logo

Suyak to’qimasi. Suyak to’qimasini tuzilishi. To’qimaning asosiy hujayralari: ostiosit, ostioblast va ostioklastlarning tuzilishi va funksiyasi. Suyakning eniga va bo’yiga o’sishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.5 KB
Suyak to’qimasi. Suyak to’qimasini tuzilishi. To’qimaning asosiy hujayralari: ostiosit, ostioblast va ostioklastlarning tuzilishi va funksiyasi. Suyakning eniga va bo’yiga o’sishi REJA 1. Suyak to’qimasi hujayralarining tuzilishi 2. Suyak to’qimasining hujayralararo moddasi 3. Daal tolali suyak to’qimasining tuzilishi 4. Toaydan suyak to’qimasining rivojlanishi  Suyak to’qimasi tarkibida ohaklangan hujayralararo moddalar tutadigan biriktiruvchi to’qima bo’lib, suyak skeletining asosiy struktura komponenti hisoblanadi. U mexanik vazifalariga ko’ra boshqa biriktiruvchi to’qimalardan farq qiladi, ya'ni umurtqali hayvonlar (odam) skeletini tashkil etadi, gavda tuzilishini shakllantiradi, harakat funksiyalarini yuzaga chiqaradi (chunki ularga ko’ndalang yo’lli muskullar birikkan bo’ladi). Ximiyaviy-biologik jihatdan esa suyak to’qimasi organizmda mineral moddalar almashinuvi balansini ta'-minlab turadi va hokazo. Uning hujayralararo moddalari tarkibida ko’p miqdorda kalsiy tuzlari va ftor elementi bor. Organizmdagi kalsiy tuzining 97% suyak to’qimada uchraydi. Tirik organizmning suyak to’qimasida mineral elementlarning miqdori doim o’zgarib turadi. bunday o’zgarishlarga, odatda, birinchidan, organizm yoshining ulayib borishi, kundalik qabul qilinadigan ovqat tarkibi, ikkinchidan, nerv sistemasining ichki sekresiya bezlarining unga ko’rsatadigan ta'siri sabab bo’ladi. Suyak to’qimasi ham boshqa biriktiruvchi to’qimalarga o’xshab asosan suyak hujayralaridan va hujayralararo moddalardan tarkib topgan. Suyak to’qimasining hujayralari. Demak, suyak to’qimasi hujay-ralari bajaradigan fiziologik vazifasi va morfologik tuzilishiga ko’ra uchga bo’linadi: ostioblast, ostisit va ostioklast hujayralar. 1. Ostioblast hujayralar kam tabaqalangan bitta yadroli suyak hosil qiluvchi hujayra bo’lib, suyak to’qimasi hujayralararo moddasi bilan asosiy modda uchun kerakli moddalarni sintez qilib beradi. Ostioblast hujayralar tabaqalangan suyak to’qimasida, uning singan yoki tiklanayotgan joylarida ko’p uchraydi. Barcha skelet suyaklari ustini qoplab turuvchi suyak ustki pardasi tarkibida doimo bo’ladi. Shakli kubsimon yoki burchaksimon. Sitoplazmasining periferik qismida yumaloq yoki ovalsimon yadrosi bo’ladi. Har bir hujayra yadrosida bitta yoki bir nechta yadrocha bo’ladi. Elektron mikroskopda ko’rilganda tarkibidagi organoidlardan mitoxondriy, endoplazmatik to’r va Golji kompleksi yaxshi ko’rinib turadi. bundan tashqari, sitoplazma qismida ko’plab RNK va yuqori aktivlikka ega bo’lgan ishqoriy fosfataza uchraydi. Bular to’qimada mineral tuzlar almashinuvchida ishtirok etadi. organizmning embrional rivojlanishi davrida osteoblast hujayralar mezenxima hujayralaridan hosil bo’lib, so’ng embrion skeletining rivojlanishida aktiv ishtirok etadi. shu bilan birga to’qimada sodir bo’ladigan fiziologik va reforativ regenerasiya jarayonlarini ham ta'minlaydi. Osteoblast hujayralar asta- sekin ostiositlarga aylanishi ham mumkin. 2. Ostiositlar etilgan, yuqori darajada tabaqalangan, suyak to’qimasining asosini tashkil etuvchi hujayralar jumlasidandir. Atrof hujayralararo modda bilan o’ralgan. Har bir hujayra hujayralararo moddada hosil bo’lgan bo’shliqlarda joylashgan. Ostiositlar yassilashgan yumaloq yoki ovalsimon shaklda bo’lib, atrofidan kanalchasimon bir nechta o’simta chiqargan. Yonma-yon joylashgan hujayra o’simtalari bir-biri bilan tutashgan bo’lib, to’qimaga to’rsimon shakl beradi. Hujayra o’simtalari hujayralararo moddada joylashgan bo’lib, shu yo’l orqali to’qimaning ichki qismiga oziq modda kiradi. Ishdan chiqqan yoki qarigan to’qima kanalchalarida oziq moddalar ko’rinmaydi. Ostiositlar joylashgan bo’shliqlarning devoridagi hujayralararo modda tarkibida, odatda tuzlar yiilmaydi. Eski adabiyotlarda toay hujayralarining kapsulasiga o’xshatib, uni ham suyak hujayrasining kapsulasi deb atashgan va o’ziga xos mustahkam tuzilishga ega bo’lgan deb tushunishgan. Lekin elektron mikroskop