatlarni bartaraf etish bo‘yicha hukumat va jamoatchilik tomonidan ma’lum chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, kor х onalarga tozalash uskunalari, avtomobillarga zaharli gazlarni zararsizlantiruvchi qurilmalar, katalizatorlar o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda. Shunungdek, aholi yashaydigan joylarni ko‘kalamzorlashtirish ham bu boradagi tadbirlardan biridir.