yordamida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki, haqiqatan ham kapsulada mineral tuzlar yiindisi bo’lmas ekan, kapsula devoridagi modda, to’qimaning boshqa yiindisi bo’lmas ekan, kapsula devoridagi modda, to’qimaning boshqa qismidagi tuzlarga boy moddalarga nisbatan, aksincha, yumshoq tuzilishga ega ekan. Shuning uchun kapsula mikroskopda yaltirab ko’rinar ekan. Ostiositning ochroq bo’yalgan sitoplazmasi markazida, odatda, bitta to’q bo’yalgan yadro bo’ladi. Organoidlardan mitoxondriy ko’p uchraydi. Golji kompleksi ham uncha rivojlanmagan. Ostiositlar to’qima faoliyatida deyarli aktiv ishtirok etmaydigan, to’qimada stabil holatda joylashgan hujayralardir. Ayrim yosh ostiositlar ko’payish xususiyatiga ega. To’qimaning hujayralararo moddasi tarkibidagi mineral tuzlar almashinuvida ishtirok etadi. Suyak to’qimasi gistogenezi asosan ikki yo’l bilan rivojlanadi. Birinchisida u organizmning embrional rivojlanishi davrida embrionning mezenxima to’qimasi toay to’qimasidan hosil bo’lsa, ikkinchisida suyak to’qimasi toay to’qimasidan hosil bo’ladi. Shuni aytib o’tish kerakki, ikkala holda ham suyak to’qimasining rivojlanishida mezenxima hujayralari birlamchi material bo’lib xizmat qiladi. Toay to’qimasining o’zi ham aslida boshlanich davrda mezenximadan kelib chiqadi. Buni yuqorida ko’rib o’tgan edik. Suyak to’qimasining asosiy moddasini esa suyak hujayralari ishlab chiqaradi. Suyak to’qimasi organizmning embrional rivojlanishi davrida embrionning kam tabaqalangan mezenxima hujayralaridan paydo bo’ladi. Bu hodisa bilan atroflicha tanishamiz. Ma'lumki, dastlab plastinkasimon suyaklarga nisbatan oddiy tuzilishga ega bo’lgan daal suyak to’qimasi paydo bo’lib, so’ng u asta-sekin suyak plastinkasiga aylanadi. Bungacha mezenximaning suyak to’qimasi hosil bo’ladigan qismidagi hujayralar shiddat bilan bo’linadi. Bo’lingan hujayralar bir-biridan uzoqlashib ketmay, qattiq birikma hosil qiladi. Shu bilan bir vaqtda ular oraliida oshlanich hujay-ralararo modda ham yiila boshlaydi. Shu moddadan keyinchalik tabaqalanish jarayoni natijasida kollagen tolachalar hosil bo’lib, ularning zichlashib qattiqlashishi oqibatida suyak plastinkalari hosil bo’ladi. Oraliq moddaning ko’payishi natijasida suyak hujayra-lari bir-biri bilan o’simtalari orqali tutashgan holda picha uzoqlashadi. So’ng asta-sekin asosiy modda tarkibida (ossimukoid) paydo bo’lib, to’qima tolachalarini bir-biriga zich yopishtiradi va nihoyat qattiq modda (massa) shakllanadi. Shakllanmagan suyak to’qimasining periferik qismidagi mezenxima hujayralaridan ostioblast hujayralar paydo bo’lib, ular ham shiddat bilan bo’lina boshlaydi. Bo’linish natijasida hosil bo’lgan hujayralar suyak plastinkasining tashqi tomoniga joylasha boshlaydi. So’ng bo’linishdan to’xtab, asta-sekin ostiositlarga aylanadi va yana mezenxima hujayralaridan hosil bo’lgan ostioblastlar ko’payib, boshqa suyak hujayralari qatlamini hosil qiladi. Shunday qilib, asta-sekin suyak plastinkalari qavatlari hosil bo’ladi. Suyak to’qimasining oraliq moddasi hosil bo’lishidan ostioblast hujayralari asosiy rol o’ynaydi. Ostioblast hujayralar, odatda, ikki qismdan tarkib topgan. Birinchisi tashqi periferik qismi bo’lib, uni ektoplazma deyiladi. Ikkinchisi ichki qismi, bu endoplazma deyiladi. Ektoplazma qismi, odatda, asta-sekin hujayradan ajralib chiqib oraliq modda hosil qiladi, so’ng uning orasiga mineral tuzlar va boshqa komponentlar yiilib, qattiq modda hosil qiladi. Natijada, suyakning oraliq moddasi hosil bo’ladi. Bu jarayon suyak to’qimasining embrional rivojlanishi davrida nihoyatda shiddat bilan boradi. ADABIYOTLAR 1 . Qodirov E.Q. Gistologiya. Toshkent. «O’qituvchi». 1994 y. 2. Zufarov K.A. Gistologiya. Toshkent. «Medisina». 1991 y. 3. Zavarzin A.A. Osnova sravnitelnoy gistologii. Uchebnoe posobie. Leningrad. LGU. 1985 g. 4 . Kuznesov S.L., Mushkambarov N.N., Goryachkina V.L., Atlas po gistologii, sitologii i embrionologii. "Medisinaskoe informativnoe agentstvo». Moskva 2002 g. 5. Алимов Д . А . Гистология ва эмбриология . «Ўқитувчи» - 1966. 6. Антипчук Ю.П. Гистология с основами эмбриологии. М. Просвешение, 1983. 7. Афанасьев Ю.И. Гистология. М. «Медицина», 1989. 8. Бадалхўжаев Гистологиядан амалий машғулотлар. (ўқув қўлланма), Андижон-2006.